Kutiladigan natija:
_ o’quvchini topqirlikka, tezkorlikka undaydi.
_ xotirasi mustahkamlanadi
_ o’quvchining mustaqil fikrlash qobiliyati o’sadi, tafakkuri boyiydi.
“Ijodiy matn tuzing”
Bu usulni ona tili darslarida qo’llash mumkin. O’quvchilar kichik guruhlarga bo’linadi. Har bir guruhga biror rasm, mavzu beriladi. O’quvchilarga topshiriq sharti tushuntiriladi. O’quvchilar o’zaro hamkorlikda berilgan rasm yoki mavzu asosida bog’lanishli matn tuzadilar. O’qituvchi guruh a’zolarini baholab boradi.
Kutiladigan natija:
_ o’quvchilar berilgan tasvirga mos sarlavha tanlaydilar;
_ tasvirni izohlash orqali ularda og’zaki va yozma nutq shakllanadi;
_ uslubiy xato qilishning oldi olinadi;
_o’quvchilarning mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyati o’stiriladi;
_ o’quvchilarda hamkorlikda ishlash, boshqalar fikrini hurmat qilgan holda o’zi mulohaza yuritish ko’nikmasi shakllanadi.
_ shaxs sifatida o’z-o’zini shakllantirish,kommunikativ, nutqiy kompetensiyalar shakllntiriladi.
BIZ KIMNING AVLODIMIZ
Bu usulni, nafaqat, adabiyot darslarida, balki barcha fan o’qituvchilari darsning tashkiliy qismida hamda an’anaviy bayram –tadbirlarda qo’llashlari mumkin. Bu usulni qo’llash quyidagicha;
Ko’chma doskaga ilm – fan taraqqiyotiga yuksak hissa qo’shgan buyuk ajdodlarimizning, ya’ni A. Navoiy, Z.M.Bobur, Ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy suratlari qo’yiladi va o’quvchilarga aqliy hujum qilinadi, yoki zakovat sandiqchasiga ular haqidagi ma’lumotlar solib qo’yiladi. O’quvchilar sandiqchadan ma’lumotlarni olib, kimga tegishli ekanligini aytishadi,buyuk ajdodlarimiz haqida bilgan ma’lumotlarini aytib beradi. Faol qatnashgan o’quvchilar, o’qituvchi tomonidan tayyorlangan “BIZ BUYUKLAR AVLODIMIZ” shiori ostidagi ko’chma kubok bilan taqdirlanadi. O’quvchini noan’anaviy baholash, albatta, o’qituvchining pedagogik mahoratiga bo’liq.
KUTILAYOTGAN NATIJA
Bu usul orqali o’quvchi, balki o’qituvchining o’zi ham biz kimlarning avlodi ekanligimizni , tomirimizda kimlarning qoni jo’sh urib oqayotganligini har daqiqada his etib turishi, yosh avlodda faxr, iftixor tuyg’ularining yanada shakllanishi uchun zamin yaratadi. Bundan tashqari o’quvchida o’zligini unutmaslik, Vatanga muhabbat, an’ana va qadriyatlarimizni e’zozlash kabi ezgu g’oyalar shakllanib boradi.
Xullas, tavsiya etilgan usullar o’quvchilarda nafaqat mustaqil ishlash va ijodiy fikrlash, balki kommunikativ shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik kabi tayanch hamda nutqiy, lingvistik kompetensiyalarni ham shakllantiradi.
Biz ustozlarning vazifamiz, erkin va mustaqil fikrga ega, muloqotga erkin kirishadigan, teran fikrli, iqtidorli shaxsni tarbiyalashdan iborat.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |