Mustahkamlash.
1. Navbat ijodiy ishlarga beriladi. Avval internetdan topilgan qo’shimcha ma’lumotlar , yozilgan to’rtliklar, kitob uchun yangi muqova , yangi nom topishga qilgan urinishlari ko’riladi. Bu topshiriq o’quvchilardagi individual xususiyatlarni ochishga yordam beradi. Masalan; reklama:
Baxtli yashashni istasang, “Qutadg’u bilig”ni o’qi, u seni baxtga yetaklaydi.
To’rtlik:
Ajdodlar o’giti – “Qutadg’u bilig”
Unda jam adolat, baxt va donolik.
O’qigan, uqqanga omad kulajak
O’ziga chorlaydi baxtli kelajak.
O’qituvchi ishtirok etgan oquvchilar yana bir ball qo’lga kiritganliklarini aytadi.
2. “Qutadg’u bilig”dan hikmat aytish.
O’qituvchi bu imkoniyatdan foydalangan oquvchilar yana bir ball qo’lga kiritganliklarini aytadi.
Xulosa.
Beklik shart va talablari bayon etilgan bobning bugungi kundagi ahamiyati so’raladi. O’qituvchi:
Do'stlaringiz bilan baham: |