Yangi mavzu.
O’qituvchi :
Yusuf Xos Hojib va uning asari haqida ma’lumotlar faqatgina “Qutadg’u bilig” asari orqali yetib kelgan, u haqda boshqa biror asarda ma’lumot saqlanmagan. Sizlarga “Qutadg’u bilig”dan asarning yaratilishi, yozuvchi haqida ma’lumotlarni topish topshirilgan edi. Endi mana shu topshiriqni qanday bajarganlaringizni ko’ramiz.
Har bir guruh o’zi topgan ma’lumotlarni aytadi:
Buning tug’ilgan yeri Quz O’rdudir
Tub asli, nasl-nasabdan tili so’z ochdi. (Tug’ilgan yurti Quz O’rdu ekanligini aytilgan)
Bu so’zni tugal o’n sakkiz oyda aytdim
Tanladim, farqladim, tugal so’z yig’dim (Asarni yozish uchun o’n sakkiz oy sarflagan)
Borini yozdim tartib berdim,
Bu kitob Qashqar elida tamomiga yetdi.
(Asarni Qashqarda yozib tugatilganligi aytilgan ) Qashqar – Qoraxoniylar davlatining sharqiy markazi. Bu shahar hozir ham mavjud bo’lib, u G’arbiy Xitoyda Sinszyan- uyg’ur avtonom viloyatiga kiradi.
To’rt yuz oltmish ikkinchi yil edi,
Men jon koyitib bu so’zni so’zladim. (Asar hijriy 462- yilda yozib tugatilgan bolsa, milodiy1069- 1070 yillarga to’g’ri keladi.
Ellik yoshim menga qo’l tegizdi,
Quzg’un tusidek boshimni oqqushdek qildi. (Ellik yoshga kirganligini aytadi, asar 1069- yilda yozilganligini hisobga olsak, shoir 1019 – yilda tug’ilgan bo’lishi kerak.
O’qituvchi shu ma’lumotlarni aniqlagan barcha o’quvchilar ikkinchi imkoniyatdan ham to’g’ri foydalanib yana bir ball qo’lga kiritganlarini aytadi.
O’qituvchi:
Dostondagi asosiy qahramonlar, ularning ramziy ma’nolari, ularga yuklatilgan badiiy vazifalarni aytib bering.
Har bir guruh bittadan timsolga ta’rif beradi.
Kuntug’di – ma’nosi chiqqan quyosh, elig, ya’ni hukmdor. U adolat ramzi bo’lib kelgan. Kuntug’dining atfofiga donishmand kishilarni to’plashi, O’gdulmishdan odam bolasi har xil yaxshi, yomon, qashshoq, boy, bilimli, bilimsiz . Bularga bosh bo’lish uchun bek qanday bo’lishi kerak toki eli yashnasa, xalq boyisa deb savol beradi.
Oyto’ldi – to’lgan oy, vazir, u baxt va davlat ramzi hisoblanadi.
O’gdulmish- aqlga to’lgan, vazirning o’g’li, u aql va zakovat yanglig’ tasvirlangan. Buni eligga bergan maslahatlaridan ham bilish mumkin.
O’zg’urmish - uyg’ongan - vazirning qarindoshi. U asarda qanoat, ofiyat, ya’ni sog’lomlik ramzi bo’lib kelgan.
Oqituvchi o’quvchilar diqqatini slaydga qaratadi va oquvchilardan bu bobda qanday ma’naviy fazilatlar ulug’lanib, qanday illatlar qoralanganini misollar asosida tushuntirib berishni so’raydi.
Bek kishining tagi asl bo’lishi kerak,
Bek oti “bilik” bilan bog’loqli erur,
Bilikdan “lom” ketsa, bek qolur…
Oquvchilar shunga o’xshash baytlar orqali asarni tahlil etishadi.
O’qituvchi ushbu suhbatga ishtirok etgan oquvchilar yana bir ball qo’lga kiritganliklarini aytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |