Mavzu: Ayamajiz.(Qudrat Hikmat)
Darsning maqsadi: ta`limiy: D TS talablari asosida dars o`tish. Qudrat Hikmatning “Ayamajiz” she’ri orqali qishning o`ziga xos tomonlarini ochib berish, asarining mazmun mohiyatini yoritib berish. O`quvchilarni do`stlik inoqlikda gap ko`pligi haqidagi tushunchalarini boyitish.Ifodali , ravon , tushunib o`qish sifatlarini shakllantirish.F.K.1 rivoyat, hikoya, ertak, latifalar, maqol, topishmoq, tez aytish va she’riy matnlarni,
ixcham audio va video materiallarini tinglab tushuna oladi;ularni tushunib ongli, to‘g‘ri (bo‘g‘inlamay sidirg‘a) o‘qiy oladi;
Tarbiyaviy: o`quvchilarda do`stlik, birdamlik. Jamoada o`zaro do`stona munosabat kabi sifatlarni tarbiyalash.T.K.3. o‘z xatti-harakatini nazorat qila bilish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera olish.
Rivojlantiruvchi: Bilim, malaka va ko'nikmalarini rivojlantirish. F.K.2. matndagi so‘z va so‘z birikmalarining ma’nolarini hamda gaplarni tushuna oladi
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning metodi : aralash, ko'rgazmali. Sinkveyn” metodi
Darsning jihozi: mavzuga oid rasmlar, klaster usulidagi topshiriqlar, AKT.
DARSNING BORISHI
I.Tashkiliy qism. a) Salomlashish;
b) davomatni aniqlash;
d) o’quvchilarni darsga hozirlash; Sirlidir bizning kitob
Chuqur o’ylab sirin top
Sirli sandiq ochilsin
Ziyo nuri sochilsin.
Dars shiori: O’qiymiz a’lo
Bo’lamiz dono.
Bugungi sana aniqlanadi. O’zbekiston Respublikasining Davlat
madhiyasi qabul qilingan kun. DVD orqali madhiyaning musiqasi
yangraydi, o’quvchilar jo’r bo’lib kuylaydilar.
Ma’naviyat daqiqasini o’tkazish.
-Vatan deb qayerni tushunasiz?
-Mustaqillik deganda nimani tushunasiz?
-8-dekabr kuni qaysi bayramni nishonladik?
-Konstitutsiya haqida nimalarni bilasiz?
- Bugun qanday kun?
- Yaqinda qanday muxim sanani nishonlaymiz?
- Saylovda kimlar ovoz beradi?
- O’zbekistonda qanday partiyalar faoliyat yuritmoqda?
O’quvchilar partiyalarning nomlarini aytadilar. So’ng o’quvchilar guruh nomlari e’lon qilinadi.
1-guruh: ADOLAT SOTSIAL DEMOKRATIK PARTIYASI
2-guruh: XALQ DEMOKRATIK PARTIYASI
3-guruh: MILLIY TIKLANISH DEMOKRATIK PARTIYASI
4-guruh: O’ZBEKISTON LIBERAL DEMOKRATIK PARTIYASI
5-guruh: O’ZBEKISTON EKOLOGIK PARTIYASI
Har bir guruh a’zolari o’z nomini ta’riflaydi. Partiyalar haqida ma’lumot aytadilar.
- Ma’lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo’lga qo’yish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan. Qani, 5 ta tashabbus haqida nimalarni bilamiz?
1-guruh: 1-tashabbus.
Adabiyot ,musiqa san’at ,
Oshno etar ezguliklarga .
Teatr bu hayot maktabi,
Chek qo‘yadi yovuzliklarga.
2-guruh: 2-tashabbus
Sport tinchlik elchisi,
Chiniqtirar bizlarni,
Dunyolarga tanitar ,
Kuchli o‘g‘il-qizlarni.
3-guruh: 3-tashabbus.
Kompyuter bu manba ,
Foydalangin sen to‘g‘ri.
O‘zinga bog‘liq bari,
Keraklimi,noto‘g‘ri.
4-guruh: 4-Tashabbus.
Kitobga do‘st bo‘lganlar,
Olam sirini bilar.
Kelajakda el uni ,
Doimo hurmat qilar.
5-guruh: 5-tashabbus.
Ayol qiz ishli bo‘lsa
Oilada bo‘lar baraka.
Kasb-kor kerak doim ,
Oshar bilim,malaka.
So’ng o’quvchilar 5 ta tashabbus haqida she’rlar yodlaydilar. Harakatlar strategiyasi haqida ham suhbat o’tkaziladi.
II. Uy vazifasini aniqlash, o’tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uyga berilgan Oydinnisoning “Qorparcha” ertagi so’raladi.
O’tilgan mavzu yuzasidan suhbat uyushtiriladi:
-Yil qaysi fasl bilan boshlanadi?
-Qish faslida tabiatda qanday o’zgarishlar bo’ladi?
O’quvchilarga topshiriq beriladi. Har bir guruh qish faslida uch-
raydigan muhim sanalar haqida ma’lumot beradilar.
So’ng o’quvchilar “Qorparcha”ertagini rollarga bo’linib sahna ko’rinish namoyish qilib berishadi.
“Sinkveyn” metodidan foydalanib “Qor” so’ziga mos so’zlar ta’riflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |