III. Yangi mavzuning bayoni: Muallif hayot va ijodi haqida qisqacha ma`lumot
XX asr o‘zbek bolalar ada-biyotiyushg taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan adiblardan biri shoir Qudrat Hikmatdir. U 1925 yili Toshkentning eng qadimgi mahallalaridan biri Sebzorda tavallud topadi. Onasi Muborak aya erta qazo etadi (1934). Uning otasi oddiy dehqonchilik, hunarmandchilik bilan shug‘ullanadi. O’zi esa 1934 yilda o‘rta maktabga kirib, uni 1944 yilda tugatadi.
Shoir sifatida maktab devoriy gazetalarida ko‘rina boshlaydi, Unga Quddus Muhammadiy, Opbek kabi ustozlar mehribonlik ko‘rsatishadi. U qaysi mavzuda, qaysi janrda qalam tebratmasin, eng muhimi, mehnatkash, halol, topqir va chopqir bolalar dunyosini kashf etishga intiladi. Shuningdek, do‘stlik, tinchlik, o‘zaro birdamlik, Ona Vatanni sevish, uni ardoqlash sari da’vat etadi. Uning she’rlaridagi bolalarcha samimiylik, beg‘uborlik va to‘g‘rilik shoir asarlarining o‘qishli, qiziqarli bo‘lishini ta’minlaydi. U 1968 yil og‘ir betoblikdan so‘ng 43 yoshida vafot etgan.
Rebusni yeching
Ayamajiz. (Qudrat Hikmat)
Biyday cho’l – u dalalar,
Bo’ralar qor kapalak.
Bog’lar sokin, mizg’ishar
Misoli oq kapalak,
Muz oynalar sovuq yeb,
Anhorchada qirsillar.
Tarnovlarda sumalak
Shodalarichirssillar.
Saxiy ona tabiat
Quchog’ida havo sol
Onda – sonda ko’rinar
Nursiz, qizg’ish oftob,
Ayamajiz izg’iydi
Ko’chalarda tutaqib.
Shox – shabbani tortqilar
Yalmog’izdek yutoqib…
Ko’k maysalar nish urib,
Yerning baland – pastida,
Go’zalbahor serkillab
Yetilar yer ostida.
Darslik bilan ishlash: She’rni ifodali o‘qish musobaqasi o‘tkaziladi. Darslikda berilgan savollarga javob beriladi. – Siz yana qanday qish haqidagi qo‘shiqlarini bilasiz? O‘quvchilar javobi tinglanib, to‘ldiriladi va tarbiyaviy xulosa chiqariladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
1. Uchinchi to’rtlikda nima deyilgan?
2.Ayamajizda tabiatda qanday hodisalar ro’y beradi?
She’rni tahliliga kirish.
Ayamajiz so’zining ma’nosi nima?
She’rda yilning qaysi fasli haqida o’qidik?
She’rdan ko’k maysalar haqida nimalarni bildingiz?
IBORALAR BILAN ISHLASH.
Izg’iydi-tentiraydi
Yutoqib-(ochiqib, yutguday bo’lib)
Nish urib-o’sib-unib.
Topgan-topaloq o’yini.
1.varaqlari qatma-qat bir yilga yetar faqat.
2.yilni tamomlaydi, qishni boshlaydi.U nima?
3.Otlari har xil, yoshlari bir xil.
DAVOM ETTIR O’YINI.
1.Qish g’amini-…………
2.Bir boshoq don-………….
3.Hurmat qilsang-………….
V. Baholash. Darsdagi faol ishtirokiga qarab, o’quvchilar rag’batlantiriladi va dars yakunida
ballar umumlashtirilib yakuniy ballar e’lon qilinadi.
VI. Uyga vazifa; Ayamajiz she’rini ifodali o’qish, qish fasliga oid rasm chizib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |