Mavzu: Yurtim jamoli. Dilshod Rajab



Download 23,5 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi23,5 Kb.
#216351
Bog'liq
1sher dars ishlanma


Mavzu: Yurtim jamoli. Dilshod Rajab

Maqsadlar: A) Ta’limiy: Тinglab tushunish, fikrni og`zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish kompetentsiyalarini shakllantirish, mavzu haqida tushuncha berish;

B) Kommunikativ, axborot bilan ishlash, shaxs sifatida o`z-o`zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, umummadaniy, matеmatik savodxonlik, fan va tеxnika yangiliklaridan xabardor bo`lish hamda foydalanish kompеtеntsiyalarini tarbiyalash

D) Rivojlantiruvchi: vatanga bo’lgan muhabbatini, yurtga sadoqat tuyg’ularini shakllantirish.

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:mavjud axborot manbalaridan (kitob, telefon, televizor, radio va boshq.) foydalana olish va xulosa chiqarish;

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompentensiyasi:milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlash;

Milliy va umummadaniy kompentensiyasi: badiiy asarlarda aks etgan ma’naviy va madaniy hodisalar mohiyatini to‘g‘ri tushunish va talqin qila olish, ulardagi estetik jihatlarni ilg‘ash hamda tushuntirib bera olish;

Ijtimoiy faol fuqarolik kompentensiyasi: badiiy asarlarda xilma-xil shakl va ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladigan qahramonlarning insoniylik va boshqa fazilatlariga qarab turib xolis mulohaza yurita olish;

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompentensiyasi: mamlakatimizdagi bayram kunlarini bilish, kundalik faoliyatida uchraydigan turli chizmalardan foydalana olish.

Dars uslubi: Darslik bilan ishlash, savol-javob

Dars jihozi: darslik, O’zbekiston rasmlari, slaydlar, kompyuter.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Salomlashish;

Davomatni aniqlash;

Darsga tayyorgarlik ko’rish;

Darsning maqsadini aytish

II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

1. Nima uchun matn “ Vatan madhi “ deb ataladi?

2. Siz Vataningiz ravnaqi uchun qanday hissa qo’shmoqdasiz?

Matnni 3-4 o’quvchiga so’zlataman.

III. Yangi mavzu bayoni:

Yurtim jamoli

Dilshod Rajab

Yurtimizni aylandik.

Maqtovga so’z sayladik:

Toshkent asli bosh shahar,

Bag’ri nur- quyosh shahar.

Sirdaryo – Gulistonim,

Jizzax – bog’-u – bo’stonim.

Maydonlarda mard kelgan ,

Qashqadaryo- Surxonim.

Nuroniy Samarqandim

Yer yuzining sayqali.

G’urur qo’shar ko’ksiga

Temur bobom haykali.

Ilm uyi Buxoro,

Har toshi hikmat, ma’no.

Xorazmning savlat-u

San’atiga tasanno.

Fa’g’ona- yu Andijon ,

Namangan - shohi gulim.

Nomin tilga olsang bas,

Ochilar bahr-u diling.

Nomi dilga darmonim-

Ulug’ O’zbekistonim.

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

She’rni ifodali o’qittiraman.

Lug’at ishi o’tkazaman.

1. She’rni to'xtamlarga rioya qilib, ifodali o‘qing.

2. Qofiyadosh so‘zlarni aniqlang.

3. She’rdagi takrorlangan misralarni qayta o‘qing. „Darmonim“ so'zini unga mos boshqa so‘z bilan almashtiring.

V. Uyga vazifa: she’rni yodlash

VI. Dars yakuni. Baholash O’quvchilarning darsdagi faolligiga, test savollariga bergan javoblariga qarab har bir bosqichdagi baholari umumlashtiriladi va yakuniy ball e'lon qilinadi.
Download 23,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish