"Falokat sababli to’xtash" – miltillovchi qizil chiroq va davlat standarti talablari asosidagi uchburchak shaklidagi belgi.
Haydovchilarning xohishiga ko’ra quyidagi taniqlik belgilari o’rnatilishi mumkin:
"SHifokor" – shifokor – haydovchi boshqarayotgan transport vositasining old va orqa tomoniga tomonlari 140 mm.dan bo’lgan, ko’k rangli to’rtburchak ichida diametri 90 mm.li oq doiraga qalinligi 25 mm.li qizil xoch tasviri tushirilgan belgi o’rnatiladi.
"Nogiron" – birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi boshqarayotgan transport vositasining old va orqa tomoniga barcha tomonlari 150mm.dan bo’lgan va qora rangdagi 7.17. "Nogironlar" yo’l belgisining tasviri tushirilgan, sariq rangli to’rtburchak shaklidagi belgi o’rnatiladi.
Ogohlantiruvchi qurilmalar, ya’ni bayroqcha yoki taxtacha. Mexanik transport vositalarini shatakka olishda egiluvchan ulagichni ko’rsatadigan ogohlantiruvchi qurilma, o’lchami 200x200 mm. bo’lgan, diagonali bo’yicha ketma-ket joylashgan, 50 mm. qalinlikdagi qizil va oq rangli chiziqlar tushirilgan, yorug’lik qaytaradigan yuzali bayroqchalar yoki taxtachalar ko’rinishida tayyorlanishi kerak.
Ushbu ogohlantiruvchi vositalar ulagichning har bir metriga bittadan o’rnatiladi.
Qattiq ulagichli qurilmaning tuzilishi davlat standarti talablariga mos bo’lishi lozim.
Transport vositalarining raqam va taniqlik belgilari, ogohlantiruvchi qurilmalarni o’rnatish qoidalariga amal qilmaslikning xavfli oqibatlari
Transport vositalarining raqam va taniqlik belgilari Yo’l harakat xavfsizligi boshqarmasi tomonidan nazorat yuritish va ular haqida kerakli operativ ma’lumot olish uchun joriy etilgan.
Ogohlantiruvchi qurilmalar, ya’ni mayoqchalar, miltillovchi chiroqlar va maxsus tovushli moslamalar transport vositalarining xususiyatlari haqida yo’l harakatining boshqa ishtirokchilarini o’ziga yarasha xavf-xatardan ogohlantiradi, shuningdek, transport vositalari va ularning haydovchilari haqida axborot berib, ba’zi yo’l – transport hodisalarining oldini olish uchun xizmat qiladi.
Transport vositalari yo’l harakati xavfsizligi organlarining ruxsatisiz miltillovchi chiroq – mayoqcha va maxsus tovushli ishora bilan jihozlangan, kuzovning yon tomoniga YHXB bilan kelishmasdan qiya oq chiziq tortilgan, ko’zda tutilmagan joylarga tegishli raqam belgilari o’rnatilgan, agregat va qismlarining raqamlari yoki raqam belgilari ko’rinmaydigan, qalbakilashtirilgan, o’zgartirilgan bo’lsa, jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |