Mashg’ulot yakuni:
1. Faol ishtirok etgan ta’lim oluvchilarni baholaydi va rag’batlantiradi.
Uyga vazifani berilishi:
2. Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi.
Mavzu : Velosiped va aravalarni harakatlanishi, shuningdek, hayvonlarni haydab o’tishga doir qo’shimchalar.
Мashg’ulot rejasi:
1. Velosiped, moped va aravani boshqarish, hayvonlarni haydab o’tishga qo’yiladigan talablar. Yo’llarda velosiped, moped, aravani boshqarish, hayvonlarni haydab yoki minib o’tish uchun ruxsat etilganlarning yoshi va javobgarligi.
2. Velosiped, moped, aravani boshqarish, hayvonlarni haydab yoki minib o’tishda amaldagi ta’qiqlar.
3. Ma’muriy huquqbuzarlik va ma’muriy javobgarlik.
Vizual materiallar
Velosiped, moped va aravani boshqarish, hayvonlarni haydab o’tishga qo’yiladigan talablar
Velosipedlar, mopedlar, aravalarni boshqarish, hayvonlarni minib borish yoki haydab ketish paytida yo’lning chetki o’ng bo’lagida, imkoni boricha o’ng tomonidan bir qator bo’lib harakatlanishga yo’l qo’yiladi. Agar piyodalarga xalaqit bermasa, yo’l yoqasida ham harakatlanishga ruxsat etiladi.
Yo’lning qatnov qismida harakatlanishda velosipedchilar, aravalar jamlanmasi, minib olingan hayvonlar to’dasi va haydab ketilayotgan hayvonlar podasi yo’l harakati xavfsizligini ta’minlaydigan hamda ularni quvib o’tishni osonlashtiradigan guruhlarga bo’linishi kerak.
Velosiped tovush bergich moslamasi bilan jihozlangan va uning tormozi soz bo’lishi zarur. Qorong’i vaqtda va yetarli ko’rinmaslik sharoitida velosipedning old tomoniga oq rangli, orqa tomoniga qizil rangli chiroqcha yoki qizil rangli nur qaytargich, yon tomonlariga esa zarg’aldoq yoki qizil rangli nur qaytargich o’rnatilishi kerak.
CHorrahadan tashqaridagi harakat tartibga solinmaydigan joylarda velosiped yo’lkasida borayotgan velosiped va moped haydovchilari bu yo’lka bilan kesishgan yo’llarda harakatlanayotgan transport vositalariga yo’l berishlari kerak.
Ot – aravalarda orqaga tisarilib ketishga yo’l qo’ymaydigan tirgaklar va uni to’xtatib turadigan moslama bo’lishi kerak.
Qorong’i vaqtda va yetarli ko’rinmaslik sharoitida yo’lda harakatlanayotgan ot – aravaning old tomoniga oq rangli chiroqcha yoki ikkita nur qaytargich, orqa tomoniga esa qizil rangli chiroqcha, yoki ikkita nur qaytargich o’rnatilishi kerak.
Yondosh hududdan yoki ikkinchi darajali yo’ldan ko’rinish cheklangan joylarda yo’lga chiqayotgan arava haydovchisi hayvonlarning jilovini qo’yib yubormasligi kerak.
Hayvonlar yo’llarda, asosan, kunning yorug’ vaqtida haydab boriladi.
Podachilar hayvonlarni mumkin qadar yo’lning o’ng chetidan olib yurishlari kerak.
Temir yo’l kesishmalari orqali o’tishda podachilar sonini hisobga olgan holda, hayvonlar podasi xavf-xatarsiz haydab o’tilishi ta’minlanadigan to’dalarga bo’linishi lozim.
Moped, velosiped haydovchi, ot – ulovli aravani boshqarib boruvchi shaxslar tibbiy ko’rikdan o’tishdan bo’yin tovlasa, EKOIHning 3 baravari miqdorida jarimaga tortiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |