Mavzu: Yevropa halqaro munosabatlar tizimida


II- bob.Birinchi jahon urushi sabalari va oqibatlari



Download 255,5 Kb.
bet8/11
Sana26.01.2022
Hajmi255,5 Kb.
#411818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Birinchi jahon

II- bob.Birinchi jahon urushi sabalari va oqibatlari.

I.1. XX-asr boshlarida xalqaro siyosiy inqirozlar .
Germaniya kapitalistlari 70 – yillarda keskin ravishda mustamlaka bosqinlari qilishni talab eta boshladilar. Bir qancha vaqtgacha Bismark bu yo‘lga kirishga jur’at etolmadi. Lekin 80 – yillarning boshlarida mustamlakalar uchun bo‘lgan janjallar keskinlashishi natijasida Angliya bilan Fransiya o‘rtasidagi, Fransiya bilan Italiya o‘rtasidagi, bundan ilgariroq, 70 – yillarning ikkinchi yarmida Angliya bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar keskin yomonlasha boshlagandan keyin, Germaniyaning Yevropadagi mavqei esa mustahkamlangandan keyin Bismark qat’yat bilan mustamlakachilik siyosatini tuta boshladi. Germaniya 1884 – yilda, keyinchalik Germaniyaning Janubi – G‘arbiy Afrikasi deb atalgan viloyatlarni, undan keyin esa Togo va Kamerun hududlarini bosib oldi, 1885 – yilda u Germaniya Sharqiy Afrikasini va yangi Gvineyaning shimoli-sharqiy qismini bosib oldi. Lekin 1886 – yildan boshlab Yevropa qit’asida vujudga kelgan murakkab ahvol Germaniya hukumatini vaqtincha yangi bosqinlardan to‘xtab turishga majbur etdi.

Berlin kongressidan keyin yangidan vujudga kelgan Bolgariya davlatida uzoq vaqtgacha ahvol stabillashmadi. Ahvol Rossiya, Avstriya-Vengriyava Angliya o‘rtasida Bolgariyadagi ta’sir doirasi uchun kurash tufayli murakkablashdi. Xalq ommasi Rossiyaga xayrixoh edi. Lekin rus chorizmi Bolgariyadagi hukmron kuchlarni, Bolgariyaning yirik burjuaziyasini qo‘llab-quvvatlaganligi uchun o‘z pozitsiyasini zaiflashtirgan edi, vaholanki Bolgariyaning yirik burjuaziyasi o‘sha vaqtda iqtisodiy jihatdan Avstriya-Vengriya bilan bog‘langan edi va u ana shu Avstriya – Vengriya hamda Angliyaning tarafdori edi. 1887 – yil yozida Bolgariyadagi hukmronerlarning harakati bilan bolgar taxtiga avstriyaliklar homiyligidagi prins Ferdinand Koburgskiy o‘tqazib qo‘yildi. Rus hukumati uning saylanishi qonunsizligini isbotlamoqchi bo‘ldi a Ferdinandning Bolgariya knyazi sifatida tanishdan bosh tortdi. Bu narsa Yevropadagi davlatlarning Bolqonda qarama-qarshiligi yana keskinlashuviga sabab bo‘ldi.

Ana shu yillarda (1885 – 1887 – yillar) Germaniya hukumati ataylab Fransiya bilan munosabatlarni keskinlashtirishga intildi. U Fransiyada qasos olish haqida bulanjistlar olib borgan propagandaning ahamiyatini sun’iy ravishda bo‘rttirib ko‘rsata boshladi. Bismark Bolgariyada ahvolning murakkablashuvi Rossiyaning e’tibori va kuchini o‘sha yoqqa tortadi, bu bilan Fransiya Germaniya tomonidan urush xavfi tug‘ilganda yakkalanib qoladi, deb hisoblagan edi. 1887 – yil yanvarida Germaniya hukumati Fransiya – Germaniya munosabatlarini haddan tashqari keskinlashtirib yubordi.

Biroq tez orada sharoit o‘zgardi. Germaniya hukumati, Rossiyaning Bolgariyadagi ahvoli og‘irligiga qaramay, agar Fransiya bilan Germaniya o‘rtasida janjal chiqib qolgudek bo‘lsa, Rossiya betaraf bo‘lib qolmasligini tushundi.

1887 yil aprelida, nemis ma’murlari fransuzlarning chegara amaldorini qamoqqa olishi tufayli vujudga kelgan (Shnebele ishi deb atalgan ish), chegara janjallari tufayli Fransiya – Germaniya munosabatlari yana keskinlashgan paytda, Germaniya hukumati bu janjalni tinch yo‘l bilan hal etishga tayyor ekanligini izhor qildi, masala xuddi ana shunday hal etildi.

1887 yil iyulida 1881 yildan beri davom etib kelgan, betaraflik haqida Avstriya – Rossiya – Germaniya o‘rtasida tuzilgan bitimning muddati tugagan edi. Chor hukumati uchala davlat o‘rtasidagi bu bitimni tiklashdan voz kechdi, ya’ni bitimda Avstriya – Vengriyaning ishtirok etishini istamadi. Buning natijasida Avstriya – Rossiya – Germaniya bitimi Rossiya bilan Germaniya o‘rtasidagi bitim bilan almashtirildi, bu bitim keyinchalik “hadiksirash bitimi” degan nom oldi. Bismark Avstriya – Vengriya va Italiya bilan tuzilgan ittifoq tufayli Rossiya bilan Fransiyadan o‘zini ta’minlagandan keyin, endilikda Rossiyaning o‘zi bilan ham kelishib oldi: har ikki tomon ham agar biron – bir uchinchi davlat bilan urush chiqib ketadigan bo‘lsa, bir – birlariga nisbatan betaraf bo‘lishni va’da qildilar. Lekin bundan ikki narsa istisno edi: Rossiya Avstriya – Vengriyaga hujum qilgan taqdirda Germaniya betaraflikka rioya qilishga majbur emas edi, Rossiya ham Germaniya Fransiyaga hujum qilgudek bo‘lsa, betaraf qolishga majbur emas edi. Maxsus bayonnoma bilan, agar rus imperatori “Qora dengizga chiqadigan yo‘lni himoya qilishga majbur bo‘lib qolgan taqdirda” Germaniya o‘z zimmasiga diplomatik jihatdan uni qo‘llab – quvvatlash majburiyatini olgan edi. Bismark provokatsiya yo‘li bilan Rossiyani Yaqin Sharqdagi va bo‘g‘ozlardagi avantyuraga tortish bilan bir vaqtda, o‘sha, 1887 yildayoq, Angliya, Avstriya va Italiya o‘rtasida Rossiyaga qarshi qaratilgan bitim tuzishga aktiv yordam bergan edi. “Sharqiy Antanta” deb atalgan bu bitim maxsus ravishda bo‘g‘ozlarda va Bolqonda Rossiyaga qarshi kurash maqsadida tuzilgan edi va tomonlarning O‘rta dengiz, Qora dengiz, Egey dengizi va Adriatika dengizlari qirg‘oqlarida status-kvoni saqlab qolishda hamkorlik qilish majburiyati ko‘zda tutilgan edi.

70-yillarning oxirigacha Germaniya sanoati rus bozorida hukmronlik qilib keldi. Endilikda, Rossiyada kapitalistik sanoatining rivojlanishi natijasida Rossiya bilan Germaniya kapitali o‘rtasida ichki bozor uchun kurash boshlanib ketdi. 1876-yildan boshlab Rossiya yildan-yilga tamojnya bojlarini oshirib boraverdi. Rus kapitalistlari o‘z hukumatlaridan proteksionizmni tobora kuchaytirishni talab qildilar. Bu narsa Germaniyadagi kapitalistik doiralarning katta noroziligiga sabab bo‘ldi. Ularning ta’siri ostida Germaniya hukumati rus bojlarini kamaytirishga erishmoqchi bo‘ldi. Lekin hukumatning bu harakati deyarli natija bermadi, buning natijasida Rossiya bilan Germaniya o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashdi. Rus agrarlari bilan prus agrarlari o‘rtasida bir vaqtlar Germaniya bozori uchun bo‘lgan raqiblikka Rossiya bozori uchun rus va german kapitalining kurashi kelib qo‘shildi.

Qaysi tomon agressor bo‘lishidan qat’i nazar, Fransiya bilan Germaniya o‘rtasida urush bo‘lib qolgan taqdirda, rus hukumatining betaraf turishga va’da bermaganligi Germaniya hukumatining yanada kuchliroq noroziligiga sabab bo‘ldi. Germaniya hukumati 1887 - yilda Rossiyani bu masaladagi o‘z siyosatini Germaniya foydasiga o‘zgartirishga majbur etishga urinib ko‘rdi. Germaniya hukumati buning uchun Rossiya davlati oladigan qarzga putur yetkazish uchun intilib, Rossiyaga qarz berishdan bosh tortdi, reyxsbank tomonidan ruslarning qimmatbaho qog‘ozlarini qabul qilishni man etdi. Ruslar oladigan qarzga putur yetkazish uchun uyushtirilgan bu hujumning natijasi Germaniyaning hukmron doiralari kutganidek bo‘lib chiqmadi.

Chor hukumati bu haqda Parij bankiga murojaat qilib, Berlin rad etgan va o‘ziga kerakli bo‘lgan pulni oldi. 1887 - yil voqealari Rossiya bilan Germaniya o‘rtasidagi munosabatlarni ancha murakkablashtirdi va Fransiya bilan Rossiyaning 1875 - yildagi urush vahimasi natijasida va Avstriya, Germaniya hamda Uchlik ittifoqi tuzilishi natijasidayoq obyektiv ravishda vujudga kelgan yaqinlashuvini tezlashtirdi.

Rossiya bilan Germaniya o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashganligi tufayli Bismark Angliya bilan ittifoq tuzishga urinib ko‘rdi. Lekin ingliz hukumati nemislarning ittifoqchilik bitimi tuzish haqidagi taklifini rad (1889 yil) etdi.

Ingliz hukumati 80 – yillarda va 90 – yillarning boshlarida “ajoyib yakkalab qo‘yish” deb atalgan siyosatni o‘tkazib keldi. Bu siyosat quyidagicha edi. O‘sha vaqtda Rossiya bilan Fransiya Angliyaning asosiy raqiblari edi. Lekin Angliyaning davlat arboblari, bir tomondan, Rossiya bilan Fransiya o‘rtasidagi, ikkinchi tomondan, Germaniya va Avstriya – Vengriya o‘rtasidagi ziddiyatlar Angliya bilan uning kontinental davlatlardan iborat raqiblari o‘rtasidagi ziddiyatlarga qaraganda ancha keskin, deb o‘ylagan edilar. Shuning uchun ham bu siyosat tarafdorlari, agar Rossiya bilan, yoki Fransiya bilan urush chiqib qolgudek bo‘lsa, Angliya Germaniya bilan Avstriya – Vengriyaning qo‘llab – quvvatlashiga ko‘z tutishi mumkin deb o‘yladilar, demak, qit’ada Germaniya yoki Avstriya – Vengriya manfaatlari uchun urushga tortilishi mumkin bo‘lgan ittifoqchilik majburiyatlari bilan o‘zini bog‘lab o‘tirishning hojati yo‘q, deb hisobladilar.

Angliya o‘zini ana shunday bitimlar bilan bog‘lab o‘tirmay, o‘z manfaatlarini boshqalar qo‘li bilan himoya qilishga intilishi kerak edi. Buning uchun “ajoyib yakkalab qo‘yish” siyosatining tarafdorlari boshqa buyuk davlatlar o‘rtasida janjal chiqarish eng yaxshi vosita, deb hisobladilar. Ular o‘rtasidagi ziddiyatlar qancha keskin bo‘lsa, mamlakatlar bosib olish jarayonida Angliya uchun shuncha ko‘p imkoniyatlar ochilardi. Bu siyosatning hammasi, Angliyaning orolda joylashganligi tufayli biron – bir davlat uning hududiga bevosita hujum qilishidan qo‘rqishga to‘g‘ri kelmasligi asosiga qurilgan edi. O‘sha vaqtlarda, hali aviatsiya bo‘lmagan va ingliz harbiy floti dengizda hukmron bo‘lgan paytlarda, ana shunday tinch yashash uchun asos bor edi.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, Avstriya – Vengriya va Italiya bilan bitim tuzilishi “ajoyib yakkalab qo‘yish” siyosatidan birmuncha chekinish edi. Lekin bu bitimda qurolli kuchlarni birgalikda qo‘llanish majburiyati yo‘q edi, demak, bu bitim ittifoqchilar bitimi emas edi.

80 – yillarning ikkinchi yarmidan boshlab Fransiya bilan Italiya o‘rtasidagi munosabatlar yanada yomonlashdi. Shimoliy Afrika (Tunis) ni bo‘lib olish uchun kurashdan tashqari, Fransiya bilan Italiya kapitali o‘rtasida Italiyaning ichki bozorida raqiblik vujudga keldi. 80 – yillarga qadar bu yerda fransuz kapitali hukmron edi. Endilikda yosh italyan burjuaziyasi bu hukmronlikni o‘z qo‘liga olmoqchi bo‘lgan edi. Shunday qilib, Fransiya bilan Italiya o‘rtasida bojxona urushi boshlandi, bu urush o‘n yildan ortiqroq (1886 yildan 1898 yilgacha) davom etdi.

1890 yilda Germaniya siyosatida ayrim o‘zgarishlar yuz berdi. Bismark iste’fo berishga majbur bo‘lgan edi. Uning o‘rniga kelgan Kaprivi 1887 yilda Rossiya bilan tuzilgan va muddati tugagan bitimni tiklashdan bosh tortdi. Kaprivi bu bitimning mustahkamligiga ishonmadi va bu bitim Uchlik ittifoqiga Angliyani qo‘shib olish yo‘li bilan Germaniya boshliq harbiy blokni yanada mustahkamlashni qiyinlashtiradi, deb qo‘rqardi. Uning bu fikri to‘g‘ri bo‘lib chiqmadi. Angliya Sharqiy Afrikada uning kattakon yon berishlarga qaramay (Germaniya Shimoliy dengizning Geramniya qirg‘og‘i yaqinidagi strategiya jihatidan muhim bo‘lgan Gelgoland oroli o‘rniga bir qator mustahkamlanardi, shu jumladan, Ugandani Angliyaga bergan edi) Uchlik ittifoqiga qo‘shilishdan bosh tortdi.

Germaniyaning “hadiksirash bitimi” dan voz kechishi Rossiya hukumatini Fransiya bilan ittifoq tuzishga rag‘batlantirdi. Fransiya 1887-yil voqealaridan keyin ana shunday bitim tuzishga qat’iyan tarafdor edi. 1891 yilda Rossiya bilan Fransiya o‘rtasida konsultativ pakt tipidagi bitim tuzildi: har ikki davlat ham urush xavfi paydo bo‘lib qolgan taqdirda, birgalikda qanday choralar ko‘rish kerakligini muhokama qilish majburiyatini oldilar.

1892 yilda bu sohada olg‘a qarab yana qadam qo‘yildi: harbiy konvensiya ishlab chiqildi. Bu konvensiyaga muvofiq, agar Fransiyaga Germaniya hujum qilib qolsa, yoki Germaniya qo‘llab – quvvatlagan Italiya hujum qilib qolsa, Rossiya “o‘z ixtiyoridagi” barcha kuchlarni ishga solib, Germaniyaga qarshi hujum boshlash majburiyatini o‘z zimmasiga oldi. Agar Germaniya yoki Germaniya qo‘llab – quvvatlagan Avstriya – Vengriya Rossiyaga hujum qilib qolgudek bo‘lsa, Fransiya ham xuddi ana shunday qilish majburiyatini o‘z zimmasiga oldi. Bunda Rossiya va Fransiya Uchlik paktining a’zosi bo‘lgan eng kuchli dushman – Germaniyaga qarshi urush olib borish uchun qancha qo‘shin ajratish kerakligi aniq belgilab qo‘yilgan edi. Konvensiyada Uchlik ittifoqining kuchlari yoki uning tarkibiga kirgan biron mamlakatning kuchlari safarbar etilishiga javoban, Rossiya bilan Fransiya ham bir vaqtning o‘zida darhol safarbarlik e’lon qilishi ko‘zda tutilgan edi. Bu konvensiya faqat 1893-yildagina ratifikatsiya qilindi. Shundan keyin Rossiya bilan Fransiya boshqa harbiy blokka qarshi bundan ham ilgariroq Germaniya tomonidan tuzilgan harbiy blokka qarshi qaratilgan harbiy ittifoq bilan bog‘langan edilar. Fransiya bilan Rossiya o‘rtasida tuzilgan ittifoq Uchlik pakti tuzilishiga javob edi, lekin bu ittifoqdan agressiv, bosqinchilik maqsadlari uchun ham foydalanildi.

Yirik Yevropa davlatlari o‘rtasida 1871-yildan boshlab 90-yillarning o‘rtalarigacha davom etgan o‘zaro munosabatlarning rivojlanishi shunga olib keldiki, qit’adagi yirik harbiy davlatlar bir-biriga xavf solib turgan ikkita katta lagerga: bir tomondan, Rossiya va Fransiyaga ikkinchi tomondan, Germaniya va Avstriyaga bo‘linib ketdi. Bir-biriga qarama-qarshi turgan ana shu ikki harbiy blok zo‘r berib qurollanishni tezlashtirib yubordi: ana shu bloklarning har biridagi qatnashchilar bir-birlarini quvlab, bir-birlaridan qolib ketishdan qo‘rqib, dushmanning qurolli kuchlar sohasida ustunlikka erishishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun intilib, qurollana boshladilar. Angliya XX asr boshlariga qadar har ikki harbiy gruppirovkaning bittasiga ham qo‘shilmay, ularning ziddiyatlaridan foydalanishga intilib keldi, lekin o‘sha vaqtlarda (90-yillarning o‘rtalariga qadar) u Germaniya gruppirovkasiga yaqin edi. Angliya zo‘r berib qurollanishda, ayniqsa dengiz flotini kuchaytirishda aktiv qatnashdi, aktiv qatnashdi, ingliz harbiy dengiz floti dunyoda hamisha eng qudratli bo‘lishi uchun, o‘zining butun kuchi bo‘yicha o‘zidan keyingi ikkita dengiz mamlakatlaridan ustun turishi uchun harakat qildi va bunga muvaffaqiyat bilan erishdi. Britaniya imperiyasi o‘sha vaqtda Angliya atrofidagi suvlardagina emas, shu bilan birga, Angliyani uning mustamlakalari bilan bog‘laydigan dengiz kommunikatsiyalarida ham hukmronlik rolini o‘ynardi.

XIX asrning oxirida Xitoyda ta’sir doirasi uchun kapitalistik davlatlar o‘rtasidagi kurash keskinlashib ketdi. Xitoy yerlarini bosib olish uchun kurashga 70 – yillardayoq Tayvan (Formoza) orolini bosib olishga uringan yapon militarizmi asos soldi. 1894 yilda Yaponlar oldindan e’lon qilmasdan turib, yana Xitoyga hujum qildi. Yaponlar Xitoy imperiyasining yaxshi tashkil etilmagan feodal tipdagi armiyasini tezda tor – mor keltirdi. 1895 yilda Yaponiya hukumati Xitoyga sulh shartlarini qabul qildilar. Simoniseki sulh bitimiga muvofiq, Xitoy Yaponiyaga Janubiy Xitoyga qarshi kurashda tayanch punkti bo‘lgan Tayvan orolini va Tyanszinga, demak, Xitoy poytaxti Pekinga kirib boradigan dengiz yo‘liga hukmronlik qiladigan Port – Artur bilan birgalikda Lyaodun yarim orolini berdi. Xitoyga vassal qaramlikda bo‘lgan Koreya “mustaqil” deb e’lon qilindi. Yaponiyaning bu “mustaqillik” dan Koreya ustidan o‘z protektoratini o‘rnatish uchun foydalanajagi ravshan edi. Sulh bitimi shartlariga ko‘ra, Xitoy Yaponiyaga kontributsiyalar ham to‘lash majburiyatini olgan edi.

Xitoy bilan bitim tuzganda Yaponiyaning hukmron doiralari Uzoq Sharqda agressiyani bundan keyin avj oldirish uchun o‘zlariga platsdarm egallashni ko‘zda tutgan edilar. Yaponiya Lyaodun va Koreyani bosib olgandan keyin faqat Xitoygagina emas, shu bilan birga Rossiyaning Uzoq Sharqdagi yerlariga ham xavf solishi mumkin edi.

Rossiyaning bu yerlari o‘sha vaqtda deyarli mutlaqo himoyasiz edi. U yerda Rossiyaning hammasi bo‘lib bir necha o‘n ming soldati bo‘lib, qo‘shimcha kuchlar keltirish imkoniyati deyarli yo‘q edi: Sibir temir yo‘li 1891 yilda qurila boshlagan va 1895 yilga kelib faqat G‘arbiy Sibirgacha olib borilgan edi. U yerdan Vladivostokka qadar qo‘shinlarni ot – aravada yoki piyoda jo‘natish mumkin edi, xolos.

Rus hukumati yaponlar agressiyasiga to‘sqinlik qilishga qaror berdi. Rossiya bunda endigina Rossiyaning ittifoqchisi bo‘lgan Fransiyaning qo‘llab – quvvatlash haqidagi va’dasini olgan edi. Ularga, yapon – xitoy munosabatlariga aralashish Uzoq Sharqda ta’sir o‘tkazish imkoniyatini beradi, deb hisoblagan Germaniya ham qo‘shilgan edi. Bu uch davlat Yaponiyadan o‘zi bosib olgan yerlardan voz kechishni talab qildilar, aks holda yapon suvlariga o‘z harbiy dengiz kuchlarini yuborish bilan do‘q qildilar. Uch ulug‘ davlatning tazyiqi ostida Yaponiyaning hukmron doiralari chekindilar. O‘sha, Simonoseki shahrida tuzilgan yangi bitimga ko‘ra, Yaponiya Tayvanni o‘zida saqlab qoldi, lekin Lyaodun yarim orolini Xitoyga qaytarib berdi. Yaponiya buning evaziga Xitoy to‘laydigan kontributsiya hajmini birmuncha ko‘paytirdi.

Xitoy hukumatining kontributsiyani to‘lash uchun mablag‘i yo‘q edi, u tashqaridan qarz olishi kerak edi. Xitoyga ana shunday qarzni Rossiya bilan Fransiya berib, bu bilan Xitoyning chet el kapitaliga asorati yana kuchaygan edi. 1896 yilda Rossiya Xitoy bilan ittifoq tuzdi, bu ittifoqqa ko‘ra Rossiya Yaponiya hujum qilib qolgan taqdirda Xitoyni himoya qilish majburiyatini olgan edi.

Chor hukumati Yaponiya ustidan bo‘lgan o‘z diplomatik g‘alabasidan Uzoq Sharqda o‘zining ekspansiyasini rivojlantirish uchun foydalandi. 1896 yilda Sharqiy Xitoy temir yo‘lini qurish va ekspluatatsiya qilish konsessiyasini Xitoy Rossiyaga berdi. Zabaykalyedan Vladivostokka qadar Xitoy hududi bo‘ylab yo‘l o‘tkazish – Vladivostokka boradigan yo‘lni to‘g‘rilash demak, harakatni tezlashtirish demak edi. 1897 yil oxirida Germaniya hukumati Xitoyning Sindao porti bilan birga Szyao – Chjou buxtasini bosib oldi va Xitoy hukumatidan buni tan olishni, Szyao – Chjouni Germaniyaga “ijaraga” berish haqidagi shartnomasiga qo‘l qo‘yishni talab qildi. Chor hukumati bunga dastlab bunga qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘ldi: Xitoy hukumati qarshilik ko‘rsatish uchun juda zaif edi. Biroq tez orada rus chorizmi Germaniya diplomatiyasi taklif qilgan bitimga: Szyao Chjouning Germaniya tomonidan bosib olinishiga va buning evaziga o‘zi Port – Arturni olishiga rozi bo‘ldi. 1898 yil boshlarida Lyaodun yarim orolini Rossiyaga ijaraga berish haqida rus – xitoy bitimi tuzildi. Shundan keyin Xitoy hukumati KVJD ni Port – Artur bilan (bo‘lajak Janubiy Manjuriya temir yo‘li bilan) ulaydigan temir yo‘l qurilishini konsessiyaga berdi.

Germaniya hukumati chorizmning Port – Arturni bosib olishini rag‘batlantirib, Szyao – Chjouni bosib olishga rozilik olishdan tashqari, boshqa maqsadlarni ham ko‘zlagan edi. Agar Rossiya Uzoq Sharqda bosqinchilik siyosatini boshlaydigan bo‘lsa, bu narsa uning kuchlarini Yevropadan chetga tortgan bo‘lardi va Geramniyaning, xususan, Fransiyaga qarshi kurashida katta harakat erkinligini ta’minlagan bo‘lardi.

Szyao – Chjouning Germaniya tomonidan bosib olinishi Xitoydan o‘z luqmasini uzib olishga intilib kelgan boshqa imperialistlarni ham harakatga keltirib yubordi.

XIX asrning ikkinchi yarmi davomida ingliz kapitali o‘zini Uzoq Sharqning xo‘jayini deb his qilib keldi. Angliyaning savdosi Xitoyda birinchi o‘rinda turardi. 60 – yillarda ochilgan Gonkong – Shanxay banki inglizlarning eng yirik mustamlaka banklaridan biri bo‘lib, bank ishlarida butun mamlakatda hukmron edi. Xitoydagi dengiz bojxonasi boshida ingliz turardi. Bojxona daromadlari Xitoy hukumatining muhim daromad manbai edi, shuning uchun ham dengiz bojxonasi ustidan nazorat qilish katta siyosiy ta’sir o‘tkazishni ta’minlardi. Angliya 90 – yillarga qadar Xitoy qirg‘oqlarida – Gonkong orolida yaxshi uskunalangan harbiy dengiz bazasiga ega yagona davlat edi. Yevropa va Amerikaning bironta ham davlati 90 – yillarga qadar Uzoq Sharqda bunday ustunliklarga ega emas edi. Shanxaydagi xalqaro settlment va uni boshqarish amalda inglizlar qo‘lida edi. Ingliz burjuaziyasi va uning hukumati Yaponiyaning Xitoyga qarshi harakatiga noroizilik bilan qaradilar. Lekin Angliya bunga toqat qilib turdi, chunki ingliz burjuaziyasi uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan raqiblarining eng xavflisi Rossiya edi.

Angliya o‘sha vaqtda Rossiyani Osiyo uchun kurashda asosiy raqib deb bilardi. 1895 yili Angliya Rossiya, Fransiya va Germaniyaning Yaponiyaning talablariga qarshi harakatiga qo‘shilishdan bosh tortdi. U Yaponiya bilan munosabatlarini buzishni istamasdi, chunki u Yaponiyadan Rossiyaga qarshi kurash maqsadlarida foydalanishni ko‘zda tutardi.

Ingliz hukumati Port – Arturning bosib olinganligiga qarshi birmuncha strategik ustunlikka erishish uchun Veyxayvey portini bosib oldi. Shundan keyin ingliz kapitali Xitoyda temir yo‘l qurilishi, har holda Manjuriyadan tashqarida bo‘lsa ham, Rossiyaning va u bilan birga harakat qilayotgan Fransiyaning qo‘liga tushib qolmasligi uchun Xitoy hukumatidan mumkin qadar ko‘proq temir yo‘l konsessiyasi olishga harakat qildi. Eng janubda, Hindi – Xitoy bilan qo‘shni yerda, temir yo‘l konsessiyasini Fransiya qo‘lga oldi. Shandunda temir yo‘l qurilishi va kon sanoati konsessiyasini endilikda Szyao – Chjou harbiy dengiz bazasiga ega bo‘lgan Germaniya qo‘lga oldi. Lekin Angliya hissasiga Xitoyning eng boy qismi – Yanszi daryosi havzasi, shuningdek Gonkong qarshisidagi materikda joylashgan Kanton bilan birga Guandun viloyati qoldi. Xitoyni imperialistik davlatlar o‘rtasida ta’sir doirasina bo‘lib olish ana shunday bo‘ldi.

80 – yillardan boshlab Italiyaning hukmron doiralari Efiopiya (Abissiniya)ni bosib olishga tayyorgarlik ko‘ra boshladilar. 1895 yilda ular bu mamlakatga hujum qildilar. 1896 yilning boshlarida Italiyaning ekspeditsion korpusi negus Menelika qo‘mondonligi ostidagi efioplar tomonidan Adua yonidagi jangda butunlay tor – mor qilindi. Efiopiya qahramonona kurashda o‘z mustaqilligini saqlab qoldi.

1896 yilda ingliz hukumati Sudanni zabt etishga kirishdi. 1898 yilda ingliz qo‘shinlari mahalliy aholining qarshiligini yengib, Xartumni egalladilar, u yerda hatto mustamlakachilar praktikasida misli ko‘rilmagan shafqatsizlik bilan o‘ch oldilar. Shundan keyin Angliyaning ekspeditsion korpusi Nil daryosi bo‘ylab yuqoriga harakat qilib borib, Fashoda qishlog‘i yaqinida kapitan Marshan qo‘mondonligi ostidagi fransuz otriyadini uchratdi. Marshan fransuz yer-mulkidan Ubanga (Kongo havzasida) oblastiga tomon tropik o‘rmonlar va Markaziy Afrikaning savannalari orqali o‘tib borib, inglizlarning yo‘lini qirqib qo‘ymoqchi edi. Uning vazifasi – Angliyaga butun Nil vodiysining xo‘jayini bo‘lib olishga imkon bermaslik edi. Marshan Nil Daryosining yuqori qismida joylashib olib, bu bilan Misrda fransuzlar ta’sirining kuchayishiga yordam berishi kerak edi.

Ingliz qo‘shinlarining qo‘mondoni Kitchener Marshanga Nil havzasidan ketishni taklif qildi. Angliya hukumati, agar fransuz qo‘shinlari bu talabni bajarmaydigan bo‘lsa, urush ochamiz, deb Fransiyaga do‘q qildi.

Marshan yon berish haqida o‘z hukumatining buyrug‘ini oldi. Tez orada Angliya Suddani bosib olishni tugalladi.

XIX asrning oxirlariga kelib imperialistik davlatlar tomonidan dunyoni territorial bo‘lib olish asosan tugallangan edi. 70-90-yillar mobaynida Afrikani, O‘rta va Janubi-Sharqiy Osiyoni hamda Tinch okeandagi orollarni bo‘lib olish ham tugagan edi. Juda katta hududlar yirik kapitalistik davlatlarning mustamlakasiga aylangan edi. Turkiya bo‘linmasdan qolgan edi, chunki uni egallashga intiluvchilar haddan tashqari ko‘p bo‘lib, ular bir-birlariga xalal berib kelardilar: Rossiya Angliyaga butun Usmoniylar imperiyasiga o‘z ta’sirini o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymasdi, Angliya bilan Avstriya-Vengriya Rossiyaga bo‘g‘ozlar, Turkiya poytaxti va hokazolar ustidan o‘z kontrolini o‘rnatishiga to‘sqinlik qilib kelardi. Biroq kapitulyatsiya va xalqaro moliyaviy kontrol rejimining mavjudligi Turkiyani yarim mustamlaka holatiga keltirib qo‘ygan edi. Xitoy ham ana shunday ahvolda edi. Bu buyuk mamlakat imperialistlar tomonidan yarim mustamlakaga aylantirilgan edi. Uni asoratga solish protsessi 1839-1842-yillardagi “afyun” urushidan boshlangan, 90-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab esa ish Xitoyni qisman ta’sir doiralariga bo‘lishgacha borib yetgan edi. Eron ham o‘zining mustaqilligini amalda ancha yo‘qotib qo‘ygan edi, lekin Rossiya bilan Angliyaning o‘zaro raqobati uni mustamlakaga aylantirishga xalal bergan edi. Marokash bilan Efiopiya yarim mustamlakalarga aylangan edi; ular Xitoy bilan Turkiya kabi o‘z milliy davlatlarini saqlab qolganlari holda, iqtisodiy jihatdan asoratga solingan va teng bo‘lmagan bitimlar bilan ezib qo‘yilgan edi. Ularning suvereniteti kapitulyatsiya rejimi bilan buzilgan edi.

Lotin Amerikasi mamlakatlari XX asrning boshlariga kelib formal ravishda o‘z davlat suverenitetlarining saqlab qolgan bo‘lsalar ham (ularda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yarim mustamlakalar singari kapitulyatsiya rejimi yo‘q edi), yo ingliz imperializmiga, yoki Amerika imperializmiga moliyaviy-iqtisodiy jihatdan qaram bo‘lib qolgan edilar. Bunday qaramlik asosan budjet defitsetini qoplash yoki temir yo‘l qurilishi uchun qarz olish negizida vujudga kelgan edi.

Buyuk kapitalistik davlatlarning moliyaviy-iqtisodiy qaramligiga bir qator Yevropa mamlakatlari ham, masalan, Bolqondagi davlatlar, shuningdek Portugaliya ham tushib qolgan edi.

Serbiya bilan Chernogoriya knyazlarining turklar hukmronligidan uzil – kesil ozod qilinishi XIX asrning so‘ngi choragida ularning iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan. istik munosabatlar yanada tez sur’atlar bilan rivojlanib, tobora hukmron vaziyatni egallay boshladi.

Lekin XIX asrning so‘ngi choragida ham Serbiya bilan Chernagoriya sanoatda va dehqonchilikda ishlab chiqarish kuchlari juda oz rivojlangan qishloq xo‘jalik mamlakatlari bo‘lib qolaverdilar.

XX asrning boshlarida Serbiyaning 2,5 aholisidan 14 foizi shaharlarda yashardi.Serbiyadagi dastlabki fabrikalar 80 – yillarda paydo bo‘ldi. 1900 yilda mamlakatda 200 sanoat korxonasi bo‘lib, ularda 10 minga yaqin ishchi ishlardi. Bu korxonalarning ko‘pchiligi qishloq xo‘jalik xom ashyosini qayta ishlovchi korxonalar edi.. Ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaradigan sanoat yo‘q edi.

Mamlakada temir yo‘l qurilishi boshlangan edi. Birinchi Belgrad – Nish temir yo‘li (234 kilometr) 1884 yilda qurilgan edi, oradan 15 yil o‘tgach temir yo‘llarning uzunligi 570 kilometrga yetdi.

Ana shu biz tekshirayotgan davrda mashinaga asoslangan kapitalistik ishlab chiqarishning o‘sishi o‘rta asrchilik qoldiqlari va Avstriya – Vengriya kapitalining konkurensiyasi orqasida to‘xtalib turgan edi. 1898 yilda sanoatga yordam berish to‘g‘risida chiqarilgan hukumat qonuni korxona egalariga butunlay deyarli monopoliya huquqlarini bergan bo‘lsa ham, lekin kutulgancha natija bermadi.

Mamlakat ekonomikasida hunarmandchilik ishlab chiqarishi katta rol o‘ynardi. 1900 yili mamlakatda hunarmandchilikning 126 xil turi bor edi, bularda 10 mingga yaqin kosib ishlari. Sanoatning rivojlanishi munosabati bilan hunarmandchilik korxonalarida krizis hukm surmoqda, bu krizis yildan-yilga chuqurlashib bormoqda edi.

Berlin kongressidan keyin Serbiyaning Avstriya-Vengriyaga faqat iqtisodiy jihatdangina emas, siyosiy jihatdan ham qaramligi yanada kuchayib ketdi. Serbiya hukmron sinflarining Avstriyani yoqlab yurgizib kelgan tashqi va ichki siyosati o‘zining iqtisodiy va siyosiy ahvolini mustahkamlashga asoslangan edi. Hukmron Obrenovichlar dinastiyasi vakillari zo‘r berib mamlakatga Avstriya ta’sirini o‘tkazishga harakat qildilar. 1881- yilda knyaz Milan Avstriya-Vengriya bilan yashirin konvensiya tuzdi. Obrenovichlar dinastiyasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida berilgan va’da evaziga Serbiya Bosniya va Gersegovinadan, Novipazar sanjakidan voz kechadigan bo‘ldi. Serbiya Avstriya-Vengriyaning roziligini olmasdan turib, boshqa davlatlar bilan siyosiy shartnomalar tuzishga va o‘z hududsiga chet el qo‘shinlarini kirita olmas edi. 1889-yilda Avstriya bilan Serbiya o‘rtasida tuzilgan ittifoq shartnomasining muddati cho‘zilib Chernogoriyaga qarshi qaratilgan yangi moddalar bilan to‘ldirildi.

Milan o‘z hokimiyatini mustahkamlash niyatida 1882-yil 6 martda Serbiyani korollik deb e’lon qildi. Lekin uning umidlari puchga chiqdi. Burjua siyosiy partiyalari uzil-kesil tarkib topishi bilan hokimiyat uchun boshlangan qattiq kurash yanada kuchayib ketdi. Mayda burjua radikal partiya mamlakatdagi eng ommaviy va nufuzli partiya edi. Bu partiya burjua- demokratik reformalar o‘tkazilishini va Rossiya bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatilishini talab qildi, shu sababli u 80-90-yillarda xalq o‘rtasida katta shuhrat qozondi.

Serbiyadagi yana ikki burjua siyosiy partiya: yirik savdo va sudxo‘rlik burjuaziyasi manfaatlarini ifodalagan liberallar va naprednyaklar (progressiv) partiyalari son jihatdan uncha katta bo‘lmasa ham, XIX asrning oxirida Serbiyaning siyosiy hayotida katta rol o‘ynar, galma-gal hokimiyat tepasiga chiqib turardilar. 1883-yilgi parlament saylovlarida radikallar ko‘pchilik ovozni oldilar. Milan dehqonlar orasida radikallar ta’siri kuchayib ketishidan qo‘rqib, rezervist-dehqonlardan iborat tuzilgan xalq qo‘shinini qurolsizlantirish to‘g‘risida farmon chiqardi. Bu farmonning amalga oshirilishi 1876-1878-yillardagi urush vaqtida hammadan ko‘p zarar ko‘rgan Timok kraynasi hududsida 1883-yil oktabrida dehqonlar qo‘zg‘olonining boshlanib ketishi uchun turtki bo‘ldi.

1883-yildagi Timok qo‘zg‘oloni XIX asrning ikkinchi yarmida Serbiyadagi eng yirik dehqonlar harakti edi. Bu qo‘zg‘olon Sharqiy Serbiyaning ko‘pchilik rayonlariga yoyildi. Bu qo‘zg‘olonning harakatlantiruvchi kuchi kambag‘al dehqonlar va xonavayron bo‘lgan kosiblar edi. Qo‘zg‘olon tepasida mayda burjua vakillari turgan edi.

Bu qo‘zg‘olon burjua-demokratik islohotlarning hali hal qilinmagan vazifalarini revolyutsion yo‘l bilan hal qilish uchun qilingan harakat edi. Qo‘zg‘olonning yengilishiga asosiy sabab – unga proletariat tomonidan rahbarlik qilinmaganligi edi, chunki proletariat endigina tug‘ilib kelayotgan va hali uyushmagan edi.

Hukumatning muntazam qo‘shinlari qo‘zg‘oloni rahmsizlik bilan bostirdi. Qo‘zg‘olon yengilgan bo‘lsa ham, lekin uning ahamiyatiga katta bo‘ldi. Bu qo‘zg‘olon monorxiyachilik byurokratik rejimga ancha katta zarba berdi. Obrenovichlar dinastiyasining mavqeini zil ketkazdi.

1870 yilda Gretsiyaning aholisi 1 458 ming kishi edi. Hamda Grek aholisining yarmidan ozrog‘i grek korolligida yashardi. Greklarning qolgan qismi Makedoniya, Epir va Fessaliyada yashar, Turkiya qo‘l ostida qolgan Egey dengizi orollarida va Kichik Osiyoning Egey sohillarida turishardi.

Gretsiya hududining bir – biridan ajralganligi ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirish va milliy jihatdan konsolidatsiya qilishiga xalaqit berardi. Bu davrda grek hukmron doiralari birinchi navbatda Gretsiyaning g‘allaga boy viloyati – Fessaliya va Krit orolini o‘z qo‘llariga olishga harakat qildilar, Krit orolini XIX asrning 50 – yillaridan boshlab turklar hukmronligiga qarshi to‘xtovsiz xalq qo‘zg‘olonlari larzaga keltirib turardi. 1877 – 1878 yillardagi Rossiya – Turkiya urushi, Bosniya va Gersegovinada, shuningdek Bolgariyada bo‘lgan turklar hukmronligiga qarshi qo‘zg‘olonlar sulton qo‘l ostida qolgan grek hududini ozod qilish uchun Gretsiyada boshlangan harakatni kuchaytirib yubordi. Salonikada partizanlar urushi avj olib ketdi.

Shu kezlarda Gretsiyada hokimiyat tepasida Kumunduros hukumati turardi. Hukumat Rossiya – Turkiya urushida qatnashishga tayyorgarlik ko‘rish uchun ichki zayom chiqardi, 1877 yil boshida esa palata umumiy harbiy xizmat to‘g‘risida qonun qabul qildi. Kumunduros hukumati o‘rnini koalitsiya hukumati oldi. Bu hukumat tarkibiga mustaqillik uchun kurash qahramoni admiral Kanaris rahbarligi ostida bo‘lgan hamma partiyalarning rahbarlari kirgan edi.

Rossiya – Turkiya urushida Gretsiya qanday pozitsiyada turishi lozim degan masalada mamlakatda qattiq kurash boshlanibketdi. Mamalkat aholisining ko‘pgina qatlamlari, birinchi navbatda, tug‘irilb kelayotgan sanoat burjuaziyasi va badavlat dehqonlarning vakillari Gretsiyaning Turkiyaga qarshi urushda ishtirok qilishini yoqlab chiqdilar, ular aholisi greklardan iborat bo‘lgan yangi – yangi unumdor yerlarni Gretsiyaga qo‘shib olishni talab qildilar.Armiya namoyandalari, mayda burjua doiralari, intelligensiya, nufuzi katta bo‘lgan provoslav ruhoniylarning vakillari ham urushda qatnashishni yoqlab fikr bildirdilar. Usmoniylar imperiyasi hududida yashovchi grek aholisiga qarshi turk hukmdorlarining ta’qibi munosabati bilan ular o‘rtasida g‘azab o‘ti kuchayib ketgan edi. Ko‘p jihatdan Buyuk Britaniyaga qaram bo‘lgan savdo – moliya burjuaziyasi qurolli netralitetni yoqlab chiqdi, bu narsa, grek armiyasi urush boshlagan aqdirda Pirey portini ishg‘ol qilish to‘g‘risida do‘q qilib koalitsion hukumatiga jada qattiq ta’sir ko‘rsatayotgan Angliya hukumatining maqsadlariga juda mos tushardi.

Kanaris hukumatining qat’iyyatsizligi Gretsiyada norozilik tug‘dirdi, buning sababi ayniqsa shu ediki, bu vaqtlarda rus qo‘shinlari Turkiyaga qarshi g‘alabali hujumga o‘tib, Plevnani ishg‘ol qilgan va Adrianopolga qarab yurish boshlagan edilar. Afkor ommaning tazyiqi ostida koalitsion hukumat iste’fo berishga majbur bo‘ldi, 1878 yil yanvarida esa Kumunduros hukumati tuzildi, bu hukumat Epir, Fessaliya va Kritdagi qo‘zg‘olonchilarhukumatiga faol yordam berdi va urushga jadal tayyorgarlik ko‘ra boshladi. 1878 yil 2 fevralda hukumat Fessaliyaga 12 ming kishidan iborat korpus yubordi, lekin 1878 yili 3 martda San – Stefano sulh shartnomasining tuzilishi, shuningdek buyuk davlatlarning, birinchi navbatda, Buyuk Britaniyaning do‘qlari natijasida Gretsiya boshlagan hujumini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

Gretsiyani Berlin kongressida qatnashtirmadilar, uning vakillari Gretsiya masalasi muhokama qilingan vaqtdagina o‘zgartirish manfaatdor davlatlarning o‘zlariga qo‘yib berilishi kerak, deb qaror chiqardi va Buyuk Britaniya har qancha qarshilik qilgan bo‘lsa – da, Fessaliya bilan Epirning bir qismini Gretsiyaga berish Turkiyaga tavsiya qilindi. Bu hududlarni Turkiya faqat 1881 yil noyabrida, ya’ni olti buyuk davlat vakillari ishtirokida uzoq muzokaralar olib borilgandan keyingina Gretsiyaga berishga majbur bo‘ldi. Shunday qilib, Gretsiyaning qo‘lga kiritgan yangi hududlari Rossiya – Turkiya urushida to‘g‘ridan – to‘g‘ri ruslar qurolining muvaffaqiyati orqasida erishilgan nitaji edi.

Kongressdan bir oz ilgari Buyuk Britaniya hukmron doiralari Turkiyani 1878 yil 4 iyunidagi Kipr konvensiyasi degan konvetsiyani qabul qilishga majbur etgan edilar. Shunga muvofiq Kipr Buyuk Britaniyaning “muvaqqat idorasi”ga topshirilgan edi.Ingliz hukmron doiralarining bosqinchilik harakatlari va Kiprning anneksiya qilinishi Gretsiyada juda katta norozilikka sabab bo‘ldi.

XIX asrning 80 – yillarida Gretsiya ekonomikasi tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. 1881 yilda Janubiy Fessaliya va bir Epir okrugining Gretsiyaga qo‘shilganligi bunga qisman yordamlashdi, buning natijasida mamlakat hududi 13 ming kvadrat kilometr, aholisi esa 300 ming kishi ortdi. Mamlakatda ishlab beruvchi va kon sanoati korxonalari payd bo‘la boshladi, to‘qimachilik fabrikalari, ko‘n zavodlari, tegirmon, moyjuvozlar vujudga keldi, vino zavodlari qurildi, savdo – sotiq kengaydi. Agar 1867 yili Gretsiyada mashina dvigateli bilan ishlaydigan 22 tagina sanoat korxonasi bo‘lgan bo‘lsa, 1889 yilda ularning soni 145 taga yetdi.

1890 yilga borganda Gretsiyaning savdo floti 250 ming tonna hajmdagi 5800 yelkanli kemadan va 43 ming tonna hajmdagi 86 bug‘ kemasidan iborat edi.

Gretsiyada kapitalizmning rivojlanishi bilan birga burjuaziyaning, ayniqsa savdo burjuaziyasining ta’siri kuchaydi. Kon sanoati chet el kapitali qo‘lida edi. Chet el kapitalistlari Gretsiyani o‘z sanoat mollari uchun bozor va xom ashyo manbai qilib qo‘yishga urindilar. Gretsiyadan chet el kapitali ikki asosiy yo‘l bilan: davlat zayomlari yo‘li bilan va xususiy investitsiya yo‘li bilan tarqalardi. Faqat 1879-yildan 1893-yilgacha o‘tgan davr ichida jami bo‘lib 640 million oltin franklik zayomga shartnoma tuzilib, aslida 464 millionlik zayom olingan edi. Shu davr ichida zayom ustidan to‘langan protsentlar va puli qaytarib berilgan zayomlar summasi 470 million frank bo‘ldi. Gretsiya olgan qarzidan ko‘ra ko‘proq pul to‘lagan bo‘lsa ham, yana puldorlarga ancha qarzdor bo‘lib qoldi. Chet davlatlardan olgan qarzlari yuzasidan to‘laydigan protsentlarini yanada og‘irroq shartlar bilan olingan yangi maxsus zayomlari hisobiga to‘ladi. 1892-yilda butun davlat daromadining yarmi zayomlari yuzasidan protsent to‘lashga ketdi. O‘sha vaqtlarda Gretsiyaga hammadan ko‘p qarz berib turgan davlatlar Angliya, Germaniya va Fransiya edi. Bunda olingan qarzlarning katta qismi Gretsiya ekonomikasini rivojlantirishga emas, balki harbiy xarajatlarga ketdi.

Chet el kapitalining xususiy investitsiyalari asosan moliya sohalariga, kon sanoatiga, elektr sanoatiga va transportga solindi, 1893-yilda fransuz kapitali ishtiroki bilan Afina banki tuzildi, Korinf kanali qurildi.

Kopaidda botqoqlarni quritish yuzasidan tuzilgan Angliya konsessiyasining ishlari mamlakatni mustamlakachilik asosida behayolik bilan talanganini ko‘rsatadigan yorqin misoldir. Inglizlar Gretsiya hukumatini bir qancha asoratli bitimlar to‘zishga majbur qildilar, bu bitimlar o‘z politsiyasi va o‘z tartiblari bor firmani “davlat ichidagi davlat” holiga qo‘ydilar.

Gretsiyada qurilish ishlari kuchayishi va chet el kapitali oqib kelishi bilan bir qatorda savdo xodimlari va amaldorlar orasida juda keng miqiyosda firibgarlik, poraxo‘rlik, spekulyatsiya, muttahamlik, to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘g‘irliklar kuchayib ketdi.

1882 - yildan 1895-yilga qadar ayrim qisqa muddatli uzilishlar bilan Gretsiyada Trikupis hukumati hokimiyat tepasida turdi, bu hukumat yirik burjuaziyaning, asosan, chet el kapitali bilan bog‘liq bo‘lgan savdo burjuaziyasining manfaatlarini ifodalardi. Trikupis hukumati tashqi siyosatda Fransiyaga suyanib ish ko‘rardi. Turkiyaga nisbatan esa yon berish pozitsiyasida turdi. Turkiyaga qarshi ko‘proq qat’iy harakat qilish tarafdori bo‘lgan, millatchilar degan gruppaning boshlig‘i bo‘lgan Deliyanis hukumati ikki marta Trikupis hukumatining o‘rnini oldi.

1889-yilda Krit orolida ommaviy qo‘zg‘olon boshlanib ketdi, bu qo‘zg‘olonga turk hukmdorlarining Krit avtonomiyasiga qarshi qaratilgan buyruqlari sabab bo‘ldi. Turk qo‘shinlari misli ko‘rilmagan shafqatsizlik bilan qo‘zg‘olonni bostirdilar. Turklarning vahshiyliklari Gretsiyada g‘azab o‘tini kuchaytirib yubordi, butun mamlakatda kritliklarga yordam ko‘rsatishni talab qilgan norozilik mitinglari va namoyishlari boshlanib ketdi. Krit aholisini “sabr qilish” ga da’vat qilib turgan Trikupis hukumati iste’fo berishga majbur bo‘ldi.

1890-yilda qo‘zg‘olon bostirildi. Turkiya hukumati orolda ba’zi bir islohotlar o‘tkazishga va’da qildi, lekin qo‘zg‘olon bostirilgandan keyin va’dasini unutib yubordi. Yildan-yilga kritliklarning noroziligi kuchayib, 1896-yil oxiriga borganda yangi qurolli qo‘zg‘olon boshlanib ketdi, bu qo‘zg‘olonga javoban Turkiya orol aholisini yanada qattiq ta’qib ostiga olib, qonga botirdi.

XX asr boshlariga kelib dunyoning rivojlangan davlatlari o‘rtasida bozor va hududlar masalasida o‘zaro ziddiyatlar kuchayib ketdi. AQSH Ispaniyaga qarshi urush qilib, uning ustidan osongina g‘alaba qozondi. Ispaniya Filippin orollarini, Puerto – Riko va Kubani AQShga berishga majbur bo‘ldi. Ispaniya – Amerika urushi dunyoni qayta bo‘lib olish yo‘lidagi birinchi talonchilik urushi edi.

AQSH hukumron doiralari Xitoyni Amerika kapitalining istiqbolidagi muhim bozor deb qarardilar. Ammo Xitoy boshqa yirik davlatlar tomonidan “ta’sir doiralariga” allaqachon bo‘lib olingan edi. Shuning uchun AQSH 1899 – yilda Davlat kotibi Xey orqali Xitoyda “ochiq eshiklar” doktrinasi, ya’ni Xitoyga iqtisodiy sohada erkin “kirib borish” va barcha davlatlar kapitalining faoliyati uchun teng imkoniyatlar yaratishni e’lon qildi. AQSH hukumati Rossiyani o‘zining Xitoydagi asosiy raqibi deb hisoblardi. Shuning uchun AQSH ham ingliz hukumati kabi Rossiyaga qarshi Yaponiyani qo‘llab – quvvatladi.

Ilgaridan mavjud bo‘lgan xalqaro ziddiyatlar XX asrga ham o‘tib keldi. Bu ziddiyatlar monopolistik kapital tufayli yanada keskinlashib ketdi.

Fransuz hukmron doiralari Elzas va Lotaringiyaning Germaniya bosib olgan qismini qaytarib olmoqchi bo‘ldilar. Germaniya esa Fransiya qo‘lida qolgan Bris va Longvi havzalarini bosib olmoqchi bo‘ldi. Germaniyaning Fransiyaga qarshi kurashi o‘z navbatida uning Yevropada gegemonlik qilish uchun kurashi ham bo‘ldi. Angliya bilan Germaniya o‘rtasidagi ziddiyatlar XX asr boshlaridagi xalqaro urushga sabab bo‘ldi.

Angliyada yuz bergan inqiroz tufayli taraqqiyot birmuncha orqaga ketdi. Germaniya kapitali esa Yevropada ingliz kapitalini siqib chiqara boshladi. Natijada ingliz – german munosabatlari keskinlashdi. Germaniya imkoni boricha Angliyaning mustamlakachilik siyosatiga qarshi harakat qila boshladi. Raqobatchilik Janubiy Afrikada kuchaydi. Bu yerda Germaniya Angliyaga va uning Bur respublikasiga qarshi kurash boshladi.

Vilgelim I ning Konstantinopolga bormagani, Turkiya sultonining nemis kapitalistlari Bag‘dod temir yo‘lini konsessiyaga berishga va’da qilishi Angliya hukmron doiralarining u yerdagi manfaatlariga xavf soldi. Chunki Germaniyaning harbiy dengiz floti qurishga kirishganligi inglizlarning xavotirlanishiga asos edi. Uning ustiga ingliz dengiz flotining nemis flotidan “orqada” qolayotgani ma’lum bo‘lib qoldi.

Uzoq Sharqda Rossiyaga qarshi kurash va Afrikada mustamlakachilik masalasida Fransiya bilan ziddiyatlarning mavjudligi Angliyani ma’lum vaqt Germaniya bilan murosa qilib turishga majbur qildi. Hatto, Rossiya Port – Arturni egallagach, 1898 – yilda Angliya Germaniya bilan ittifoq tuzish to‘g‘risida muzokaralar olib bordi. Chunki 1899 – 1902 – yillarda ingliz qo‘shinlari Bur respublikasida urush bilan band edi.

1900 – yili sakkizta kapitalistik davlatning Xitoyni asoartag solishiga qarshi xalq qo‘zg‘oloni boshlanib ketdi. Qo‘zg‘olonchilar Pekinni bosib oldilar. Qo‘zg‘olonni bostirish uchun Angliya, Yaponiya, AQSH, Germaniya, Fransiya, Rossiya va Italiya, Avstriya – Vengriya xalqaro jazo korpusi yubordilar. 1900 – yil 15 – avgustda bu xalqaro korpus Pekinni ishg‘ol qildi va qo‘zg‘olonni shafqatsizlik bilan bostirdi. Pekindagi saroy va ibodatxonalar ajnabiy bosqinchilar tomonidan talandi, shahar va qishloqlar to‘pga tutildi. G‘olib davlatlar Xitoyni yangi asoratli shartnomalar tushizga majbur qildi.




Download 255,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish