Mavzu: Yevropa halqaro munosabatlar tizimida


I. 2.Uzoq Sharqdagi g’arb mamlakatlarining siyosiy raqobati



Download 255,5 Kb.
bet7/11
Sana26.01.2022
Hajmi255,5 Kb.
#411818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Birinchi jahon

I. 2.Uzoq Sharqdagi g’arb mamlakatlarining siyosiy raqobati.

1866 yilda yuz bergan hukmron to‘narishdan keyin Ruminiyaning siyosiy hayotida tez – tez hukumat krezislari yuz beradigan bo‘lib qoldi: besh yil mobaynida – 1866 yildan 1871 yilga qadar o‘n hukuman almashindi. Rumin pomeshchiklari va burjuaziyasining hali siyosiy maydonda ma’lum topgan siyosiy partiyalari yo‘q edi, bular o‘rniga umumiy manffatlari, konyunktura mulohazalari va fitna – nizolari bilan birlashgan bir qancha guruhlar bor edi. Bu guruhlarda Karl I ning o‘zi va saroy ahllari faol qatnashib turardi.

Karlning fransuz bujruaziyasi bilan bog‘langan pomeshchiklar va burjuaziyasining bor qismi manfaatlari evaziga Avstriya – Vengriya va Germaniya bilan bitim tuzishga intilishi mamlakatda jadu katta norozilikka sabab bo‘ldi, bu norozilik Karl I yordami bilan temir yo‘l konsessiyasi olgan Berlin bankiri Shtrousbergning muttahamlik kirdikorlari fosh bo‘lib qolganligi munosabati bilan ayniqsa kuchayib ketdi. Ruminiyada nemis kapitalining zo‘ravonligidan ommaning darg‘azabligi shunga olib bordiki, 1871 yil martida Buxarest aholisidan talay bir guruhi german imperitorining tug‘ilgan kuni munosabati bilan nemis konsuli qabul marosimi o‘tkazib turgan restoranga ochiqdan – ochiq hujum qildi.

Karl I ning davlat apparatini mustahkamlash maqsadida L.Katarjiu boshliq yangi hukumat tuzdi, bu hukumat mamlakatda diktatura rejimini o‘rnatdi.

Katarjiu hukumati (1871 – 1876 yillar) avvalo yirik zamindorlar manfaatini ko‘zlab ish ko‘rardi, zamindorlarrumin g‘allasini bozor bilan ta’minlashdan manfaatdor edilar, chunki rumin g‘allasi Amerika, Kanada va Rossiya g‘allasining kuchayib borayotgankonkurensiyasiga uchrab turgan edi. Shu sababli Katarjiu hukumati umuman milliy ekonomika manfaatlari bilan hisoblashmasdan, 1875 yilda Avstriya – Vengriya bilan savdo bitim tuzdi, bu bitimga muvofiq Avstriya sanoat mollariga Ruminiya ichki bozori ochib berildi, hali zaif bo‘lgan Rumin sanoat mahsuloti esa Avstriya sanoat mollari bilan raqobat qilishga ojizlik qilardi. Buning evaziga Ruminiya Avstriya – Vengriya qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetkazib berib turishi lozim edi.

Bunday bitimning vayron qiluvchi iqtisodiy oqibatlari juda tez namoyon bo‘ladi. Shu damgacha faol bo‘lib kelgan Ruminiya tashqi savdo balansi 1877 yildayoq passiv balans bo‘lib qoldi va uning defitsiti tez oshib ketdi: umumiy tashqi savdo oboroti 1881 yilda 481,3 million ley bo‘lgani holda, savdo defitsiti 68,2 million oltin leyni tashkil qildi. Sanoat ishlab chiqarishiga qattiq zarba berildi: mayda, o‘rtacha korxonalarning anchasi Avstriya konkurensiyasiga bardosh berolmay bekilib qoldi. Aholi shu darajaga borib yetdiki, hatto Ruminiya bug‘doyining kattagina qismi Avstriyada tegirmon qilinadigan bo‘lib qoldi.

1875 yil savdo bitimiga muvofiq Avstriyaning Ruminiyaga eksport qilishdagi ustunliklari natijasida Ruminiyaning boshqa mamlakatlar bilan savdosi juda ham qisqarib ketdi. Ruminiyaning muvaffaqiyat bilan rivojlanib borayotgan Gagandan keyin (yana o‘sha 1875 yil bitimiga muvofiq) juda qisqarib ketdi. Avstriya – Vengriya bilan savdo bitimini tuzilganligi, so‘ngra Germaniya bilan ham xudda shunday bitim tuzilganligi natijasida Ruminiya doimiy iqtisodiy qoloqlikka mahkum bo‘ldi, bu bitimlar Ruminiyani Avstriya – Vengriya bilan Germaniyaning agrar qo‘shimchasiga aylantirib qo‘ydi. Bu siyosat, shuningdek, yangi rumin gospodarining dinastiya yo‘li bilan german imperatori xonadoni bilan aloqa bog‘laganligi Germaniya hukumatining Ruminiyada xo‘jayinlik qilishiga imkon berdi. Bu jihatdan temir yo‘l konsessiyasi voqeasi juda xarakterlidir, bu konsessiya bevosita Bismarkning siquvi bilan bankir Shtousbergga berilgan edi. Shu vaqtlarda juda shubhali kombinatsiyalar bilan shug‘ullanib yurgan Shtrousberg kompaniyasining qurgan har bir kilometr temir yo‘li Ruminiyaga o‘sha vaqtlarda odatdagi konsessiyalardan juda qimmatga tushdi, 1879 yilda bu temir yo‘lni sotib olgan Ruminiya davlatining chet davlatlardan qarzi yanada oshib ketdi.

Katarjiu hukumatining iqtisodiy siyosati, shuningdek, turklarga qaramlikdan uzil – kesil ozod bo‘lish masalasiga beparvolik bilan qaraganligi, Bolqonda vujudga kelgan qulay tashqi siyosat shart-sharoitlariga e’tibor bermaganligi mamlakatda norozilik tug‘ilishiga sabab bo‘ldi. 1876 yilda hukuman iste’fo berishi lozim bo‘lib qoldi.

Bir qancha siyosiy gruppalarni birlashtirish yo‘li bilan tuzilgan liberal partiya 1876 yil aprelida hukumat tepasiga keldi, bu partiya savdo, moliya va sanoat burjuaziyasining manfaatlarini ifodalalardi.

Bir tomonda Turkiya va ikkinchi tomonda Serbiya va Chernogoriya o‘rtasida paydo bo‘lgan harbiy janjal vaziyatidan, shuningdek, Turkiya, Rossiya va g‘arbiy davlatlar o‘rtasidagi ziddiyatlaridan o‘z maqsadlari uchun foydalanishga harakat qilib, I. Bratianu hukumati bir qancha vaqtgacha bir-biri bilan dushman bo‘lgan gruppirovkalar bilan muzokara olib bordi, siyosiy va harbiy jihatdan yordam ko‘rsatishga va’da berib, turli masalalarda ularni yon bosishga ko‘ndirdi. Lekin Ruminiya hukumati, Rossiya bilan ittifoq tuzishni turklar hukmronligidan uzil – kesil ozod bo‘lish uchun birdan – bir real imkoniyat deb bilgan jamoat fikrning siquvi ostida, 1877 yil aprelida Rossiya bilan bitim tuzdi, bu bitimga muvofiq rus qo‘shinlarining Ruminiya tuprog‘idan bemalol o‘tib ketishiga yo‘l qo‘yildi, transport, ta’minot va shu kabi masalalarda yordam berishga va’da qilindi.

1877 yil 21 mayda Ruminiya parlamenti mamlakatni to‘la mustaqil deb e’lon qildi. Rossiyadan boshqa buyuk davlatlardan birontasi – Avstriya – Vengriya ham, hatto Turkiya ham bu ahdni tan olmadi. Rossiya – Turkiya urushi davomidagina (bunda Ruminiya Rossiya tomonida turib urushgan edi), urushning butun og‘irligini o‘z zimmasiga olgan rus va rumin xalqlarining harakatlari va bergan qurbonlari soyasidagina Turkiyadan mustaqil rumin davlati vujudga keldi.

Plevna yonida bo‘lgan va ruslar bilan bir qatorda rumin qo‘shinlari ham ishtirok qilgan janglar natijasida turklarning qarshiligi sindirildi. Plevna qo‘lga olinib rus qo‘shinlari Konstantinopolga qarab yurish boshlagandan keyin San – Stefano shartnomasi tuzildi, bu shartnoma Ruminiyaning mustaqilligini tasdiqladi; San – Stefano shartnomasining bu qoidasini 1878 yildagi Berlin traktati ham tasdiqlagan edi.

Oradan ko‘p o‘tmay, Ruminiya hukmron doiralari tashqi siyosatda yana Geramniya va Avstriya – Vengriya bilan yaqin ittifoq tuzish yo‘lidan bordilar, bu ittifoq Ruminiyani markaziy Yevropa davlatlarining harbiy gruppirovkasiga – Uchlar ittifoqiga mahkam bog‘lab qo‘ydi.

Ruminiyani Uchlar ittifoqiga tortishda Karl I ayniqsa faollik ko‘rsatdi, shu maqsad bilan u Vena va Berlin shaharlariga maxsus safar qildi.

1864 yilgi agrar reformadan keyin qishloq xo‘jaligida kapitalistik munosabatlar tobora ko‘proq rivojlandi. Asosan eksport qilinidigan ekin – bug‘doy ekish uchun o‘tloq va o‘rmonlar hisobidan bug‘doyzorlar ochish 1864 yildagi 893 065 gektardan 1874 yilda 1 163 550 gektrga yetkazildi.

Lekin mehnat unumdorligi pastligicha qola berdi. Ruminiyada hosildorlik boshqa ko‘p mamlakatlardagidan past darajada turardi, qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan mashinalarning soni juda ham oz edi. 1864 yildagi agrar reforma o‘sha vaqtlarda juda ozchilikni tashkil qilganquloqlarga qo‘l keldi, xolos, asosiy dehqonlar ommasi esa aslida pomeshchiklardan yarim feodal qaramlik holatida qola berdilar. 1866 yil martida qabul qilingan, qishloq xo‘jalik shartnomalari to‘g‘risida degan qonun dehqonlarning ahvolini yomonlashtirib yubordi. Bu qonunga muvofiq mahalliy hukmdorlar zimmasiga dehqonlarni pomeshchiklar uchun ishlashga majbur etish vazifasi yuklangan edi, dehqonlar esa ochlikdan o‘lib ketmaslik uchun qishloq xo‘jalik ishlari yuzasidan bitimlar tuzishga majbur bo‘ldilar.Rumin burjua siyosiy arboblaridanbirining ta’biri bilan aytganda, “rumin xalqining 95 foizi bu qonun bilan har qanday qonundan tashqari qo‘yilgan edi”. 1872 yilda dehqonlarni pomeshchiklar bilan tuzgan tutqunlik shartnomalarini bajarishga majbur qilish vazifasi harbiy qismlarga yuklandi. Bularning hammasi qishloq xo‘jaligida krepostnoylik qoldiqlarini mustahkamlash degan gap edi va buning bevosita oqibati shu bo‘ldiki, dehqonlar o‘rtasida yangi revolyutsion yuksalish vududga keldi.

1888 yilda Ruminiyaning markaziy qismi bo‘lgan Buxarest atroflarida dehqonlarning ayniqsa katta, yirik qo‘zg‘olonlari bo‘lib o‘tdi; 1889, 1892, 1896 va 1900 yillarda jiddiy g‘alayonlar va ochiqdan – ochiq qo‘zg‘olonlar bo‘ldi. Dehqonlarning stixiyali tarzdagi revolyutsion chiqishlarini qo‘shinlar rahmsizlik bilan bostirdilar, lekin pomeshchiklar va ijaradorlar ekspluatatsiyasi dastidan juda og‘ir ahvolda qolgan dehqonlar tinchimadilar. Ruminiya qishloqlarida ahvol tobora og‘irlashdi.

1877 – 1878 yillardagi Rossiya – Turkiya urushi natijasida Ruminiyaning Turkiyaga qaramligiga uzul – kesil barham berilgandan keyin va 1885 yilda proteksionistik siyosat olib borgan liberal hukumat Avstriya bilan tuzilgan savdo bitimini denonsatsiya qilgandan keyin Ruminiya siyosatining rivojlanish sur’atlari kuchayib ketdi. 1887 yil “Vatan sanoatini rag‘batlantirish to‘g‘risida” qabul qilingan qonunga muvofiq, yangi qurilgan fabrikalar egalari 15 yilgacha hamma soliqlardan, hatto fabrikalar uchun kerak bo‘lgan mashina – asboblar uchun boj to‘lashdan, ya’ni fabrika – zavodlardagi mashina – asboblarning juda ko‘pchiligi uchun uchun to‘lanadigan bojlardan ham ozod qilindilar, chunki shu kezlarda Ruminiyada mashinasozlik aslida yo‘q edi. Sanoat egalari o‘z tovarlarini mamlakat ichida sotish jihatidan ham, o‘z korxonalarining ehtiyojlari uchun temir yo‘l transporti xizmatiga haq to‘lash jihatidan ham, bino qurush va hokazolar uchun yer sotib olish jihatidan ham bir qancha imtiyozlarga ega bo‘ldilar. Bunday sharoitda sanoatning rivojlanishi ancha tezlashib ketdi: yangi fabrika va zavodlar qurildi, neft konlari, shaxtalar, temir yo‘llar vujudga keltirildi va hokazo, shu bilan birga solinadigan kapitalning juda ko‘pchiligi oziq – ovqat sanoati, o‘rmon sanoati va neft sanoati tarmoqlariga sarf qilindi. Mamlakat tabiiy boyliklarini ekspluatatsiya qilishda zo‘r berib chet el kapitali, ayniqsa nemis kapitali ishga solindi. Chet el kapitali Ruminiya ekonomikasidagi eng muhim pozitsiyalarni o‘z qo‘liga ola borib, Ruminiya ekonomikasini bir tomonlama rivojlantirishdan, Ruminiyani ancha rivojlangan ishlab beruvchi sanoati bor mamlakatlar uchun xom ashyo bazasiga aylantirishdan manfaatdor edi.

Qattiq ekspluatatsiya va siyosiy huquqsizlik sharoitida ishchilar sinfining siyosiy ongi va uyushqoqligi sekin – asta o‘sib bordi. 1872 yilda birinchi da’fa ishchilar sinfining yagona tashkilotini vujudga keltirishga - “Ruminiya umumiy ishchilar soyuzi” tashkil qilishga urinib ko‘rildi, bu tashkilot bir qancha vaqtgacha o‘z matbuot organi bo‘lgan “Rumin ishchisi” degan gazeta nashr qilibturgan edi. Bu davrda ilg‘or Rumin intelligensiyasi namoyandalari ishchilar sinfi bilan aloqa bog‘lab, uning sinfiy ongini uyg‘otishga yordamlashtirdilar. Ruminiyaning bir qancha shaharlarida sotsialistik to‘garaklar paydo bo‘ldi, bu to‘garaklarda ilg‘or intelligensiya namoyandalari, o‘quvchilar, kosiblar yetakchi rol o‘ynadilar.

Ruminiyada ishchilar harakatining dastlabki rivojlanish davrida narodliklar g‘oyalari va prudonizmning ta’siri juda kuchli ekanligi namoyon bo‘ldi. Ishchilar sinfining vazifalari demokratik reformalar (umumiy saylov huquqi, xotin – qizlar teng huquqli bo‘lishi va shu kabilar) uchun kurash bilan cheklanib qoldi. Ruminiyada revolyutsion harakatga rus narodniklarining ta’siri juda katta bo‘ldi.

80 – 90 – yillarda Ruminiyada kapitalizm tez rivojlanib borganligi tufayli ishchilar sinfining siyosiy aktivligi ancha oshib ketdi. 1888 yilda Buxarestda matbaachilar bilan temir yo‘lchilarning umumiy ish tashlashi bo‘li. Ishchilar sinfi orasida marksistik ideyalar tarqala boshladi. Sotsialistik va ishchi matbuotining bir qancha nashrlari chiqarildi.Rumin ishchilar harakatining xalqaro aloqalari vujudga keldi va rivojlandi: 1889 yilda II Internatsionalning I kongressida rumin delegatlari qatnashdi. 1890 yildan boshlab har yili 1- May namoyishlari o‘tkaziladigan bo‘ldi. Ishchilar gazetasi “Munka” (1890 yildan boshab) yagona ishchilar partiyasini tashkil qilish yuzasidan katta tayyorgarlik ishlari olib bordi. Ishchi to‘garaklari siyosiy kurash uchun mavjud legal imkoniyatlardan foydalandilar. Rumin parlamentida birinchi martaba ikki ishchi deputat paydo bo‘ldi, bular saylov kompaniyasida to‘garaklarning aktiv qatnashganligi orqasida saylangan edilar.

1893 yilda ishchi to‘garaklari Ruminiya sotsial-demakratik partiyasi bo‘lib birlashdilar, bu narsa rumin ishchilar harakatining rivojlanishida juda katta qadam edi. Lekin partiya tepasiga chiqib olgan reformist elementlar rahbarlikni o‘z qo‘llariga oldilar va ishchilar harakatini idealogiya jihatidan burjuaziyaning siyosiy manfaatlariga bo‘ysundirish uchun zamin vujudga keltira oldilar. Syezdda qabul qilingan programmada umumiy saylov huquqi va xotin-qizlarning teng huquqqa ega bo‘lishi singari vazifalar mufassal bayon qilindi-yu, lekin ekspluatatsiyaga asoslangan kapitalistik jamiyatni tugatish zarurligi haqida, bu maqsadga erishish uchun zarur shart bo‘lgan proletariat diktaturasi to‘g‘risida bir og‘iz ham gap yo‘q edi, pomeshchiklar yerini taqsim qilish va u yerlarni dehqonlarga chek yer qilib bo‘lib berish o‘rniga, bu yerlar uchun dehqonlardan to‘lov olish ko‘zda tutilgan edi.

Shu vajdan Ruminiya sotsial - demokratik partiyasi Ruminiya mehnatkashlar ommasi revolyutsion kurashining chinakam rahbari bo‘lolmadi; bu partiya o‘zining amaliy faoliyatida tobora mustaqilligini qo‘ldan berib, burjua partiyalari manfaatlariga bo‘ysundi. Bu yo‘lning mantiqiy oqibati shu bo‘ldiki, tepasida opportunistik rahbarlik oradan bir oz o‘tgandan keyin, 1899-yilda yirik burjuaziya bilan pomeshchiklar partiyasi bo‘lgan liberallar partiyasiga o‘tib ketdi. Bu xoinlik birmuncha vaqtgacha rumin ishchilar harakatining rivojlanishini juda qiyin ahvolga solib qo‘ydi.

1876-yildan 1888-yilgacha (oradan bir oz-bir ozdan uzilishlar bilan) hokimiyat tepasida turgan I. Bratianu hukumati ichki siyosat sohasida, o‘zidan oldin o‘tgan konservativ hukumat singari, hukmron ish yurgizib keldi. Bu hukumat parlamentining konstitutsion huquqlarini buzdi, davlat apparatida korrupsiya sistemasiga keng yo‘l ochib berdi, siyosiy muxoliflarni bostirish uchun o‘z hokimiyatidan har qanaqasiga suiiste’mol qilishdan ham toymadi. Mana shularning hammasi mehnatkashlar ommasinigina emas, shu bilan birga burjua siyosatchilarining kattagina qismini ham hukumatga qarshi qilib qo‘ydi, bu kuchlar 1886-yilda I. Bratianu va uning to‘dasiga qarshi kurashga birlashdilar. 1888-yil martida Buxarest aholisi korol saroyini qamal qildi. Hukumat chaqirgan qo‘shinlar xalqqa qarab o‘t ochdi. Oradan bir necha kun o‘tgandan keyin dehqonlarning qo‘zg‘alonlari boshlanib ketdi, ularga qarshi yana qo‘shin yuborildi. Ahvol shunday bo‘lgandan keyin Bratianu hukumati iste’fo berishga majbur bo‘ldi.

1889-yilgi parlament saylovlarida g‘alaba qilgan turli konservativ va liberal gruppalardan iborat “birlashgan oppozitsiya” degan oppozitsiya oradan bir oz o‘tgach tarqalib ketdi, bu gruppalar o‘rtasida chiqqan ko‘pdan-ko‘p nizolar esa juda uzoqqa cho‘zilgan siyosiy krizisga, 1889-1895-yillar davomida bir necha marta hukumat almashinuviga sabab bo‘ldi. 1892-yildan boshlab yirik rumin zamindorlaridan biri bo‘lgan D. Sturdza boshchiligidagi milliy leberal partiya o‘z pozitsiyalarini sekin-asta kuchaytirib bordi. Bu partiya konservatorlar hukumatining Transilvaniyada qattiq ta’qibga uchragan ruminlarning milliy harakatiga yordam berishdan bosh tortganligi munosabati bilan rumin jamoatchiligi orasida paydo bo‘lgan noroziliklardan, shuningdek, hukumatning milliy manfaatlarga qarshi qaratilgan bir qancha iqtisodiy choralaridan foydalandi. L. Katarjiu konservativ hukumatining siyosatidan qattiq norozilik tug‘ilganligi va mamlakatning bir qancha joylarida hukumatga qarshi bosh ko‘tarib chiqishlar bo‘lganligidan yangi hukumat inqirozi ro‘y berdi. Natijada 1895-yil oktabrida D. Sturdza boshchiligida liberal hukumat 1899-yilgacha hokimiyat tepasida turdi, 1899 yilda esa u milliy liberal partiyaning ichki nizolari natijasida zaiflashib, yana birmuncha vaqtgacha hokimiyatni konservatorlarga topshirishga to‘g‘ri keldi.

Ruminiya hukmron doiralaridagi shu ahvol, ya’ni siyosiy gruppalardan brontasining pozitiv programmasi bo‘lmay hammalari hokimiyat uchun kurash bilan band bo‘lganliklari, ular hokimiyat tepasiga kelganlaridan keyin mamlakatning progressiv taraqqiysiga to‘sqinlik qiluvchi siyosatni yurgizib turganliklari - XX asr boshlariga kelib Ruminiyada ijtimoiy va iqtisodiy ziddiyatlarning juda keskinlashib ketishiga olib borgan eng muhim sabablardan biri bo‘ldi.

1877 – 1878 yillardagi Rossiya – Turkiya urushi natijasida Bolgariya turklar zulmidan ozod qilindi va bolgar davlatchiligi yangidan vujudga keltirildi.

Urushning eng boshidayoq rus armiyasi bosh qo‘mondonligi huzurida grajdan boshqarmasi tuzilgan edi, bu boshqarmaning vazifasi turklar zulmidan ozod qilingan bolgar oblastlarida davlat tuzilishini barpo qilish edi. Bolgariya hududsi ozod qilina borgan sari gubernalar tashkil qilindi. Guberna ma’muriy boshqarmalar boshida rus gubernatorlari turardi. Bolgariyadan rus qo‘shinlari chiqib ketgandan keyin bu gubernatorlik vazifalariga bolgarlardan qo‘yish uchun maxsus vitse-gubernator vazifasi ta’sis qilingan edi. Shunday qilib, bolgarlarning o‘zlaridan gubernator kadrlar tayyorlab borilgan edi.

Yana shu bolgarlardan kadrlar tayyorlash maqsadida o‘z – o‘zini boshqarish idorasi joriy qilingan edi. Gubernatorlar, okrug va shahar hokimlari qoshida saylanuvchi sovetlar (munisipalitetlar) tuzilgan edi. Qishloqlarda esa jamoa sovetlari tuzilgan bo’lib, bular mahalliy o‘z – o‘zini boshqarish ishlarining hammasini hal qilar edilar. Okrug va shahar hokimlarining ko’pchiligi bolgarlarning o’zlaridan tayinlanar edi.

Rus hukumati yangi davaltning Rossiya bilan yaqin do’stlikda va uning homiyligi ostida rivojlanib borishiga harakat qilardi. Shu bilan birga chor hukumati hokimiyatining revolyutsion elementlari qo’liga o’tib qolmasligi uchun choralar ko’rib turardi. Urush tamom bo’lgandan keyin bolgar davlatini tuzishga raxbarlik ishlari rus podsho komissari knyaz Dondukov-Korsakovga yuklangan edi, u shu bilan birga Bolgariyadagi rus okkupatsiyachi qushinlarining qo’mondoni ham edi.

Rus qo’shinlari Bolgariyani qisqa muddat okkupatsiya qilib turgan vaqtlarida (to’qqiz oyda) mamlakatning davlat tuzilishi borasidagi ishlar tugallangan edi. Bolgar milliy armiyasi tuzilgan edi, bu armiya rus hukumdorlari qurol-yaroq bilan, rus ofetsirlari bilan ta’minlanadi, o’sha zamon ilg’or harbiy texnikasining hamma turlari bilan qurollantirdi. Bolgar ofetseri kadrlari tayyorlash maqsadida 1878 yilda Sofiyada harbiy maktab ochilgan edi. Bolgariya armiyasidan nusxa olib tuzilgan edi.

Yangidan vujudga keltirilgan bolgar davlatining davlat tuzumi 1878-yil aprelida Tirnovooda Ta’sis majlisi tomonidan qabul qilingan bolgar knyazligi konstitutsiyasida (Tirnovoo konstitutsiyasida) uzil-kesil rasmiylashtirilgan edi.

Konstitutsiya loyihasi (Organik nizom) Kondukov-Korsakovning topshirig‘iga muvofiq, rus yuristi S. I. Lukyanov boshliq komissiya tomonidan ishlab chiqilgan, Peterburgda imperator mahkamasi qoshidagi maxsus kengashda ko‘rib chiqilib, shundan keyin Ta’sis majlisi muhokamasiga taqdim qilingan edi. Konstitutsiya loyihasini muhokama qilish vaqtida Ta’sis majlisida ikki siyosiy oqim-konservatorlar oqimi bilan liberallar oqimi borligi ma’lum bo‘ldi. Ta’sis majlisida juda ozchilikni tashkil qilgan konservatorlar sudxo‘rlar, yirik savdogarlar, yirik savdogarlar, yirik yer egalari, shuningdek quloqlarning manfaatlarini ko‘zlab ish tutgan edilar. Konservatorlar qudratli monarxiyachi hokimiyat o‘rnatish yo‘li bilan mamlakatda o‘z hukmronliklarini mustahkamlab olmoqchi, feodalizm qoldiqlarini mumkin qadar ko‘proq saqlab qolmoqchi, xalqqa siyosiy huquqlar bermaslik ilojini qilmoqchi edilar.

Lekin Ta’sis majlisidagi ko‘pchilik burjua liberallardan konstitutsiya loyihasini demokratlashtirish uchun aktiv kurash olib borgan, o‘sib borayotgan bolgar burjuaziyasi namoyandalaridan iborat edi.

Liberallarning qo‘li baland keldi. Tirnovo konstitutsiyasining uzil- kesil qabul qilingan tekstiga muvofiq, Bolgariya knyazligi xalqdan vakil saylanadigan, meros bo‘lib qoladiganva konstitutsion monarxiya deb e’lon qilindi. Umumiy, teng va yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadigan bir palatali Xalq majlisi ta’sis qilindi. Xalq majlisi qonun chiqarish tashabbusiga va ijrochi hokimiyat ustidan siyosiy nazorat qilish huquqiga ega edi. Konstruksiyada rasmiy grajdanlik va siyosiy huquqlar hamda erkinliklar – so‘z erkinligi, matbuot, majlislar, tashkilotlar erkinligi e’lon qilingan edi. Xususiy mulk huquqi dahlsiz deb e’lon qilingan edi.

Tirnovo konstitutsiyasi o‘z zamonasi uchun progressiv ahamiyatga ega edi. Bu konstitutsiya Bolgariyada burjua tuzumining g‘alabasini qonun yo‘li bilan mustahkamlangan va mamlakatda kapitalizmning rivojlanishiga yordamlashgan edi.

Bolgariya davlati bunyodga kelgan dastlabki kunlardan boshlab, bir tomondan, Rossiyaning, ikkinchi tomondan, g‘arbdagi buyuk Yevropa davlatlarining ta’sir o‘tkazish uchun kurash obyekti bo‘lib qoldi. Bu hol Bolgariyaning siyosiy hayotida o‘z izini qoldirdi.

Ana shu sharoitda Bolgariyada: “Bolgariya Rossiyasiz yashay olmaydi” degan shior ostida ijtimoiy harakat vujudga keldi. Bir to‘da oliy ofitserlar til biriktirib 1886-yil 9-avgustiga o‘tar kechasi knyaz Battenbergni taxtdan voz kechishga majbur qildilar va uni darhol chet mamlakatga jo‘natib yubordilar.

Lekin bolgar burjuziyasining nufuzli yuqori tabaqalari Xalq majlisining raisi Stefan Stambolov rahbarligida Plovdivdagi harbiy qismlarga suyanib, kontr o‘zgarish qildilar. Battenbergni taxtdan tushirishga qatnashganlar qamoqqa olindi. Battenberg Bolgariyaga qaytib keldi-yu, lekin endilikda Rossiyaning roziligisiz mamlakatni idora qilishga jur’at etolmadi. Battenberg Aleksandr III dan Battenbergning Bolgariyaga qaytib kelishini podsho ma’qullamaganligi to‘g‘risidagi telegrammani olgandan keyin taxtdan voz kechib (25-avgustda), hokimiyatni S. Stambolov boshliq valiahd kengashi qo‘liga topshirdi. Hukumatga V. Rodoslavov boshchilik qildi.

Yevropadagi buyuk davlatlarning tovarlari uchun boj olishdagi imtiyozlar Berlin traktatiga muvofiq Bolgariyaga ham tatbiq qilinganligi (kapitulyatsiyalar deb atalgan bojlar) Bolgariya kapitalistik sanoatining rivojlanishiga to‘sqinlik qilib turgandi. Bolgariya hukumati bu kapitulyatsiyalarni tugatish uchun zo‘r berib harakat qildi va 1897-yilda tamojnya bojlarini 8 foizdan 25 foizgacha chiqardi.

Ozodlikdan keyin mamlakatda burjua munosabatlari qaror topishi natijasida Bolgariyaning kapitalistik milliy sanoati tezroq rivojlana boshladi. Agar 1830-yildan 1879-yilgacha Bolgariyada 20 korxona ochilgan bo‘lsa, 1880-yildan 1900-yilgacha 146 korxona ochildi. XX asr boshlarida Bolgariyada 1176 kilometr temir yo‘l qurilgan edi.

Bolgariya burjua davlatining eng muhim choralaridan biri turk feodal yer egaligini tugatganligini edi. 1880-yildan 1885-yilgacha o‘tgan davr ichida Xalq majlisi bir qancha agrar qonunlar qabul qildi, bu qonunlarga muvofiq, Bolgariya davlati turk feodallarini bolgar dehqonlariga qancha kerak bo‘lsa, shuncha yer berishga majbur qildi. Ularning bergan yeri uchun haq to‘lanardi. Turk feodallarining dehqonlarga topshirgan yerlari uchun haq to‘lashni Bolgariya davlati o‘z zimmasiga oldi, dehqonlar esa olgan yerlarining haqini davlatga bo‘lib-bo‘lib to‘laydigan bo‘ldilar. Lekin turklar qo‘lidagi yerlarning katta qismini bolgar dehqonlari o‘zlari bevosita turklardan sotib oldilar.

Buning natijasida Bolgariyadagi turk feodal yer egaligi sekin-asta tugatildi, shu bilan bolgar qishlog‘i kapitalistik rivojlanish yo‘liga qadam qo‘ydi.

Ozodlikdan keyin mayda dehqon xo‘jaliklarining ko‘pchiligi so‘dxurlardan yordam so‘rashga majbur bo‘ldi, bu narsa dehqonlarni sekin-asta tutqunlikka olib bordi qashshoqlik tobora kuchaydi.

Bolgariyada sudxurlikning juda keng tarqalgan turi- zelennicharstvo dehqonlar qashshoqligining yo‘ldoshi edi. Bunda ko‘kat (bolgarchasi “na zeleno”) ustidan foizi tobora oshib boradigan qarz berilardi. Bolgar dehqonlari juda muhtojlikda qolganliklaridan bir parcha yerlaridan oladigan hosilni garov qo‘yib og‘ir shartlar bilan qarz olishga majbur bo‘lardilar.

XIX asr oxiriga borib Bolgariya qishlog‘ida sinfiy tabaqalinish juda ham kuchayib ketdi. 1897-yildagi ro‘yxatga muvofiq dehqon xo‘jaliklarining 66 foizi qo‘lidagi yer haydalib ekiladigan yerning 20 foizini tashkil qilardi. Holbuki, 1 foizi dehqon xo‘jaliklari (quloqlar) qo‘lidagi yer haydalib ekiladigan yerning 14 foizini tashkil qilardi. Yeri oz dehqon juda og‘ir shartlar bilan quloqdan ijaraga yer olishga majbur bo‘lardi, ko‘pincha hosilining yarmini yer ijarasiga to‘lardi, ko‘p hollarda dehqonlar otrabotka sharti bilan yerni ijaraga olardi.

Bolgariya qishloq xo‘jaligi taraqqiyotidagi turg‘unlik va mamlakat ekanomikasidagi umumiy qoloqlikning sababi dehqonlarning o‘taketgan muhtojligi edi. Buning natijasida Bolgariya Yevropadagi imperialistik davlatlarga iqtisodiy jihatdan juda qaram bo‘lib qoldi. V. I. “Bolqondagi mayda davlatlar iqtisodiy jihatdan Yevropaning mustamlakasi edi”, deb yozgan edi.

Tunisning Fransiya tomonidan bosib olinishi Italiyani Gabusburglar monarxiyasi bilan ajratib turgan ziddiyatlarning davom etayotganligiga qaramay Italiyada Germaniya bilan va uning ittifoqchisi bo‘lgan Avstriya – Vengriya bilan yaqinlashish istagini uyg‘otdi. 1882 yilda Italiya Germaniya va Avstriya – Vengriya bilan Uchlik ittifoqi deb atalgan ittifoq tuzdi. Ittifoqchilik bitimiga ko‘ra, agar Fransiya Italiyaga hujum qilgudek bo‘lsa, bitimning boshqa ikkala qatnashchisi (Germaniya va Avstriya - Vengriya) unga harbiy yordam berishga va’da qilgan edilar. Agar Fransiya Germaniyaga hujum qilgudek bo‘lsa, Italiya ham yordam berish haqida o‘z zimmasiga ana shunday majburiyat olgan edi. Avstriya – Vengriya Germaniya oldida ana shunday majburiyat olmagan edi. Lekin ittifoqning har uchala qatnashchisi ham, agar ularning birontasiga bir vaqtning o‘zida ikki dushman bilan urushishga to‘g‘ri kelib qolsa, bir – birlariga harbiy yordam berishga va’da qilgan edilar. Shartnomaning barcha qatnashchilari ularning birontasi biron – bir to‘rtinchi davlat bilan urushadigan bo‘lsa, betaraflikka rioya qilish majburiyatini oldilar. Bundan Fransiya istisno edi, chunki, agar u bilan urush bo‘ladigan bo‘lsa, ittifoqchilar majburiyati, yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, birmuncha kattaroq edi. Betaraflikka rioya qilish haqidagi majburiyat amalda Avstriya – Vengriya bo‘lsa, Italiya betarafligi kafolatlanadi degan gap edi.

Tunisdan keyin Misrning ayanchli navbati keldi. Nomigagina Turkiya sultonining vassali hisoblanib kelgan Misr ustidan 1876 yildan boshlab, xediva1 hukumatining moliyaviy jihatdan inqirozga uchraganidan keyin ikki tomonlama ingliz – fransuz nazorati o‘rnatilgan edi, bu nazorat tez orada mamlakatni butunlay xonavayron qilgan edi.

Misrning ingliz – fransuz bankirlari tomonidan shafqatsiz ekspluatatsiya qilinishi 1882 yilda milliy ozodlik qo‘zg‘oloni ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Ingliz hukumati bundan foydalanib, u yerdagi ingliz aholi manfaatlarini himoya qilish bahonasi bilan Misrni bosib olishga qaror qildi. Aleksandriya ingliz floti kemalari tomonidan vahshiylarcha bombardimon qilingandan keyin, desant tushirildi. Tez orada ingliz qo‘shinlari butun Misrni okkupatsiya qildilar.

Misrda gegemonlikka da’vogar bo‘lgan Fransiya ham ikkinchi o‘ringa surib qo‘yilgan edi. Lekin u Misr davlati mablag‘lariga bo‘lgan o‘zta’sirini saqlab qolaverdi.Misrning davlat qarzi kassasida (Misr moliyasi ustidan chet el nazorati organida) fransuz bankirlari katta o‘rin egallardi. Fransiya o‘z ta’siridan foydalanib va Misrning Angliya qo‘liga o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, bu mamlakatda ingliz siyosatini o‘tkazishga turli yo‘llar bilan uzluksiz ravishda to‘sqinlik qilib keldi. Misr uchun kurash, ya’ni Nil vodiysi va Suvaysh kanali ustidag hukmronlik qilish uchun kurash ingliz – fransuz munosabatlarini juda keskinlashtirib yubordi.

XIX asrning 80 – yillariga qadar Yevropa davlatlari Afrikada mahsulot punktlari uchun omborlar qurish va qirg‘oqda uncha katta bo‘lmagan istehqomlar qurish bilangina shug‘ullanib keldilar. Faqat fransuzlar Jazoirda va inglizlar Kap mustamlakasida qirg‘oqdan mamlakat ichkarisiga tomon kirib borgan edilar. Afrikaning ko‘pgina ichki viloyatlari XIX asr o‘rtalarigacha tekshirilmagan edi, anchagina tumanlarga hali yevropaliklarning oyog‘i yetmagan edi.

80 – yillarga qadar ingliz kapitali hududlar bosib olmasdan, Afrikaning o‘sha vaqtda ma’lum bo‘lgan kattagina qismida ustun darajada ta’sir o‘tkazib kelardi. “Bundan o‘n yil muqaddam, - degan edi 1890 yilda ingliz bosh ministri Solsberi, - biz Afrikani bosib olish zarurligiga muhtoj bo‘lmay, uning xo‘jayini edik, chunki biz o‘sha vaqtda bengizda hukmron bo‘lib, mahalliy xalqlar bilan muomalada ancha tajriba orttirgan edik”.

Lekin inglizlarning raqiblari paydo bo‘lib qoldi. Fransuz, nemis, Belgiya kapitalistlari Afrika hududida o‘rnashib ola boshladilar. Raqiblarning o‘ziyu ketishidan qo‘rqish kapitalistik davlatlarni yangidan – yangi bosqinlarga undadi. 80 – va 90 – yillar davomida kapitalistik davlatlar mayda – mayda bo‘laklarga bo‘lib, deyarli butun Afrika qit’asini bosib oldilar, uning xalqlarini, asosan negr qabilasidagi xalqlarni asoratga soldilar. Afrika xalqlari ko‘p hollarda mustamlakachilarga qattiq turib qarshilik ko‘rsatdilar. Bunday qarshilik, ayniqsa Sudanda va zuluslarga qattiq bo‘ldi, lekin kuchlar nisbati juda ham teng emas edi: Afrika xalqlarining qarshiligi shafqatsizlik bilan bostirildi.

Afrikani bo‘lib olish paytida bosqinchilar o‘rtasida juda ko‘p janjallar paydo bo‘ldi. Masalan, ekvotarial Afrikaning asosiy savdo yo‘li bo‘lgan Kongo daryosining quyilish joyi kimga qarashi kerak, degan masalada kurash paydo bo‘ldi. Ingliz hukumati bu yerni Angliyaga moliyaviy va iqtisodiy jihatdan qaram bo‘lgan Portugaliyaga berishni istardi. Fransiya Germaniya bilan birgalikda Kongo daryosining quyilish joyini Belgiya qiroli Leopoldga bermoqchi bo‘lgan edi, Leopold esa o‘sha vaqtda deyarli butun Kongo havzasini bosib olgan edi. 1884 – 1885 yillardagi Brelin konferensiyasida “mustaqil Kongo davlati” deb atalgan mamlakat hududi chegarasi belgilangan edi, amalda esa bu tuman qiroli Leopoldning shaxsiy mulki bo‘lib qolgan va eng og‘ir mustamlaka ekspluatatsiyasi formasi o‘rnatilgan viloyat bo‘lib qolgan edi.

G‘arbiy Afrikada ham Angliya bilan Fransiya manfaatlari zid bo‘lib chiqdi. 70 – yillarda fransuzlar Senegal daryosi quyiladigan joydan (ular bu yerni allaqachonlar egallab olgan edilar) daryo bo‘ylab yuqoriga harakat qila boshladilar. Ular ana shunday qilib, Niger daryosining boshlanadigan joyiga yaqinlashdilar va uning oqimi bo‘ylab pastga tusha boshladilar. 1884 yilda inglizlar ana shu daryo va uning irmoqlari bo‘ylab yuqoriga chiqib borib, hozirgi Nigeriya hududini zabt etishga kirishdilar. 90 – yillarning boshlariga kelib ana shu ikkala bir – biriga tomon borayotgan harakat to‘qnashdi. Niger daryosi havzasida inglizlar bilan ransuzlar ta’sirini chegaralab qo‘yoish haqidagi janjallar 1899 yilgacha qo‘zilib bordi, nihoyat ular bir bitimga kelishdi.

Shu bilan bir vaqtda, fransuzlar Kongo bo‘ylab yuqoriga qarab borib, uning o‘ng qirg‘og‘ini (uning chap qirg‘og‘i Belgiya qiroli tomonidan bosib olingan edi) va Kongo daryosining irmog‘i bo‘lgan Ubangan daryosi hududini egalladilar. Fransuzlar Karl X davridayoq bosib ola boshladilar Jazoir bilan Niger havzasi o‘rtasida Sahroyi Kabir joylashgan. Mustamlaka hududlarni bir butun qilish uchun bu tuman ham bosib olingan edi. Shunday qilib, 80 – va 90 – yillarda Fransiya G‘arbiy va Markaziy Afrikada juda katta mustamlaka imperiyasini barpo qildi. Fransiya 1886 yilda Madagaskar orollarini ham bosib oldi.

1874 yildan 1887 yilgacha o‘tgan davr ichida Angliya Malayya yarim orolidagi davlatlar ustidan protektorat o‘rnatdi. Uncha katta bo‘lmagan bu mustamlaka Angliyaning eng katta foyda beradigan mustamlakalaridan biribo‘lib qoldi. 80 – yillarning boshlarida, ikkinchi imperiya darvidayoq, Hindi – Xitoyning janubiy qismini bosib olgan Fransiya u yerda yangi bosqinlar qilishga kirishib, 1883 yilda Annamni bosib oldi. Fransuz agressiyasi Vyetnam xalqining qahramonona qarshiligiga sabab bo‘ldi. Xitoy ham urushga kirishdi. 1885 yil martida Lang – Son yonidagi janglarda xitoylar fransuz qo‘shinlariga zarba berdilar. Lekin shunga qaramay Fransiya 1885 yilda Tonkinni bosib oldi, lekin Lang – Son yonidagi mag‘lubiyat bir qancha vaqtgacha fransuzlarning mustamlaka ekspansiyasi rivojlanishini to‘xtatib turdi.

Hindi – Xitoyda fransuzlar bosib olgan yerlarning kengayishi fransuz mustamlakachilarini Hindistonning sharqiy chegaralariga yaqinlashtirib qo‘ydi. Fransiyaning “ingliz saltanati durdonalariga” yaqinlashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun inglizlar 1885 yilda Birmani bosib oldilar. Fransuz Hindi – Xitoyi bilan Britaniya Hindistoni o‘rtasida oraliq davlati sifatida Tailand (Siyom) qoldi, bu mamlakat formal ravishda mustaqil bo‘lsa ham, tez orada Angliya bilan Fransiya hukumatlari tomonidan ta’sir doiralariga bo‘lingan edi: mamlakatning g‘arbiy viloyatlari Angliyaning ta’sir doirasini, Sharqiy viloyatlari Fransiyaning ta’sir doirasini tashkil etardi.


Download 255,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish