Birinchidan: bu davrga kelib erkin kapitalizm oldingiga nisbatan o‘zining yuqori cho‘qqisiga chiqdi.
Masalan: XX asr boshida dunyoda ko‘mir qazib chiqarish 65 foizga, chuyan eritish 70 foizga, po‘lat eritish uch marta ko‘paydi.
Ikkinchidan: bu yillarda katta o‘zgarishlar yosh, lekin tez rivojlanayotgan mamlakatlar – Amerika Qo‘shma shtatlari, Germaniya ulushiga to‘g‘ri keldi. Ishlab chiqarish mustamlakalarda va okean ortidagi mamlakatlarda ayniqsa tez o‘sdi.
Uchinchidan: kapitalning konsentratsiyalashuvi 1900 – yildan keyin yuqori sur’atlar bilan tezlashib ketdi.
Bu kapital va ishlab chiqarishning butun dunyoda konsentratsiyalashuvining yangi va bundan ilgarilarga qaraganda beqiyos darajada baland bosqichi edi.
To‘rtinchidan: bu davrda dunyo miqyosida juda katta harbiy ittifoqlar yuzaga keldi. 1871 – yildagi Frankfurt sulhi Prussiya va Fransiya o‘rtasidagi emas, balki Yevropada xalqaro munosabatlarni butunlay o‘zgartirib yubordi. Prussiya urushda g‘olib mamlakat sifatida vaziyatdan foydalanib, Avstriya – Vengriya va Rossiya bilan yaqinlashib, Fransiyani yakkalab qo‘yib, Yevropada gegemonlikka intiladi.
XIX asrning 70 – yillariga kelib, Rossiya O‘rta Osiyo yerlarini birin ketin ishg‘ol qilib bu yerda Turkiston general – gubernatorligini tuzdi. Bu vaziyatda Angliya talvasaga tushib qoladi. Angliya Hindistonda Rossiya xavfi tushunchalarini o‘ylab chiqardi. Shunday qilib Angliya – Rossiya raqobati kuchaydi. 1882 – yilda Germaniya – Avstriya – Vengriya va Italiya davlatlari ishtirokida “uchlar ittifoqi” yuzaga kelgan bo‘lsa, 1907 – yil Angliya – Fransiya, Rossiya Antanta harbiy blokini tuzdilar.
Beshinchidan: XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yer yuzi asosan bir qator rivojlangan davlatlar tomonidan bo‘lib olindi va mustamlakachilik tizimi to‘la shakllandi.
Oltinchidan: bu davrda yangi tipdagi qator sotsialistik partiyalar vujudga keldi. Ular jamiyatda qarama – qarshiliklarning kuchayishiga sabab bo‘ldi.
Yuqoridagilardan yakuniy xulosa qilib, quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
dunyoni yirik mamlakatlari o‘rtasidagi ziddiyatlarni keskinlashuvi yangi manbalar asosida tahlil qilindi.
Harbiy ittifoqlarni vujudga kelishi va dunyoning taqsimlanishini tugallanishi yoritildi.
XX asr boshlarida dunyoni qayta taqsimlash uchun bo‘lib o‘tgan harbiy to‘qnashuvlar yoritib berildi.
Yevropada jahon urushi xavfini kuchayishi tahlil qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |