Istiqomat joylari
|
OʻzSSR
|
Fuqaroligi
|
OʻzSSR
|
Millati
|
oʻzbek
|
Sohasi
|
Geologiya
|
Alma mater
|
Toshkent politexnika instituti
|
Mashhur sovrinlari
|
|
Biografiyasi[
Oʻrta Osiyo industriya institutining konchilik fakultetini tugatgach (1935), geol.-razvedka partiyasi boshligʻi. Keyinroq Oʻzbekistondagi Langar volfram-molibden konining geologik tuzilishi, mineral tarkibi va hosil boʻlishini tadqiq qildi. 1940-yildan Oʻrta Osiyo industriya institutining foydali qazilmalar kafedrasida do-sent, soʻngra shu institutda direktor, 1942-yildan Oʻzbekiston hukumati raisining oʻrinbosari, 1944-yildan ayni vaqtda Dav-lat plan komissiyasi raisi. 1946-yil „Oʻrta Osiyoning sheelitli skarnlari geologiyasi“ mavzuida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi va bu asar 1947-yilda nashr etildi.
AKADEMIK 1947-yildan Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti. Ayni vaqtda Geologiya instituti direktori hamda uning Petrologiya va metallogeniya boʻlimi rahbari. AKADEMIK 1952 – 55 yillarda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi texnika va geol.-kimyo fanlari boʻlimining raisi, 1955–56 yillarda Oʻzbekiston hukumati raisining oʻrinbosari va 1956-yildan Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi prezidenti. AKADEMIK 1959-yilda ruda paydo boʻlishining granito-id intruziyalar bilan genetik bogʻliqligi sohasidagi ilmiy ishi uchun yuksak mu-kofot bilan taqdirlangan. U endogen ruda hosil boʻlishi nazariyasini rivojlan-tirdi. 130 dan ortiq ilmiy asar (jum-ladan, 7 monografiya) yozgan. AKADEMIK Toshkent va Moskvada nashr etilgan koʻpgina moʻ’tabar ilmiy jurnallar, toʻplamlar, ilmiy-ommabop nashrlarning masʼ-ul muharriri, tahrir hayʼati aʼzosi edi, jumladan Oʻrta Osiyoda birinchi – „Oʻzbekiston geologiya jurnali“ni tash-kil qildi va uning masʼul muharriri boʻldi.AKADEMIK volfram, qalay, rangli va qora metallar ruda konlarining turli yoʻllar bilan hosil boʻlganligini koʻrsatib berdi. AKADEMIK ruda paydo boʻlish jarayonlarini mag-matizm hamda bu jarayonlar roʻy beradigan geologik muhit taʼsiri bilan chambar-chas bogʻliq ekanligini aniqladi. Uning bevosita ishtiroki va rahbarligida „Chatqol-Qurama togʻlari magmatizmi va metallogeniyasining asosiy xususiyatlari“ monografiyasi yaratildi (1957), „Oʻrta Osiyo magmatizmi va rudalanish jarayoni“ asari nashr etildi (1960).AKADEMIKning soʻnggi turkum ishlaridan biri „Rudapetrografiya provinsiyalari va ularni tasniflash masalalari“ (1961) boʻldi. Jahondagi barcha yirik ruda konlari shakllanish xususiyatlariga bagʻishlangan „Metallogeniya – foydali qazil-ma konlarini qidirib topishning geologik asosi“ monografiyasi uchun 1970-yilda (vafotidan keyin) Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti berilgan.AKADEMIKning geol.ga oid nazariy fikrlari amaliyotda tasdiqlandi. U birinchi boʻlib Oʻrta Osiyoni alohida metallogenik maxsus provinsiya sifatida ajratdi. Skarnlar tuzilishi, ruda uchraydigan va ruda hosil boʻladigan skarnlar mavjudligi qayd etildi. AKADEMIKning rudalarning granitoid intruziyalar bilan bogʻliq ravishda hosil boʻlishiga doir asarlari ilmiy munozaraga sabab boʻldi.AKADEMIKning „Oʻrta Osiyoning metallo-genik ocherki“ (1949), „Rudalanishning granitoid intruziyalar bilan genetik bogʻliqligi“ (1954 – 57), „Daykalar va rudalanish“ (1957), „Ruda-petrografik provinsiyalari va ularni tasniflash ma-salalari“ (1961) kabi asarlari jahonga mashhur boʻldi. „Rudalanishni granitoid intruzivlar bilan genetik bogʻliqligi“ asari xorijiy olimlar taklifi bilan ne-mis, ingliz va xitoy tillariga tarjima qilingan.AKADEMIK regional kengashlar, Xalqaro geo-logiya kongressining, bir necha sessiyalarning faol tashkilotchisi, qatnashchisi, kengash toʻplamlarining muhar-riri boʻlgan. AKADEMIK bir necha chet el geol. jamiyatlari aʼzosi edi. Oʻzbekiston Respublikasi miqyosidagi koʻpgina ilmiy va ilmiy-texnika jamiyatlariga, qoʻmitalariga boshchilik qilgan. Asarlari oʻzbek va rus tillarida nashr etilgan. Bular orasida Oʻzbekistonda fan, ilmiy-texni-ka, iqtisodiyot va madaniyat ravnaqiga bagʻishlanganlari anchagina.U Oʻzbekistondagina emas, balki butun Oʻrta Osiyodagi geologik ishlab chiqarishda, ilmiy muassasalar va oliy oʻquv yurtlarida ishlaydigan katta jamoani birlashtirgan ilmiy maktabning tashkilotchisi va rahbari boʻldi. Ilmiy maktab olimlari Tyanshan toglaridagi jinslar asosida petrologiya va metallogeniya masalalarini hal qilish sohasida birgalikda ish olib bordilar. AKADEMIK Oʻzbekistonda iqtidorli yoshlardan fanning turli sohalarida, jumladan geol. boʻyicha milliy kadrlar tayyorlashga katta hissa qoʻshdi. AKADEMIK rahbarligida 7 kishi doktorlik, 28 kishi nomzodlik dissertatsiyasi-ni yoqladi.AKADEMIK ToshPI (hozirgi ToshTU) geol.-raz-vedka ftida geol. oliy oʻquv yurtlari orasida birinchi boʻlib Petrologiya va metallogeniya kafedrasini tashkil etdi va unga rahbarlik qildi. Urush davri-da AKADEMIK hukumat aʼzosi va geolog olim sifatida front va front ichkarisini zarur resurslar bilan taʼminlash va strategik ahamiyatdagi qazilma boyliklar qidirish va ishga solishda katta ishlarni amalga oshirdi.AKADEMIK 1950-yildan umrining oxirigacha mineralogiya jamiyati Oʻzbekiston boʻlimini boshqardi. 1960-yildan Fransiya geol. va Buyuk Britaniya Qirollik mine-ralogiya jamiyatlarining aʼzosi. Tan-langan asarlaridan 7 jildi nashr etil-gan (1964 – 69).
GRAMMATIKA Маtn tahlili va tahriri.
Matnni tahrir qilish uchun dastlab u bilan yaxshilab tanishib, to‘lig‘icha o‘qib chiqish, masalaning mohiyatini tushunib olish lozim. Birinchi o‘qishdanoq tuzatishlar kiritishga shoshilish xatoliklarga olib kelishi, bu tuzatishlar muallif muddaosini anglamasdan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. Matn haqida tasavvurga ega bo‘lingandan keyin, matn til jihatdan tahrir qilinadi. Bunda so‘zlarning imlosi ham, tinish belgilari ham, uslubiy kamchiliklar ham e’tibordan chetda qoldirilmaydi. Mana shu tuzatishlar jarayonida asosiy matndagi ba’zi o‘rinlar kengaytirilishi, olib tashlanishi, o‘zgartirilishi mumkin. Axborot texnologiyalari rivojlanayotgan hozirgi vaqtda matnni qiyoslash usulida yangi qadam tashlandi. Bunga muharrirning mehnati zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlanganligi sabab bo‘ldi. Muharrir matn talqinlarini qiyoslash uchun, ularni bir vaqtda displey ekraniga chaqirish imkoniga ega bo‘ldi. Bunday qiyoslash ham qulay. Chunki ikki qiyoslanuvchi talqin muharrir ko‘z o‘ngida yaqqol namoyon bo‘ladi va qulaylik tug‘diradi. Biror so‘z yoki biror iboraning ma’nosi haqida fikr bildirishda uning turli muqobillari bilan izohlash mumkin. Tilshunoslik tajribasi shuni ko‘rsatadiki, “pishib yetilmagan” so‘zlarni ikkinchisi, ya’ni maqbul varianti bilan almashtirib yoki o‘rnini, ifodasini o‘zgartirib erkin birikmaga kirishida ma’naviy farqlanishini kuzatish zarur. Muharrir matn bilan tanishar ekan, u haqiqiy mutaxassis, bilimdon sifatida namoyon bo‘lishi kerak. Tahrir ma’naviyat, madaniyat va ma’rifatga bevosita daxldor jarayondir. Tahrir so‘zi arabcha bo‘lib, yozma ishni, asarni tuzatishlar kiritib yaxshilash, tuzatish ma’nolarini anglatadi. Tafsilotlarga chuqur va keng qamrovli nazar tashlay olganlargina ishining haqiqiy ustasi sifatida muharrirlikni kasb qilib olgan «hunarmand»lardan farq qiladi. O‘z ishining haqiqiy bilimdonigina arzimasdek tuyulgan g‘ayriodatiy narsada ham katta ma’no ko‘radi, zero uni chuqur tushunadi. Muharrir mutolaasi ko‘p jihatdan ilmiy mutolaaga o‘xshab ko‘rinadi. Har ikkala o‘qishda ham tushunarsiz bo‘lgan hech narsa qolmasligi lozim. Bunda tushunarsiz ifoda qolmasligidan tashqari, matndagi murakkab bandlarni chuqur mulohaza qilib ko‘rish, mazkur mavzu bo‘yicha adabiyotlar bilan tanishish shart. Lekin shuni unutmaslik kerakki, bunday vaziyatda to‘la aynanlikka erishish amrimahol. Muharrirlik faoliyati andozaviylikni mutlaqo rad etadi. Zero, tuzatishning har qanday matnga nisbatan qo‘llash mumkin bo‘lgan qolipi yo‘q. Muharrir tuzatish usulini o‘zi tanlash huquqiga ega, lekin bu usul to‘g‘ri, asoslangan bo‘lishi lozim, Shuningdek, uni to‘g‘ri qo‘llay bilishi ham kerak. Musahhih va muharrir o‘qishidagi maqsad alohida, boshqa-boshqadir. Musahhih chop etishga tayyorlangan matnni o‘qish jarayonida uning tahrirdan chiqqan, muallif bilan kelishilgan va tasdiqlangan matniga to‘la mos ekanligiga erishadi. Matnni imloviy, tinish belgilari bilan bog‘liq xatolardan holi qiladi. Ensiklopedik asar matnidagi qisqartmalar va havolalarni bir xildaligi va aniqligini ta’minlaydi. Izohlar matndagi ko‘rsatkichlarga mosligi va hokazolarni to‘g‘riligini tekshiradi, shuningdek, zarur tuzatishlarni amalga oshiradi. Muharrirning o‘qib tuzatishidan maqsadi matnni sidirg‘a o‘qishdan iborat. Muharrir bu tur o‘qishni amalga oshirganda uning mazmuni, tuzilishi (kompozitsiyasi)dagi, shuningdek, uslubiy xatolarni aniqlaydi. O‘qish jarayonida muharrir geografik nomlar, shaxslar ismi va familiyalari, taxalluslari bir xil berilishi, iqtiboslar, raqamlar, sanalar aniq bo‘lishiga e’tibor qaratadi, uzunlik, miqdor
Do'stlaringiz bilan baham: |