Mavzu: Yerlarni takroriy ekinlar ekishga tayyorlash



Download 61,74 Kb.
Sana12.07.2022
Hajmi61,74 Kb.
#783751
Bog'liq
Yerlarni takroriy ekinlar ekishga tayyorlash.

Mavzu: Yerlarni takroriy ekinlar ekishga tayyorlash.

  • Reja:
  • 1.Yerlarni takroriy ekinlar ekishga tayyorlash.
  • 2. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksportga chiqarish
  • 3. Agrar soha imkoniyati haqida
  • Bugungi kunda aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash dunyo mamlakatlari uchun eng dolzarb masalaga aylanmoqda. Hatto ayrim rivojlangan davlatlarda ham oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi kuzatilmoqda. Aholi sonining o‘sib borishi, qishloq xo‘jaligida foydalanilayotgan yer va suv resurslarining cheklanganligi, ayniqsa, koronavirus ofati vaziyatni yanada murakkablashtiryapti. Shu bois, yurtimizda imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va mahsulot eksportini rivojlantirish maqsadida g‘alladan bo‘shagan maydonlarda takroriy ekin ekishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu bejiz emas, albatta. Chunki iqlim sharoitimiz bir yilda kamida ikki marta hosil olish imkonini beradi. Ya’ni, kuzgi g‘alla o‘rib olingandan keyin salqin kunlar boshlanguncha yana 3-4 oy davomida issiq harorat kuzatiladi. Bu esa sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari yetishtirish uchun ayni muddaodir. Oddiy qilib aytganda, shu qisqa vaqt ichida dehqon yo‘q joydan qo‘shimcha daromadga ega bo‘ladi.
  • Takroriy ekinning dalaga ham foydasi katta. G‘alladan bo‘shagan yerga takroriy ekin ekilganda yerga biologik azotning yetishmaslik muammosi bartaraf etiladi, maydonlar yanada madaniylashadi. Sanoat yo‘li bilan ishlab chiqarilayotgan azotning suv havzalariga quyilishi, inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishidek oqibatlarning oldi olinadi. Bundan tashqari, takroriy ekin qo‘shimcha hosil manbai bo‘lib, aholining moddiy ne’matlarga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi, narx-navoning arzonlashuvi va ziroatchilikda ko‘p hosilli tizimning barqaror rivojlanishini kafolatlaydi. Qolaversa, tuproq unumdorligini muttasil oshirib, organik modda bilan boyitadi, uning xossalarini yaxshilab, biologik jarayonni kuchaytiradi va dehqonlarga qo‘shimcha daromad keltiradi. Asosiysi, aholini yil davomida vitaminlarga boy sabzavot, poliz va kartoshka mahsulotlari bilan ta’minlash imkoniyati yaratiladi.
  • Joriy yilda viloyatimiz dehqonlari g‘alladan bo‘shagan 78 ming 600 gektardan ortiq maydonga takroriy ekin ekmoqda. Jumladan, 6 ming 600 gektardan ortiq polizsabzavot, 35 ming 214 gektarda dukkakli, 350 gektar moyli, 26,5 ming gektardan ortiq maydonda ozuqa ekinlari, 9 ming 920 gektarda kartoshka va boshqa ekinlar ekmoqda. Eng muhimi, bu yil takroriy ekin uchun zarur bo‘lgan suv yetarli. Qolaversa, viloyatimizda 11 ming 988 gektar maydonda tomchilatib, yomg‘irlatib, pulsar usulida va plyonka to‘shab sug‘orish loyihalari tadbiq etilmoqda. Mutaxassislar tomonidan takroriy ekin ekiladigan maydonlar ham o‘rganildi va loyihalarning aksariyati takroriy ekinlarga ham joriy etiladi.
  • Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bu yilgi takroriy ekindan viloyat bo‘yicha 320 ming tonna hosil olish rejalashtirilgan. Dehqon-fermerlarimiz yetishtirgan mahsulotini sotish uchun xaridor qidirishlariga hojat yo‘q. Chunki ularning mahsulotiga viloyatimizdagi 50 dan ortiq qayta ishlovchi va eksportyor korxonalar shartnoma imzolashgan bo‘lsa, korxona-tashkilotlar, savdo majmualari ham takroriy ekin hosiliga xaridor bo‘lmoqda. Qolaversa, takroriy ekin hosili, avvalo, aholining ichki iste’moli, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yarmarkalariga chiqariladi. Dehqonlarimizning mo‘l hosil yetishtirishi va uni oldindan xaridori tayin bo‘lgani yaxshi. Lekin viloyatimizda yetishtirilgan mahsulotni qayta ishlashgacha va eksport qilishgacha saqlash uchun imkoniyatlar yetarlimi?
  • Hozir viloyatimizda 162,9 ming tonna sig‘imga ega 229 ta muzxona va sovutkichli omborxona bor, - deydi viloyat qishloq xo‘jalik boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Xurshid Boltayev. – Shundan uzoq muddat saqlanadigan mahsulotlar uchun 25,2 tonna quvvatga ega bo‘lgan 154 ta muzlatkichli, 37,7 ming tonna sig‘imga ega 75 ta sovutkichli omborxona mavjud. Albatta, xorijga qishloq xo‘jalik mahsuloti sotishda logistika tarmog‘i beqiyos ahamiyatga ega. Shu bois, joriy yilda Jomboy tumanida “Maroqand meva-sabzavot” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan yillik quvvati 20 ming tonna bo‘lgan logistika markazini ishga tushirish rejalashtirilgan. Buning uchun kerakli bo‘lgan barcha ishlar olib borilmoqda. Hozirda viloyatimiz dehqonlari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari dunyoning 80 dan ortiq davlatlar bozorlariga yetkazib berilmoqda. Bu yildan esa eksport hajmini yanada oshirish, 251 ming tonnadan ortiq mahsulotni xorij bozorlariga sotish rejalashtirilgan.
  • Shu o‘rinda tabiiy savol tug‘iladi: rejalar yaxshi albatta, ammo u amalga oshadimi, to‘liq bajarilgan taqdirda viloyat eksportida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi ortadimi? Negaki, joriy yilning birinchi yarim yilligida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xorij bozorlariga chiqarish ko‘rsatkichlari deyarli qoniqarsiz bo‘ldi. Yarim yillikda viloyatimizda sanoat mahsulotlari eksporti 106,6 million dollarni, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti esa 52,1 million dollarni tashkil etdi. Ya’ni, rejadagi 83,8 million dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirilmadi. Oqibatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish rejasi birorta ham shahar va tumanda bajarilmadi. Shuningdek, sanoat mahsulotlari eksportida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sishga erishilib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti aksincha 17,9 million dollarga kam amalga oshirildi.
  • Bu albatta, sohada yangi turdagi eksportbop mahsulotlar yetishtirish o‘rniga ishlar hanuzgacha eskicha tizimda olib borilayotganidan dalolat beradi. Shu bilan birga qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratuvchi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash evaziga eksport qiymatini oshirish chora-tadbirlari yetarlicha amalga oshirilmayotgani ham dehqon mahsulotini xorijga chiqarishga to‘siq bo‘lmoqda. Ayni shu sabablarga ko‘ra, yaqinda viloyat hokimligida o‘tkazilgan apparat yig‘ilishida sohada kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar belgilandi. Viloyat hokimi o‘rinbosariga qishloq xo‘jaligi boshqarmasi hamda Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari viloyat kengashi bilan birgalikda aholi tomorqasida, bog‘-tok oralariga eksportbop ekinlarni puxta joylashtirish hamda eksportga yetkazib berish bo‘yicha ekin turlari va mavsumi kesimida ikki hafta muddatda yetishtirib berish jadvalini ishlab chiqib, ularning kamida 30 foizini eksportga yo‘naltirishni ta’minlash vazifasi topshirildi.
  • - Respublikamizda qishloq xo‘jalik mahsulotlari asosan sug‘oriladigan yerlarda yetishtiriladi, suv resurslari tanqisligi esa yangi o‘zlashtiriladigan yerlarni kengaytirish imkoniyatini cheklaydi, - deydi qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor Nasriddin Xalilov. – Shu bois, qishloq xo‘jaligini jadallashtirishda sug‘oriladigan yerlardan samarali, intensiv foydalanish, bir yilda 2 va 3 marta hosil olish, respublikamizda don, sabzavot, poliz, moyli ekinlar va yem-xashak yetishtirishni ko‘paytirishning muhim zaxirasi hisoblanadi. Respublikamiz tuproq-iqlim sharoiti kuzda ekilgan boshoqli don ekinlari hosilidan bo‘shagan maydonlardan takroriy, ang‘iz, kuzgi oraliq ekinlarni ekib ikkinchi, uchinchi hosilni olishga imkon beradi

Xulosa

  • Viloyatimizda sug‘oriladigan yerlarda boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan maydonlarga ikkinchi ekin sifatida o‘suv davri qisqa takroriy ekinlardan makkajo‘xori, tariq, soya, marjumak, mosh, loviya, yeryong‘oq, kungaboqar, kunjut, sabzavot ekinlaridan pomidor, qalampir, baqlajon, sabzi, sholg‘om, turp, kartoshka, karam va gulkaram, poliz ekinlaridan qovun, tarvuz, qovoq, bodring ekish mumkin. Darvoqe, tuproq-iqlim sharoitiga asosan tumanlar kesimida ekinlar yetishtirishga ixtisoslashuvi mavjud. Shu jihatdan Narpay, Kattaqo‘rg‘on, Paxtachi tumanlarida takroriy ekinlar uchun o‘rtapishar navlar va duragaylarni, Bulung‘ur, Jomboy, Oqdaryo, Ishtixon, Payariq tumanlarida ertapishar navlarni, Toyloq, Samarqand tumanlarida sabzavot ekinlarini, suv tanqis mintaqalarda tezpishar navli ekinlarni ekish va yetishtirish o‘z samarasini beradi.

Download 61,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish