Mavzu: Yer unumdorligi va ekin hosildorligini oshirishda o’g’itlar ahamiyati va turlari mundarija


IV.Yangi mavzuni mustahkamlash. Savol-javob va tarqatma test kartochkalari yordamida mustahkamlash



Download 24,93 Mb.
bet24/27
Sana28.05.2022
Hajmi24,93 Mb.
#613110
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Yer unumdorligi va ekin hosildorligini oshirishda o’g’itlar ahamiyati va turlari

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash. Savol-javob va tarqatma test kartochkalari yordamida mustahkamlash.
1.Tuproq unumdorlilgi deganda nimani tushunasiz?
2.O’g’itlar necha xil bo’ladi?
3.O’g’itlar qaysi davrlarda solinadi?
Yuqoridagi gaplarimizdan kelib chiqib o`simliklar hayotida ham qo`shnilarning yaxshi va yuomoni bo`lar ekan.

Qishloq xo`jaligi mashinalarning eng so`ngi rusumdagi zamonaviy texnikalari quyidagilar. Bular haqida internet tarmog`idan qidirib ko`rish mumkin. Ular haqida va ularning texnik rivojlanishi haqida qiziqarli va foydali ma`lumotlarni toppish mumkin.

V.Uyga vazifa berish va ish o’rnini yig’ishtirish. Mavzuni o`qib o`rganish va mavzu yuzasidan yangi ma`lumotlar topib kelish.
2/3 QISHLOQ XO’JALIK ISHLARINI BAJARISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI
Qishloq xo’jalik mashina va qurollarida ularning tuzilishi, ishlash printsipi va xavfsizlik texnikasi qoidalarini yaxshi biladigan kishilargina ishlashlari mumkin. Traktorlar va boshqa o’zi yurar qurollar hamda murakkab qishloq xo’jalik mashinalarida ishlashga shu mashinalarda ishlashga guvohnomasi bo’lgan kishilarga ruxsat etiladi.
Ishlash protsessida mashina va mexanizmlarda birikkan joylar bo’shab qolishi, fazorlar kattalashishi, moy va yonilg’i sizib oqishi mumkin. SHuning uchun e’tiborsizlik bilan qilingan texnikaviy xizmat avariyaga va boshqa shunga o’xshash ko’ngilsiz hodisalarga olib kelishi mumkin. Masalan, fiksatsiyalovchi shplintni qo’ymaslik oqibatida rul tortqisini rostlash probkasi buralib ketadi va natijada traktor yoki avtomobil boshqarilmaydigan bo’lib qoladi; sovitish sistemasidan suv oqishi dvigatelning qizib ketishiga, birdaniga to’xtab qolishiga, natijada avariya holatini vujudga kelishiga olib keladi; bunday dvigatelga qo’shimcha suv quyish traktorchining kuyib qolishiga olib kelishi mumkin. Traktor yurish qismining detallari va bog’lanishlarini o’z vaqtida tekshirib turmaslik oqibatida traktor ag’darilib ketishi mumkin. Agar mashinani ishlatish paytida odamlar salomatligi yoki hayotiga xavf soluvchi kamchilik sezilsa, u holda ishni darhol to’xtatish kerak.
Har bir traktorchi va kombaynchi mashinaga o’tirishdan avval albatta uning texnikaviy holatini tekshirib ko’rishi kerak.
Mashinaning harakatdagi har qanday detali xavflidir. Aylanayotgan val, yulduzcha va tishli g’ildirak qo’lni, sochni, yig’ishtirib olinmagan bosh kiyimini va boshqalarni ilashtirib ketishi "mumkin". SHu sababli mashina va mexanizmlarning harakatdagi qismlarini turlicha holatda qo’yiladi.
Lekin harakatdagi hamma detallarni ham ihotalab bo’lmaydi, shuning uchun xavfli zonada ishlashga ham to’g’ri keladi.
Hamma mashinalarda ham xavfli zonalar mavjuddir. Bunday joylar mashinaning tashqarisida (motovilo, kombaynning qirquvchi apparati va boshqalar) va ichkarisida (yanchuvchi baraban, tozalash ventilyatori, konveyerlar) bo’lishi mumkin. Yurgizish dvigatelining aylanayotgan maxovigi xavfli sanaladi, shu sababli yurgizish uchun dvigatelning maxovigini qo’l bilan aylantirishga ruxsat etilmaydi.
Harakatdagi mashinaning o’zi ham xavfli hisoblanadi. SHuning uchun ishlab turgan dvigatelni yoki harakatdagi mashinani msgylash va kamchiliklarini yo’qotish taqiqlanadi. Ishlash paytida mexanizatsiyalashtirilgan agregatlarga xizmat ko’rsatuvchi kishilar xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilishlari kerak.
Dalada ish boshlashdan avval mexanik yoki brigadir boshchiligida traktorni ishlatib tekshirib ko’rish, ishga yaroqli uskunalar, texnikaviy xizmat ko’rsatish uchun kerakli moslamalar, birinchi yordam aptechkalari va o’t o’chirgichlar bilan ta’minlanganligi aniqlanishi kerak.
Dalada har bir traktor va qishloq xo’jaligi mashinasi uchun alohida vaqtincha to’xtatish joylari ajratilishi kerak. Mashinalarni, alohida olingan tarktorni, shuningdek, agregatni yurgizish va o’rnidan siljitishda to’la xavfsizlik ta’minlanadigan qilib joylashtirish kerak. Mashinalarni to’xtatish joylariga tartibsiz joylashtirish baxtsiz hodisalarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Odamlarning dam olish joylarini to’g’ri aniqlash va belgilash katta ahamiyatga ega. Bu talabni bajarmaslik ham baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin.
Agar g’ildirakli traktorlarda bajarilayotgan ish uchun tor oraliqning keragi bo’lmasa, u holda g’ildiraklar eng katta oraliqqa o’rnatilishi kerak.
Traktorni mashina va qurollar bilan birkitish, shuningdek, ularni traktorga osishda xavfsiz usullardan foydalanish lozim. Traktor keyingi yo’li bilan sekin-asta mashinaga qarab harakatlanishi kerak. Bu vaqtda traktor va mashina yoki birkitish qurilmasi oralig’ida turish mumkin emas. Traktor kerakli joyda to’xtaganidan va traktorchi ilashish muftasini uzganidan keyingina traktorni mashinaga ulashga yoki osishga ruxsat beriladi.
Traktorga yonilg’i-moylash materiallari quyish yong’in xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda bajarilishi kerak. Traktorni kechasi ishlatganda uning yonilg’i baki smenaga yetadigan miqdorda yonilg’i bilan kunduzi to’ldirib olinishi kerak. Traktorni yonilg’i bilan kechasi to’ldirish mumkin emas.
Traktor agregatini dala uchastkasiga olib chiqish oldidan traktorchi uchastka relefi bilan yaxshi tanishishi va brigadir bilan birgalikda traktorning yurish marshrutvni belgilab olishi kerak. Uchastkadagi xavfli joylar (chuqurlar, toshlar) yo’qotilishi, agar buning iloji bo’lmasa, u vaqtda tayoqchalar yoki boshqa signal belgilari bilan belgilab qo’yilishi kerak.
"Ish boshlashdan avval kontrol egat olish va uchastka chekkalarida burilish polosalarini belgilab qo’yish kerak. Bunday tayyorgarliksiz traktor agregatining dala uchastkasida ishlashiga ruxsat etilmaydi. Traktorlar yerga ishlov beruvchi mashinalar bilan birga ishlatilganda ushbu mashinalarda xizmat qiluvchi ishchilarning xavfsizligi to’la ta’minlanishi lozim.
Traktor agregatlariga xizmat ko’rsatuvchi ishchilar dorilangan urug’larni, qishloq xo’jaligi ekinlarini changlatish va dori purkash oldidan maxsus kiyimbosh va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi kerak. Traktorchi bilan mashinaga xizmat ko’rsatuvchi ishchi o’rtasida ikki tomonlama signalizatsiya joriy etilishi zarur. Ogohlantiruvchi signal berilib va javob signali olinganidan keyingina agregatni o’rnidan qo’zg’atish mumkin.
Ekish va ko’chat o’tqazish mashinalarida mexanizmlarning aylanuvchi va harakat qiluvchi detallari mustahkam to’siqlarga, ishga yaroqli o’rindiqqa yoki kengligi 35 sm dan kam bo’lmagan, balandligi 100 mm bo’lgan saqlagich bortli oyoq qo’yish taxtasiga va tekis ushlagichga ega bo’lishi kerak. Agar seyalkaga borona yoki kaptok ham qo’shib ulanadigan bo’lsa, u holda seyalkachining orqasida balandligi 1 m bo’lgan panjara bo’lishi lozim.
Seyalkalar soshniklarni tozalash uchun belkuraklar, ekish apparatlari va urug’ trubalarining tiqilishini yo’qotish uchun ilmoqlar, shuningdek, yashiklardagi urug’ va dorilarni tekislash uchun yog’och kurakchalar bilan jihozlanishi kerak. Seyalkada bu narsalarni saqlash uchun maxsus joy ko’zda tutilgan bo’lishi kerak. Ularni urug’ yashigida saqlash mumkin emas. O`g’it bankasi va seyalka yashiklarining qopqoqlari ishga yaroqli bo’lishi, mahkam berkilishi va seyalka harakatlanganda tebranishlardan ochilib ketmasligi kerak.
Harakatlanayotgan seyalkani dorilangan urug’ bilan to’ldirish mexanizatsiyalashtirilgan bo’lishi, to’ldirish paytida raspirator kiyish kerak. Agregat to’xtatilgan holatdagina qo’l bilan to’ldirish mumkin. Bir ishchining ikki yoki undan ko’p seyalkaga xizmat ko’rsatishi mumkin emas. Ekish agregatida bir necha ishchi ikki va undan ko’p seyalkada band bo’lsa, u holda ulardan biri xavfsizlik texnikasi qoidalarining bajarilishi yuzasidan javobgar qilib tayinlanadi.
Hozirgi zamon yig’ish kombaynlari qishloq xo’jaligida ishlatilayotgan barcha texnika vositalari orasida eng murakkabi hisoblanadi. SHuning uchun ulardan noto’g’ri foydalanilganda, boshqa mashinalarga nisbatan xavfli holatlar ko’proq tug’iladi.
Baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun hosilni yig’ish oldidan xavfsiz ishlashni ta’minlovchi tadbirlarni amalga oshirish kerak.
Kombaynlarda ishlashga yoshi 18 dan kam bo’lmagan, kombaynning tuzilishini biladigan, ularda xavfsiz ishlash usullariga o’rgatilgan va ishni boshlash oldidan xavfsizlik texnikasi bo’yicha qo’shimcha instruktaj olgan shaxslarga ruxsat beriladi.
Kombaynchi dalaga chiqquncha kombaynning bekamu-ko’stligini tekshirishi lozim, buning uchun rol boshqarmasi, tormoz, qirquvchi apparat, signal qurilmalarining yoritish va gidravlik sistemalarning to’g’ri ishlayotganligiga, shuningdek, ihotalar, o’t-o’chirgichlar va kombaynga texnikaviy xizmat ko’rsatish uchun kerakli uskunalarning mavjudligiga ishonch hosil qilishi kerak. Kombayn hamma uzellarining ishga to’la yaroqli bo’lishi — kombaynda xavfsizlashning asosiy shartidir.
Kombaynni ishga tayyorlashda uni yog’och kurakcha, ichish uchun suv bachogi, birinchi yordam meditsina aptechkasi, yong’in o’chirish vositalari bilan jihozlanadi.
Qombaynchi kombaynni harakatlantirish oldidan kombaynning ostida va xavfli zonada odam yo’qligiga ishonch hosil qilishi va shundan keyin signal berib harakatni boshlashi kerak. Harakatlanganda yo’lning o’ng tomonidan, mashinalar orasida kam deganda 30 m interval qoldirib yurish kerak. Kombaynni past tezlikda burish lozim. Qiyaligi 15° dan ortiq bo’lgan yo’llarda kombaynni haydash taqiqlanadi.
Dvigateli ishlab turgan kombaynda rostlash ishlarini olib borish qat’iy man etiladi. Bu ishlar faqat dvigatel to’xtatilganidan keyin bajarilishi kerak. Kombaynda ochiq alangadan foydalanish mumkin emas. Elektr simlaridan uchqun chiqmasligi kerak. Paxtaning shpindelga o’ralib qolishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi, chunki bu birinchidan, paxtaning to’kilib isroflanishiga olib kelsa, ikkinchidan, paxtaning ishqalanishidan qizishi natijasida yong’in chiqishi mumkin.
Dalaning tekis uchastkalarida, ish fronti va ish organlari yaxshi yoritilganda kombaynni kechasi ishlatishga ruxsat beriladi. Kombaynni yonilg’i bilan to’ldirish faqat kunduzi bajarilishi kerak.
Silos massasi umumiy ishlarga mo’ljallangan gusenitsali traktorlar bilan shibbalanadi. Traktor hamma vaqt yonboshga yoki bo’yiga qiyshayib harakatlanadi, shuning uchun silos massasini shibbalashda ularni 1 yoki 2-klass traktorchilar boshqarishi mumkin. Ularning o’zlari siloslashdagi xavfsizlik texnikasiga ham javob beradilar. Siloslash bilan bog’liq bo’lgan barcha ishlar faqat kunduzi bajarilishi kerak.
Silosni shibbalash oldidan traktordan ushbu operatsiyani bajarishda ishlatilmaydigan uskunalar, troslar va boshqa moslamalar olib qo’yiladi. Traktorning ketingi skobasiga sariq rangga bo’yalgan tortuvchi ilmoq o’rnatiladi. Ish paytida traktorning eshigi ochiq bo’lishi va shu holatida mahkamlab qo’yilishi lozim.
Transheya va g’aramlarda massani shibbalashda faqat-bitta traktor ishlashi kerak. Transheyaga eng katta tushish va undan chiqish, g’aramga ko’tarilish va undan tushish burchaklari 20° dan ortmasligi kerak, aks holda traktor ag’darilib ketishi mumkin.
Silos massasini shibbalashda traktorni g’aramning chekkasiga 1,5m dan ortiq yaqin keltirmaslik kerak. Gusenitsali traktorning turg’un holatini ta’minlash uchun g’aram eng tepasining maydonchasi 6 m dan kam bo’lmasligi lozim.
Traktorchi silos massasini traktorning faqat ish tezliklarida shibbalashi kerak. Pasaytirilgan va transport tezliklarini qisqa vaqtga bo’lsa ham qo’shish mumkin emas. Traktorchi yangi to’kilgan massa uetida birinchi yo’lni faqat yuqoriga qarab qilishi kerak. Silos massasining ustida traktorni tez burish mumkin emas, chunki bu paytda traktor ko’p sirpanishi va xavfli holat vujudga kelishi mumkin.
Silos massasini tekislash uchun ishlatiladigan moslamalarni
traktorning faqat old tomoniga osish mumkin.
Traktorni silos massali g’aram ustida qoldirish mumkin emas, chunki u siljib qo’zg’alishi va avariya holati vujudga kelishi mumkin.
SHibbalashda ishtirok etuvchi kishilar traktorga 5 m dan ko’p yaqinlashmasliklari kerak. Ishchilarning dam olish joylari ish joylaridan 15 m uzoqlikda bo’lishi lozim. Jarohatlanganlarga birinchi yordam ko’rsatish uchun shu joyda aptechka ham bo’ladi. Hozirgi zamon texnikalaridan foydalanish jarayonida doimo ularni soz yoki nosozliklarini tekshirish zarur. Masalan tuproqqa ishlov berish texnikalaridan foydalanilganda, organik va mineral o’g’it solish agregatlaridan samarali foydalanish uchun ularga birinchi texnik ko’rsatish ikkinchi texnik xizmat ko’rsatish va joriy texnik xizmat ko’rsatilishi shart. O’g’it solish agregatlaridan foydalanilganda, o’g’it solish meyoriga e’tibor berish kerak.

Download 24,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish