Mavzu: Yelkan va kema
Maqsad: o’quvchilarga mavzulardan tashqari yangi va qiziqarli ma’lumorlar berish
Yelkanning ajdodi juda qadimdayoq, odam endigina qayiqlar yasab, degizga chiqishga jur’at etgan zamonlardayoq paydo bo’lgan deb hisoblanadi. Dastavval yelkan sifatida yog’ochlarga maxkamlab bog’langan hayvon terisi xizmat qilgan. Qayiqda turgan odamga uni doimiy qo’lda tutib turishga va shamol yo’nalishiga muofiq burib – sozlab borishga to’g’ri kelgan. Odamlar yelkanlarni maxkamlash uchun machta va to’sinlardan foydalanishni qachon ixtiro qilgani noma’lum. Lekin, davrimizgacha yetib kelgan qadimgi Misr malikasi Xatshepsut kemalarining tasvirlaridayoq yog’ochdan ishlangan kema machtasi va to’sinlarini, shuningdek shtag (machtani orqasiga ag’anab ketishidan tutib turuvchi chilvir arqonlar) hamda, yelkanni ko’tarib, tushirishga mo’ljallangan moslamalrni ko’rish mumkin. Shu tufayli Yelkanli kemalarning paydo bo’lishini ham jufa qadim zamonlarga bog’lash o’rinli. Bu borada ilmiy jamoatchilikning aniq fikri yoq.
Ko’p dalillarning guvohlik berishicha dastlabki yelkanli kemalar qadimgi Misrda paydo bo’lgan va Nil daryo transport qatnovi rivojlanishiga yo’l ochgan ilk daryo bo’lgan. Har yili iyuldan noyabrgacha bu azim daryo o’z qirg’oqlaridan toshib chiqib, chor atrofni suvga bostirgan. Qishloq va shaharlar huddi orollar misol bir birlaridan uzilgan holatga tushib qolganlar. Shu tufayli qadimgi Misr aholisi uchun kemalar hayotiy zaruratga aylangan. Kishilar xo’jalik faoliyati munosabatlarida suv transporti g’ildirakli transportlardan ko’ra muhimroq ahamiyatga ega bo’lgan. Shunday Misr kemalaridan biri, eramizdan avvalgi 5 – ming yillikda paydo bo’lgan - Barka hisoblanadi. U zamonaviy olimlarga bir necha namunalarda ma’lum bo’lib, bu namunalar asosan ehromlar ichkarisida o’rnatilgan nusxalardan olingan. Misr yog’och yetishtirish mumkin bo’lgan o’rmonlarga boy emas. Shu sababli, Misrliklar kemasozlikda asosiy qurilish ashyosi sifatida Papirusdan foydalanishgan. Mazkur xom ashyoning fizik xususiyatlari misrliklar kemalarining konstruktsiyasini belgilab bergan. Bu papurus bog’lamlaridan iborat, yoysimon shakldagi, quyruq va tumshuqlari yuqoriga keskin qayrilgan ko’rinishdagi suv transporti bolgan. Kemaning mustaxkamligini oshirish uchun, chilvirlar bilan ko’ndalangiga bog’lab chiqilgan. Keyinroq, Misr va Finikiya o’rtasida muntazam savdo aloqalari yo’lga qo’yilganidan so’ng, mamlakatga Livanqarag’ayi yetkazib keltirila boshladi va kemasozlikda yog’ochdan keng ko’lamda foydalanish imkoniyati yuzaga keldi.
Bu davrda qanday kemalar yasalganligi haqidagi tasavvurni, Sakkara yaqinidagi nekropol devoriga o’yib ishlangan relief shakllaridan olish mumkin. Eramizdan avvalgi 3-ming yillikka tegishli bo’lgan bu kompozitsiyada qadimgi kemaning alohida qismlarining qurilish jarayonlari tasvirlangan. Tagida tekis joyi bo’lmagan, kemaning qarama qarshi bortlarini birlashtiruvchi ko’ndalang shpangoutlarsiz bu kemalar oddiy qilib kesilgan yog’och doskalardan yig’ilgan hamda, yana o’sha «qadrdon» papiruslar bilan qoplab chiqilgan. Kema korpusi perimeter bo’ylab aylantirib bog’langan arqonlar yordamida maxkamlangan. Bunday kemalar dengizda yaxshi suzmagan. Lekin, daryo bo’ylab suzish talablari uchun to’liq mos kelgan. Misrliklar foydalangan to’g’ri yelkan, kemani faqat shamol yo’nalishi bo’ylab suzish uchun harakatga keltira olga holos. Yelkanni tortib turuvchi richagli uzatmlar ikki oyoqli machtaga biriktirilib, machta esa kema markaziy qismiga perpendikulyar holatda o’rnatilgan. Yuqori qismida esa ikkala machta yog’ochlari mustaxkam biriktirib qo’yilgan. Kema tumshug’iga yo’g’on arqonlar bilan bog’langan bunday yelkanlarni agar mabodo shamol yon tarafdan esa boshlasa tezkorlik bilan tushirib qo’yish zarur edi. Chunki, aks holda, kema to’ntarilib ketishi ehtimoli yuqori bo’lgan. Keyinroq, tahminan eramizdan avvalgi 2600-yilda ikki oyoqli machta o’rniga, hozirda ham qo’llaniladigan bir ustunli machta paydo bo’ldi. Bunday machta kema komandasiga yelkanlar bo’ylab oson boshqarivni va kemalarga manyovr qilish uchun qulayliklarni ta’minlab berdi. Lekin, bunda foydalanilayotgan to’g’ri burchakli yelkanlar faqat yo’nalishdagi shamoldangina foydalanishi mumkin edi va shu tufayli ishonchli hisoblanmagan. Kemaning asosiy dvigateli – eshkak eshuvchilarning qo’l mehnati bo’lib qolavergan. Aftidana eshkaklardagi bortga maxkamlanuvchi detallar va qayrilma joylarni ham aynan qadimgi Misr kemasozlari ilk bor qo’llab ko’rishgan ko’rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |