Mavzu: Mitti mamlakatning katta muammolari
Maqsad: o’quvchilarga mavzulardan tashqari yangi va qiziqarli ma’lumorlar berish
Tinch okeanining janubi-g`arbiy qismidagi Nauru orolida joylashgan mamlakat haqida eshitganmisiz? U rasman respublika maqomiga ega bo’lgan dunyodagi eng kichik hamda rasmiy poytaxti bo’lmagan sayyoramizdagi yagona davlat ekanligi bilan mashhur. So’nggi yillarda esa bu davlat bilan bog`liq turli muammolar jahon afkor ommasi e’tiboriga tushdi.
Sababi juda oddiy. Bu yerga odamlar endi-endi kelib yashay boshlagan vaqtlarda orolning markaziy qismi balandligi 30 metrga yetadigan, dengiz qushlarining axlatlaridan paydo bo’lgan tabiiy azot-fosforit o’g`it — guanoning qalin qatlami bilan qoplangan platodan iborat edi. Ahamiyatlisi, bu mineral o’g`it jahon bozorida juda qadrlanadi. Shu bois Nauruda asosiy e’tibor guano qazib olish va uni eksport qilishga qaratildi. Buning ortidan katta daromad olindi. Ammo 1990 yilga kelib orolda guano zaxiralari tugadi, mamlakat esa muhim tirikchilik manbaidan ajraldi. Hozirgi kunda hudud aholisining asosiy daromadi Avstraliya hukumati tomonidan berilayotgan yordamdan iborat bo’lib qolmoqda.
MAMLAKAT SUV OSTIDA QOLIB KETIShI MUMKIN
Aslida yuqoridagi muammolar Nauru davlati va xalqining kichik muammolari va astoydil harakat qilinsa, bu qiyinchiliklardan chiqib ketish mumkin. Biroq ushbu davlatga so’nggi yillarda iqlim o’zgarishi degan yana bir xavf tahdid solmoqdaki, bundan mamlakat hukumati ham, xalqi ham, qolaversa, boshqa davlatlar ham xavotirda.O’tgan yilning sentyabr oyida Nauru respublikasi prezidenti Baron Uaka BMT Bosh Assambleyasi 71-sessiyasida chiqish qilib, xalqaro hamjamiyatni iqlim o’zgarishlari bilan bog`liq muammolarni hal etish uchun tezkor choralar ko’rishga chaqirdi. U vayron qiluvchi dovul va sunamilarni qudratli bombalar portlashiga qiyosladi, dunyo okeani suv sathining ko’tarilishi esa, uning ta’biri bilan aytganda, dushman qo’shinlarining yurishidir.
Baron Uakaning ayni mavzuda bu qadar jon kuydirib gapirishi bejizga emas. Zero, global iliqlashuv natijasida dunyo okeanida suv sathining ko’tarilishi sayyoramizdagi eng kichik respublikani juda katta muammolarga ro’baro’ etmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu davlat yaqin yillar ichida dunyo xaritasidan yo’qolib ketishi hech gap emas. Shuningdek, mutaxassislar bu borada xalqaro hamjamiyat birdek qayg`urmas, atmosferaga zaharli gazlar chiqarilishi davom etar ekan, suv sathining ko’tarilishi tez orada yana ko’plab davlatlar taqdirini xavf ostida qoldirishi mumkinligidan ogohlantirishdi.
Nauru Respublikasi — Tinch okeanining janubi-g`arbiy qismidagi Nauru orolida joylashgan davlat. 1968 yil 31 yanvarda mustaqil deb e’lon qilingan. Buyuk Britaniya Hamdo’stligi a’zosi. Nauru davlatining qurolli kuchlari yo’q va uning xavfsizligini Buyuk Britaniya ta’minlaydi.Davlat boshlig`i — prezident, u parlament tomonidan uch yil muddatga saylanadi.Maydoni 21,3 kvadrat kilometrni tashkil etadi, aholisi o’n ikki ming uch yuz kishidan iborat.Nauru mustaqillikka erishgan vaqtda orolda 3 ming kishi yashagan. O’tgan yarim asrga yaqin vaqt mobaynida mamlakat aholisi to’rt barobarga ko’paydi. Orol aholisining aksariyati dengiz qirg`oqlari hamda Buada ko’li atrofida yashaydi. Ularning 60 foizini mahalliy naurular, qolgan qismini Okeaniyaning boshqa qismidan kelganlar, xitoyliklar, filippinlar va yevropaliklar tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |