4.Yangi mavzuni mustahkamlash: Darsni mustahkamlash jarayonida quyidagilar amalga oshiriladi;
Guruhlar o’rtasida mavzu yuzasidan “Siz- bizga- biz -sizga” savol-javob o’yini o’tkaziladi ;
Guruhlarda faol qatnashmayotgan o’quvchilar bilan yakka tartibda ishlanib, ularga mavzu bo’yicha test topshiriqlari beriladi;
Har bir topshiriqni bajarish jarayonida o`quvchilar baholanib boriladi.
5. .O`quvchilar bilimini baholash 6. Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, topshiriqni bajarish.
Foydalanish uchun test savollari: 1.Yaponiya “iqtisodiy mo’jizasi”ning asosiy manbai nima? A.Katta miqdordagi foydali qazilmalar B.Yuqori malakali mutaxassislar C.Yapon millatining yuqori darajadagi mehnatsevarligi va mehnat intizomi, uyushqoqligi va sabr -toqati D.Boshqa davlatlarning yordami 2.Hozirgi davr Yaponiya sanoatining faxri va ramzi bo’lgan tarmoq qaysi? A.Avtomobilsozlik B.Metallurgiya C.Yoqilg’i D.Elektronika 3.O’zbekistondagi qaysi korxonalarga Yaponiya investitsiyalari kiritilgan? A.Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va Sho’rtan gaz kimyo kompleksi B.Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi C.Asaka avtomobil zavodi D. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 4.Yaponiya tashqi iqtisodiy aloqalarida qaysi davlat ulushi ko’proq? A.Xitoy B.AQSH C.O’zbekiston D.Janubiy Koreya