reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash
bo‘yicha mas’ul idoralarga quyidagi aniq takliflar bildirilgan:
O‘zbekistonning yetakchi global indekslarda, birinchi navbatda Global
raqobatbardoshlik reytingida (GCI, Global Competitiveness Index) ishtirok etishi
uchun tashkiliy-huquqiy asoslar yaratilishi, xususan, bu bo‘yicha milliy markazlar
loyihasini shakllantirishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz;
ekspertlar jamoasini shakllantirish va Global raqobatbardoshlik indeksida
O‘zbekistonning tegishli munosib o‘rnini aniqlash uchun milliy tadqiqotlar
o‘tkazish, keyin esa ushbu reytingda mamlakatning kuchli va zaif pozitsiyalarini
aniqlash;
bu yo‘nalishda muvaffaqiyat qozonayotgan MDH mamlakatlarining xalqaro
indekslar bo‘yicha ilg‘or taklif va fikrlarini to‘plash, muhokama qilish hamda
umumlashtiruvchi tajriba va ishtirok modellarini yig‘ish, muvofiqlashtirishga
qaratilgan kompyuterlashtirilgan kraudsorsing platformasini ishlab chiqish va
tatbiq etish;
yetakchi xorijiy davlatlar va xalqaro moliya institutlarining ekspertlari,
mashhur olim va mutaxassislar ishtirokida maxsus xalqaro konferensiyalar
o‘tkazish, shu orqali O‘zbekistonning xalqaro indekslarga bosqichma-bosqich kirib
kelishi uchun chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;
Global raqobatbardoshlik reytingi ko‘rsatkichlari bilan aniqlangan
nomuvofiqlikni bartaraf etish va amaldagi xo‘jalik yuritish mexanizmlarini
takomillashtirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha
milliy dasturni qabul qilish;
– investitsiya muhitini takomillashtirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalar jalb qilishni rag‘batlantirishga oid yangi qonun, farmon va qarorlar
ishlab chiqishda “global indekslar talablariga muvofiqlikni ta’minlash shartligi”
majburiy prinsipini amalga oshirish.
Insoniyat taraqqiyoti, barcha sohalarda kechayotgan globallashuv
jarayonlar, sifat va tarkibiy o'zgarishlar xalqaro hamkorlik va aloqalarni yangi
bosqichga ko'tarish barobarida har bir mustaqil mamlakatning ushbu holatlarga
yangicha qarashga, ular bilan birga odim tashlash vazifasini ko'ndalang qo'ymoqda.
Bu esa, eng avvalo, o'sha mamlakatning jahon miqyosidagi o'rni, xalqaro reyting va
ko'rsatkichlarda tutgan mavqei bilan belgilanadi.
Aytish kerakki, xalqaro reyting va indekslar
har bir mamlakatning
rivojlanish jarayonini o'zida namoyon etib, davlat boshqaruvi sifati, aholining
turmush darajasi,
inson huquqlari muhofazasi, tadbirkorlik faoliyati va xorijiy
investorlar uchun qulay muhit, barqaror iqtisodiy o'sish va raqobatbardoshlik kabi
muhim jihatlarning ko'zgusidir. Bu jihatlar mamlakatimizdagi islohotlar mohiyatida
ham mujassam. Bularning barchasi inson qadrini ulug'lashga, odamlarning hayotdan
rozi va mamnun bo'lib yashashini ta'minlashga xizmat qilishi bilan yanada teran
mazmun kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: