Mavzu: Yangilanayotgan O‘zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. Reja


Mustaqillik - milliy tiklanishning asosidir



Download 359,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/35
Sana06.02.2022
Hajmi359,72 Kb.
#434329
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Mustaqillik - milliy tiklanishning asosidir. 
Mustaqillik yillarida milliy istiqlol g‘oyasi xalqimizning milliy tiklanishiga 
xizmat qildi. G‘oyaviy kurashlarda kunimizga yaradi. Xalqimizni birlashtirdi, 
buzg‘unchi g‘oyalar mohiyatini tushuntirdi. 2017 yildan boshlab O‘zbekiston o‘z 
taraqqiyotining yangi – Milliy yuksalish bosqichiga kirdi. Konstitutsiyamizga 
asoslangan, xalqimizning tub manfaatlariga javob beradigan O‘zbekistonni 
rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi amalda. Keyingi yillarda erishilgan yuksak 
marralar xalqimizni baxtli qilishga qaratilgan islohotlar samaralarini yaqqol 
ko‘rsatmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev rahbarligida 
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning bosh maqsadi, 
xalqimizni turmush darajasini keskin ko‘tarish va bu borada rivojlangan davlatlar 
qatoridan munosib o‘rin olishga qaratilgandir. Bu borada Prezidentimizning 2020 
yil 24 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan
Murojaatnomasida biz hozir milliy taraqqiyotimizning mutlaqo yangi bosqichiga 
o‘tayotganligimizni, milliy g‘oyani rivojlantirishimiz zarurligi alohida ta’kidladilar.
Ma’lumki, 2019 yil 8 aprel kuni Prezidentimizning O‘zbekiston 
taraqqiyotining yangi bosqichida milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab 
chiqishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmoyishi qabul qilindi. Mazkur hujjat 
qabul qilinishining zarurati nimalarda namoyon bo‘ladi? Rivojlangan 
mamlakatlarda milliy g‘oya davlat maqsadlarini xalq maqsadlariga uyg‘unlashtiradi. 
“Bir hudud – bir xalq” e’tiqodini shakllantirib, mamlakatlar aholisini birlashtirgani, 
umumiy maqsad yo‘lida safarbar qilganiga misollar ko‘p. Ularning aksarida milliy 
g‘oya milliy qadriyatlarga bog‘lab singdirilganini ko‘ramiz. 


Masalan, “Tarix – sintoizm – konfutsiylik – samuraylik irodasi” 
qadriyatlari negizida yapon milliy g‘oyasi ishlab chiqildi. Odamlarga ishonch, 
rag‘bat berildi. Maktabning tarbiyaviy ishlar tizimi, g‘oyasi isloh qilindi. Uyushgan 
millatning juda qattiq mehnati o‘laroq, dunyo “YApon mo‘‘jizasi”ning guvohi 
bo‘ldi. Xitoyda ham milliy zaminga – Konfutsiy ta’limotiga murojaat qilindi. 
Konfutsiy merosidan diniy ta’limot emas, balki axloqiy (xulq uchun) asos sifatida 
foydalandi. Yoshlar tarbiyasi “Ona Vatanga xizmat qilish va sodiq bo‘lish” g‘oyasi 
asosida tashkil etildi. YOshlarga shaxsiy va milliy manfaatlarni uyg‘un tutish 
o‘rgatib borildi. 
AQSHda davlat mafkurasi yo‘q, deb hisoblanadi. Ammo 
amerikaliklarning ma’naviyatini o‘rgangan olimlar AQSH kabi mafkuralashgan 
davlatni topish qiyin, deyishadi. AQSHda mafkura vazifasini “Amerika orzusi” 
(American Dream) bajarmoqda. U Amerika davlatining oliy qadriyatlari yig‘indisi, 
millatning ma’naviy onasi deb tushuniladi. “Amerika orzusi”ning asosiy 
tushunchalarini shaxs erkinligi, erkin tadbirkorlik, demokratiya, muvaffaqiyatga 
erishishga qaratilgan mehnat tashkil qiladi. Amerikaliklar mafkura bo‘lmasa, davlat 
boshqaruvida tizimlilik bo‘lmaydi, tizimsiz esa samarali siyosat bo‘lishi mumkin 
emas, deb hisoblashadi. SHu bois, amerikalik davlat arboblaridan biri U.Sefayr 
“Agar Amerika tuzumi – skelet bo‘lsa, amerikancha orzu – uning qalbidir“ degan 
edi. Janubiy Koreyada ham milliy g‘oya xalqning milliy o‘zligiga va yoshlar 
tarbiyasiga quril di. Maktabda milliy g‘oya yoshlar ongiga urf-odatlar, axloqiy 
ideallar orqali singdirib borildi. YOshlarni hayotga tayyorlashda oila, maktabgacha 
ta’limga alohida e’tibor qaratildi. Hozir ham koreys oilalarida umumiy byudjetning 
ellik olti foizi bolaning ta’lim-tarbiyasi, inson kapitali – Human Capital uchun 
sarflanmoqda. 
Mamlakatimizda milliy g‘oyaga yangi davr, millatimiz tarixining yangi 
bosqichi talablaridan kelib chiqqan real talablar qo‘yilmoqda.Ilgari milliy g‘oyani 
tushunish va tushuntirishda noqulayliklar uchrab turar edi. Masalan, odamlarning 
quloqlari milliy g‘oya davlat va xalq birligi tarannumini eshitardi. Lekin ko‘zlarimiz 
hokimliklar, vazirlik va idoralarning oldidagi temir panjaralarni ko‘rar edi. Xalq 
davlat organlariga xizmat qilishi kerak, degan noto‘g‘ri qoida amalda edi. Fuqaro 
hokimiyatga emin-erkin kirolmas, dardini aytolmas edi. CHunki amalda xalqdan 
davlatni ajratuvchi temir panjara bor edi. Panjaralar kesib tashlandi. Lekin ayrim 
amaldorlarimiz ongida bu panjara haligacha turibdi. Tafakkurdagi temir panjaralarni 
qo‘porib tashlash qiyin kechyapti. Milliy g‘oya ana shunday vaziyat talablaridan 
kelib chiqib yangilanmoqda. 
Ilgari milliy g‘oya ijtimoiy-gumanitar, ma’naviy-ma’rifiy masala, deb 
tushunildi. 
Bugun 
uning 
iqtisodiy-siyosiy 
poydevori 
– O‘zbekistonni 
rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi bor. Taktikasi – har yilning bosh Dasturi, 
mablag‘i, ijrochilari bor. Demak, yangi davrda milliy g‘oya gumanitar masala bo‘lib 
qolmaydi. CHunki uning natijasiga qaratilgan iqtisodiy tizim ishlamoqda. Milliy 
g‘oya ro‘yobi uchun demokratik muhit hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Demokratiya – 
to‘g‘rilik, rostlik, adolat, qonuniylikning sharti. Nohaqdan – haqni, zolimdan – 
mazlumni, zo‘ravondan – ojizni himoya qilishga xizmat qiladi. SHu haqda jar soladi. 
Jamoatchilik nazoratini ishga soladi. CHunki milliy g‘oya aholining bir toifasi emas, 


hamma yaxshi yashasin, hayotdan rozi bo‘lsin, deydi. Mamlakatda adolat, 
qonuniylik buzilar ekan, demokratiya ham, milliy g‘oya ham quruq shiorlar bo‘lib 
qoladi. Xalq norozi bo‘ladi. Xalq norozimi, demak, milliy g‘oya o‘z bongini 
urmayotgan, vazifasini bajarmayotgan bo‘ladi. 
Xulosa qilib aytganda, Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev tomonidan olib 
borilayotgan islohotlar milliy g‘oya xalqimizning kuch-qudratiga aylanishi uchun 
sharoit yaratdi. Endi gap milliy g‘oyani har bir o‘zbekistonlikning niyatiga va 
harakatiga aylantirishda. YAxshi fikr yaxshilikka, yomon fikr yomonlikka yo‘l 
ochadi. Axborot maydonini nuqul negativ kontent egallab olmasligi uchun pozitiv, 
yaxshi, nekbin mazmun, mavzular bilan mutanosib to‘ldirishga alohida e’tibor 
qaratmog‘imiz zarur. Negaki, biz kattalar ham, bolalarimiz ham har kuni yaxshi-
yomon fikrlardan ta’sirlanamiz. Bir-birimiz bilan ijtimoiy tarmoqda tortishamiz, 
aytishamiz, urishamiz. Lekin biz bularning negativ fikrlardan boshlangan g‘oyalar 
kurashi ekanligini anglamaymiz. 

Download 359,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish