Mavzu: Yangilanayotgan O‘zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. Reja


Biroq mamlakatimizning xalqaro koʻrsatkichlarini yaxshilashga bu



Download 359,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/35
Sana06.02.2022
Hajmi359,72 Kb.
#434329
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Biroq mamlakatimizning xalqaro koʻrsatkichlarini yaxshilashga bu 
tadbirlarning oʻzi yetarli hisoblanmaydi. Bunda sohadagi islohotlar koʻlami va 
samaradorligiga jiddiy taʼsir qilayotgan huquqiy omillarning ham hissasi 
yuqoridir. Shu munosabat bilan 2020-yilning 19-may sanasida davlatimiz 
rahbarining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va 
muassasalari 
faoliyatini 
yana-da 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
toʻgʻrisida”gi farmoni bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim 
ahamiyat kasib etdi. 
Ushbu farmon bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya 
vazirligiga bir qator maqsadli vazifalar yuklatildi. Mazkur vazifalardan eng asosiysi 
sanalgan xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasi oʻrnining 
yaxshilanishiga toʻsqinlik qilayotgan huquqiy omillar yuzasidan fundamental 
huquqiy tadqiqotlar oʻtkazilishini taʼminlash masalasi esa, yuqorida qayd etilgan 
ustuvor maqsadlar uchun yoʻl xaritasi sifatida maydonga chiqadi.
 
Aytish joizki, bugun mamlakatimizni xalqaro indekatorlar tizimida oʻzining 
munosib oʻrnini shakllanishiga salbiy taʼsir qiluvchi ichki va tashqi huquqiy omillar 
negizi juda chuqur tahlillarga borib taqaladi. Shu munosabat bilan bu boradagi 
muammolarni oʻrganish va bartaraf etishda dastlab milliy qonunchilik tizimimizdagi 
ayrim boʻshliqlar va kolliziyalarning huquqiy monitoringini yana-da 
takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. Albatta, bu masalada oʻtgan davr 
mobaynida koʻplab islohotlar amalga oshirildi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2019-yil 2-noyabrdagi “Huquqiy monitoringning zamonaviy 
mexanizmlari asosida qonun hujjatlari ijrosining samaradorligini oshirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4502 sonli qarori va uning asosida qabul qilingan nizom 
bu boradagi ishlarning nechogʻlik zarurligini koʻrsatdi. Taʼkidlash joizki, vakolatli 
davlat idoralar tomonidan qabul qilinayotgan har bir normativ-huquqiy hujjatlarning 
mukammalligi, ularning qonunchilik texnikasi talablari asosida ishlab chiqilishi 
norma ziddiyatlarini bartaraf etibgina qolmay, balki kelgusida yuzaga kelishi 
mumkin boʻlgan korrupsion holatlarning ham oldini oladi.
Yuqorida bayon qilingan jihatlarga alohida to‘xtalish, birma-bir sharhlash, 
kamchilik va yutuqlarni sanash keng ko‘lamli tadqiqot va chuqur o‘rganishni talab 
qiladi. Bu boradagi ishlar allaqachon boshlab yuborilgan, xususan, partiyamiz ayni 
yo‘nalishda Bank-moliya akademiyasi bilan yaqin hamkorlik qilib, o‘rganishlar olib 
boryapti. Jumladan, Prezidentimizning “Jahon banki va Xalqaro moliya 
korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining 
reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash 
bo‘yicha mas’ul idoralarga quyidagi aniq takliflar bildirilgan: 


O‘zbekistonning yetakchi global indekslarda, birinchi navbatda Global 
raqobatbardoshlik reytingida (GCI, Global Competitiveness Index) ishtirok etishi 
uchun tashkiliy-huquqiy asoslar yaratilishi, xususan, bu bo‘yicha milliy markazlar 
loyihasini shakllantirishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz;
ekspertlar jamoasini shakllantirish va Global raqobatbardoshlik indeksida 
O‘zbekistonning tegishli munosib o‘rnini aniqlash uchun milliy tadqiqotlar 
o‘tkazish, keyin esa ushbu reytingda mamlakatning kuchli va zaif pozitsiyalarini 
aniqlash;
bu yo‘nalishda muvaffaqiyat qozonayotgan MDH mamlakatlarining xalqaro 
indekslar bo‘yicha ilg‘or taklif va fikrlarini to‘plash, muhokama qilish hamda 
umumlashtiruvchi tajriba va ishtirok modellarini yig‘ish, muvofiqlashtirishga 
qaratilgan kompyuterlashtirilgan kraudsorsing platformasini ishlab chiqish va 
tatbiq etish;
yetakchi xorijiy davlatlar va xalqaro moliya institutlarining ekspertlari, 
mashhur olim va mutaxassislar ishtirokida maxsus xalqaro konferensiyalar 
o‘tkazish, shu orqali O‘zbekistonning xalqaro indekslarga bosqichma-bosqich kirib 
kelishi uchun chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;
Global raqobatbardoshlik reytingi ko‘rsatkichlari bilan aniqlangan 
nomuvofiqlikni bartaraf etish va amaldagi xo‘jalik yuritish mexanizmlarini 
takomillashtirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha 
milliy dasturni qabul qilish;
– investitsiya muhitini takomillashtirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy 
investitsiyalar jalb qilishni rag‘batlantirishga oid yangi qonun, farmon va qarorlar 
ishlab chiqishda “global indekslar talablariga muvofiqlikni ta’minlash shartligi” 
majburiy prinsipini amalga oshirish.
Insoniyat taraqqiyoti, barcha sohalarda kechayotgan globallashuv 
jarayonlar, sifat va tarkibiy o'zgarishlar xalqaro hamkorlik va aloqalarni yangi 
bosqichga ko'tarish barobarida har bir mustaqil mamlakatning ushbu holatlarga 
yangicha qarashga, ular bilan birga odim tashlash vazifasini ko'ndalang qo'ymoqda. 
Bu esa, eng avvalo, o'sha mamlakatning jahon miqyosidagi o'rni, xalqaro reyting va 
ko'rsatkichlarda tutgan mavqei bilan belgilanadi. 
Aytish kerakki, xalqaro reyting va indekslar har bir mamlakatning 
rivojlanish jarayonini o'zida namoyon etib, davlat boshqaruvi sifati, aholining 
turmush darajasi, inson huquqlari muhofazasi, tadbirkorlik faoliyati va xorijiy 
investorlar uchun qulay muhit, barqaror iqtisodiy o'sish va raqobatbardoshlik kabi 
muhim jihatlarning ko'zgusidir. Bu jihatlar mamlakatimizdagi islohotlar mohiyatida 
ham mujassam. Bularning barchasi inson qadrini ulug'lashga, odamlarning hayotdan 
rozi va mamnun bo'lib yashashini ta'minlashga xizmat qilishi bilan yanada teran 
mazmun kasb etadi.
Bu esa oʻz navbatida Oʻzbekiston koʻp yillardan beri koʻzlab kelayotgan 
korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha xalqaro shaffoflik indeksi (International 
Transparency Caolition Against Corruption) reytingida mavjud koʻrsatkichlarni 
yaxshilashga yoʻl ochadi. Mazkur masalada aniq raqamlarga toʻxtaladigan boʻlsak, 
International Transparency indeksining 2019-yilgi koʻrsatkichlariga asosan, 
Oʻzbekiston Respublikasi 183 ta davlat ichida 153-oʻrinni egallagan holda, reyting 


koʻrsatkichlari 100 ballik tizimda 25 ballni tashkil qilayotgani salbiy natijadir. Qayd 
etilgan ball koʻrsatkichi 2018-yilga nisbatan (Maʼlumot uchun: 2018-yilda 23 ball) 
bor-yoʻgʻi 2 ballga koʻtarilgan. 
 
Ikkinchidan, bu masalada hozirga qadar juda koʻp gapirilgan, amalda 
koʻplab ishlar bajarilgan boʻlsa-da, lekin baribir yana vaziyat shuni taqozo etmoqda. 
Bu mamlakatda qonun ustuvorligi va sud-huquq tizimini takomillashtirish 
vazifasidir. Maʼlumki, davlatimiz rahbarining 2019-yil 25-fevraldagi “Oʻzbekiston 
Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi oʻrnini yaxshilash chor-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan Toshkent davlat yuridik universitetiga Huquq 
ustuvorligi indeksi (The Rule of law index) boʻyicha milliy monitoring tizimi 
faoliyatini tashkil etish vazifasi yuklatilgan. Biroq bugun aniq raqamlarga murojaat 
qiladigan boʻlsak, xalqaro qonun ustuvorligi loyihasining 2019-yilgi 
koʻrsatkichlariga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi mazkur indeksga kiritilgan 128 
ta davlat ichida 92 oʻrinda (maʼlumot uchun: ushbu roʻyxatda 91-oʻrinda Filippin, 
93-oʻrinda Tanzaniya) ekanligi, bu yilgi oʻsish surati atigi toʻrttaga yuqorilaganlik 
fakti ham bu boradagi ishlarni yana-da jadallashtirish zaruriyatini anglatadi. Shu 
munosabat bilan, Oʻzbekiston Respublikasi milliy sudlov tizimini yangi bosqichga 
koʻtarib, sudga qadar ish yuritishning barcha bosqichlarini tubdan isloh qilish hamda 
uzogʻi bilan 2022-yilga qadar mazkur indeksda Oʻzbekiston Respublikasining 
oʻrnini qirqtaga yuqorilashiga (kamida 50 oʻrin) erishish zarur. Buning uchun esa, 
ilgʻor xorijiy davlatlarning qonunchilik tizimlarini chuqur qiyosiy tahlillar asosida 
oʻrganish zarurdir.
Uchinchidan, ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyat yuritish uchun 
mamlakatda aniq huquqiy kafolatlar tizimini yaratish, shu jumladan, axborot 
manbalarini huquqiy himoyalash mexanizmlarini ishlab chiqish sohasida tegishli 
chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bundan koʻzlangan maqsad mamlakatimizni 
Worldwide press freedom index “Chegarasiz reportyorlar” xalqaro nohukumat 
tashkiloti (Reporters Without Borders) reytingida oʻrnini sezilarli yaxshilashdir. 
Hozirgi kunda tashkilotning hisob-kitoblariga koʻra, Oʻzbekiston mazkur indeksda 
156-oʻrinni (2019-yilda 160-oʻrin) band qilib turmoqda. Bu esa mamlakatimizni 
xalqaro hamjamiyatda axborot resurslaridan foydalanishida koʻplab cheklovlarga 
duchor qilishi mumkin. 
Toʻrtinchidan, mamlakatimizni The Economist Intelligence Unit tadqiqot 
markazining beshta muhim kategoriyalari boʻyicha koʻrsatkichlarining nihoyatda 
pastligi, bugun Oʻzbekiston Respublikasini mazkur xalqaro indeksdagi 165 ta 
suveren davlat ichida 157-oʻrinni egallab qolishiga olib kelmoqda. Shu munosabat 
bilan, Oʻzbekistonni mazkur xalqaro reytingda oʻrnini yaxshilash uchun milliy 
saylov tizimidagi huquqiy muammolarga yana bir bor eʼtibor qaratish lozimdir. 
Shuningdek, fuqarolar erkinligi hamda siyosiy madaniyat borasida qonunchilik 
tarmoqlarini qayta isloh qilish zarurdir. Mazkur indeksning oʻziga xosligi uni 
baholash mezonlarining murakkabligi va qoʻyilgan talablarni amalga oshirish 
faqatgina davlatga bogʻliq boʻlib qolmay, balki fuqarolarning siyosiy faolligini ham 
taqozo etishidadir. Shu jihatdan olib qaraganda, ushbu indikator talablariga 
bosqichma-bosqich oʻtishning milliy monitoring tizimini yaratish maqsadga 
muvofiqdir. 



Download 359,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish