Mavzu: XVI-XVIII asrlarda Xorazm va қoraқalpoқlar


II Bob. XVI-XVIII asrlarda qoraqalpoqlar.Xo’jalik va madaniy hayot



Download 171,66 Kb.
bet9/13
Sana09.09.2021
Hajmi171,66 Kb.
#168888
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
xvi-xviii aslarda xorazm va qaraqalpoqlar

II Bob. XVI-XVIII asrlarda qoraqalpoqlar.Xo’jalik va madaniy hayot.
II.1. Xo’jalik va madaniy hayot

Qoraqalpoqlar Orolbo’yi va Sirdaryo orti sahrolarining qadimgi aholisi, qoraqalpoqlar haqida X-XI asrlar manbalarida “qoraqalpoq” (qora bo’rkli) nomi bilan tilga olingan.Rashididdin asarida “qavmi kulahi siyah”nomi bilan qayd etilgan.Chingizxon bosqini oqibatida qoraqalpoqlar G’arbga-Volga bo’ylariga ko’chishga majbur bo’lganlar.27

Qoraqalpoqlar haqida, ularning Sirdaryo bo’ylariga kelib qolganliklari to’g’risida 1578 va 1582 yillardan boshlab ma’lumotlar mavjud. 1598 yilda boshqa bir manbada ularning nomi eslatiladi. Abdullaxon II tomonidan Sig’noqdagi muqaddas Ziyovuddin qabri uchun ajratilgan vaqf guvohnomasida o’sha atrofda yashaydigan ko’chmanchi, yarim ko’chmanchi va o’troq aholi guruhlari nomlari sanab o’tiladi va ana shu urug’lar qatorida qoraqalpoq nomi ham tilga olingan.

Keyingi davrlar manbalari ma’lumotlariga qaraganda XVI asrga kelib qoraqalpoqlar Volga, Ural, Elba daryolari vohalari va Buxoro xonligi hududlarida yashagan.

XVII asrning oxiri XVIII asrning o’rtalarigacha qoraqalpoqlar Sirdaryoning o’rta va quyi oqimi bo’ylariga yashaganlar, bu davrda qoraqalpoqlar siyosiy va iqtisodiy jihatdan qozoq xonlariga qaram bo’lganlar. Yozma manbalar va og’zaki ma’lumotlarga qaraganda ularning kelib chiqishi Chingiziy bo’lgan hukmdorlar boshqarganlar.

Qozoq xoni Tavakkal (Tauka) (1680-1709) davrida qoraqalpoqlar hukmdori uning o’g’illaridan biri bo’lgan.28 1694 yilga doir rus hujjatlari ma’lumotlariga qaraganda, rus qoraqalpoqlarning xo’jaligini Taburchak sulton degani bo’lgan.

1722 yilda qoraqalpoqlar qozoqlarning kichik juzi xon Abulxayrxon hukmdorligi ostida bo’lganlar.

U o’z hukmronligini mahalliy hukmdorlar – biy, boy va ruhoniylar orqali amalga oshirgan.

Qoraqalpoqlar soliq (to’lov) sifatida katta miqdorda bug’doy (to’lash) berish bilan birga otliq askarlar ham berganlar, qozoqlar bilan birga rus yerlariga bosqinlar uyushtirib turganlar va shu bilan birga qo’shni davlat bo’lgan Buxoro va Qo’qon ham vaqt-vaqti bilan to’laganlar, bundan tashqari ular o’z hududlaridan o’tadigan savdo karvonlaridan qozoq xonlari uchun boj ham olganlar, chunki bu yerlar asli qozoq xonlarniki bo’lib, go’yo bu yerlar qoraqalpoqlar tomonidan xat qilib berganlar. Xalq orasida ma’lum bo’lgan rivoyatlarga ko’ra, Ulug’tog’ (ulutov) ortidagi yerlar Tavakkal (Tauka) ruxsati bilan ularga berilgan ekan, bu yerdan O’rta Osiyo, Xitoy, Qozoq va Moskvaga boradigan yo’l o’tgan karvonlardan boj (posilka) olingan. Yig’ilgan aqchaning bir qismi mahalliy hukmdorlarga qolgan, keyingi qismi qozoq, xonlari va mulkdor (feodal) lariga jo’natilgan.29

Qoraqalpoqlarga tekkan yer resurslari avvalo nomi va nisbatan o’zlashtirilishi qiyin bo’lgan. Sirdaryoning quyi oqimi sahroni kesib o’tgan daryo vohasidagi yerlarning chegaralari qumliklardan iborat bo’lgan. Bahor va yoz oylaridagi daryo tashviqotlari davrida bu yerlar botqoq bo’lgan. Bu botqoq erlar va daryo irmoqlari qo’ltig’idagi yerlardan iborat bo’lgan. Bunday sharoitda qoqaralpoqlarda xo’jalik yuritish tarmoqlar uyg’unligiga asosida tashkil qilingan bo’lgan. Ular yarim o’troq, dehqonchilik va chorvachilik va baliq ovlash bilan mashg’ul bo’lgan turmush tarziga ega bo’lishgan.

Qoraqalpoqlar azaldan Sirdaryo va uning irmoqlari Quvondaryo, Janadaryodan kanallar, ariqlar qazib, dalalarga suv chiqarganlar.

Sirdaryo, Quvondaryo va Janadaryo vohalarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar ma’lumotlariga qaraganda XVII asr va XIX asr boshlarida qoraqalpoqlar yashagan bu yerlarda sug’orish inshootlarining izi topilgan.

XVIII asr va XIX asrlardagi qoraqalpoq yodgorliklari birinchi navbatda yirik suv inshootlari qoraqalpoqlar tomonidan qaytadan yangitdan qurilgan, chunki ular Quvondaryo va Janidaryo bo’ylariga ko’chib ketganlarida bu inshootlar bo’lmagan. Saksovul va loydan yasalgan bu inshootlar, yirik magistral kanallar o’nlab kilometrlarni tashkil etgan qalin sug’orish tizimlari (ariqlar) va ko’plab aholi yashagan manzillar shulardan dalolat beradi”30.

Qoraqalpoqlar dehqonchilik qilgan mintaqa asosan Sirdaryoning quyi oqimlarida bo’lib, uning eng quyi qismi hamda Quvondaryo va Janadaryo vohalari bo’lgan.

Qoraqalpoqlar bug’doy ham yetishtirganlar ular bug’doy mahsuloti bilan nafaqat o’z ehtiyojlarini qondirganlar, balki sotish uchun ham tayyorlanganlar, birinchi navbatda ular bug’doyni qozoqlar bilan mol (chorva) ga ham almashtirganlar qozoq xonlariga to’lov (soliq)ini bug’doy bilan ham qoplaganlar. Ular xo’jaligida bog’dorchilik ham ma’lum o’ringa ega bo’lgan.

Qoraqalpoqlar xo’jaligida chorvachilikning o’rni alohida bo’lgan. Ular asosan ko’chmanchilar qoramolni ko’p saqlagan. Ko’chmanchi xo’jaliklar asosan qo’ychilik bilan mashg’ul bo’lgan, bundan tashqari tuyachilik ham bo’lgan, lekin ularda ot oz bo’lgan, qoramol uchun ozuqani qo’lda tayyorlaganlar. Qo’ychiliklarni yaylovlarda boqqanlar, qoramolga qish uchun yozda g’amlaganlar. Mol ozuqasi qishda beda, somon, jo’xori poyasi va qamish hisoblangan.31

Dehqonchilik va chorvachilikdan tashqari ularning xo’jalik hayotida baliq ovlash ham muhim bo’lgan. Baliq ovlash bilan Sirdaryoning quyi oqimi, uning deltasi va orollarda yashaydigan Sirdaryoning quyi oqimi, uning deltasi va orollarda yashaydigan qoraqalpoqlar shug’ullanganlar. Baliqchilar o’z mahsulotlarini dehqonchilik bilan mashg’ul bo’lgan qoraqalpoqlar bilan bug’doyga ayrbosh qilganlar.

Qoraqalpoqlarning turmush tarzi asosan yarim ko’chmanchilik bo’lgan qoraqalpoqlar bahor kelishi bilan yozlovga o’tganlar. Bunda qishlov paytlarida qara uy uchun alohida joy tayyorlaganlar. Atrofi qamish bilan o’rab olingan o’tov tayyorlaganlar atrofi hotalangan mollarni shamol va sovuqdan himoya qilgan bunday joyni ular “mol qo’ra” deb ataganlar. Erta bahordan yozlovga o’tganlar. Odamlar ho’kiz qo’shgan, aravada ko’chganlar. Odatda yozlov ekin maydonlariga yaqin joyga o’tkazilgan. Butun yoz davomida dehqonchilik bilan shug’ullanganlar, kuzda hosi yig’ishtirib olingan, qish uchun mol ozuqa jamlanib bo’lingach qishlovga o’tganlar, qaytganlar.

Bu davrda qoraqalpoqlarda hunarmandchilik ham rivojlangan, XVIII asrning 30-yillariga doir shunday ma’lumotlar uchraydiki, qoraqalpoqlar o’q tayyorlash uchun qo’rg’oshin ham tayyorlaganlar, o’z ehtiyojlari va qozoqlarga sotish porox ham tayyorlaganlar.

Qoraqalpoqlarning xo’jalik hayotida ovchilik ham muhim ahamiyat kasb etgan.

Qoraqalpoq xalqi uchun qozoqlar bilan amalga oshiriladigan natural savdo ham muhim rol o’ynagan. Qoraqalpoqlar qozoqlarning Buxoro bilan savdosida vositachilik rolini o’ynaganlar, ular Orolbo’yi o’zbeklari bilan ham katta savdo qilganlar. Ular Buxoro va Xivaga o’zlarining chorva mollari va ovchilik mahsulotlarini sotganlar. Qoraqalpoq savdogarlari Rossiya shaharlarigacha ham borganlar.32

Qoraqalpoqlarning XVIII asr ijtimoiy hayotida urug’-aymoqchilik munosabatlari ham saqlab qolingan. Butun aholi ikki qismga bo’lingan. Birinchisi aris-o’nto’rt urug’, ikkinchisi qo’ng’irot bularning har biri urug’ aymoqlardan iborat bo’lgan.

O’n to’rt urug’ining yiriklari xitoy, qipchoq,kenagas, mang’itlar hisoblanadi. Qo’ng’irotlar asosan ikki urug’ mang’it va jung’orlardan iborat bo’lgan. Bu guruhlarga feodal urug’ aslzodalari bosh bo’lgan va ular biy deb atalgan, harbiy boshliqlari esa botir deb nomlangan, bu urug’ aslzodalari musulmon ruhoniylari va chingiziy vakillari shayx yoki hoji (xoja) deb aytilgan.

XVIII asrning birinchi choragida qoraqalpoqlardan turli rayonlarda yashaydigan guruhlararo birlashishiga intilish jarayoni boshlangan. Xorazm va Zarafshon vohasida yashaydigan va Sirdaryolik qoraqalpoqlar o’rtasida aloqalar o’rnatila boshlandi, bunda qadimiy shaharqo’rg’onlarning roli katta bo’ldi. Bu qo’rg’onlar qoraqalpoqlarni ko’chmanchi bosqinlardan himoyalanishning asosiy vositasi bo’lib xizmat qildi. Bu sinoq Sirdaryoning quyi oqimida joylashgan, sal keyinroq Yangikent (Sirdar deltasining quyi, oqimi oq o’zak sohillarida joylashgan) shahri bo’ldi.

XVIII asrning I choragida savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida qoraqalpoqlarning Buxoro va Xiva bilan aloqalari kuchaydi, boshqirdlar bilan yaqin aloqada bo’lganliklari ularni Rossiyaga yaqinlashtiradi. “Qoraqalpoqlar boshqirdlarga ko’pchilik bo’lib kelishadi... boshqirdlar ham o’rtoqlari bilan qoraqalpoqlarnikiga keladi, bir-birlarinikiga bir oy yashaydilar va yana uch hafta ham”33. Buning sabablari quyidagilar birinchidan Rossiya bilan do’stona munosabatlarning o’rnatilishi iqtisodiy rivojlanishiga yo’l ochib berardi; Ikkinchidan, qoraqalpoqlar ham qo’shnilari qozoqlar singari o’zlarini pushti-panoh (himoyasi) izlar edilar, chunki ular hamisha jung’orlar bosqini xavfi ostida yashar edilar.

O’z navbatida Rossiya imperiyasi ham qoraqalpoqlar bilan aloqa ham qoraqalpoqlar bilan aloqa o’rnatishdan manfaatdor edi. Rossiyadan chiqqan savdo karvonlari O’rta Osiyoga qoraqalpoqlar yurtidan o’tar edi. Rossiyaning hukmdor doiralari uchun savdo karvonlarining xavfsizligi darkor (zarur) edi. Rossiya savdogarlari, shuningdek qozoq Dashti va Sirdaryo orti rayonlaridan ham o’tar edi.

1721 yilda ufalik dvoryan Deshit Rey Pemofevich Verinining qoraqalpoqlar yurtiga jo’natilgan edi. Uning bu tashrifidan maqsad, qoraqalpoqlar va ularning xoni Eshmuhammad bilan Rossiyadan asir qilib, qul qilingan odamlarni qaytarish va qoraqalpoqlarning Rosiyaga sodiqlik bilan xizmat qilish masalalarini kelishib olish edi.

1722 yili Eshmuhammad rus imperatorining xohlagan farmonini bajarishga tayyor ekanligi haqidagi yorliqni Pyotr I ga jo’natdi. Qoraqalpoqlarning keyingi taqdiriga XVIII asrning birinchi yarmida boshlangan jung’orlar bosqiniga bog’liq bo’ldi. Ularning G’arbga qarab yurishi qozoq xoni Tavakkalning zafarlari to’xtatdi. XVIII asr boshlarida qozoqlar va jung’orlar o’rtasidagi chegara Irtishidan Balxashgacha va Janubiy-g’arb tomonda Chu daryosining o’rta oqimigacha cho’zilgan edi. Ammo XVIII asrning keyingi o’n yilliklarida jung’orlar o’zlarining chegaralarini yana g’arb tomonga surishga harakat qildilar. Bu safar qozoqlar juzlar (orasida) o’rtasidagi o’zaro urushlar oqibatida ulaning zarbalarini qaytara olmadilar. 34

1723 yili qozoq xonlari Kunteychji Sevan Robadan rahbarligidagi jung’or qo’shinlarining hujumlari boshlanib ketdi. Qozoqlar uchun “Ulug’ halokat yo’llari” deb nomlangan bu baxtsizlik qozoq xalqining ijodi dostonlarida aks etgan va hozirga qadar ularning xotirasidan o’chmagan dahshatli voqealar bo’lib qoldi. Ularga qarshi kurashish uchun kuchsiz bo’lgan qozoq ovullari tumtaraqay qochdilar. Talangan va qaqshatilgan qozoqlar uch yo’nalishda: kichik juz-g’arbga, Xivaga hamda Yopiq va Elba daryosiga, O’rta Juz O’rta osiyoning Markaziy viloyatlari Buxoro va Samarqandga; katta Juz esa jung’arlar hukmronligini tan olib ular qo’l ostida qoldi.35

Qoraqalpoqlarning bir qismi qozoqlar bilan birga Sirdaryoning yuqori oqimi tomon Toshkentga va undan Janubiy G’arb tomonga, asosiy qiyinchiliklari esa daryoning quyi oqimi va orol dengizi bo’ylariga qo’chishga majbur bo’ldi. Shu tariqa qoraqalpoqlar Janubiy va Shimoliyga bo’lindilar, birinchilardan jung’orlarga siyosiy tobe keyingilari 1743 va qisman 1762 yilgacha Kichik Juz qozoqlariga vassal bo’lib qoldilar.

Jung’orlar hujumi bu xalqlarning iqtisodiy va siyosiy ahvoliga salbiy ta’sir ko’rsatdi. XVIII asr boshlarida qoraqalpoqlarning birlashish sari harakatlarini yo’qqa chiqardi. Yuzaga kelgan bu vaziyat qoraqalpoq oqsoqollarini Rossiya bilan aloqalarini tiklash to’g’risidagi xulosaga olib keldi. Jung’orlar hujumlari bosilgan davrda bu aloqalar tiklana boshlandi.

Rossiya imperiyasining hukmdorlari o’z navbatida qoraqalpoqlarning o’z tobeliklariga o’tishidan manfaatdor edi. Ular Pyotr I ning “Sharqqa qarab siljish to’g’risida” gi rejalarini unutmagan edilar. Orenburg ekspedistiyasining boshlig’i I.Krillov qoraqalpoqlarning Rossiya tomonga ag’darishning iqtisodiy tomonlarini qayd qilib, qoraqalpoqlar paxta va ko’p miqdorda bug’doy yetishtiradilar, shuningdek, ularda arpa, tariq va javdar ham mo’l. Bu mahsulotlarni ular qirg’iz-qaysoqlar bilan qo’y va boshqa mollarga almashtiradilar, hamda savdogarlar sotadilar. Ular orol ko’li va Sirdaryoga yaqin yerlarda yashaydilar, bu yerlar rus savdogarlari uchun qo’nalg’a joyi bo’ladi, - deb yozgan edi.36

1734 yil boshida qozoq va qoraqalpoq vakillari Peterburgda imperator saroyida bo’lgan edilar. Rossiyaning o’z tobeligida olish haqidagi yorliq qozoq xoni Abduxayrga va qoraqalpoqlar xoni G’oyibga jo’natilgan edi.

Qoraqalpoqlarning Rossiya tarkibiga kirishi Eron shohi Nodirshohning yeriga hujum qilishi oldini oldi, bu narsa o’z navbatida qoraqalpqolarga jung’orlar tomonidan vayron etilgan xo’jaliklarini tiklashga yordam berdi.

1741 yilda Rossiya imperiyasi taxtiga o’tirgan Elizavetta Petrovna qoraqalpoqlarning tobeligi haqidagi qasamyodini yana bir marta tashkil etilishi masalasini ko’rdi.

1742 yilning 4 sentyabarida Poruchik Gladishchev qoraqalpoq oqsoqollarini qasamyod olib kelish uchun jo’natiladi. Qasamyod yozuvchilari Gladshevga qasamyod uchun o’z vakillarini yuborishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildilar. Oqsoqollar qoraqalpoqlarning qozoq xoni ta’sirlaridan chiqishga tayyor ekanliklarini va bevosita Rossiya tobeligiga o’tish haqidagi maktublarini elchilarga topshirdilar.

1734 yilning avgustida qoraqalpoqlarning Mamatbiy rahbarligidagi (delegastiyasi) vakilligining imperiatriyastiya saroyida qabul marosimi o’tkaziladi. Ularga Rossiya homiyligi to’g’risidagi yorliq topshiriladi.

Qoraqalpoqlarning Rossiya tobeligiga o’tishi, qul qilingan ruslarning qaytarilishi, podsho Rossiyasiga yasoq to’lanishi qozoq xonlariga ma’qul tushadi. Hali elchilar uylariga qaytmasdanoq, Abdulxayr “Quyi” qoraqalpoqlarni taladi va tor-mor qildi.

Podsho Rossiyasi esa qoraqalpoqlarni himoya qilishni tashkil etolmadi yoki ularni himoya qilishdan o’zini tortdi.
Qoraqalpoqlarning Abdulxayr tomonidan tor-mor etilishi, ularning Janadaryo tomon siljishini tezlashtirdi, bu harakat XVIII asrning boshida boshlangan edi. 1746-1747 yillarning qismida ular O’rta juz sultoni Oblo hujumiga duchor bo’ldilar, qozoq xonlari va sultonlarining siquvi “quyi” qoraqalpoqlarning, “shimoliy” qoraqalpoqlariga ko’chishga majbur qildi. Ularda jung’orlar ta’siri kuchli bo’lishga qaramay, “quyi” qora qoraqalpoqlarning “shimol” qoraqalpoqlariga ko’chishiga majbur qildi, ularda jung’orlar ta’siri (ularning ko’chishiga majbur qildi) kuchli bo’lishga qaramay ko’pchiligi junubiy g’arb tomonga siljiy boshladi va Xiva xonlari chegaralariga yaqinlashib bordi. Ular asosan Quvondaryo va Janadaryo oralig’idagi erlar, Amudaryo deltasining sharqiy qismini mo’ljallab harakat qildilar.

1778 yili O’rta juz sultoni Baroq, Sulton Botir ko’magi va uning atrofidagilarning yordami bilan Abdulxayrni o’ldirdi. Abdulxayr o’g’li Nuralixon bo’ldi, uni podsho Rossiyasi qo’llab-quvvatlar edi, ammo uni Kichik Juz tul tan olmadi. Shahd urug’ining (bu urug’ning mavqei baland edi) aslzodalari Botirni xon deb e’lon qildilar. Oqibatda Kichik Juz ikki xonlikka bo’linib ketdi. Abdulxayrning ikkinchi o’g’li Yorali, Sirdaryoning quyi oqimi ko’chmanchilarining sardori Nuralidan mutlaqo mustaqil edi.

Kichik Juzda yuzaga kelgan bunday holat qoraqalpoqlar keyingi taqdiriga ham ta’sir qildi. Sulton Botir va Yorali, Nuralidan ajralmagan holda Rossiya tobeligini qabul qildilar.37

Qoraqalpqolar bilan to’qnashuvlar XVIII asrning 30 yillarida yana avj oldi.

1762 yili Kichik Juz sardori bo’lgan qozoq sultoni Yorali qoraqalpoqlari ommaviy tarzda talay boshladi, Sirdaryoda qolganlarni Jonidaryo va Orol bo’yiga ko’chishga majbur qildi.

Janidaryo (Yangidaryo) bo’ylarini o’zlashtirgan qoraqalpoqlar mehnat mashaqqatlari bilan birga, qozoq xonalari bilan ham mutassil kurashlar olib borganlar.

Janidaryo bo’ylariga kelib yashagan davr qoraqalpoqlar tarixining muhim sahifalari bo’lib hisoblanadi. Bu erdagi qo’riq va botqoq yerlarni o’zlashtirish juda mashaqqatli bo’lish birga, ular ma’lum darajada siyosiy sostial-iqtisodiy jihatdan ayrim vaqtlarda ozodlikka ham erishganlar.

Janidaryo (Yangidaryo)da qoraqalpqolar bevosita Orolbo’yi o’zbeklari orollik qoraqalpoqlar bilan birga bo’lmaganlar. Ular ham XVIII asrda ham ular bilan aloqada bo’lganlar. 381740 yilga kelib qoraqalpoqlarlarning anchagina qismi ular bilan qo’shilib ketganlar, bu aralashishi faqat siyosiy tomondan emas, balki etnik jihatdan bir-birliri bilan qorishib ketganlar.

Ular orollik qoraqalpoqlar bilan ittifoqlashib o’z mustaqiligi uchun nafaqat qozoq xonlari va sultonlari, balki Xiva xonlariga ham qarshi kurashlar olib borganlar.

Qoraqalpoq yerlari XVIII – XIX asrlarda Quvondaryo, Janidaryo (Yangidaryo) havzasi va Amudaryoning Quyi oqimini ham o’z ichiga qamrab olgan. Xususan Quvondaryo va Janadaryo oralig’ida aholi zich yashagan. Shunday qilib, XVIII asrning ikkinchi yarmida qoraqalpoqlarning joylashuvi butun Janidaryo vohasini egallagan.

Bu davrda qoraqalpoqlar boylar maslahati (kengash)lari tomonidan boshqarilgan har bir urug’ uyushmasiga biylar (yirik er va mol egalari ) boshliq qilib qo’yilgan.

Bir necha urug’ va qabilalar uyushmasi (aris) ga o’n to’rt urug’ga mang’it urug’ining biyi Urunboy bosh bo’lgan. Xalq og’zaki ijodi va rivoyatlarning guvohlik berishicha, bu davrda urug’ va qabilalar o’rtasida qo’ng’irotlarning aris biyi Esengeldi biyning ta’siri kuchli bo’lgan, Urug’lar uyushmasidagi biylarning hammasiga o’sha hukmronlik qilgan. Ammo, tashqi dushmanlarga qarshi kurashishi uchun butun qoraqalpoq xalqining birinchi kerak edi.

Urug’-qabilachilik tizimining saqlab qolinganligi, bir jihatdan mol-mulkning (markazlashuvi) to’planishiga ko’maklashsa ham bu davrda qoraqalpoqlarda patriarxal – feodal munosabatlari davom etar edi.

Bosqinchilikning doimiy xavfi mavjudlgi qoraqalpoqarning jam bo’lib yashashlari zaruratini hosil qiladi. Ayrim holarda butun urug’-aymoqlar bir bo’lib yashaganlar. Har bir ovul o’z qo’rg’oniga ega bo’lgan, bu qo’rg’on paxsa devor bilan o’rab olingan. Kuz va qish faslida ovul jam bo’lib shu qo’rg’onda yashashagan, chunki asosan ana shu faslda bosqinlar bo’lgan. Odatda bunday qo’rg’onlar ovul yerlarining yonida yoki o’rtasida bo’lgan.39 Masalan, Urunbiyning Janidaryodagi yer mulki to’rt tomoni qalin va baland devor bilan o’rab olingan keng yer maydonining o’rtasida bo’lgan. Bosqinchilik bo’lgan paytlarda uning butun urug’-aymog’i mol-holi va qora uylari shunda joylashgan.

Janidaryoning quyi va O’rta oqimlarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, qazilgan kanallar va boshqa sug’orish inshootlari puxta rejalashtirilgan va muhandislik ishlari aniq bajarilgan. Ular asosan Janidaryoning bosh tamog’idan suv oladigan murakkab shaxobchalaridan iborat. Kanallar va bosh tarmoqlar tez oqar suvlar va suv toshqinlari davrlarini ham hisobga olingan holda bunyod etilgan, kanallarni o’tkazishda yer usti tuzilishi, baland-pastlik va miroblik tajribalari natijasi ekanligini ko’rsatadi.40

XVIII asrning 80 yillarga daxldor manbalarda qoraqalpoqlarning ajoyib dehqonlar ekanligi qayd etilgan. Bunda ularning xo’jaligida chorvachilik asosiy o’ringa ega, chorvachilik xo’jaliklarida esa qoramolchilik ustivor ahamiyatga ega bo’lgan.

Quvondaryoning quyi oqimida va Orol bo’yi bo’yida yashovchi qoraqalpoqlar baliqchilik bilan shug’ullanganlar. Bular muytan, qoldovul, omamayl, qiyot va urug’ vakillari edi. Qoraqalpoqlarning xo’jalik hayotida ovchilik ham muhim rol o’ynagan.

O’zaro urushlar mutassil davom etishiga qaramay qozoqlar bilan qoraqalpoqlar iqtisodiy aloqalarda bo’lganlar, qozoqlar qoraqalpoqlardan bug’doy sotib olib ularga mol sotganlar, qoraqalpoqlar esa Xiva xonlig bozorlarida qoramol sotganlar. 41Janidaryo va Quvondaryo qoraqalpoqlari Xiva xonligi savdogarlari voistachiligida Rossiya va Buxoro tovarlarini sotib olganlar.




Download 171,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish