Mavzu: XVI-XVIII asrlarda Xorazm va қoraқalpoқlar


II.2.Mustaqillik uchun kurashlari



Download 171,66 Kb.
bet10/13
Sana09.09.2021
Hajmi171,66 Kb.
#168888
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
xvi-xviii aslarda xorazm va qaraqalpoqlar

II.2.Mustaqillik uchun kurashlari.
XVII - XVIII asrlarda Xiva xonligida ro’y bergan siyosiy voqealarda qoraqalpoqlar muhim rol o’ynagan. Orollik o’zbeklar bilan ittifoqda ular Xiva xonligiga qarshi bir necha marta kurashdilar. Orol (Qo’ng’irot) davlatining markazlari Qo’ng’irot va Shohtemir (hoz. Shimboy) shahrining yaqinida joylashgan edi. Orollik o’zbeklar asosan qipchoq, mang’it, kenagas, qo’ng’irot urug’lariga mansub edi. Ular mutassil Xivaga nisbatan oppozistiya (muxolifot) da turar va doimiy ravishda qo’shinlari bo’lgan qozoqlar yoki qoraqalpoqlardan bo’lgan o’z xonlarini hokimiyatga chiqarib qo’yar edilar. 1714 yilda orollik o’zbeklar xivalik Yodgorjonga qarshi isyon ko’tarib, qoraqalpoq xoni Eshim Muhammad (Eshmuhammadga) tobelik izhor qilib qasamyod qildilar va uni orolga olib keldilar.42

Xiva xonlari shuni yaxshi bilardiki, orolliklarning doimiy ittifoqchisi bo’lgan qoraqalpoqlarni bo’ysindirmasdan turib, muxolifat kuchlar yig’iladigan joy-qo’ng’irotlar yerlarini oxirigacha egallab bo’lmaydi. Yodgorxon vafotidan keyin (1714) Xiva xoni Sherg’ozi (1745-1728) 1715 yilda qoraqalpoqlarga qarshi o’zining birinchi bosqinchilik yurishini boylaydi, (chunki ular orollik o’zbeklariga qo’shni edi) ammo u bu erda mustahkam o’rnashib ololmadi.

Bir necha yil o’tgach, Xivada Elbarsxon hukmronligi davrida (1728-1740) orolliklar qoraqalpoqlar bilan birgalikda yana isyon ko’tardilar, ular ayni vaqtda qoraqalpoqlar xoni Eshim Muhammadga ham qarshi kurash boshlagan edi.

XVIII asrning birinchi yarimi oxirlarida Xiva xonligida siyosiy vaziyat birdamligiga o’zgardi.43 Uzoq vaqtdan beri va so’ngsiz davom etayotgan o’zbeklar va turkmanlar o’rtasidagi kurash mamlakatni ham iqtisodiy, ham siyosiy jihatdan holdan toydirgan edi, oqibatda tarqoqlik yuz berib siyosiy tanglikka olib kelgan edi. Buxoro xonlarining Xiva ichki ishlariga aralashuvi hamda qozoqlar va qalmiqlarning hujumlari vaziyatni yanada murakablashtirib qo’ydi. Buning ustiga Xiva davlatiga Nodirshohning hujumi uni yanada zaiflashtirib qo’ygan edi. Oziq-ovqat musodara qilinishi va e’lon aholining armiyaga safarbar qilinishi mamlakat iqtisodiyotini to’laligicha izdan chiqardi. Fors qo’shinlarining ketishi bilan o’zbek urug’-aymoqlri zodagonlar o’rtasida hokimiyat uchun kurash boshlanib ketdi. O’zaro qirg’in, zo’ravonlik, talonchilik aholining o’z erlarini tashlab ketishiga majbur qildi. Qishloqlar va ekin maydonlari bo’shab qoldi.

Endi bu davrga kelib Xivada hokimiyat tepasida inoqlar turar edi, ular o’zbek urug’lari ichida kuchli va nufuzli dohiylarga ega edilar. Hokimiyatni rasman (formal) soxta xonlar (chingiziylar) boshqarar, imtiyozli toifadan xon chaqirib qo’yish odatda aylangan edi. Chingizxon avlodlari “oqsuyak” hisoblanadi.

Qoraqalpoqlar yana g’arbga, Xiva xonligi chegalariga siljiydilar, shu voqea bilan qoraqalpoqlarning Janidaryo (Yangidaryo) vohasiga ko’chishi yakunlanadi. Endi ular yangi erlarga to’la moslashib oldilar, har jihatdan dehqonchilikni tikladilar, eski sug’orish tizimi shahobchalarini ham qaytadan yaqinladilar, bu ishlari ular nihoyatda qisqa muddatlarda amalga oshirdilar, ular sal jihatidan uncha ko’p emas edilar, shuning uchun bunday ko’lamdan ishlari faqat mashaqqatli mehnat evaziga qo’lga kiritildi. Ularning bu tiklash ishlari ko’k o’zak qirg’oqlarini jannatmakon bog’-rog’ga aylantirdi.

Xorazmning shimoliy qismiga kelib joylashgan qoraqalpoqlar endi bu yerdagi siyosiy voqealarga faol ishtirok eta boshladilar.44

XVIII asrning 60 yillarida o’zbek aholisining asosiy qismi bosqinchi yovmut feodallariga qarshi kurashga qo’zg’aldi. Bu kurashda inoqlar urug’idan bo’lgan o’z davrining mulkdor zodagoni Muhammad Amin Inoq bosh bo’ldi va natijada keyinchalik amaliy jihatdan markaziy hokimiyatni qo’lga oldi.

Muhammad Amin va uning o’g’li Ayoz inoq hukmronligi davrida Xiva xonligida asli chingiziy, qoraqalpoqlardan bo’lgan soxta xonlar (ortiq g’ozi, Yodgorxon, Abdulg’ozixon IV Abdulg’ozixon V) taxtga o’tirgan. Garchand bu soxta xonlar hech qanday amaliy huquqga ega bo’lmasalar-da, ularga shunday xon dega ulug’ nomning berilishi, ularni Xiva xonligi boshqaruviga taklif qilinishiga imkon va asos bo’ladi.45

Muhammad Amin davrida qoraqalpoqlarning Aydog’biy rahbarligida Xiva xonligi boshqaruviga taklif qilinishiga tobeligiga o’tadi. Inoq unga o’zining xalqi bilan Amudaryoning Ko’k O’zak irmoqlaridan Orol dengizigacha bo’lgan keng yerlarga ko’chib o’tishga ruxsat berdi.

Aydog’biy Xiva xonlarining sodiq xizmatchisi sifatida ishladi, uning bu xizmatlari uchun unga biy degan mansab beradi. Shundan so’ng xonlar marhamati bilan butun qoraqalpoq xalqining hukmdor (hokim) i bo’ldi. Xususan qo’ng’irot urug’i uning tayanchi bo’ldi”461.

O’z xalqiga xoinlik qilgan. Aydosbiy ulusini bir-biriga dushman bo’lishiga olib kelgan siyosat yuritib ikkiga ajratib tashladi. Qoraqalpoqlarning (ular asosan aris o’n to’rt urug’idan) asosiy ko’pchiligi Rossiya homiyligida o’z mustaqilligi uchun kurash olib bordi. Ular asosan Janidaryo (Yangidaryo) sohasida yashar edilar). Ikkinchi qismi Xiva xonligi tobeligida Rossiya homiyligida bo’lgan bo’ysunmas qoraqalpoqlarni Xiva xonligiga bo’ysundrish uchun Aydosbiy rahbarligida shafqatsiz kurashlar olib bordi.47

Muhammad Amin Inoq vafotidan so’ng taxtga uning o’g’li Ayoz (1790-1804) taxtga o’tirdi. Uning taxt vorisi Eltuzar Muhammad (1804-1806) soxta xonlikni ag’darib tashlab, xonlik rutbasini o’zi oldi va yangi sulola, qo’ng’irot xonlari sulolasiga asos soldi.

Eltuzarxon hukmronligi davrida Xiva xonligining Amudaryo quyi oqimidagi qoraqalpoqlarga qarshi, ularni bo’ysundirish uchun, Xiva xonligini tan olmaydiganlarni tobe qilish uchun bosqinchilik yurishlari boshlanib ketdi.

To’ra Murod So’fi rahbarligidagi orolik o’zbeklar Xiva xonligiga bo’ysunmaslik harakatlarini davom ettirdilar, ammo 1806 yilga kelib Xiva xonligi To’ra Murod So’fini siqib chiqardi. Lekin bu uzoq davom etmadi u Janidaryo qoraqalpoqlariga Buxoro amirlari yordamida Xiva xonligiga qarshi kurashni sabot bilan davom ettirdi, xususan “Muhammad Rahimxon (1808-1875) ga qarshi qattiq kurash olib bordilar, Muhammad Rahimxon esa XIX asr Xiva xonlari o’rtasida eng kuchlisi edi.

Muhammad Rahimxonning siyosati, Xiva xonligi qoraqalpoqlarga qarshi va ularga qo’shni bo’lgan orolliklarga qarshi yana yurish boshladi. Shu yilning iyul oyida Qoraqalpoqlarning Amudaryoning so’l bo’yida jolashgan Sho’rko’lda yana hujum boshlab ularni bo’ysundi, qoraqalpoqlar xo’jaligi degan joyda ko’chirdi, bu yerda qoraqalpoqlarning qo’ng’irot arisi yashayotgan edilar. Muhammad Rahimxonning bu yurishi qoraqalpoq qo’ng’irotlarini bo’ysundirishdagi yakunlovchi yurishi edi. Endi faqat yangidaryo qoraqalpoqlarini bo’ysundirish qolgan edi.

Janadaryo qoraqalpoqlarini bo’ysunrishi uchun harbiy harakatlar 1810 yilning martida boshlandi.

Bu vaqtda Yangidaryoda o’n to’rt urug’ arisidan o’ng ming xonadan bor edi. Shularning besh mingi mang’it urug’i rahbarligidagi qoraqalpoqlar, To’xta Po’lotbiy boshchiligidagi qipchoqlar, Hasangeldibiy va Esengeldibiy rahbarligidagi qiyotlar, Mamonbiy rahbarligidagi yavmut (yomud)lar va kengashlar besh ming xonadondan iborat edi.

Muhammad Rahimxonning Yangidaryoga yurishidan qo’rqib, Yangidaryo mang’itlarining hukmdori O’rinbiy, Buxoroga Amir Haydardan yordam so’rab bordilar, ammo Amir Haydar rad javobini berdi. Shundan so’ng O’rinbiy o’z o’g’li Mulla Davlatnazarni va Yoshjonbiyning tobelikka olishni so’rab Muhammad Rahimxon oldiga yubordi. Muhammad Rahimxon oldiga yubordilar. Muhammad Rahimbiy marhamat qilib O’rinbiy va Yoshonbiy hukmronligidagi urug’larni avj qilib Ko’k O’zak va Amudaryo bo’ylari va Kengyonoqdan Shilpiqqacha bo’lgan maydonlarni qo’llash va yozlash uchun ularga berdilar.

Qoraqalpoqlarning qolgan qismi Mamanbiy, Esengelbiy va To’xta To’lasbiy hukmronligi ostidagilar Rossiya tobeligida bo’lib, ular qozoqlarga o’tishga qaror qildilar. Hududlarda yashayotgan bo’ysunmas qoraqalpoqlarni butunlay bo’ysundirishga qaratilgan edi. Chunki ular ko’p hollarda orollik o’zbeklar bilan Ittifoq tuzib Xiva markaziy hokimiyatiga qarshi kurash olib borar edi. Uning ikkinchi maqsadi qoraqalpoqlarning Janidaryo (Yangidaryo) vohasida yashayotgan ikkinchi qismini bo’ysundirish edi. Ular Rossiya tobeligida bo’lib, Xivaga qo’shni bo’lsada mustaqil edi. 1806 yilning oktyabr oyida Xiva xonining qo’shinlari Yangidaryo qirg’oqlaridagi qoraqalpoqlarga Chortoqli degan joyga hujum boshladi, ammo bu safar ham xivaliklar qoraqalpoqlarni bo’ysundirolmadilar.

1809 yilning yanvarida Muhammad Rahimxon Amudaryo qoraqalpoqlariga qarshi yana yurish boshladi. Bu safar unga Qozoqdaryo va Orol dengizi oralig’idagi aholini o’ziga bo’ysundirdi. Buning uchun turkman harbiy sarkardalarini hamda qoraqalpoqlarning urug’-qabila zodagonlarini ham o’ziga qarata olgan edi.

Muhammad Rahimxon Aydosbiy hokimiyatini mustahkamlash maqsadida qoraqalpoqlar orasida uning nufuzini oshirish uchun XIX asrning boshlarida oq-jag’is degan joyda qal’a qurishga ruxsat berdi. Shu tayyor atrofidagi aholini to’plash bir necha yil mobaynida qo’qon qurilishiga yordam berdi, hamda uni qo’riqlash uchun harbiy otryad berdi.48 Keyinchalik bu qo’rg’on Aydos qal’a nomini oldi,chunki u eng qulay savdo karvoni yo’li ustida, hamda ko’k o’zak bo’yida joylashgan edi. Eng muhim strategik erda joylashgan bu qal’a, nafaqat Xiva va Jonidaryo yo’li ustida, balki Amudaryo sharqi deltalari sharofati ila eng obod makon Xiva xonlarining orolliklarga va Yangidaryo qoraqalpoqlariga qarshi kurash olib borishdi, tayanch qo’rg’on bo’lib xizmat qilardi.

1810 yilning yanvarida Muhammad Rahimxon ular o’zlarining qarorlarini Abdulg’oziga ma’lum qilish uchun vakillarini jo’natdi. Buni eshitgan Xiva xoni o’z yurishni tezlaydi.

Abdulg’ozixon qoraqalpoqlar uchun o’zining munosabatini Muhammad Rahimxon bilan yomon bo’lishni istamadi va qoraqalpoqlar iltimosini qondirmadi.

1810 yil dekabrning oxirlarida Muhamaad Raximxon o’zining uch ming kishilik qo’yishi bilan qoraqalpoqlar turgan joyga hujum boshladi. Shu yurishlar Aydobiy, Kichikbiy va O’rinbiy aholini Xiva xoni bilan moyil bo’lishga ko’p undadi.

Yangidaryo qoraqalpoqlarning qolgan qismi ham xonga qarshi kurashda kuchsiz ekanliklarini hisobga olib bo’ysundilar.

Muhammad Rahimxon Xivaga qaytishda Aydosbiy va Oymirzabiylarni bir gal yordamlari uchun (Yangidaryo qoraqalpoqlarini bo’ysundirishga) mukofotladi. Mamaybiyni esa qarshilik ko’rsatganligi uchun hukmronlikdan chetlatdi.

Urug’ qabila oqsoqollarini taqdirlash uchun, ularni xonga sodiqliklarini ta’minlash maqsadida xon xalqqa soliqlar soldi. 49

Shunday qilib, 1810 yildagi Muhammad Rahimxonning Rossiya homiyligidagi barcha qo’ng’irot qoraqalpoqlarini bo’ysundirishdagi oxirgi va yakunlovchi bosqich bo’ldi. Xiva xonligiga bo’ysunmagan, Rossiya tobeligida bo’lgan, To’ra Murod So’yi hukmronligida bo’lgan qoraqalpoqlargina mustaqil edilar.

1811 yili Muhammad Rahimxon kuch bilan qo’ng’irotlarni to’liq egallab, o’z davlatini shimoliy chegaralarini mustahkamlashga kirishdi.50 1811-1821 yillarda xon bir necha qozoq urug’larining ham yerlarini va umuman Yangidaryo sohillaridagi qozoq urug’larini ham bo’ysundirib o’zining shimoliy-sharqiy chegalarini mustahkamlab oldi. Sobiq qo’ng’irot mulklari Xiva xonligining shimoliy g’arbdagi tayanch nuqtasiga aylantirdi. G’arbdagi ko’plab turkman urug’lari ham Xivaga bo’ysundirildi.

Shimolda Orol dengizi, Janubda xonlik markazi bo’lib, endi qoraqalpoqlar to’rt tomondan ham Xiva xonligi bilan o’rab olingan edi. Rossiyaning sobiq mulki bo’lgan yerlar Aydosbiy va boshqa qoraqalpoq xonlarining aybi bilan Xiva xonligi mulkiga aylanib qoldi va o’z mustaqilligini yuqotdi. XVIII asrda qoraqalpoqlarda ijtimoiy tuzum, XIX asrda ham feodal patriarlxal munosabatlardan iborat edi. Ammo urug’chilik munosabatlari kuchli edi, baribir u o’zining dastlabki mohiyat va amahiyatini yuqotmagan edi, chunki jamiyat, xalqaro miqyosda tub o’zgarishlar davrida yashayotgan edi.

Ijtimoiy tabaqalashish natijasida qoraqalpoqlarda yirik yer egalari, chorvadorlar, boylar, balichilik tarmoqlarining egalari paydo bo’lib, ularga xizmat qiladigan kambag’allar faqat kun ko’rish uchun xizmat qiladiganlarga ajratilgan edi. Xorazmda er maydonlari xon tomonidan qoraqalpoqlarga foydalanish uchun berilgan deb hisoblashganlar. Haqiqatda eng yaxshi hosildor erlar urug’ va qabila zodagonlari tomonidan olingan edi.51

Qoraqalpoqlar yashaydigan makonda yerga nisbatan mulkiy munosabatlarning uchala shakli ham mavjud edi; davlat erlari – bu erlar qisman qullar tomonidan ishlanar va asosan dehqonlarga meros qilib qoldrish sharti bilan ijaraga berilar; mulkiy yoki, xususiy erlar – bu yerlar xon tasarrufidagi erlar bo’lib, u yerlar bo’lib, u er egalari (feodallar) va dehqonlarga berilgan, vaqf yerlari mang’itlar va boshqa diniy tashkilotlar tasarrufidagi yerlar edi. Yerlarning katta qismi xon mulki edi. Qoraqalpoqlarda katta yer egalari urug’-qabila zodagon (aslzoda) lari – biy, otaliq, beklarbegi hamda savdogarlar mansabdorlar-qozi, rais, mirob va harbiy zodagonlar-xon qo’shinida xizmat qilib ko’tarilganlar va ruhoniylar vakillari-mulina, eshon, oxunlar hisoblanganlar.

Dehqonlar asosan kam erliklardir. Ularning erlari ko’p joylarda bir ikki tonobdan oshmas edi. Kam erli yoki ersiz dehqon ijarachi boy qo’shni erlarga ishlov berar yoki vaqf mulklariga xizmat qilar, buning evaziga hosilning ma’lum qismini yoki bug’doyning ma’lum qismi uchun mehnat qilar, ekish, yig’ishtirib olish, suv inshootlarini tozalash, yangisini qurish va hokazolarda qatnashardi, ko’plab ersiz qoraqalpoqlar xonlikning janubiy viloyatlariga borib, o’zbek yoki turkman boylarig ijarachi bo’lib og’ir mehnat qilar edi.

Qoraqalpoq boylarida eng yaxshi ekin erlari, surut, yaylovlar, o’rmonlar va qalin qamishzorlar bor edi. Urug’ zodagonlarining qo’lida deyarli butun ekin erlari edi. Suvdan foydalanish ham xuddi shunday edi.

Ijtimoiy diforenstvstiya qoraqalpoqlar chorvachilik xo’jaliklarida ham ro’y bergan edi. Eng yirik mol egalari odatda biy, mirob, otaliq, beklarbegi va ruhoniylar edi. Ugar ko’pchiliklarda dehqonga bir bosh qoramol va bir necha maydamol to’g’ri kelar, yirik moldorlarga ming va undan ortiq to’g’ri kelardi. Chorvadorlikda xuddi dehqonchilikda bo’lmasidan kambag’allar mehnatidan foydalanish qabohatli shartlarda bir umrlik edi. 52XIX asrning ikkinchi yarmiga qadar qoraqalpoqlarda ma’muriy boshqa0ruvda eng yuqori lavozim urug’ biysi (urug’ dohiysi) bo’lib, undan keyingi lavozimlar yuzboshi mahrom (zakot yig’uvchi), mirob, qozi (azda) rais (diniy qonunlar va urf-odatlar tartib nazoratchisi ) lavozimlardan iborat edi.

XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, biylar huquqlariga qat’iy chek qo’yildi. Said Muhammad biylar faoliyatini nazorat qilish uchun qoraqalpoqlar boshqaruv tizimida qo’shimcha ikki noib, olti otaliq ikki beklarbegi va bir biy mansablarini joriy etdi. Og’a, biy lavozimi eng yuksak mansab bo’lib, (biylar huquqlariga qat’iy chek qo’yildi). Qolgan butun ma’muriyat unga bo’ysunadi.53

Qoraqalpoqlar zodagonlarini madaniy rag’batlantirish maqsadida, soliqlar yig’ib bo’lingandan so’ng beriladigan bir yillik maosh to’lash joriy qilindi.

Qoraqalpoqlarda boshqaruv tizimining boshlang’ichi ovul edi. Ovulda oliy hokimiyat turli toifa vakillaridan iborat bo’lgan oqsoqollar kengashi edi. Bosh ma’muriy markaz Amudaryoning o’ng sohilida Chimboy, so’l sohilida Qo’ng’irot bo’lgan.

Xiva xonligida poraxo’rlik eng avj olgan bo’lib, biror bir janjalli masala, yoki oddiy muammo faqat pora bilan hal qilingan, pora ham davvogardan, hali gunohkordan olingan. Bunday sharoitlarda aholininig eng kambag’al qatlamlari mutlaqo huquqsiz edi. Kim agar ko’p pora bergan bo’lsa, o’sha odam talaba qilgan, agar u nohaq bo’lsa ham. Bu holat Xiva xonligida ijtimoiy adolatning umuman yo’qligidan nishona. Xiva xonligida soliq zulmi uch shaklda amalga oshirilgan. Mulk natura va yer soliqi. Birinchi majburiyat o’z navbatida asosiy soliq ikki qismdan iborat bo’lgan erdan renta-solqut va moldan olinadigan soliq (zakot)

Qoraqalpoqlar Xiva xoni tobeligiga o’tgach u natural majburiyatlarni bajarishni talab qilgan, natura shaklidagi majburiyat qoraqalpoqlar egallagan maydonga qarab belgilangan, qoraqolpoqlar bu erlarni o’zlashtirganlarmi yoki yo’qmi, ub bilan xonning ishi bo’lmagan, soliqning boshqa bir shakli, “solg’ut kesma” deb atalib, doimiy 20 ming tillo hajmida bo’lib, bu soliq 20 ming xonadon (qora uy) hisobidan undirilgan. Ana shunday og’ir yuk mehnatkashlar gardanida bo’lgan.

Mehnatkash xalq yelkasidagi eng og’ir majburiyatlardan biri, xonning ikki ming kishilik qo’shinini boqish edi, zarur bo’lganda qoraqalpoqlar ikki ming kishilik armiya tuzib berishlari kerak bo’lgan. Bundan tashqari xalq butun sug’orish tizimini vaqt-vaqti bilan tozalab turishlari kerak, bunga mehnatkash (ishchi)larni topish va boshqa hamma xarajatlar kiradi.

Qoraqalpoqlar ikki tomonlama zulm ostida edilar, bir tomondan Xiva xonligining zulmi ikkinchi tomondan mahalliy zodagon-aslzodalar, biy, otaliq, beklar, begi, og’alar begi, og’alar begi va boshqalar.

Mehnatkashlarga jabr-zulm ko’rsatishining feodalona shakllari qoraqalpoq zodagonlari tomonidan amalga oshirishni urug’chilik patrialxal qoldiqlari bilan niqoblangan edi. Ijtimoiy tuzumining bunchalik darajada past va qoloq shakllardan davom etishning sabablari, birinchidan ishlab chiqarish darajasining nihoyatda pastligi, ikkinchidan; natural va yarim qurollarining ijtimoiy texnikadan iborat ekanligi bilan izlohlanadi.Qoraqalpoqlar Xiva xonligi tomonidan bo’ysundirilgach ularning Xorazm vohasiga, amudaryo deltasi a sohillariga kelib joylashuvi deyarli o’z nihoyasiga etdi. So’lqirg’oq qoraqalpoqlari Qo’ng’irot va xo’jayli oralig’ida, Shumanay kanali qirg’oqlarida o’ng qirg’oq qoraqalpoqlari ko’k o’zak, kegayli qirg’oqlari, Amu qirg’oqlari, Ko’shkantog’ tepaliklarida joylashgan edilar.

Qoraqalpoqlarning keyingi ko’chishi 1827, 1855-1856, 1858-1859 yillarda Xiva xonligiga qarshi xalq qo’zg’olonlari bilan bog’liq bo’lib bu mutassil qo’zg’olonlar o’zaro feodal urushlar, og’ir va mashaqqatli mehnat va soliqlar tinka madorini quritgan edi va xalq qo’zg’olon ko’targan edi.

XVIII –XIX asr boshlariga kelib xalqning iqtisodiy ahvoli juda yomon darajaga tushib qoldi. Xalqning o’zlashtirilmagan yerlariga ko’chirilishi, katta mehnat va xarajatlar bunyod qilishi mumkin bo’lgan sug’orish tizimi ko’p vaqtni hali talab qilar edi.

Amudaryo deltasida dehqonchilik qoraqalpoqlarning xo’jalikning asosiy sohasi bo’lib qoldi. XVIII asr va XIX asrning birinchi choragida qoraqalpoqlarda dehqonchilikning vohasi shakllandi. Kalliko’l, Qushxonatog’ va Kelayli, Kalliko’l vohasi Amudaryoning so’l qirg’og’ida va Lauzan, Shanglibos, Shumanay, Qiyot, Jarqoq kanallarining quyi oqimida Quexonatog’ – Amudaryoning o’ng qirg’oqlari, hozirgi shimboyning shimoliy-sharq tomonida joylashgan. Bu yerlar Amudaryoning Qorabayl irmoqidan iz yo’li bilan sug’orilgan Qushxonatog’da Xitoy qipchoqlar dehqonchilik qilardi.54 Qoraqalpoqlarning bir qismi – mang’itlar, Xitoy hissar va boshqalari shu vohada dehqonchilik bilan shug’ullangan. Ana shu qoraqalpoqlar keyinchalik Amudaryo irmoqlaridan biri Ko’ko’zak bo’ylariga kelib yangi yerlarni o’zlashtirildi. Yangi asrning (ya’ni XIX) ikkinchi yarmiga kelib 250dan ortiq suv inshootlari va shaxobchalarini maydasiga keltirib, dehqonchilik bilan shug’ullanishar edi.

Qoraqalpoqlarda dehqonchilikni sug’orish tizimisiz tasavvur etib, bo’lmaydi. 1815 yilda Quyosh Niyozboy katta kanali qurilgan edi, bu kanal Gurlandan boshlanib madaniylashgan maydonlarning eng so’ngi nuqtasiga qadar borardi.

XIX asr o’rtalariga kelib, qoraqalpoqlar egallagan yerlar ikki xo’jalik rayonidan: Shimboy va Qo’ng’irotdan iborat edi.

Shimboy Amudaryo bo’ylaridan Sultonband tog’gacha cho’zilgan edi. Qo’ng’irot Xo’jayli rayoni Amudaryoning so’lqirg’oq deltalaridan Shumanay, Ukiz , Qiyot-Jarqoq kanallari yerlarini ham qamrab olgan edi, keyinchalik bundan xo’jayli rayoni ajralib chiqqan.

Shunday qilib, o’n to’qqizinchi asrga kelib, qoraqalpoqlarning besh xo’jalik rayoni, Shimboy, Davqorin, Tolliq, Qo’ng’irot va Xo’jayli mavjud edi.

Dehqonchilik xo’jaliklarining ahvoli Amudaryo bilan bevosita bog’liq bo’lgan, chunki unda Kegayli, Quvonish-Jarma, Sho’rtanboy, Shunay, Qiyot-Jarqoq kabi kanallar suv olib qoraqalpoqlar dehqonchilik rayonlari yerlariga tarqatgan. Bu kanallarning hammasi mukammal bo’lmagan, kerak bo’lsa Amudaryo suv bosimiga chidamagan, xususan yuqori qismidagi inshootlar mustahkam emas edi. Amudaryo suvining goh toshib ketishi yoki suvning qurib qolish sharoitlarida aholininig o’zining azob bilan o’zlashtirgan yerlarini tashlab ketishga majbur bo’lgan, buni ko’chmanchi dehqonchilik tarzi deydilar. Ammo qoraqalpoqlar bunday xarobaliklarga befarqlik bilan qarab turmaganlar. Arxeologik qazishmalar va eski suv tarmoqlari, suv dambalarininig izlari qoraqalpoq xalqi mashaqqatli va qahramonona mehnatlarininig izlaridir55.

Qoraqalpoqlarning joylashuvi ham Amudaryo suvi bilan bog’liq bo’lgan, masalan Yosim-o’zak kanalida asosan aris-qo’ng’irot urug’i xalqi, Kegayli kanalidan o’n to’rt urug’ aholisi foydalangan ariqlar magistral (bosh) kanaldan boshlanib urug’larga, har bir urug’ esa ariqning kesish (salma)dan obi hayot olgan.

Qoraqalpoqlar sug’orilmaydigan yerlardan ham foydalanganlar, bunday yerlar ko’llar va daryo deltasi qurg’oqlarida joylashgan bo’lgan, suv tanqisligi yillarida pastdan suvni ko’tarib beradigan chig’irlardan ham foydalanganlar.

Suv shaxobchalarini ta’mirlashdek o’ta og’ir mehnatni faqat kambag’allar bajarganlar, qoraqalpoqlar buni “qazuv” deganlar.56

Feodallar va mulkdorlarning mutassil o’zaro urush-talashlari suv inshootlari va shaxobchalarining yaroqsiz holga olib kelgan, ariqlar ifloslangan, ko’milgan, oqibatda qoraqalpoqlar suvsizlikdan ko’chib ketishga majbur bo’lganlar, masalan Amudarayo so’l sohilidagi qoraqalpoq Jarg’an kanali xarob bo’lgan.

Erga ishlov berish texnikasi ham mutlaqo ibtidoiy bo’lgan. Er haydash oddiy, yog’ochdan qilingan omoch (ko’nda) bilan, uning cho’yandan quyilgan uchburchak shakldagi tig’i (poza)si bo’lgani haydalgan erni tirnash va bosish uchun qalin yog’och taxtadan (mola) foydalanganlar, bu taxtaning bir tomonida metall (temir) o’qlar bo’lib, orqa tomoni tekis bo’lgan. Omoch va mola qilish uchun juft ho’kizdan foydalanilgan. Bug’doy va boshqa ekinlarin o’rnida tishlik o’roqdan foydalanilgan.

Qishloq xo’jalik ekinlari xilma-xil bo’lgan: donli-bug’doy, arpa, guruch, jo’xori, tariq (jasmiq) yog’li-kunjut, kanop (kandir) o’t; poliz- qovun, tarvuz, qovoq, sabzi, piyoz, dukkakli-mosh no’xat va hokazolardan iborat. 57

Keyingi paytlarda Xiva Xonligida kam ekiladigan ekin paxta ekanlar, paxta tolasi qimmatbaho mahsulot hisoblangan, paxta qavasha deyilgan va u ko’proq Qo’ng’irot rayonida ekilgan holda u asosanichki ehtiyojlarni qondirishga xizmat qilgan.

Dehqonlar suv toshqinlaridan, suvsizlikdan chigirtka, xuruji, ertangi qirovlar kabi tabiiy ofatlardan aziyat chekkanlar.

Qoraqalpoqlar bog’dorchilik bilan ham mashg’ul bo’lganlar, jiyda va o’rik mo’l hosil olganlar, shuningdek ularda shaftoli, olma singari mevalar ham etishtirilgan, jiydadan maxsus, o’zlariga xos taom tayyorlashgan o’xshash qurur va suyuq (so’q taxak) liklar tayyorlaganlar. Jiyda, qand va shirinliklar o’rnini bosgan. Yo’llar, kanallar, ovullarning atroflarida jiyda, kumush, tol, asostiy (qora tol) va oqteraklar o’tkazgnalar.

Qoraqalpoqlar egallagan maydonlarda o’rmonlar (to’g’ay) bunyod qilingan, bular asosan deltadagi, orollarda va alohida maydonlarda bo’lgan.

Chorvachilik an’analari, ularning Sirdaryo bo’ylariga kelganlaridan XIX asrga bo’lgan davrda bir xil saqlangan, deyarli o’zgarmagan. Qoramol saqlash ustivor bo’lgan. Qoraqalpoqlarning xo’jalik hayotida echki, qo’y, qo’zilarni asrash muhim o’ringa ega bo’lgan, ular jun, sut va go’sht bergan. Otlarni saqlash kam bo’lsada chig’irlarni ishlatishda, aravada hamda minib brishda undan foydalanganlar, faqat boylar tuyalarga ega bo’lgan, tuyalardan ham transport va itarovchi kuch vositasi sifatida foydalanilgan.

Baliqchilik ham rivojlangan bo’lib, Orol Amudaryo, Quvondar, Quvonish, Jarmadaryolari, Davkarin, Qo’ng’irot, Qora tarak kabi ko’llar bu sohaning markazlari hisoblangan.

Qoraqalpoqlarda yashashning qo’shimcha manbalaridan biri ovchilik bo’lib, kuz va qish kunlarida, mehnat kamaygan paytlarda bu qizqarli ish bilan shug’ullnganlar. Ularda hunarmandchilik ham o’ziga xos bo’lgan, temirchilik, yog’ochkorlikning va zargarlik ishlari ham bo’lgan, hunarmandlar asoan ichki ehtiyojni qondirish maqsadida, ichki bozor uchun turmush jihoz va asboblari, kiyimbosh ishlab chiqarganlar. Temirchilar ketmon, belkurak, bolta, o’roq baliqchilik qarmoqlar, qaychi, mol qaychi (qilliq) , zangi (o’zangi), taqa, mis (arava uchun, gumix), qonqan, mis qozon va boshqa asbob-anjomlar va uy-ro’zg’or jihozlarini yasaganlar.

Yog’ochkorlar (yog’och ustalari) omoch (xundo) arava, qayiq yasaganlar. Bulardan ba’zilari musiqiy asboblar, dutor, qo’biz, egar uy sandilqri, miska (tovoq va samar) o’g’ir dasta (hovonchaning dastasi, gupi) kabi ro’zg’or buyumlarini ham yasaganlar.

Mol terisiga ishlov berish, oshlash ham rivojlangan, ushbalar (chakmon) tikkalar, oyoq kiyimlari, ot egalari, qayishlari ayollar zargarlik buyumlari ustalari ham mahoratli bo’lganlar.

Qoraqalpoqlar bo’z, olacha kabi matolar hamda ayollar zargarlik buyumlari ustalari ham mahoratli bo’lganlar. Saksovul va cho’l qorag’ayidan ko’mir tayyorlashni yaxshi bilaganlar, bu mahsulotni ular o’zlarining va xivalik temirchilarga keltirib sotganlar. Ularda kulolchilik ham rivojlangan, ko’pgina chig’irlar uchun tuvaklar pishirganlar, qoraqalpoqlar gilam to’qishga juda mohir bo’lishgan.Ustalar o’z ovullarin hunarmandchilik mahsulotlari bilan ta’minlaganlar, o’z mahsulotlarini bug’dory yoki molga ayirbosh qilganlar.

Asosiy transport vositasi arava, qayiq, ot va eshak bo’lgan. Shimoliy deltada transport asosan qayiq hisoblangan, ular Amudaryoning yuqori oqimiga qarab, hatto Chorjo’ygacha suzib borganlar.

Ular Chorjo’ydan orolgacha va oroldan Sirdaryo qo’yiladigan joygacha ham suzganlar. Qoraqalpoq qayiqchilari ichki kanallarga ham suzib aholiga transport xizmati ko’rsatganlar. Ularda bu soha qadimdan rivojlangan bo’lib, odamlar va yuklarni daryoning u betidan bu betiga o’tkazib qo’yganlar. Amudaryo va Xo’janli oraliqg’i hamda Quvonchi – Jarma orqali bu vazifalarini o’taganlar.

Xonlikning shimoliy qismidan Chimboy, Xo’jayli, Qo’ng’irot, Qo’hiq Urganchni Xiva bilan bog’laydigan savdo karvoni yo’li mavjud bo’lgan. Bir yo’l Qo’ng’irot orqali xo’jayli, Qo’hna Urganchga Amudaryoning so’l qirg’og’i orqali, boshqachhsi o’ng qirg’oq bo’lib Chimboydan Qipchoq guzari (o’tish joyi) orqali qarshidagi Qirg’oqqa, unday mang’it orqali Xivaga borgan. Bundan tashqari Kazalinsk Xiva savdo karvoni yo’li Chimboyda kesishgan. Volga bo’yi, Uralsk, Orneburgga Ustyurt orqali Qo’ng’irot yonidan o’tgan.

XVIII asrning oxiri XIX asrga kelib Xiva xonligi bilan savdo munosabatlari rivojlangach, qoraqalpoqlar bu aloqalarga faolroq ishtirok eta boshlaydilar. Ular shaharlarga bug’doy, mol va baliq mahsulotlarini sotib, ulardan Rossiya, Buxoro va Xiva mahsulotlarini sotib olishgan, savdo aloqalarida Qo’ng’irot , Xo’jayli, Mang’it va Sho’raxonning roli va o’rni katta bo’lgan.

Savdo bozori haftaninig ikki kunida bo’lgan. Bozorning o’rni va roli faqatgina savdo aloqalarida emas madaniy muloqotda ham ahamiyatli bo’lgan: savdo qilish bilan birga bir-birlaridagi yangiliklar bilan tanishganlar. Bozor bo’lmagan kunlarda Chimboy va Qo’ng’irotda savdo do’konlari doimiy ishlab turgan. Birqator mollarni ovullarga aravalar, tuyalar va qayiqlarda keltirib sotish amaliyoti ham bo’lgan.Shunday qilib, o’n to’qqizinchi asrning birinchi yarmigacha bo’lgan davrda qoraqalpoqlarda tegishli bo’lgan hududlarda savdo-sotiq rivojlanish natijasida Chimboy, Xo’jayli, Qo’ng’irot, Nukus singari markazlar ham paydo bo’lgan.

Asosiy ko’pchilik qoraqalpoqlarda turmush darajasi past bo’lgan. Dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik va xo’jalikning yordamchi sohalaridan olinadigan daromad, uy-joy sharoitini yaxshilash, turmush tarzini yaxshilash u yoqda tursin, etarli darajada eb-ichishga ham etmagan.Xiva xonlari Qoraqalpoq urug’ zodagonlari va aslzodalarini qo’llab-quvvatlaganlar, ularning vakillarini biy otaliq, lavozimdorlari qilib tayinlash orqali patriarxal-feodal munosabatlarini saqlab qolish siyosatini amalga oshirganlar, urug’ qabilachilik ma’muriyatini saqlab qolish ular o’rtasida tez-tez bo’lib turadigan mojarolarning kelib chiqishiga zamin tayyorlagan, urug’ va qabilalararo janjallar ular orasidagi nifoqni kuchaytirish, xalqning birlashuvi va uyushuviga putur etkazar edi. Xiva xonlari va hokimlari bu nizolardan o’z maqsadlari yo’lida foydalanganlar.

Shunga qaramay qoraqalpoqlarning boshqa xalqlar bilan munosabatlari do’stona rivojlanib borgan. Qoraqalpoqlar, o’zbeklar, qozoqlar va turkmanlar avvalo o’zaro savdo aloqalarida bo’lganlar. O’zbeklar va turkmanlar avvalo o’zaro savdo aloqalarida bo’lganlar. O’zbeklar va turkmanlar qoraqalpoqlardan baliq, qoramol sotib olganlar, qozoqlar esa bug’doy.

Qashshoqlik, ochlik eng past turmush tarzi xonlikdagi barcha xalqlarning doimiy yo’ldoshi bo’lgan.Og’ir kunlarda Xorazm, vohasidagi xalqlar bir-birlariga yordam qo’llarini cho’zganlar. Gunohkor qoraqalpoqlar hokimiyatidan o’zbeklar, turkmanlar orasida yashiringanlar.Manbalarda qayd etilishicha qoraqalpoqlar boshqa xalqlar bilan quda andachilik rishtalari bilan ham bog’langanlar.

“(Xiva xonligida yashaydigan Qoraqalpoqlar o’z qizlarini o’zbek va Qirg’izlarga beradilar o’zlari esa ularning qiziga uylanadi. Xiva xonligida xalqlar o’rtasida madaniy aloqalar ham o’rnatilgan. Qoraqalpoqlar, o’zbeklar, turkmanlar va qozoqlar o’rtasida “Qoplon Alpomish, Go’ro’g’li, Ahmad Yusuf, Oshiq G’arib, Qiznibek, boshqa doston va etnoslar keng tarqalgan.”)

Qoraqalpoqlar qozoqlar orasida o’zbek mutafakkir shoiri Alisher Navoiy ashhur bo’lgan. Turkman shoiri Maxtumquli asarlarini boshqa xalqlar sevib o’qiganlar, Berdaq Kunxo’ja, Ajiniyoz va boshqa qoraqalpoqsiz ustalarining asarlarini ham yaxshi bilganlar. O’z navbatida qoraqalpoq shoirlari boshqa xalqlar adabiyotini o’rganganlar. Qoraqalpoqlar xalqi barcha zamonlarda mustaqilikka intilgan xalqdir, shuning uchun uzoq zamonlardan o’zini o’zi nomi bilan saqlay olgan xoindir. Uning ozodligi va mustaqillik uchun kurashlari, qoraqalpoqlar to’laligicha xiva xonlari tobeligiga o’tgach avj olgan.58 Umuman, albatta xonliklar o’rtasida o’zaro urushlar ko’p bo’lgan xonlikdir. Xiva xoni Olloqulixon davrida o’zaro urushlar qoraqalpoq xonining ochlik va qashshoqlik girdobiga mubtalo etadi. Bu davrda xalqqa soliqlar miqdori hali bajaradigan majburiyatlar ham qoraqalpoqlarning suyagida o’tib ketdi.1827 yilning yozida navbatdagi zakot solig’i yig’ilatyogan paytda Xitoy urug’i soliq yig’uvchilar zulmiga qo’zg’olon ko’tarildi.

Bu qo’zg’olonni Qo’ng’irot urug’i ham qo’llab-quvvatladi. Stixiyali tarzda boshlangan tarzda o’z maqsadiga erishadi, ammo bu qo’zg’olon jabr zulmga qarshi kurashga xalqning tayyor ekanligini ko’rsatdi.

Shunday bo’lishiga qaramay, qoraqalpoq xalqining ahvoli yildan-yilga og’irlashdi. Bu narsa Muhammad Aminxon (1845-55) hukmronligi davrida yanada og’irlashdi. Uning davrida o’zaro urushlar o’n yil davomida olib borildi. 1855 yil noyabrida sabr-kosasi to’lgan qoraqalpoqlar xon zulmiga qarshi ko’tarildilar. Bu qo’zg’olon mustaqillik va ozodlik kurashi bo’lib, bunda olako’z nomi bilan mashhur bo’lgan Ernanarbiy Qadavli aris Qo’ng’irot urug’idan edi. Bu safar qo’zg’olochilar o’z xonlari Zarliq (Chingiziylar avlodidan) ni ko’tarib chiqdilar. Ernazar uning vaziri va qo’shinlarining sarf deb e’lon qilindi. Qoraqalpoqlarning mustaqil davlat tuzish va o’z xonini e’lon qilinishi Ernazarbiyga barcha urug’ va qabilalarining birlashishiga imkon yaratdi. Uning atrofiga uyusha bordilar. Har ikkala tarmoq o’n to’rt urug’ va qo’ng’irot qavmlari bir yoqadan bosh chiqardilar. Birinchisining boshida Ernazar Olako’z, ikkinchisida boshqa ikki Ernazar turib, biri Qo’ng’irot urug’idan, ikkinchisi oq mang’it urug’idan bundan tashqari boshqa urug’-aymoq vakillari ham Xiva xoniga qarshi bosh ko’tardilar. Qoraqalpoqlar turkmanlarning yovmut urug’idan bo’lgan xon Allamurodxon bilan ham aloqa bog’lashdilar.

Yanvar oyining boshida Xiva xonligining shimoliy qisimidagi o’zbeklar va qozoqlar ham qo’zg’olonlarga qo’shilishdi. Qo’ng’irot qozoqlari va o’zbek qo’zg’olonchilari boshida qozoq Botirxon Jong’ozi “murik turdi” qo’zg’olonning markazi Amudaryo o’ng sohilidagi xo’jayl shahri shimoliydagi Jon Bozor degan joy buldi. 1856 yanvarining oxirida qo’zg’olon ko’targan qoraqalpoqlar va qozoqlar Suloquloqlarga va barcha qozoqlarga Sirdar ko’l qirg’og’iga ko’chmanchilariga do’stlik maktubi yuborib yozgan ediki “Biz sof fikrli kishilar qoraqalpoqlar, turkmanlar va qirg’izlar uluslarida turib xivaliklarga qarshi kurash boshlab o’zimizning farovonligimiz uchun qadimiy zarliq shahzodalarida xon ko’tardik endi bizning hammamiz, dasht o’zbeklari birdam bo’lib, yashaymiz”59. Xuddi shunda xatni ular Buxoro amiriga ham jo’natgan edilar.

Xiva xoni shuni tushundiki qo’zg’olon kundan-kun xavfli va halokatli tus olmoqda. Shuning uchun o’zlarining Janubdagi dushmanlari yovmut turkmanlari bilan yarash shartnomasi tuzishga qaror qilsunlar. Bundan ko’zlangan maqsad o’zlarining janubdagi kuchlarini ham olib qo’zg’olonni bostirishga tashlash edi. Bunga erishdi. Said Muhammadxon, Said Muhammadxon Amin halok bo’lgandan so’ng xon bo’lgan qutli Murodxonni almashtirgan edi. Turkman oqsoqollari bilan kelishib, tinchlik o’rnatilgach, Said Muhammad, turkman qo’shinlarining bir qismini o’z armiyasiga qo’shib oldi. 1856 yilning fevralida Xiva xoni qo’zg’olonchilar birlashgan kuchlariga Xo’jaylida qattiq zarba berdi. Qo’zg’olonchi qoraqalpoq, o’zbek, turkmanlar engildilar. Xiva xoniga Allomurodxon bosh bo’lgan yovmut turkmanlari bo’ysunmadilar, xolos.

Majburiyatdan so’ng qo’zg’olonchi qoraqalpoqlar rahbarlari orasida ajratish bz berdi. Ayrim biylar va oqsoqollar va o’n to’rt urug’ boshlig’i, kenegas urug’idan Ernazarbiy Xiva xoni tomoniga o’tdi. Aldash yo’li bilan Zarmiqxonni qamoqqa olib Xiva xoniga topshirdilar.

Qo’zg’olonchilar boshlig’i Ernazar Ollako’z (kaldovli urug’idan) o’ziga sodiq bo’lgan biylar bilan, shuningdek, oq mang’it urug’i sardori Ernazar Polvonbiy, qipchoq urug’idan Oluchibiy Qutliboevlar 700 qoraqalpoq oilasi bilan orol dengizi qirg’oqlariga borib, qozoqdaryoning quyilishi joyida (Amudaryoning Ulkandaryo irmog’i yonida) qo’rg’on qurdilar. Uch oy davomida xonning to’xtovsiz hujumlaridan himoyalandilar. 1856 yilning 12 iyunida Ernazar Olako’z xoinona o’ldirishgach Xiva nomi qo’shinlari qo’rg’onini egalladi. Ernazar Polvoniy Oluchibiy Qutliboevlar xonlik hududidan qochishgan muvaffaq bo’ldilar. Qolgan faol qo’zg’olonchilar o’limga hukm qilindi. Kenegas urug’idan Ernazar va boshqalar, xon tomniga o’tganliklari uchun Said Muhammad xon ularning har biriga 50 tillodan mukofot berdi. Qoraqalpoqlarning bu qo’zg’olon ham o’z maqsadiga erishadi. Xonlikda vaziyat yumshamadi, aholining Said Muhammadga nisbatan g’azabi pasaymadi, xonning qo’ng’irotdagi noibi aholi uning mansabdorlariga nisbatan aholi nafrati oshib bordi. Xonning siyosati uning beboshligi xalqning g’azabini oshirdi. 1858 yilning kuzida qo’ng’irot o’zbeklari, qoraqalpoqlari va qozoqlari yana isyon ko’tarib, xon vakili Qutlimurodni o’ldirdilar. Qo’zg’olonchilar o’zlariga boshliq qilib Muhammad Fano (Sobiq Qo’ng’irot hokimi To’ra So’yining nevarasi) ni ko’tardilar. Ular Xiva xonligidan Qo’ng’irotni ajratib olib alohida xonlik tuzmoqni qaror qilgan edilar.

Muhammad Fano tarafdorlari tomonidan Qutlimurodning o’ldirilishi qo’zg’olonning boshlanishiga turtki bo’ldi. Qo’ng’irot qo’zg’olonchilariga butun so’lqirg’oq qoraqalpoqlari o’zbeklari, qozoqlari qo’shildilar. Turkman xoni Aytmurod Muhammadfanoni xon deb e’lon qildi.

1818 yilning Muhammad Fano Xiva xoniga qarshi kurashishi uchun Orenburgga yordam so’rab murojaat qildi. Bu iltimosga ijobiy javob olindi. 1859 yilda (iyun) qo’ng’irotga kapital A.Butakov qo’mondonligidagi rus harbiy kemasi etib keldi. Ruslar Said Muhammadning o’n ming askari qamal qilib turgan shaharni ozod qildilar. Ruslarning bu yordamidan qanoatlanmagan Muhammad Fano Xiva xonligini to’la etib berishlarini talab qildi. O’z davlatlaridan bu ishga ruxsat bo’lmagan ruslar Qo’ng’irotni qoldirib qaytdilar.

Biroq vaqtdan keyin Xiva xoni Muhammad Fanoga qarshi fitna uyushtirdi va u o’ldirildi. Qo’ng’irotni boshqarish uchun Xiva xoni Maymurotbiy degan kishini jo’natdi. Avgust oyining boshlariga kelib Qo’ng’irot yana Xivaga qo’shib olindi.Qoraqalpoq, o’zbek, qozoq va turkmanlarning Xiva xonligiga qarshi ko’tarilgan bu qo’zg’olon garchand engilgan bo’lsada, bu xalqlarning do’stligi va hamjihatligidan dalolat beradi. Qoraqalpoqlarning turmushi og’ir tabiiy sharoit, yirik siyosiy voqealar jarayonlari bilan yaxlit holda shakllanib kelgan. Tabiatga mutelik, siyosiy kuchlarga tobelik, muttasil davom etgan siyosiy kurashlar, og’ir va mashaqqatli mehnat, qo’chmanchilik va yarim ko’chmanchilik turmush tarzi – ya’ni bitta “qora uy” da bitta oilaning asrlar davomida yashab kelishi ularning turmush tarziga o’zining ta’sirini o’tkazmasdan qolmas edi.

Yashash joyi yaqinida, kirish oldida molxona qurilgan, molxona avval usti ochiq, so’ng usti yopiq holda qurilgan. Doimo esib turadigan sovuq shamol yozda garmseldan himoyalanish uchun atrof ihota qilingan, avvalo qora uy atroflari, keyinchalik tegishli maydon to’siq bilan o’rib olingan. Ba’zi xo’jaliklarda daraxt o’tkazib, undan ihota sifatida foydalanganlar.

Qora uyda qoraqalpoqlar bahor va yozda yashaganlar, kuz va qishda esa, mustahkamlangan qal’alarga qo’shib o’tganlar. Qal’a to’rtburchakli maydon bo’lib atrofi baland devor bilan o’rab olingan va uning atroflarida zovur qazigan.

XVII asr oxiri XIX asr boshlarida qoraqalpoqlarda qora uylar bilan birga yirik mulk egalarining loydan qilingan yirik saroylari ham paydo bo’la boshladi.

Qoraqalpoqlarning kiyim-kechaklari ham, o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Erkaklarning uzun kiyimi uzun chopon yoki chokmon edi. Odatda chokmon jundan to’qilgan matodan tikilgan. Ularning ich kiyimi odatda keng va uzun ko’ylak, hamda keng ishton (dambal, diskiyim) dan iborat edi. Bu kiyimlar paxtadan qo’lda to’qilgan oq mato (bo’z) dan tikilgan. Oyoq kiyimlari kupting: teskari tomoni yuzdan tikilgan etik edi. Teskari tomoni do’ppi (taxa) va qora qo’yning terisidan tikilgan telpak (kurash) bo’lgan.

Ayollarning ust kiyimi uzuk,keng ko’ylak hamda (shadovar) ishton (dambal ichkiyim, disjiyim) dan iborat bo’lgan. Ayollar ko’ylagi to’q ko’k, to’q qizl rangli paxtadan yoki ipakdan to’qilgan matodan tikilgan. Ayollar ko’ylak ustidan yo’l-yo’l qora yoki boshqa rangdor matodan tikilgan kamzul kiyganlar. Qishda ayollar paxtasi to’p (gupi) yoki shuba tulki terisidan yuzi ipak mato bilan qoplangan (boshqa xil chiroyli mato bilan ham qoplanishi mumkin) ichik kiyishgan. Ayollar oyoq kiyimi baland poshnali etik bo’lib, qo’lda tayyorlangan charm (ko’p) dan tikilgan.Qoraqalpoq ayollari boshlariga rangli ro’mol (bas oramal) o’raganlar. Tantanali marosim (to’y) larda yoki juvonlar boshlariga chiroyli rangdor movutdan qimmatbaho toshlar yoki kumush bezaklar bilan ziynatlangan “alohida kiyimbosh (sayqal) kiyganlar. Yoshi ulug’ (keksa) ayollar boshlariga oq mato (oq jelde) dan ro’mol tashlab yurganlar. Ularning zebu-ziynatlari uzuk, bilakuzuk, isirg’a (quloqqa yoki burunga) araban, ko’krak bezagi (haykal) qimmatbaho toshlar yoki feruza (biryuza) bilan ziynatlangan bo’lgan.

Qoraqalpoqlar dini asosan islomning sun’iy mazhabi bo’lgan. Qoraqalpoq ruhoniylari Qur’oni Karimda ko’rsatilgan diniy odatlar, farz bo’lgan qonun-qoidalarining bajarilishi hamda diniy marosimlarning ijro etilishi yuzasidan qat’iy nazorat qilganlar.Qoraqalpqolarga islomgacha bo’lgan diniy qarashlarga ega bo’lgan (shamanlik, ruhlarga ishonish, ayrim kuchli hayvonlarga sig’inish) urf-odat yoki e’tiqodlarga ega bo’lgan toifalar ham bo’lgan.

Qoraqalpoqlarda xalq tabobati vakillari (tabib) ham bo’lib, ular og’riq tishni sug’irish, shikastabandlik, ayrim yaralarni kesadigan jarrohlik ham bo’lgan.

Qoraqalpoqlarda ta’lim tizimi nihoyatda past darajada bo’lib, aholi asosan savodsiz bo’lgan.

Maktablarda (boshlang’ich) bolalar Qur’oni Karim oyatlarini, sur’alarini o’rganish va namoz o’qishga o’rnatilgan. Maktablar asosan machitlar huzurida bo’lib, bu maktablar namozxonlar mablag’lari hisobidan faoliyat ko’rsatgan. Maktablarda bolalar 5-6 yoshdan qabul qilingan. Salgina gunohlari uchun bolalar kaltak bilan jazolaganlar. Maktablarni tugatganlarning deyarli barchasi o’qish va yozishni bilmaganlar.

Madrasalarda faqat mulkdorlarning farzandlari o’qishgan. Qoraqalpqolarda yakkayu-yagona madrasa Qoraqum Eshon bo’lib, unda talablarda ikki (bosqichli) xil ta’lim berilgan, birinchisi arab marfologiyasi va sintaksisi, ikkinchisi shariat qonunlari, islom huquqi va mantiqi o’rgatilgan.

Boy, aslzoda (zodagon) xonadonlari o’z farzandlarini Buxoro va Xivaga o’qishga yuborganlar. Qoraqalpoq madaniyati, uning tarixiga o’xshab ko’p asrlik (qadimiy) bo’lgan. Boy farqlar, o’ziga xos musiqa, amaliy san’at va xalq o’yinlari xalq ma’naviy hayotining asosi bo’lgan.

Mashhur qozoq ma’rifatparvarlari va olimi Qo’qon Valixonov: “Minglab xalqlar, povest (doston) lar, qo’shiqlar” qoraqalpoqlar xotirasida muhrlanib qolgan”60 deb yozgan edi. Ulardan Alpomish: “Qoplon”, “Edigey”, “Shaxriyor”, “Yorshora”, “Qirq qiz” kabilari nihoyatda mashhur bo’lib, ularni jirov, baxshi, qiyosaxonlar mahorat bilan do’mbira jo’rligida ijro etganlar. Qoraqalpoqlarda yoddan aytish professional san’ati “yuksak darajada rivojlangan bo’lgan. Aytishuvchilar noyob iqtidor va mahorat egalari bo’lishgan Apaid buyuk san’atkorlar qoraqalpoq adabiyoti namunalarini avloddan-avlodga ulab ketganlar.

Shajaraviy ijrochila (jirovlar) aytishuvchilar asrlar qahriga borib taqaladi. XV asrdan sorrasli safar jirov mashhur bo’lar deyishadi. Qoraqalpoqlarda.

XVII-XIX asrlarda jiyan Jirov Shanqay (1814-1884), Jemurat (1806-1908) lar qoraqalpoqlarning faxri bo’lib kelganlar. G’olibniyoz, Oqimbet, Qutim, Musa kabi mashhur bixshiylar o’z maktablarini yaratganlar.

Qoraqalpoq xalq og’zaki ijodining alohida tarmog’i hikoyachilik bo’lib, hikoyalarda qoraqalpoq xalqining ko’p asrlik tarixi o’z aksini topgan.

Qo’shiq va qo’shiqchilik qoraqalpoq san’atining asosiy tarmog’i sifatida xalq ijrochilik va musiqa san’atining yorqin ifodasi bo’lgan. To’y marosimlarda (xoyjaq, betashar) beshik to’yi (besik jig’i) mehnat, sevgi – muhabbat, hijron (xayrlashuv onlari), bolalik va boshqa ko’pgina qo’shiqlar xalqning turmush, mehnat, xulq-atvor, urf-odat va turmush tarzi bilan bog’liq bo’lgan.

Maqol va ideomalarda, xalq donoligi, topqirligi, uning hozirjavobligi o’z aksini topgan. Topishmoqlar qoraqalpoq xalqi orasiga keng tarqalgan bo’lib, unga xalq iqtidori topqirligi (javob-juan) xalq og’zaki ijodining boshqa ko’pgina janrlari zo’r mahorat bilan ijro etilgan. Qoraqalpoq boshqa turkiy xalqlar bilan birga o’zlarining qadimiy turkiy yozma yodgorliklari, o’rxun-enisey (VII-VIII a a) Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’at ut-turk (XI asr), Qo’matiqus (kodeksi) axloqi” (XIII asr qipchoq tili lug’ati) “O’g’uznoma” va boshqa mansablariga ega bo’lishgan.

XVIII asr va XIX asrning birinchi yarmida Qoraqalpoq xalqining ozodlik va mustaqillik uchun, hayot uchun tinimsiz va mardonavor kurashlari, zaminida jiyan Jirov, Ko’nxo’ja, Ajiniyoz, Berdaq, Otash singari ajoyib xalq shoirlari etishib chiqdilar. XVIII asr qoraqalpoq xalq adabiyotining yirik vakili jiyan jirov bo’lib, o’z ijodida Xiva xonlarining xalqqa qarshi siyosatini o’z asarlari bilan fosh etgan shoir bo’lib, uning ijodida biy va eshonlarning, xalq dushmani ekanligini bera olgan. Shuning uchun uni XIX asr qoraqalpoq shoirlari qoraqalpoq sheriyatining otasi deb hisoblaganlar. Yana bir shoir Kunxo’ja Jemurod (1709-1880) bo’lib, u o’z asarlari “Cho’ponlar”, “Oq qamish” va boshqalarda ekskuatotorlar zulmi ostidagi mehnatkash xalqning og’ir ahvoli va chuqur sostial qarama-qarshiliklarni ko’rsata oldi. “Unutmayman”, “Eh bir tuya”, “Xalq bilan”, “Mening o’g’lim” kabi asarlarida o’zining xalqning haqiqiy ijodkori ekanligini isbotladi.

Atiniyoz Ko’siboy o’g’li (1824-1878) o’ziga xos yirik va mashhur ijodiy kamolot namunasi, qoraqalpoq shoiridir. U ma’lumotni Xiva madrasalarida oldi, qoraqalpoq folklori va tarixini chuqur o’rgandi, xususan sharq lirikasi unga yaqin edi. Uning ijodida yirik asosiy rol va o’ringa ega bo’lsa-da, ijtimoiy-iqtisodiy ohang ham begona emas edi.61

U “Bo’zatog’” dostonida 1858-1859 yillarda Xiva xon qo’shinlari tomonidan xalqqa etkazilgan jabr-zulm, xalqning qashshoqligi va uning sabablari, haqida kuylanadi.

Berdaq (Berdimurod) Qarg’iboy o’g’li (1807-1900) qoraqalpoq (klassik) Mumtoz adabiyotining yirik vakillaridir.62 Uning ko’plab (klassik) mumtoz vakili asarlarida, dostonlarida XIX asrda qoraqalpoq xalqining ijtimoiy-iqtisodiy ijtimoiy-iqtisodiy hayotini yorqin obrazlarda ifodalaydi. Demokrat shoir sifatida xalqning haqiqiy ahvolini ko’ra oldi, o’z davrining ijtimoiy hodisalarini xalq tomonida turib chuqur va atroflicha chuqur tahlil etdi, o’z ijodida gumanizm g’oyalarini targ’ib etdi, o’z vatanini sevish, haqiqat va adolat uchun kurash uning hayot mazmuni bo’lib qoldi. Uning ijodida mehnatkash xalq hayoti ajratib turadigan xulq sifatida ifodalanadi, “hech qachon bo’lmagan”, “soliq”, “Bu yil”, “Mening hayotim” va boshqa she’r va qo’shiqlarida oddiy xalqning mashaqqatli mehnat va hayoti, boy va mulkdorlarning beboshligi kuylanadi, “Yaxshi”, “Ehtimol”, “Soliq”, she’rlarida “Devona podshoh” dostonida xalq zulmkorlariga nisbatan o’zining g’azabiy ifodalaydi, ijtimoiy tengsizlikdespotizm va hech narsani tan olmaydigan hukmronlik istaginingvujudga kelishiga zamin tayyorlanishi asoslanadi. “Xalq uchun”, “Menga kerak ” va boshqa asarlarda jamiyatning eng ilg’or kishilarini xalq baxt saodati uchun kurashga da’vat etadi. “Omonkeldi”, “Ernazarbiy” kabi tarixiy dostonlarda Berdak xalq baxti uchun xonga qarshi kurashgan qahramonlarni olqishlaydi. Bu asarlarida u o’tmishi voqealarini to’g’ri va haqqoniy baholay oladi. Shuning uchun XIX asr tarixchilari o’z ijodlarida Berdaq ijodini chetlab o’ta olmaydilar.63

Otash Aminboy o’g’li (1828-1902) o’zidan katta bo’lmagan ijodiy meros qoldirdi, ammo uning satirasi uchun quch-qudrati, zulmkorliklarga qarshi qaratilgan ijodi va faoliyati diqqatga sazovor. “Sharmanda”, “O’xshash”, “Nuriddin” va boshqa she’rlarida jafokash va xo’rlashgan xalq yonini oladi, shuning uchun uning ijodi XIX asr qoraqalpoq poeziyasining yorqin namunasi sifatida tan olmadi.

Qoraqalpoq adabiyoti va she’riyati bilan birga uning musiqasi ham o’z tarixiga ega. Folklor xalq og’zak singari xalq o’rtasiga keng yoyilgan va avloddan-avlodga og’zaki ijodi ko’chib kelmoqda. Musiqaviy merosining davomchilari asosan qo’shiqchilar bo’lib hisoblanadi, shuningdek, aytishuvlar, ijrochilar xalq (kompazitor) musiqashunoslari, sozandalari (ijrochi musiqachilar) va umuman qo’shiq va muzika ixlosmandlaridir.Qoraqalpoq musiqiy asboblaridan Ko’biza jo’rligida ijrochisi (Jirov) xalq dostonlarini kuylagan. Dutor (ikki torli musiqiy asbob) orqali ijrochi (baxshi) o’z go’zal san’atini namoyish etgan. Chinqubiz (minqobiz) o’ziga xos ayollar asbobi bo’lib, betakror va o’ziga xos ohang taratgan. Qoraqalpoqlarda surnay va g’ijjak nomli musiqa asboblari ham shuhrat qozongan.

Xalq amaliy san’ati, yog’och o’ymakorligi, kashtachilik, qalin to’qish, gilamdo’zlik, zatarlik, charmgarlik va boshqa hunarlar qoraqalpoq san’atini ifodalagan va bu sohalar juda rivojlanib, san’at darajasiga etdi.

Xalq zargarlik san’ati mashhur bo’lgan, isirg’a, uzuk, bilakuzuk, ko’krak taqinchoqlari o’ziga xos san’at bo’lgan, mehnat qurollari, pichoqsozlik, ro’zg’or buyumlari, qurol-yarog’ ishlab chiqarish ham san’atkorona darajada bo’lgan.

Qoraqalpoq kashtachiligi ham mashhur bo’lib, bu san’at ayollar libosiga qo’llangan.64

Barcha huquqlardan mahrum bo’lgan qoraqalpoqlar ijodda erkin bo’lganlar, ular go’zallik yarata olgan xalq ekanliklarini isbotlaganlar. Ularning mehnati va noyob qobiliyati asrlar osha xalq noyob ijodida tovlanib avloddan-avlodga ko’chib kelgan. “XVI-XVIII asrlarda Qoraqalpoqlar” deb atalgan bobni xulosalar ekanman,bu davr mobaynida qoraqalpoqlarning muqim yashaydigan joyi ham bo’lmagan.Ular XVI asrning oxiri XVII asrning boshlarida qoraqalpoqlar Sirdaryoning o’rta va quyi oqimida,XVIII asrga kelib esa ular Turkiston shahri bilan Qoratov oralig’idagi hududlarni egallaganlar.Bu hududlar ham Buxoro xonligiga tegishli bo’lgan.

XVI-XVIII asrlarda qoraqalpoqlarda iqtisodiy hayot u yoki bu davlat siyosatiga bog’liq bo’lgan.Xiva xonligi tarkibiga kirganda xonlarning ruxsatisiz tashqi iqtisodiy aloqalarni olib bora olmagan.Rossiya tarkibida bo’lgan vaqtda esa xonliklar bilan o’zaro iqtisodiy aloqalarni ma’lum bir ma’noda uzishga majbur bo’lgan. Qoraqalpoqlardagi ijtimoiy-siyosiy hayot ham bir tekisda bo’lmagan.XVI-XVII asrlar mobaynida davom etgan o’zbek va turkmanalar o’rtasidagi kurash mamlakatni ijtimoiy-siyosiy,ham iqtisodiy jihatdan holdan toydirgan edi.XVIII asrning I yarmida boshlangan jung’orlar hujumi esa xalqni yanada parokandalikka duchor etadi.Qoraqalpoqlarda katta yer egalari urug’-qabila zodagonlari biy,otaliq,beklarbegilar qo’lida bo’lib,oddiy xalq (“qorasuyaklar”) markazga itoat etish orqali,ma’lum bir xo’jalik turi xususan dehqonchilik xo’jaligini yuritish mumkin bo’lgan va u orqali tirikchilik qilgan.Aytilayotgan davr mobaynida qoraqalpoqlar qanchalik tarqoq bo’lmasin,o’zining erki va ozodligi uchun kurashib yashagan.Oddiy xalq orasidan vatanparvarlar yetishib chiqqan.Ularning hurligi va barcha fuqarolarning barcha xalqlar kabi tengligi yurtboshimizning odilona siyosatlari tufayli tiklandi.


Xulosa

O’tmish davrlar misolida ko’rilganidek, doimo mamlakat markaziga bo’ysunib kelgan yoki o’zi markaz bo’lib o’lkani birlashtirib turgan (masalan, anushtaginlar davrida) Xorazm viloyati XVI asrga kelib bir qator mahalliy siyosiy kuchlar harakati bilan o’zboshimchalik kayfiyatiga berila boshlaydi. Xususan temuriylar davrida Samarqand ixtiyorida bo’lgan Xorazm mamlakatda siyosiy boshqaruvga da’vogarlardir o’zgargandan so’ng ham ilgarigi maqomda bo’lgan. Tumuriylardan davlat tizginini tortib olgan Muhammad Shayboniyxon o’sha davr qonunlariga ko’ra 1505 yili Xorazmga yurish uyushtirish orqasida muvafaq bo’lgan. Ammo 1510 yili Marv atrofida Muhammad Shayboniy xoni enggan eronlik safaviylardan Ismoil paytdan foydalanib, Xorazmda o’z ta’sirini o’tkazish niyatida bu yoqqa lashkar bilan noiblarini yuboradi. Ammo Sharif So’fiy va Mirzo Hizr kabi mahalliy namoyondalar ularga bo’yin tovlamaslikka o’tib, bunda dashtiqipchoqlik siyosiy kuchlarga suyanadilar. Natijada, 1511 yili Xorazamda Dashti qipchoqlik Elbarsxon hokimiyatini qo’lga oladi65. Elbarsxon esa aslida shayboniy sulolasidandir. Xo’sh, nima uchun xorazmlik shayboniylar alohidalikka intilganlar. Albatta, buning sabablari bor. Avvalo, bu ikki sulola o’rtasida kurash davom etgan. Ikkinchidan mahalliy kuchlar hamisha markazdan qochishga harakat qilganlar. Xorazmlik shayboniylr ham bundan mustasno emas edilar.

1505-1770 yillar orlig’ida Xorazmni asosan shayboniylar sulolasi namoyondalari boshqarganlar. Ko’rinib turganidek, ularning, aniqrog’i Arabxon naslidan tarqalgan shayboniylarning hukmronlik yillari Chorohimning avlodalri – Buxoro shayboniylari hukmronlik faoliyatidan (1501-1601) ancha uzoqroq davom etgan. 1770 yilda esa Xorazmda amalda hokimiyat Qo’ng’irot sulolasidan bo’lmish Muhammad Amin Inoq qo’lida mujassamlashdi va shu tariqa mazkur viloyatda yangi sulola Qo’ng’irotlar faoliyati boshlangan.

Shayboniylar Xorazmi davrida xonlikni markazlashgan davlatga aylantirish borasidagi barcha sa’i-harakatlar aytarlik darajada o’z samarasini bermadi. Buxoro-Xiva munosabatlarida ham unga katta o’zgarishlar bo’lmadi. Nazr Muhammadxon (Nozir M) davrini hisobga olmaganda, bu davrda xonlikda Buxoro ya’ni ashtarxoniylarning ta’siri kuchaygan edi. Ammo Mbulg’ozi Bahodirxon davrida biz Buxoro-Xiva munosabatlarining keskinlashganligini ko’ramiz. Faqat Bahodirxonning o’z “Buxoroga olti marta yurish uyushtirgan edi”.

Shunday qilib 1770 yildan boshlab Xivada (Xorazmda) yangi sulola qo’ng’irotlar siyosiy faoliyati boshlanadi. Bu sulola davrida xonlik o’zining asosiy e’tiborini Xurosonga qaratgan. Chunonchi, Olloqulixon olti marta Muhammad Amin II (1845-1815) davrida xivaliklar Xurosonga o’ndan ortiq yurishlar uyushtirganlar.

Bu davrda (ya’ni qo’ng’irotlar zamonida) ham Xorazmda kuchli markazlashgan davlat vujudga kelmadi, buxoro bilan munosabatlarda ham o’zgarish bo’lmadi. Ammo, Buxoro va Xuroson “ishqi”da bo’lgan qo’ng’irotlar bostirib kelayotgan Rossiya xavfiga boshqa xonliklar kabi qandaydir beparvolik bilan qarashganlar. Deyarli barchaga qo’ng’irotlarning barcha xonlarida siyosiy ojizlik hukmronlik qilgan66.

Endi qoraqalpoqlar haqida ayrim xulosalar yasaydigan bo’lsak, ular O’rta Osiyoda XVI asrda paydo bo’lganlar67.

Tarixchi quvayri Qipchoqlar uyushmasidagi qabilalarni sanab o’tar ekan, qorabo’rklilar so’zini ishlatadi, bu qoraqalpoqlar bo’lsa kerak deb taxmin qilmadi. Qoraqalpoqlar yarim ko’chmanchi xalq bo’lgan (O’rta Osiyoda) “qirq qiz” dostonidagi ekin erlari haqidagi ma’lumotlar buning guvohidir. Rus yilnomalarida qoraqalpoqlarning XVIII asrda Sirdaryo bo’ylarida jamoa bo’lib dehqonchilik qilganliklari yoziladi.XVI-XVIII asrlarda qoraqalpoqlar Sirdaryoning quyi oqimlar, Turkiston shahri bilan Qoratov oralig’idagi hududlarni egallaganlar. Bu joylar o’shanda Buxoro xonligiga qaragan. Muhammad Yusuf Munishiyning yozishicha 1611 yilda Imomqulixon jazolashlariga borib, isyon ko’targan qozoq, qoraqalpoq va qalmiqlarni bosqin qilgan.

XVIII asrda Qoraqalpoqlar asosan Amudaryoning quyi oqimida yashashagan. Ular Turkiston Sig’noq, o’zgan va boshqa o’troq aholisi bo’lgan shaharlarga bo’ysunib, qoraqalpqolar ulardan vaqt-vaqti bilan soliq olib turishgan. Qoraqalpoqlarning o’zlari esa ko’chmanchi qozoqlar bilan birlikda ko’chib yurishar, ba’zan, qozoqlarga tobe bo’lib qolishardi. Qishda qoraqalpoqlar shimolga (Sibir Janubiga) ko’chishgan. Ba’zan boshqirdlar qoraqalpoqlar eriga ko’chib borib, ular bilan birga yashashgan.

XVIII asrning ikkinchi yarmida qoraqalpoqlar Qozoqlar va boshqirdlar bilan birgalikda Sibirdagi rus qishloqlariga hujum qilib turishardi. XVIII asr oxirida Sibir xoni Kuchumning avlodlaridan biri Kuchumxon qoraqalpoqlarning xoni bo’lib qoldi. Ma’lumotlarga qaraganda Sirdaryo qoraqalpoqlari bilan bir qatorda XVII asr oxirida Zarafshon vodiysida ham qoraqalpoqlar yashab, Buxoro xonligining fuqarosi hisoblangan. Ular Buxoro qo’shini tarkibida xizmat qilishgan. Joylarda o’zlarini mardona tutishgan. 1681 yilda Zarafshon o’zbeklari bilan birga Subxonqulixonga qarshi qo’zg’olonda ishtirok etishgan.

Qoraqalpoqlar asosan chorvachilik bilan mashg’ul bo’lib, karvonlarni talash va ayrim shaharlardan soliq yig’ish yo’li bilan o’zlarining qishloq xo’jalik mahsulotalari va hunarmandlarini buyumlariga ehtiyojlarini qondirishgan.

Biroq XVII asr oxirlarida qoraqalpoqlarining bir qismi dehqonchilik qilishga, qozoqlar bilan birga ziroatchilikka o’ta boshlashdi. Sirdaryoning quyi oqimlarida ular rux qazib chiqarishardi. Qoratovda rux xoni borligidan ular xabardor edi. Ular o’qdori tayyorlashgan o’zi yasashgan.

XVIII asrda qoraqalpoqlar ko’chmanchi chorvadorlar bo’lib qolishaverdi. Bu davrda ham ularda davlat tarkib topmagan. Vaqt-vaqti bilan ularda kelishdi. Qozoq xonlari hukmronik qilishgan. Masalan XVIII asr oxirida Kuchumxonning avlodi, 1720 yilda esa qozoq shahzodasi Selina xonlik qilgan.

1722-1724 yillarda qoraqalpoqlar ko’p marta Yoyiq (Ural) daryosi bo’yidagi rus shaharlariga hujum qilishdi va hatto samaraga qadar etib berishdi. Yoyiq daryosi bo’yidagi qalmiqlar yurtini bosib olishga harakat qilishdi. Ruslarni ularning Boshqirdsitonga kirib borishi ehtimoli xavotirga solardi.

Senatni obek kotibi N.Kirillov Ori shahri qurilishi loyihasida O’rta Osiyoga boruvchi rus karvonlarini talovchi qoraqalpoqlarni yangi shaharga savdoga jalb etish, ularning farzandlari uchun maktablar qurish va hokazolar vositasida murosaga keltirishga urindi.

1742 yilda qoraqalpoqlarni rus fuqaroligiga qabul qilish haqida Peturburgdan qoraqalpoq “sultoniga” yorliq yuborildi. Ammo bu shartnoma muvoffaqiyat qozonmadi. XVIII asr o’rtalarida Qoraqalpoqlarning bir qancha oilalari Muhammad Rahimning buyrug’iga ko’ra “Buxoro xonligi hududiga, Zarafshshon daryosi vodiysiga o’tishdi. Ularning asosiy qismi g’arbga Amudaryo mansabining sharqiy qismidagi Yangidaryo tomon ko’chib o’tdi. Bu rayon XVIII-XIX asrlarda Qoraqalpoq yerlari deb atalgan.

Yangi yerlarda qoraqalpoqlar Qo’ng’irotlar bilan birga Xiva xoniga qarshi ko’tarildilar, orolliklarga ularning xon amldorlari qullariga qarshi kurashida yordamlashdilar. Xiva xoni Sherg’ozixon qoraqalpoqlarni bo’ysundirishga muvaffaqiyatsiz urindi, lekin faqatgina ularni Orol dengizi tomon surib yubordi. XIX asr boshlarida qoraqalpoqlar Xiva xoni tomonidan to’la bo’ysundirildi.

Qoraqalpoq xalqi o’zining haqiqiy hur va ozod mustaqil davlatchiligiga, uning huquqiy asoslariga mustaqillik sharofati bilan ega bo’ldi.




Download 171,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish