Bitiruv malakaviy ishining umumiy hajmi:
Bitiruv malakaviy ishi: -Kirish;
-Reja (ikki bob,bob tarkibida ikkitadan reja);
-Xulosa (har bir bobda xulosa va umumiy xulosa);
-Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati;
-Ilova;
I Bob: XVI-XVIII asrlarda Xorazm.
I.1.Xorazmning Buxoro va qozoq juzlari bilan munosabati.
XVI-XVIII asrlarda Xorazm tarixi xususida so’z borganda eng avvalo uning siyosiy jihatdan tarqoqligi,ulardagi sulolaviy xon almashinuvlari oddiy xalqning ahvolini ezib qo’ydi.Xususan XVI asrdan boshlab Xiva bir necha bor xonlikning poytaxti deb e’lon qilindi. Hukmdorlarni Dashti Qipchoq vakillariga almashtirishda Shayx Said ota avlodlaridan bo’lgan Said Xisomiddin harakat tashkilotchilaridan biri bo’lgan. U boshchiligida Jo’ji avlodidan bo’lgan Berka Sultonning o’g’li Elbarsxon Vazir shahriga taklif etildi. Elbarsxon o’z ukasi Beybars bilan Xorazmga kelayotganini eshitgan aholi eroniylarga qarshi qo’zg’olon ko’tarib ularni butunlay qirib tashlashdi. 14
Elbarsxon Vazir shahriga kirib keldi va 1511 yilda Xorazm taxtini egalladi. Vazir yaqinidagi yangi shaharlar va Tirsak kabi aholi yashaydigan eralrni Elbarsxon ukasi Beybars Sultonga ajratib berdi. Hamma shaharlar ham Dashti Qipchoq sultonlariga darhol bo’ysungani yo’q. Urganch, Xiva hokimlari ularga qarshilik ko’rsatishdi. Urganch darug’asi Subhonquli arab Elbars qo’shinlaridan yengilgach, boshqa eroniylar ham o’z jonlarini saqlash maqsadida ko’chib ketishdi. Shoh Ismoilning o’g’lini 1524 yilda o’zbeklarning Urganchda mustahkam o’rnashib, bu hududda anchagina erlarni Sharqda hozirgi Turkmanistonning Janubiy qismini, Eronning shimolida esa Saraxs nohiyasini, Orol va Mang’ishloqni qo’shib olishga imkon berdi. Davlat tepasida Shayboniy Elbars turdi. Biroq davlati mustahkam emas edi va viloyat hokimlari o’zlarini mustaqil hisoblashar edilar. Elbars vafotidan keyin (1525) Xiva taxtida xonlarning muntazam almashinib turishi tezlashdi, uning beshinchi vorisi bo’lmish Avanishxon (1537) hukmronligi davrida Xorazm xonligini Shayboniy Ubaydulloxon bosib oldi. Biroq bu erda mustahkam o’rnashib ololmadi, ko’p o’tmay (1538) Xorazm Avaneshxonning xesh-aqroblari tomonidan ozod qilindi.15 Hojim Sulton (1558-1602) davrida Xorazmni tobe qilishga urinish 1575 yilda Abdullaxon II tomonidan takrorlandi. Lekin niyatiga erisholmadi. Shunga qaramay Xoramni olish uchun kurash davom etdi va nihoyat 1593 yilda uni Abdullaxon egalladi. Biroq Abdullaxonning 1598 yili vafot etishi shayboniylar davlatiga nizo va tartibsizliklar olib keldi. Buning oqibatida Xorazm o’z mustaqilligini uzil-kesil qaror toptirdi. Elbars hukmronlik qilgan Xiva xonligi tasarrufiga Amudaryo etaklaridagi qadimgi Xorazm vohasi shuningdek Mang’ishloqning Abdullaxon tog’lari Dohiston (mashhad, Misriyon va O’zboy), ko’chmanchi turkman hudadlari kirgan Amudaryoning o’z yo’nalishini o’zgartirib Kaspiy dengiziga oqmay qo’yishi (1573-1595) va 15 yil Orol dengizi tomon burilib oqishi natijasida eski o’zan atrofidagi yerlar cho’lga aylandi va bu Xiva xonligi iqtisodi uchun katta talofot bo’ldi. Urganch va uning atroflari unga qarshi qishloqlar cho’lga aylandi, aholi ko’chib keta boshladi. XVII asrda ham xonlikda Darvesh shayxlarining ta’siri katta bo’ldi. Ularning ko’pchiligi oddiy aholiga yaqin bo’lib katta hurmatga ega edi. Hatto ular bilan hukmron sulola vakillari ham hisoblashar, chunki Darvesh shayxlari sulolaviy kurashda faol qatnashganlar. 1622 yilda Shayx ota avlodlaridan biri Arab Muhammadxon (1602-1623) o’g’illariga otasiga qarshi chiqib, uni qo’lga olishadi va ko’zini ko’r qilishga buyruq qilishgan.uning davrida nisbatan siyosiy barqarorlik o’rnatilgach,Xiva haqiqatan ham davlatning poytaxt shahriga aylandi.16Xiva taxtiga o’tirgan Elbars ko’p o’tmay ukasi Asfandiyor tomonidan taxtdan ag’darilgan. Asfardiyorxon hukmronligi (1623-1643) yillarida Xiva xonligida Amudaryo quyi oqimlarida joylashgan orol hokimligi alohida o’rin egallagan. Orol hokimlari bir necha marta Xiva xonligidan ajralib, mustaqil bo’lib olsa ham Xorazm siyosiy hayotida muhim o’rin tutgan. Shu bilan birga sulolaviy kurashlarda turkman qabilalari ham qatnasha boshladi. Ayniqsa, turkman qabilalari yordamida taxtga o’tirgan Asfandiyorxon turkmanlarni o’ziga yaqinlashirib, o’zbek qabilalarini siqib chiqara boshladi. Asfardiyorxon o’limidan keyin xon taxtini uning kichik ukasi Abdulg’ozi (1643-1663) egalladi. Lekin u o’z hukmronligini mustahkamlash uchun uzoq yillar davomida urush olib borishga majbur bo’ldi.
Abdulg’ozining so’zlariga qaraganda, u Arab Muhammadxonning o’g’li bo’lib, 1605 Urganchda tug’ilgan, 6 yoshida onasidan ayrilgan. Abdulg’ozi Urganchda otasi uyida tarbiya topdi17. Otasi uni 16 yoshida uylantirib, Urganch shahrining yarmini Abdulg’oziga yarmini Xabash Sultonga mulk qilib bergan. Arab Muhammadning o’zi esa poytaxtni Xiva shahriga ko’chirgan, Abdulg’ozining 5 ta aka-ukalari bor edi. Xabash hamda Elbars nomli akalari bilan kelisha olmagach, avval otasi yoniga, keyin esa Buxoroga Imomqulixon oldiga ketib qoladilar. Taxtni egallagan Asfandiyorxon taklifi bilan oradan 2 yil o’tgach Xorazmga qaytib keladilar. Akasi unga Urganch hokimligini beradi, lekin aka-uka kelisha olmay qolgach, Turkistonga Imomqulixon huzuriga qochib ketadi. “Shajarai turk” kitobida yozishicha Abdulg’ozi bir qancha vaqt Toshkentda ham yashagan. Sulolaviy kurashlar natijasida Asfandiyorxon Abdulg’ozini Eron shohini Sefi I huzuriga omonat tariqasida jo’natgan Abdulg’ozi Isfahonda nazoratchilar ko’z ostida 10 yil yashashga majbur bo’ldi. Tutqunchilikning 11 yilida Abulg’ozi qochib ozodlikka chiqdi va 3 yil turkmanlar orasida yashadi, 1643 yili akasi Asfandiyor o’limidan keyin Abdulg’ozi xon qilib ko’tarildi. Uning 12 yillik hukmronlik davri turkmanlar va qalmoq qabilalariga qarshi kurash bilan o’tdi. Umrining oxirida Abdulg’ozixon davlat shahridan chetlatib tarixiy kitob yozish bilan shug’ullandi.
“Shajarai-turk”, “Shajarai Tarokima” tarixiy asarlari ma’naviy merosimizning ajoyib yodgorligining hisoblanadilar.
Buxoro xoni Abdulaziz (1648-1680) va ukasi Subxonquli (1680-1705) o’rtasidagi nizodan foydalangan Abdulg’ozi Buxoroga qarshi bir necha urushlar olib boradilar. Xiva askarlari Chorjo’y, Vardonze, Qorako’l, Karmagacha bo’lgan erlarni bir necha bor talashdi. Abdulg’ozixon o’zi rahbarligida 1658 yilda Vardonze talandi.1667 da Buxoroga kirib borishdilar. 1662 yilda Abdulg’ozixon Buxoro xoni bilan sulh tuzdi. Uning o’g’li Anusha (1663-1687) davrida Buxoro xonligiga xarob qilarli hujumlar bo’lib turdi. 1685 yilda uning qo’shinlari Samarqandni zabt etdi. Lekin G’ijduvon yaqinida tor-mor etildilar. Buxoro xoni Subxonqulixon Xivada Anushaxonning o’g’li Ernak boshchiligida fitnachi guruhi tashkil etishga muvaffaq bo’ldi. Anushaxon 1687 yilda ko’r qilindi. Ernak hokimiyatni uzoq boshqara olmadi. 1688 yilda qarshi tomon Subxonqulixondan Xivani Buxoro tarkibiga qo’shib olishni iltimos qildilar. Xon Shohniyozni Xiva hukmdori etib tayinladi. Shohniyoz kuchli homiy topish uchun harakat qildi. 1770 yilda u o’z homiysidan yashirin holda Pyotr I ga elchi yuborib, u orqali xonlikni Rossiya tobeligiga qabul qilishni so’raydi. Pyotr I 1703 yilda yangi Xiva xoni Arab Muhammadga (1707-1714) yorliq yuborib xonlikning tobeligini tasdiqladi. Biroq chinakam tobelik bo’lmadi. Bunday munosabat Pyotr I ning Markaziy Osiyoga e’tiborini tortdi xolos. Xiva xonligining parokandaligi Sherg’ozixon davrida (1715-1728) ayniqsa namoyon bo’ldi. Feodal mojarolar tufayli emiralayotgan davlatning ichki ahvoli qo’shni davlatlarning aralashuvi sababli yanada mushkullashdi.
Pyotr I uyushtirgan A.Bekovich Cherkasskiy ekspeditsiyasi (1714-1717) o’sha paytda Rossiya davlatining Xorazmni o’z ta’siriga olish yo’lidagi dastlabki urinishi bo’ldi. Bekovich Cherkasskiyning 6 mingdan ortiq askardan iborat butun otryadi qirib tashlandi. Shundan keyin Xiva ancha vaqtgacha Rossiya tomonidan hujum bo’lish xavfi ostida yashadi.
Ikkinchi tomondan, Buxoro xoni Abdulfayz orolliklarni Sherg’oziga qarshi qo’zg’atdi, ular esa Buxoroda yashayotgan shaxzoda Temur Sultonni xon bo’lishga taklif qilishdi. Xivada boshlangan o’zaro urush goh u tomon, goh to Sherg’ozi vafotigacha davom etdi.
Temur Sulton butun xonlik hududini o’ziga bo’ysundira olmadi. Sherg’ozidan keyin Elbars xon bo’ldi. (1728-1740) o’sha paytda Afg’oniston va Hindistonga yurish boshlangan Nodirshohning yo’qligidan foydalanib, Elbars Xurosonga bir necha bor yurish qildi va har gal o’lja asirlar olib qaytdi.
Xivaliklarning Xurosonga xurujlari, Xiva feodallarining Buxoro tomoniga o’tib Nodirshohni u Buxoroni bo’ysundirganidan keyin Xorazmga hujum qilishga undadi. U Hazorasp va xonqa qo’lga olingan Xiva xoni Elbarsxon o’ldirildi.
Shu paytda xivaliklar kichik qozoq juzidan bo’lgan Abdulxayrni o’zlariga xon bo’lishga taklif qilishdi. Abdulxayrxon bundan sakkiz yil ilgari rus fuqaroligini qabul qilingan edi. Xiva taxtiga chiqgan kunning ertasiga Abdulxayrxon Nodirshohga maktub yuborish sulh tuzishni taklif qildi. U Xivada hammasi bo’lib olti yoki etti kun xonlik qildi. Nodirshoh to’rt kunlik qamaldan keyin poytaxtni egalladilar.
Xiva askarlarining katta qismi uning qo’shinlari safiga qo’shildi. Barcha qullar, shu jumladan rus askarlari ozod qilinib, ular yo’lga chiqishlari uchun ot-ulov, pul va oziq-ovqat bilan ta’minladilar. Nodirshoh shu bilan o’zini Xorazm xalqiga bosqinchi emas, balki xaloskor qilib ko’rsatmoqchi edi, Xivada Nodirshoh noibi va Eron gornizoni qoldirilib Eron boshqaruvi tizimi o’rnatildi, aholidan “moli omon” solig’i undirildi. 1741 yilda xivaliklar eroniylar hukmronligiga qarshi qo’zg’olon ko’tradilar, bunga Nurali boshchilik qildi. Xivani qo’zg’olonchilar qamal qilib qo’lga oldilar noib va uning garnizoni qirib tashlandi. Xon taxtini Nuralixon egalladi. 18
Nodirshohning o’g’li Nasrulloxonni Xorazmga hujumi sababli Nuralixon cho’l tomonga qochib ketdi. Nodirshoh baribir Xiva xonligini tomomila bo’ysundira olmadi. XVII asrning 40 yillarida bu yerda bir necha xon o’zgardi. 1746 yilda eronliklar Nuralixonni yana xon taxtini egallashga taklif qilishdi. Lekin bu taklifning taxtda bir gap bor edi degan gumon bilan u Xivaga bormadi. Nuraliga g’anim oiladan bo’lgan Botirning o’g’li qozoq sultoni Kaip (Tolib) xon bo’ldi. Kaip (1747-57) xon hokimiyat obro’sini oshirishga harakat qilib ko’rdi. U o’zbek zodagonlarining boshlig’i katta obro’-e’tiborli otaliq Huzurbekni chetlashtirdi, o’z g’animlarining ko’plarini yo’q qildi, lekin baribir markaziy hokimiyatni bo’ysundirishga erisholmadi. Nuralixon davridanoq joriy etilgan favqulotda og’ir soliqlar umumiy norozilik va qo’zg’olon ko’tarishga sabab bo’ldi. Natijada soliq yig’uvchilar o’ldirildi va xon yo’lga qochishga majbur bo’ldi.
Xiva xoni Kaipning ukasi Abdullaxon bo’ldi. Uning davrida ro’y bergan isyondan foydalangan Buxoro amiri Muhammad Rahim o’z odami Temur g’ozixonni Xiva taxtiga o’tkazdi. Shu paytdan boshlab tez-tez o’zgarib turgan xonlar aslida hokimiyatni qo’ldan berib qo’ydilar. Ularning tomonidan 1763 yildan boshlab o’zbeklarning Qo’ng’irot qabilasidan bo’lgan inoqlar hukmronlik qildilar. Bu soxta xonlarining kelib chiqishi uncha aniq emas. Ular asosan o’zlarini chingiziyxon avlodi deb hisoblovchi qozoq sultonlari orasidan saylanardi.
Xonlik iqtisodiyoti avvalo feodal tarqoqlikdan zarar ko’rardi. Markaziy hokimiyatning zaifligi qabila boshliqlariga ham dehqon aholini surbetlarcha talash imkonini beradi. Odamlar bosqinlardan qutulishi uchun qo’shni mamlakatlarga qochib ketardi. Arqilar qarovsiz qolib ko’pgina erlar tashlandiq holatga tushib qoldi.
Xonlik poytaxti Xivada aholining soni keskin qisqardi. Shular natijasida feodallarning o’zaro urushlar va qabilalar o’rtasidagi mojarolarni to’xtata oladilar markazlashgan feodal manarxiyasini tuzish zarurati vujudga keldi.
XVII asrning 60 yillarida Xiva xonligida hokimiyatni o’zbek qo’ng’irotlari asta-sekin o’z qo’llariga ola boshladilar. Ular badavlat shaharliklar va ruhoniylarni qo’llab-quvvatlashga erishdilar. Inoq Muhammad Amin (1763-1790) 1770 yilda turkmanlarning 1782 yilda esa buxoroliklarning hujumlarini daf eta oldi. 1804 yilda Xivada qo’ng’irotlar sulolasi amaldagina emas rasmiy ravishda ham hukmron bo’lib qoldi.19
Xiva inoqi Muhammad Amin mustaqil feodallarni bo’ysundirgandan so’ng Xiva xonligida xo’jilik va savdo ishlari asta-sekin yo’lga tusha boshladi. Qochib ketgan odamlar o’z joylariga qaytib kela boshladilar. Qishloq xo’jaligi va hunarmandchilik asta-sekin tiklana boshladi.
Muhammad Rahim I (1806-1825) Xiva xonligini birlashtirishni nihochsiga etkazdi. U soliq islohotini o’tkazdi, o’lponlarni muntazam undirish yo’li bilan davlat daromadini oshirdi, bojxona joriy etdi va oltin pul zarb qilishni yo’lga qo’ydi. U feodalllar o’rtasidagi mojarolarga chek qo’yib, ularning erlarini birlashtirdi. Orol eli qattiq qarshilik ko’rsatdi. Chunki bu erda Muhammad Rahimga dushman bo’lgan feodal guruhlari to’plangan edi. 1811 yilda oroliklar mag’lub bo’lib, bu erlar ham xonlik tarkibiga qo’shildi. Muhammad Rahim (dushman bo’lgan feodal guruhlari to’plangan edi) qoraqalpoqlarni ham bo’ysundirdi.
Ular XIX asr boshlarida Xiva xonligining shimoli-sharqiy tomonida mustaqil bo’lsalarda xonlik aholi bilan iqtisodiy aloqalar qilib turishardi.
Muhammad Rahimxonning vafotidan so’ng uning o’g’li Olloqulixon (1825-42) taxtga chiqdi. Bu davr o’zaro urushlarga boy bo’ldi. Xonlik shimolida yarim ko’chmanchi turkman qabilalardan taka, ali, salar va boshqalar kuchaydi. Xiva xonlari qariyb har yili Xurosonga qarshi yurishlar qilishar (Olloqulixonning o’zi 5 marta yurish qilgan) har yili talonchilik bosqinlari esa bu hisobga kirmasdi.
Muhammad Aminxon (1845-1855) Xuroson va Marvga 10 martadan ko’proq yurish qilgan. Saraxsni qamal etishda tor-mor etilib, o’zi ham halok bo’lgan. Buxoro bilan munosabat hamisha dushmanlik ruhida bo’lgan, har ikki xonlik ham Marvga davvo qilar edi.
XIX asrning birinchi yarmi mobaynida turkman, o’zbek, qozoq va qoraqalpoq beklarining xonlik hokimiyatiga qarshi chiqishlari hech tinmadi.
Muhammad Aminxon halok bo’lganidan keyin 1856 yili turkmanlarga qarshi yurish vaqtida Saraxsdan qochgan qo’shin Abdullani xon qilib ko’tardi. Lekin u 6 oydan so’ng turkmanlar qo’lida o’lgandan so’ng Qutlug’ Murod xon deb e’lon etilgan edi. Yovmutlar va qozoqlar uni tan olmadlar. Yovmutlar Otamurodni qoraqalpoq va qozoqlar Jorliq to’rani xon qilib ko’tarishadi. Turkmanlar Xivani bosib olib Qutlug’ Murodni o’ldirishdi. Hokimiyatsizlik davri vujudga kelib ochlik boshlandi. Yuqumli kasalliklar boshlandi.
1856 – 64 yillarda Said Muhammad xon bo’lib turkmanlar va qoraqalpoqlarni tor-mor qildi. Jorliq to’rani o’ldirdi. Xonning shavqatsizligi oqibatida qoraqalpoqlarning bir qismi Buxoroga va ruslarning qo’li ostidagi erlarga ko’chib ketdi. 20
1859 yili orol bo’yi qabilalarining mustaqilligini tiklashga urinib ko’rdi. Bu erda hukmdor deb e’lon qilingan Muhammad Panoq turkmanlar bilan yaqinlashdi, ruslarning homiyligiga o’tishga harakat qila boshladi. 1859 yili Orenburgga Muhammad Panohning elchilari yetib kelishdi. Orenburg general-gubernatori Sirdaryo flotining boshlig’i Butakovga Amudaryo mansabiga o’tishni buyurdi. Xiva xoni kelib Qo’ng’irotni qamol qildi va Butakovni flotiyasini ko’rganidan keyin Xivaga shoshildi. Butakov ham Sirdaryoga qaytdi. Orol hokimiyati esa Xiva xonini tan oldi. Orolliklarning qo’zg’oloni shu tariqa barham topdi.
Said Muhammadning vorisi Said Muhammad Rahimxon II davrida, 1873 yili Xiva general Kaufman qo’shinlari tomonidan bosib olindi va Rossiya tarkibiga tobe davlatga aylandi.21
Do'stlaringiz bilan baham: |