Mavzu: XVI-XVIII asrlarda Xorazm va қoraқalpoқlar


I.2. Xonlik aholisi va hududi



Download 171,66 Kb.
bet8/13
Sana09.09.2021
Hajmi171,66 Kb.
#168888
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
xvi-xviii aslarda xorazm va qaraqalpoqlar

I.2. Xonlik aholisi va hududi.
Geografik jihatdan Xorazm o’zaro katta qum sahrosi bilan bo’lingan Amudaryo suvi bilan sug’oriladigan suv bo’yi deb nomlanuvchi viloyatlardan tashkil topgan edi. XIX asrning 40 yillaridagi ma’lumotlarga ko’ra “Xiva xonligining hududi o’n to’qqiz ming kvadrat milga etib, bu erda to’qqiz yuz mingga yaqin aholi yashardi”. Xorazmga tegishli yerlar yetmish tumanga bo’lingan edi.

Xiva xonligining chegaralari barqaror emasdi, u davlartdagi va qo’shni mamlakatlardagi siyosiy ahvolga qarab o’zgarib turardi. Xonlik qozoq xonlarining erlari, Eron va Buxoro amirligi bilan chegaradosh edi. XVIII asrdan boshlab uning Rossiyaga qaram yerlar bilan umumiy chegaralari vujudga keldi.22

Xiva xonligining hududi XIX asrning butun birinchi yarmi mobaynida doimo o’zgarib turdi. Turkman, qozoq, qoraqalpoq aholisi yashaydigan yangi tumanlar va viloyatlar xonlik tarkibiga qo’shilib, Xiva chegaralari ancha kengaydi.

Xiva xonligining aholisi etnik, madaniyat va til jihatidan bir-biridan keskin farqlanuvchi uch guruhga bo’linadi.

1.O’ziga ko’plab chetdan kelgan unsurlarni singdirgan va til bo’yicha turkiylashgan qadimgi xorazmliklarning bevosita avlodlari. Ular dehqonchilik hamda savdo-sotiqni yaxshi bilishgan.

2.O’troq aholisi bo’lgan tumanlardan g’arb va janub tomonlarda joylashgan turkman qabilalari.

Ular asosan chorvachilik bilan shug’ullangan, na shahar va na qishloqlar bunyod etishgan. Turkmanlar er-mulklardan umumiy daromadlarning o’ndan bir ulushi miqdorida shuningdek chorva mollaridan soliq to’lashgan. Adoqli, Hizr eli qabilalari esa o’lpon (qo’y) bilan ta’minlab turgan.

3.Dashti Qipchoqdan Xorazmga Elbars bilan birga ko’chib o’tgan ko’chmanchi o’zbeklar, ular qabilalarga bo’linib, yarim ko’chmanchilik bilan hayot tarzini saqlab qolishgan va to’rtta asosiy guruhga bo’lingan. Qiyot-qo’ng’irot, uyg’ur-nayman,, qang’li-qipchoq va nukus-mang’it.

Ayrim manbalarda esa:Xorazmdagi o’zbek qabilalari to’rt asosiy guruhga bo’linar,ular turli urug’larga mansub murakkab uyushmalarni tashkil qilar edi.Har bir uyushma boshida inoq turardi.Xiva xonligi turmushida inoqlar alohida mavqe tutar,ular boobro’ amaldorlar bo’lib,xon saylashda hal qiluvchi gapni aytardi.XVIII asrning ikkinchi yarmida Muhamad Amin inoq ko’zga ko’ringan arbob edi.U chingiziy shahzodalar nomidan davlatni boshqara boshladi,shu paytga kelib shahzodalarning ta’siri asta-sekin pasaya boshladi.23

Hukmron tabaqalar, oddiy xalqlardan (qorasuyak) farqlik o’laroq “oq suyaklar” yarim feodal qabila zodagonlari bo’lib, ularning qo’lida juda katta boylik va qullari asosan asirga tushgan eroniylar va ruslar to’plangan. Zero XVI asrda Xorazmda ishchi kuchiga ehtiyoj katta bo’lgan.

XVI asrda Xorazm ham markazlashgan davlat darajasiga yetmagan, bu erda urug’chilik tizimining asoratlari ham kuchli edi. Davlat xon avlodiga qarashli bo’lgan. Hukmron sulolada urug’ oqsoqoli xon deb e’lon qilingan. To’la mo’g’ul udumlari saqlanib qolingan xon deb e’lon qilingandan keyin uni amirlar, musulmon ruhoniylari yaqin qarindoshlari oq kigizga o’tkazishib ko’tarilgan,xonning urug’lari va xesh-aqrobalari ulushi sifatida viloyat va shaharlarni idora qilingan, ayni paytda mustaqil bo’lishga intilishgan.

Xon hokimiyati qabila zodagonlari bilan cheklangan. Nizolar va feodal urushlar deyarli tinmagan. Feodal tarqoqlik davrida har bir shahzoda o’z mulkida mustaqil boshqaruv mahkamasiga ega bo’lgan.

Xiva xonligining boshqaruv tizimi asosan Buxoro va Qo’qon xonliklaridek bo’lib, farqi XIX asr boshlaridan xon huzurida kengash (Devon) bo’lgan. Eng yuqori amaldorlardan tashkil topgan kengash vakolati cheklangan. Asosiy qarorlar xon tomonidan qabul qilingan bo’lsa-da, amaldorlarning xonlik boshqaruvchida mavqei baland edi.24 Mansab va unvonlar, harbiy mavshuriy harbiy va diniy toifalarga bo’lingan. Inoq, otaliq, biy, amir ul-umaro, mehtar, qushbegi, beklarbegi, devonbegi va boshqa unvon va mansablar xonlik iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, harbiy hayotida muhim o’rin tutgan.

Xonlik sud ishlari, asosan diniy ulamolar qo’lida bo’lib, ularning mamlakat hayotida ta’siri kuchli bo’lgan.

Xonlikda davlat tili o’zbek tili bo’lib, Buxoro va Qo’qondan farqli o’laroq, barcha farmonlar, davla hujjatlari faqat o’zbek tilida yozilgan.

XVI-XVII asrlarda Xiva xonligining ma’muriy jihatdan bo’linishi viloyat deb atalgan bo’lsa, XVIII asrdan beklik deb atala boshlangan. Dastlab xonlikda 16 ta viloyat, 2 ta noiblik bo’lgan bo’lsa, keyinchalik viloyatlar soni 22 taga yetgan. Ularni xon tomonidan tayinlangan hokim va noiblar boshqargan. Xiva shahri esa xon va bosh vazir tomonidan boshqarilgan.

Ijtimoiy hayotda xon va uning amaldorlari va diniy ulamolarning mavqei juda yuqori bo’lib, iqtisodiy hayotning asosini tashkil etuvchi er ham asosan, ular qo’lida bo’lgan kam yerli va yersiz dehqonlar ulardan ijaraga yer olib ishlaganlar va ularning ahvoli juda og’ir bo’lgan. Sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik mamlakat iqtisodiyotida muhim o’rin tutganligi uchun Amudaryodan chiqarilgan kanallardan qazish davlat ahamiyatiga molik ish hisoblangan. Shuningdek chorvachilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq ham iqtisodiy hayotda katta ahamiyatga ega bo’lgan.

Xonlik harbiy qo’shinlar va qurol aslahasini yaxshilash juda past darajada bo’lgan. Qo’shinni ko’proq yarim ko’chmanchi turkmanlar tashkil etgan. Oldingi davrlardagi harbiy sohadagi ijobiy tajribalar rivojlantirilmay tashlab qo’shilgan.

Xiva xonligi Buxoro, Qo’qon, Eron va Rossiya kabi qo’shni davlatlar bilan savdo-sotiq ishlarini olib borgan. Soliqlar barcha musulmon davlatlarnikidek Xiroj, zakot, boj va juzyadan iborat bo’lgan. Shu bian majburiy mehnatning ba’zi turlari ham amalga oshirilgan.

Boshlang’ich maktabda o’qish yozishni o’rgangan bolalar madrasalarda o’qitilgan. XIX asrda Xiva xonligida 1500 ga yaqin boshlang’ich maktab va 103 madrasa mavjud bo’lgan. Xiva mahrining o’zida 22 ta madrasa bo’lgan. Bu davrda Xiva xonligida adabiyot, tarixnavislik, xattotlik, musiqa san’at, me’morchilik va madaniyatning boshqa sohalarida muayyan yutuqlar qo’lga kiritilgan.

Munis, Ogahiy, Feruz, Komil Xorazmiy, Kamron, Bayoniy, Xisraviy, Murodiy, Rojiy, Mutrib, Xonaxarobiy Lafasiylar asarlari o’zbek adabiyoti rivojida o’ziga xos o’ringa ega edi.

Tanbur chizig’i notasini yaratgan Komil Xorazmiy “Maqomi Feruz Shohiy” asari “Panjgoh” maqomi bilan o’zbek millati san’atiga beqiyos hissa qo’shgan.

Abulg’ozixon “Shajaroi turk”, “Shajarai tarokima” asarlari bilan Xorazm tarixnavislik maktabini boshlab bergan bo’lsa, Munis va Ogahiy tarixnavislik va tarjimonlik maktabini yaratib “Firdavs ul-iqbol”, “Zubdat ut-tavorix”,“G’iyos ud-davlat”,“Jome ul-voqeoti sultoniy”, “Shohidi ul-iqbol” asarlari bilan tarix ilmini rivojlantirdilar. Bayoniyning “Shajarai Xorazmshohiy”, “Xorazm tarixi” asarlari vatanimiz tarixini o’rganishda muhim manbalaridir.Bayoniy,asosan yirik tarixchi olim,Munis va Ogahiylarning davomchisi sifatida shuhrat qozondi.Bu sohada u ikki yirik asar yaratdi.25

Xorazm me’morchiligi jahonga ko’z-ko’z qilinadigan obida, asori atiqalarning eng ajoyib mo’jizalaridir. Bu buyuk san’at asarlari ana shu davrda bunyod etilgan. Anushaxon hammomi, Sherg’oziyxon madrasasi, Muhammad Amin madrasasi, Qo’hna Ark, Tosh hovli, Karvonsaroy, Islomxo’ja minorasi, Qal’a devori, Nurilloboy saroyi... bu ro’yxatini uzundan-uzun davom ettirish mumkin. Bu me’moriy san’atning har biri alohida bir dunyo, har biri jahonshumul ahamiyatiga ega bo’lgan mo’jizadir. Bularning barchasi Xorazm zaminida umrguzaronlik qilgan mehnatkash, vatanparvar, ijodkor xalqning buyuk dahosidir. Bu madaniyat durdonalari Xorazm xalqini mangulik va abadiylikka daxldor qilib qo’ygan.



Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, XVI asrda Xorazm hali markazlashgan davlat darajasiga yetmagan, bu yerda urug’chilik tuzumining asoratlari hali kuchli edi. Davlat xon avlodiga qarashli bo’lgan.Hukmron sulolada urug’-oqsoqoli xon deb e’lon qilingan.To’la mo’g’ul udumlari saqlanib qolingan.Xon deb e’lon qilinganidan keyin, uni amirlar,musulmon ruhoniylari yaqin qarindoshlari oq kigizga o’tkazishib ko’tarishgan.Xon hokimiyati qabila zodagonlari bilan cheklangan.Nizolar va feodal urushlar deyarli tinmagan.Feodal tarqoqlik davrida har bir shahzoda o’z mulkida mustaqil boshqaruv mahkamasiga ega bo’lgan.XVI-XVIII asrlardagi Xorazm siyosiy hayoti tarqoqlikdan iborat bo’lgan.Bu siyosiy tarqoqlik esa o’z navbatida xonlikning zaiflashuviga,xalqning xong nisbatan ishonchsizligiga olib kelgan.Lekin shunday paytda ham xonlikda madaniy hayot to’xtab qolmadi.Siyosiy tarqoqlik davrida ham Xivada aholining 27 ta hunarmandchilik kasbi tilga olinadi.26

1820-yilgi Negri missiyasi hujjatlarning birida “Men Germaniyaning o’zida dalada ishlovchilarning Xivadagidek mirishkorligini ko’rmaganman”-deb bayon etiladi.Bu ham xalqning mehnatsevrligi,tirishqoqligi, siyosiy parokandalik davrida ham kasd-hunar bilan shug’ullanib,savdo-sotiq asosiy rol o’ynay boshlaganligini ko’rishimiz mumkin.




Download 171,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish