Mavzu: So‘zlashuv nutqida psixolingvistik va pragmalingvistik ma’no ifodalanishi



Download 129,5 Kb.
bet1/8
Sana01.01.2022
Hajmi129,5 Kb.
#288292
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Gavhar Xabibullayevaning Pragmalingvistikadan tayyorlagan dars ishlanmasi




Mavzu: So‘zlashuv nutqida psixolingvistik va pragmalingvistik ma’no ifodalanishi
Reja:


  1. Leksemalarning nutq ko'rinishlariga xoslanishi

  2. Nutq yaratilishining psixolingvistik talqini

  3. So‘zlashuv nutqida pragmatik ma’noning ifodalanishi.

4. Ma`noli birliklarning ikki yo`nalishda o`rganish

Leksemalarning nutq ko'rinishlariga xoslanishi haqida gap ketganda, ularning badiiy asar tilida qo'llanishini alohida baholash kerak, chunki badiiy nutq bilan badiiy asar tili bir hodisa emas: badiiy nutq adabiy nutqning bir ko'rinishi. u albatta adabiy til me’yorlariga bo'ysundiriladi; badiiy asar tilida esa adabiy til me'yorlaridan chetga chiqish holatlari ham kuzatiladi: badiiy asardagi obraz va personajlar tilining tipiklashtirilishi shuni taqozo qiladi, demak, badiiy nutq badiiy asar tilining yetakchi komponenti, ammo yagona komponent emas. Unda badiiy nutq bilan parallel ravishda, asardagi maqsad va vazifalardan kelib chiqib, so'zlashuv nutqi qoliplari va element- laridan, umumnutq qatlam so'zlaridan ham foydalaniladi: muallif nutqi, muallif tili shaklida berilayotgan bayon va izohlar, asosan, adabiy nutq me’yorlariga tayanadi (so'zlarning tanlanishi ham shunga asoslanadi), obraz va personajlar tilida esa funksional uslubning barcha turlaridan foydalaniladi.

So‘zlashuv nutqi navbatda dialogik, monologik nutq ko‘rinishlari shaklida yuzaga chiqadi. Shuning uchun ham so‘zlashuv nutqiga xos bo‘lgan yetakchi nutqiy shakl birdan ortiq, ya’ni ikki yoki undan ortiq kishilarning o‘zaro so‘zlashuvi, fikr olishuvlarida yuzaga keluvchi holatdir. Demakki, so‘zlashuv nutqi uchun yetakchi nutqiy forma dialogdir .So'zlashuv nutqida fikr ifodasi ancha erkin bo'ladi, unda adabiy nutqqa xos bo'lmagan oddiy so'zlar (qittay, ketvorgan...), dialektizmlar (opoqi, opog'oyi, katlapo'sh...), jargonizmlar (loy, yakanf satil....), salbiy emotsiya ifodalovchi so'zlar (bashara, tirjaymoq...), vulgarizmlar (go'rso'xta, to'nka, so'ta, ...), laqablar (Bo'tqa, Burun ...), ba’zan, hatto o'zbek tiliga o'zlashmagan, demak, o'zbek tili birligi darajasiga yetmagan boshqa til so'zlari (alkash, bratan, molodes kabi varvarizmlar) ham qo'llanadi.

So'zlarning fonetik tarkibida, grammatik shakllarida nutq ko'rinishlariga xoslanish:

1. So'zlashuv nutqida, ayniqsa, oddiy (jonli) so'zlashuvda:

a) so'z, so'z formalari va so'z birikmalari tarkibidagi ayrim tovushlar (ba’zan bir necha tovush) tushib qoladi: obor(< olib bor), aytvor(< aytib yubor), pasqam (pastqam), bolla (bolalar), mashu (< mana shu) kabi;

b) ba’zi tovushlarning so'z tarkibidagi o'rni almashadi (so'zning metatezaga uchragan shakli qo'llanadi): turpoq (< tuproq), tervat (tebrat), to'rg'amoq (< to'g'ramoq) kabi;

d) bir tovush o'rnida boshqa tovush (fonemaning fakultativ varianti) qo'llanadi: kegin (< keyin), shoyi (< shohi), ko'ynak (< ko'ylak), qalmoq (< qarmoq) kabi;

e) so'z boshida, o'rtasida yoki oxirida tovush orttiriladi: o'ris (< rus), ishkop (< shkaf), tanka (< tank), banka (< bank) kabi; 0 so'z tarkibidagi ayrim unlilar uslubiy maqsadda cho'ziladi: ho-o-zir, ka-a-a-atta, ayta qo-o-l, jo-o-onim kabi;

g) so'z tarkibida bir xil undoshlar qavatlantiriladi, bunda so'z urg'usining o'rni ham ko'pincha o'zgartiriladi, shu tariqa leksemaning ma’nosida ta’kidlash, erkalatish, yalinish, ma’noni kuchaytirish kabi ottenkalar ifodalanadi: maza — mazza, yasha — yashsha kabi;

h) so'zlashuv nutqida kishi nomlarining, so'z yoki so'z birikmalarining qisqartirib talaffuz qilinishi ham uchrab turadi: Dilor(< Dilorom), Muqad (< Muqaddas), Guli (< Gulnora), Dilfuz (< Dilfuza), kilo (kilogramm), marshrutka (< marshrutli taksi), metro (< metropoliten) kabi;

i) so'zlashuv nutqida intonatsiyaning ham o'ziga xos o'rni bor: nutqiy vaziyatga qarab u tez-tez o'zgarib turishi, bunda xabar-darak, so'roq, buyruq mazmuni, taajuub, gumon, qat’iylik kabi ma’nolar ifodalanishi mumkin;

j) fe’lning -b (-ib) affiksi bilan yasalgan ravishdosh shakli hamda «-gan» affiksi bilan yasalgan sifatdosh shakli edi to'liqsiz fe’li bilan birga kelganda «-uvdi», «-gandi» shakllarida qo'llanadi: aytuvdi (< aytib edi), boruvdi (< borib edi), yozuvdi (< yozib edi), aytgandi (< aytgan edi), borgandi (< borgan edi), yozgandi (< yozgan edi) kabi;

k) so'zlarning subyektiv baho shakllariga keng o'rin beriladi: akajon, Lolaxon, dadamlar, yigitcha, qizaloq kabi.

So‘zlashuv nutqi kundalik hayotimizda amal qiluvchi nutq ekan uning
turlari, ko‘rinishlari, qo‘lanishi, ishlatilish doirasi jihatidan kengdir. So‘zlashuv
nutqining ana shunday ko‘rinishlaridan biri so‘zlashuv nutqining yuzma-yuzligidir.


Download 129,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish