-Esonmisiz, sarupolar muborak!
Kumushbibining qizlarg’a bergan javobi eshitilar-eshitilmas edi:
-Qutlug’... (A. Qodiriy)
So’zlashuv nutqida ota-ona va farzand, ustoz va shogird, katta yoshdagi
kishilar va yoshlar, turli kasb egalari (shifokor, sotuvchi, usta, sartarosh, shafyor va
hokazolar) ning o’zaro muomalasida hurmat tamoyiliga alohida e’tibor qaratiladi.
So‘zlashuv uslubiga xoslangan oddiy muomalaga oid so‘zlarga
quyidagilarni kiritish mumkin: tuzuk, binoyiday, nozaninday, avliyo, poshaxon,
bijildoq, kelishgan, xushqomat, almoyi-aljoyi, avom, vojib, gardun, gumbaz,
xo‘jayin, do‘ndirmoq, minnat, mirquruq, naynov, xoin, savil, tepsa tebranmas,
karmon ko‘tarmaydi, gumonasi bor, dumbul odam va boshqalar.
Nutqda shaxslarni atash, ularga murojaat qilish, ularni ta’riflash, chaqirishda
ma’lum tartib va qoidalar mavjud.So‘zlashuv uslubining xarakterli
xususiyatlaridan biri keltirilgan qonun va qoidalardan chetga chiqish hollarining
mavjudligidir.
Leksema sememasining tuzilishiga ko’ra turli darajadagi ma’no nozikliklari
nutqdagi pragmasemantik vazifasiga ko’ra uch guruhga ajratiladi: betaraf (neytral),
uslubiy bo’yoqdor va nutq vaziyati bilan aloqador ishora vazifasini bajaruvchi
shaklan leksema, mazmunan esa ichi bo’sh so’zlar: bu, shu, u, o’sha, hamma, ya’ni
mazmuni kishilar xotirasidagi tushunchalar bilan bog’lanmaydigan so’zlardir.
Leksema sememasining tarkibiy qismlarida neytral, uslubiy bo’yoqdorlik va
ularning nutqdagi qo’llanish vazifasiga ko’ra his-hayajon belgilarining (leksema
sememasiga xos his-hayajon semantikasi) mavjud yoki mavjud emasligi bilan
lingvistik pragmatikaning zahirasi sanaladi. Bularning barchasi nutqdagi
funktsional qo’llanishda so’zlovchining munosabatini ifodalash vazifasiga ko’ra
emotsional va neytral pragmatik maydonga umumlashadi.
Barcha nutq turlarida so’zning pragmatic funksiyasi ko’chimlar vositasida
yuzaga chiqishi mumkin. Ayniqsa, so’z ma’nosining ko’chishi hodisasi so`zlashuv
nutqi uchun xarakterli hodisa bo`lib, u tasvirlanayotgan voqea-hodisani
individuallashtirish, baholashda qo`l keladi. So`zlashuv uslubida ma`noning
barqaror ko`chishi natijasida jonli obrazlilik saqlanadi. So`zlashuv uslubidagi
ko`chma ma`noli so`zlar adabiy tildagi ma`no xususiyatlariga nisbatan alohida
obrazlilikka va ekspressivlikka egaligi bilan ajralib turadi. Subyektning obyektga
munosabatini ifodalovchi sema konnotativ ma’no, deb qaraladi. Konnotativ
ma’noning ham ikki muchasi mavjud. Birinchi mucha grammatik ma’no, ikkinchi
mucha subyektiv munosabat. Pragmatik ma’no o’ziga oid bo’lgan leksemani
qo’llovchi xalq ruhiyatini aks ettirib turadi. Shunday ekan, u leksik ma’noning
milliyligini ta’minlovchi asosiy vosita bo’lib qoladi. O’zbek tilida nutqiy
protsessda metafora hosil bo’lar ekan, bu hodisa hosila sememada pragmatik sema
hosil bo’lishi bilan xarakterlanadi. Masalan, sher, burgut, qashqir, lochin, ohu
leksemalarining shaxs bildiruvchi semema, charos, la’l, bodom, gul
leksemalarining kishi a’zosini bildiruvchi semema hosil qilishi metafora bo’lib, mazkur hosila sememalarda pragmatik sema yuzaga keladi. Hosila semema
tarkibida pragmatik semaning yuzaga kelishi metafora hodisasi bilan emas, balki
uning yuzaga kelishiga sabab bo’luvchi o’xshatish konstruktsiyasini tuzish
maqsadi bilan bog’liqdir. O’xshatish konstruktsiyasini tuzish maqsadi jsa
pragmatikani, ya’ni denotatga nisbatan sub’ektiv munosabatni yuzaga chiqaradi.
Metaforaning o’zi o’xshatish konstruktsichsi etalonida qolgan komponentlarning
nutq imkoniyatiga ko’ra implitsit ifodalanishidir.
Masalan: buruqsamoq (nojo`ya gaplar gapirmoq), diydiyo (dard-hasrat),
Do'stlaringiz bilan baham: |