Mavzu: So‘zlashuv nutqida psixolingvistik va pragmalingvistik ma’no ifodalanishi



Download 129,5 Kb.
bet3/8
Sana01.01.2022
Hajmi129,5 Kb.
#288292
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Gavhar Xabibullayevaning Pragmalingvistikadan tayyorlagan dars ishlanmasi

Nutqning so`zlovchi va tinglovchi ijtimoiy mavqeiga ko`ra ixtisoslashuvi.
Bu jarayonda nutqning asimmetrik ko’rinishi yuzaga keladi. Ijtimoiy mavqei yuqori shaxs nutqida o’ziga bino qo’yish, mensimaslik ottenkalari, ijtimoiy mavqei quyi bo’lgan kommunikant nutqida tobelik ottenkalari sezilishi mumkin: Ikki mirshab mingboshini yechintirmoqqa boshladi. Mingboshi hali ham boyagi kulishida davom etardi: Obbo betavfiq-ey. Namozshomda uxlaganini! Mehmon- xonadan ko'zlariniuqalay-uqalay Miryoqub chiqib keldi. U, hali ayvondan tushmay turib: Hormang, xo'jayin! — deb qichqirdi. Mingboshi yana o'sha kulish bilan o'tirgan joyida unga tomon evrildi:
Ha, xudo bexabar! Nima bu bemahal uyqu? Namozshom paytida ya! Masalan, o’zbek xotin-qizlari nutqiga xos aylanay, girgitton, o’rgilay, qoqndiq kabi so’zlar ijobiy ma’no nozikligini ifodalovchi leksik vosita sanaladi. Ular ko’proq keksa ayollar tomonidan qo’llanadi. Xotin-qizlar nutqining individual xususiyatini voy
undovining qo’llanilishi asosida ham oydinlashtirish mumkin.

Ma’lumki, leksemaning tashqi shakliy jihati uning mohiyati uchun ahamiyatsiz bo‘lib, sistem tilshunoslik leksemalarning ichki mazmuniy tomoniga asosiy e’tiborni qaratadi va xususiyliklarning umumlashmasi sifatida shakl va mazmun aloqadorligini tahlil qiladi. Bu fikr nazariy adabiyotlarda ham alohida ta’kidlanadi. Jumladan, “tashqi nutqning aniq moddiy shakli nutq vaziyati bilan, so‘zlovchining maqsad va imkoniyatlari bilan belgilanadi… Sistem tilshunoslik nomemalarga ko‘p ham e’tiborini qaratmaydi. Nomemaning aniq shakli nutq sharoiti bilan belgilanadi va u leksemaning mohiyatiga ta’sir etmaydi.”

Tilshunoslikning alohida bo‘limi sifatida shakllanayotgan psixolingvistika, kommunikativ tilshunoslik, ijtimoiy tilshunoslik, lingvogeografiya va uslubshunoslik sohalarini umumlashtiruvchi lingvistik pragmatika yo‘nalishi, asosan, leksemaning ichki mazmuniy tomoniga e’tibor berib, uning nutqdagi pragmafunksional belgilarini tadqiq etadi. Shu jihati bilan pragmatika sistem tilshunoslik yo‘nalishi bilan uzviy bog‘lanadi. Leksemaning ichki mazmuniy tarkibi lingvistik pragmatika uchun moddiy baza hisoblanadi, lingvistik pragmatika ham asosan leksema sememalari yuzasidan ish ko‘radi. Pragmalingvistikani tilshunoslikning mustaqil sohasi sifatida ajratish va uning o’zgarish ob’ekti, predmetini aniqlash uchun lisoniy birliklardan turli kommunikativ muhitda pragmatik qiymati, “bahosi”, mundarijasining namoyon bo’lishini taminlovchi omillarni izlamoq darkor. Lisoniy birliklardan har qanday sharoitda namoyon bo’ladigan belgilari ularning ontologik vazifaviy (funksional) xususiyatlari na’munasidir. Shunday qilib, pragmatikaning umumiy ta’rifini quyidagicha tasavvur qilish mumkin: pragmatika tilshunoslikning alohida sohasi bo’lib uning tadqiqot doirasida muloqot jarayonida lisoniy birliklarni tanlab olish, ularni qo’llash hamda ushbu qo’llanishdagi birliklarning muloqot ishtirokchilariga ta’siri masalalari o’rganiladi. Ushbu qoidalar kommunikatsiya shartsharoitlariga nisbatan, keng ma’nodagi kontekst sifatida o’rganiladi. Lisoniy hodisalarning bu yo’sindagi tahlili ularning qo’llanishidagi u yoki bu muhitda mavjud bo’lgan to’siqlar, chegaralanishlarni ham aniqlashga imkon beradi. Lingvistik tahlilning asosiy g’oyasi ham lisonning tabiatini uning amaliy faoliyatda qo’llanishiga nisbatan yoki boshqacha aytganda, bajarayotgan vazifasi doirasida aniqlashdir. Aynan vazifa (funksiya) tushunchasi lison tahliliga pragmalingvistik yondashuvning poydevoridir. Aminmizki, pragmalingvistikaning xuddi shu yo’nalishdagi taraqqiyoti nazariy tilshunoslik va amaliy kommunikatsiya o’rtasida mavjud bo’lib turgan “uzilish”larni bir oz toraytiradi.

So‘zning ma’nolar jilosi nutqda namoyon bo‘ladi, chunki so‘z imkoniyat sifatida tilda mavjud bo‘lsa, faoliyat sifatida nutqda ishtirok etadi.

Pragmatik presuppozitsiyaning matnga xosligi, kontekstga oidligini e’tirof etgan holda lisoniy birliklarning gapi ko’p ma’noliligi, ularning turli matn muhitlarida (nutqiy vaziyatlarda) turlicha mazmun ifodalash imkoniyatiga ega bo’lishini ham unutmaslik lozim. Xuddi shuningdek, nutqiy tuzilmalar ham turli mazmundagi umumiy bilim (axborot) ni ifodalash qudratidan mahrum emasdirlar. Shuning uchun ayrim tilshunoslarning nutqiy birlik sifatida qaralayotgan gap imkoniyatidagi presuppozitsiyalar (potential presupposition) to’plamiga ega va kontekstda namoyon bo’layotgani esa faollashgan presuppozitsiyadir (actual presupposition), degan fikriga (Gazdar 1980) qo’shilmoq kerak. Bu holda kontekst muloqot ishtirokchilari uchun ma’lum bo’lgan imkoniyatlar to’plamidan faqatgina birini tanlab olish imkonini beradi va bu propozitsiya barcha uchun umumiy, mazmuniy qarama-qarshilikka yo’l qo’ymaydigan (noncontroversial Levinson 1983:212) axborotni ifodalashi lozim. Masalan, «Fransiya qiroli Versalda yashamaydi» gapi so’zlovchi va tinglovchi uchun umumiy bo’lgan «Fransiyada qirol yo’q» pressupozitsiya bilimini aks ettirishi kutiladi. Ammo bunday pressupozitsiyaga ega bo’lish uchun suhbatdoshlar ikkalasi ham Fransiya siyosiy tizimi bilan tanish bo’lmoqlari kerak, aks holda kulguli holat yuzaga kelishi hech gap emas. So’z o’yini bilan bog’liq hazil va yumorli matnlar ko’pincha xuddi shu holatlarga asoslanadi. Pragmatik pressupozitsiya hodisasi lisoniy muloqotning ramziy, marosimiy, an’anaga aylanadigan rasmiy tomonlari bilan bog’liqdir. Masalan, «hazrat», «hazrati oliylari» iboralarining qo’llanilishi bajarilayotgan muloqot faoliyatining rasmiyligi pressupozitsiyadan darak beradi. Bunda muloqot adresati xuddi shu turdagi murojaatni talab qiluvchi lavozim, daraja sohibi bo’lmog’i darkor (binobarin, «Hazrat» yuqori diniy lavozimdagi shaxs bo’lishi mumkin.). Muloqot jarayonida bunday talab va qoidalarga rioya qilinishini o’rganish natijasida ritorik pragmatika yo’nalishi shakllandi. Ushbu turdagi pragmatik ta’limotning asosiy maqsadi muloqot tamoyillari va kategoriyalarini aniqlashdir.

Insonning obyektiv olamdagi barcha ijtimoiy hatti -harakatlari uning nutqiy faoliyatida o`z ifodasini topadi. Shuning uchun inson nutqini o`rganish uning ma`naviy olami bilan tanishish imkonnyatini beradi. Pragmatika tilshunoslik faning nazariy va amaliy tarmoqi sifatida insonning ijtimoiy faoliyatini o`zida mujassamlashtirgan nutqiy jarayon, nutqiy vaziyat ta`siri bilan namoyon bo`luvchi nutq ishtirokchilariga xos kommunikativ niyat bilan aloqador masalalarni o`rganadi.

Lingvistik pragmatika so`zlovchi ijtimoiy faoliyatining nutqdagi real ifodasini qamrab oladi. Lingvistik pragmatikaning tilshunoslik fanining alohida tarmoqi sifatida shakllanishi uning oldiga qator masalalalarni qo`ydi. Pragmatikani tilshunoslikning boshqa sohalaridan ajratish va uning tadqiqiy manbasini chegaralash natjasidagina lingvistik pragmatikani yangi tarmoq sifatida talqin etish mumkin bo`ladi. Lingvistik pragmatikaning eng muhim jihatlaridan biri uning boshlang`ich chegarasini aniqlashdir. Shu ma`noda tilshunos olim V.V.Petrovning til haqidagi quyidagi tezisini esga olish lingvopragmatikaning boshlang`ich tadqiqiy chegarasini aniqlash uchun lingvistik mezon bo`ladi:

"Inson qaysidir tilga xos semantik bilimlarsiz so`zlashi yoki anglashi mumkin emas, ammo usha tilga xos semantik bilimlar egasi bo`lishuning o`zi ushbu tilda so`zlash va anglash uchun kifoya qiladi degani emas, xuddi musiqali pyesa mazmuniy bilimlari uning ijrosi uchun yetarli bo`lmaganidek va buning uchun eng asosiysi o`yin mahorati, layoqati ("umenie igrat”) ga ham ega bulish lozim" bo`ladi. Bizning qarashimiz bo`yicha, so`zlash va anglash jarayoni ham xuddi shunday. Shuning uchun ham to`g`ri va aniq so`zlash uchun hammaga tushunarli bo`lgan semantik bilimlarning o`zinigina bilish yetarli emas, so`zlash va to`g`ri ifodalash uchun individual strategiya mahoratiga ega bo`lish lozim. Nutqiy faoliyat - til ham xuddi shundaydir. Inson semantik bilimlarga ega bo`lishi mumkin, bunga ijtimoiy muhitning o`zi har qanday shaxs uchun ma`lum imkoniyatlarni yaratadi. Biroq semantik bilimlarga ega bo`lishuning o`zi insonni so`zlash, fikrlash va ifoda mazmunini anglashi uchun kamlik qiladi. Inson tildagi barcha semantik bilimlarni bilishi bilan birga ularni o`z maqsadi yo`lida tanlay olishi va ifodalash imkoniyatiga ega bo`lishi lozim. Tildagi ayni mana shu jihatlarni lingvistik pragmatika o`rganadi.

Lingvistik pragmatikaning birliklari badiiy adabiyotda mavjud faktik materiallar hamda so`zlashuv uslubi bilan bogliq kundalik nutqiy muloqot shakllariga xos xilma-xil mazmuniy ifodalarning lingvistik tadqiq va pragmatik talqini pragmatikani tilshunoslikning alohida tarmogi sifatida ajratib Shuni talab etadi. Lingvistik pragmatika tilshunoslik fanining alohida tarmoqi sifatida ajratilar ekan, uning asosiy birliklarini belgilash tadqiqot natijalarini ko`rsatish uchun asosiy mezon vazifasini o`taydi. Shu ma`noda pragmatika birliklarini til va nutq elementlari sifatida talqin etish iShuning tilshunoslik fani tarkibidagi qimmatini oshiradi. "Semantikaga bo`lgan qiziqi shuning uyg`onishiga lingvistik nazariya rivojiga ta`sir etgan bir qator omillar: lingvistikaning gap mazmuni - propozitsiyaga alohida diqqat qiluvchi mantiq bilan munosabatining yangi pog`onaga ko`tarilishi, til va nutqning ma`no tomoniga umumiy burilishi, nutq faoliyatining pragmatik komponentiga e`tiborning kuchayishi, gapga o`zining maxsus ma`nosi bo`lgan til belgisi sifatida qarashuning paydo bo`lishi hamda gaplarning mazmuniy ekvivalentligi tushunchasiga tayanadigan sintaktik transformatsiya nazariyasining vujudga kelishi singari omillar turtki bo`ldi" .

Ma`noli birliklarning ikki yo`nalishda - onomasiologik va semasiologik tomondan o`rganish mavjud. Onomasiologik planning o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, obyektiv olamdagi makro va mikro olamlarning tilda qanday ifodasini topishiga e`tibor qaratiladi. Buning natijasida har qaysi tilning o`ziga xos ifoda imkoniyatlari ochiladi. Xuddi shuni hisobga olib, tilni maydon sifatida o`rganishga diqqat qilinadi. O`zbek tili pragmatikasi ham belgi nazariyasi bilan shug`ullanuvchi alohida fan sifatida semiologiyaning tarkibiy elementlaridan biri hisoblanadi va o`z navbatida obyektiv olamdagi voqeliklarni aks ettiruvchi elementlardan tashkil topib, funktsional maydon sifatida ma`lum sistemaga birlashadi. Demak til elementlari xususiy munosabatni ifodalash vazifasiga ko`ra pragmatik maydonni hosil qiladi. O`zbek tilshunosligida pragmalingvistika yo`nalishi bo`yicha ba`zi tadqiqotlar amalga oshirilgan bo`lsa-da, biroq so`zlovchi va tinglovchi shaxsi, nutqiy akt ishtirokchilarining o`zaro munosabati axloqiy tuyg`ularga ta`sir etish va uni boshqarish kabilar lingvistik pragmatikaning muammolari sifatida o`z talqiniga ega bo`lmadi. Shuningdek pragmalingvistik birliklar, tilning pragmatik modellari xususida o`zbek tilshunosligida, umuman, so`z yuritilmaydi. Pragmatika tilshunoslik fanining alohida bo`limi sifatida endigina o`rganilayotganligi tufayli pragmalingvistika kategoriyasi hamda uning birliklari to`g`risida so`z yuritib g`ayri tabiiydek tuyuladi. Biroq L.A.Kiseleva har qanday tadqiqot obyekti ma`lum lingvistik birliklar sistemasidan iborat ekanligi, ular maxsus til modellarini hosil qilishini pragmalingvistik birliklar va kategoriyalar mavjud ekanligini to`g`ri ta`kidlaydi. U pragmalingvistik birliklar xususidagi nazariy qarashlarini taniqli tilshunos - L.Bertalanfi, A.A.Leontev kabi olimlar g`oyasi yordamida asoslaydi. Ularning ta`kidlashicha, "o`zida aniq yo`nalishga ega bo`lgan barcha ilmiy to`zilmalar modellar sanaladi", shuningdek "Tahlil natijasi sifatida biz nimaga ega bo`lamiz, o`zimizning lingvistik faoliyatimizda nimaga erishamizq Bu til modellaridir".

Demak, lingvistik faoliyat bilan aloqador har qanday tadqiqot natijasi nimadir beradi. Shu ma`noda tilshunoslikning pragmatika bo`limi h am ta`sir etish hamda boshqarish birliklariga ega bo`lib, til modelini hosil qiladi. Buning uchun esa "tilning pragmatik xususiyatlarini aks ettiruvchi (bu xususiyatlar ta`sir etish va boshqarish funktsiyalaridan iborat bo`lib, bular so`zlovchi maqsadi asosida birlashadi) maxsus pragmalingvistik birliklar sistemasini ajratishdan iboratdir". Til aloqa-aralashuv vositasi sifatida kishilar o`rtasidagi sotsial munosabatlarni yo`lga soladi. Til birliklarini lingvopragmatik yo`nalishda o`rganish uchun nutqiy akt tushunchasining o`zi etarli hisoblanmaydi.


Nutqiy ta`sir etish va nutqiy kommunikatsiya nazariyasining funktsional asosga ega bo`lishiga ko`rа sintaktik birliklardagi axborot tarkibi til birligi sifatida ikkiga ajratiladi:

1. Informema.



2. Pragmema.
Bular pragmalingvistik birliklar sanaladi. Pragmalingvistik birliklar til birliklari bilan funktsional til maydonida to`g`ridanto`g`ri zidlanishi ko`rinadi. Matn yoki nutq vositasida bayon qilingan har qanday axborot so`zlovchining ma`lum ichki maqsadini ifoda etish uchun xizmat qiladi. Shu ma`noda matn tarkibidagi axborot ko`rinishini ikki guruhga ajratildi. Informema matn yoki nutqda faqat so`zlovchi nazarda tutgan neytral vazifaga ega bo`lgan oddiy axborot kurinishdir yoki so`zlovchi xususiy munosabatidan holi bo`lgan propozitiv mazmundir. Informema - tilning turli sathiga oid birliklar bo`lib. ular faqat ratsional, intellektual axborot tashuvchi belgilarga ega bo`ladi. Informemalar o`zida faqat ratsional, intellektual axborot kurinishlarini ifoda etish bilan pragmemalardan ajralib turadi. Informemalar intellektual - informativ axborot birliklari bo`lib, ular bajarayotgan vazifasiga ko`ra, intellektual-informativ til maydonining qurilish unsuri sifatida ko`rinadi. Pragmemalar esa inson axloqiga ta`sir etish funktsiyasiga ko`ra informemalar bilan oppozitsiyagа kirishadi. Agar informema faqat intellektualinformativ belgisi bilan namoyon bo`lsa, pragmemalar so`zlashuvchilar o`rtasidagi munosabatda inson axloqini aks ettirish xususiyatiga ko`ra ajralib turadi va aynan shu belgisi bilan oppozitsiyada bo`ladi. L.A.Kiselevaning ta`kidlashicha, pragmemalar ham tilning turli sath (daraja)dagi birliklari bo`lib, ular maxsus pragmatik topshiriq bajarishga xoslangan bo`ladi. Bular inson xulqini boshqarish uchun tayinlanadi. Bularga nutq subyekti ichki ruhiyati bilan aloqador emotsional hodisalarni ifoda etuvchi til birliklari kiradi. Pragmemalar doimiy pragmatik axborot tashuvchilardir. Pragmemalar o`z semantikasiga kura yoki bajarayotgan vazifasiga kura ikki guruxga ajratiladi. Ba`zi pragmemalarda faqat pragmatik vazifasiga ko`ra dominantlik xususiyati mavjud bo`ladi. Bunday pragmemalar faqat adresat ruhiyatiga ta`sir etish uchun mo`ljallangan bo`lib, ular axloqiy holatni boshqarish uchun tayinlangan bo`ladi. Qo`y, quy qiyi va kichik ro`molchada bir changal jun bog`langan yukni ortib olgan mashina baland qirdan tushib, ko`zdan pana bo`lganida, Jura ferma: - Ketdi! - dedi chuqur uf tortib, keyin nosini tufurib tashlab, - Mumsik! - deya qo`shib qo`ydi. (N.Aminov). Bu matnda "mumsik" so`zi muallifning emotsional baholash mazmunidagi munosabatini ifoda etadi. - Bu ... Xo`jaqulovani taniysizmiq -.... - Taniyman! - dedi Basharjon manglayini silab. - Bir oz mahmadanaroq. (N.Aminov). Mumsik, mahmadana, chaqimchi, yengiltak, ikkiyo`zlamachi, ayyor, munofiq kabi so`zlar pragmemalar sifatida emotsional baho maydoni birliklari sanaladi . Bunday birliklar emotsional, emotsional - baho va undash munosabatini ifoda etuvchi pragmatik funktsional maydon yadrosini hosil qiladi. Bu maydon tarkibiga kiruvchi pragmemalar faqat pragmatik vazifaga xoslanganligi bilan xarakterlanadi. Pragmemalarning ikkinchi guruhiga esa o`zida pragmatik funktsiyaga ega bo`lish bilan birga xabar vazifasidan iborat belgiga ham ega bo`lgan til birliklari kiritiladi. Bunday pragmemalar faqat pragmatik funktsiya bajarish bilan chegaralanib qolmaydi. Ular axborot berish vazifasini bajarish uchun xizmat qiladi. Biroq bunday pragmemalarning axborot berish vazifasi pragmatik funktsiya uchun ham asos bo`ladi. L.A.Kiselevaning ta`kidlashicha, bunday pragmemalar o`z semantikasiga ko`ra informema bilan privativ oppozitsiyaga kirishadi. Bunday birliklarga emotsional-baho bildiruvchi so`zlar kiradi. Ularda ma`lum fakt haqida axborot berishdan tashuari pragmatik vazifadan iborat so`zlovchining munosabati doimo yoyiq tasvirga ega bo`ladi, bu esa inson axloqiga xos boshqarish munosabatini ifoda etadi. Ana shu funktsiya birinchi darajali qimmatga ega bo`ladi. Privativ oppozitsiya tushunchasi oppozitsiya a`zolari o`rtasidagi munosabatga ko`ra belgilanadi. Bu privativ belgiga ko`ra, oppozitsiya a`zolaridan biri belgining bor-yo`qligi bilan ikkinchisidan farq qiladigan oppozitsiyadir 1. Bunga ko`ra tilning turli sathlariga aloqador pragmemalar o`zining funktsional ta`sir etish belgisi bilan o`zida pragmatik "yuk" ka ega bo`lmagan informemalar bilan privativ oppozitsiyaga kirishadi. Informemalarda nominativlik, deyktiklik, reyaltivlik xususiyatlari mavjud bulsa, pragmemalar so`zlovchi shaxsi munosabati semasi bilan sintagmatik munosabatga kirishuvchi har qanday lisoniy birliklarning nutqiy jarayondagi ma`lum pragmatik nuqtalarga ega bo`lgan bu pragmatik nuqtalar obyektiv olamdagi reallik makon va zamon, shaxs kabi joylashish xususiyatlari bilan pragmatik maydonni hosil qiladi. Pragmatik maydon o`z ichki tasnifida undash, emotsional-baholash, emotsional. estetik o`zaro murojaat kabi kichik sistemalarga bo`linadi. Pragmema va informemalar oppozitsiya a`zolari o`rtasidagi munosabatga ko`ra teng qimmatli (mantiqan har ikki a`zo teng huquqli bo`lgan oppozitsiya) oppozitsiyalarga ajratiladi. Bunday oppozitsiyaga kirishayotgan informema va pragmemalar mazmunning ifodalanishi va ta`sir etish darajasiga ko`ra mantiqan teng huquqli oppozitsiyani tashkil etadi: Ham turg`un birikma, ham erkin birikma bo`lgan quyidagi gapni olamiz: Mehmonning kovushini to`g`rilab qo`ymoq.

Ko`rinadiki, turg`un birikma ostidagi ifoda mazmun mohiyati pragmatik qimmatga ega bo`lib, ta`sir etish belgisining mavjudligiga ko`ra pragmema tushunchasini ifoda etadi. Erkin birikma ostidagi ifoda mazmuni informativlik belgisini saqlagani holda, obyektiv olamdagi hodisalarning haqiqiylik shartiga zid tushunchani ifoda etish belgisini aynan informativ mazmunda ham ta`sir etish belgisini yo`zaga chiqaradi. Ana shu belgilari bilan informema dam pragmema dam mantiqan teng huquqli oppozitsiyani hosil qiladi, ya`ni informemada ham pragmemada ham oppozitsiyaga kirishayotgan belgilarning bor yo`qligi saqlangan holda ular ta`sir etish belgisiga ko`ra teng huquqli oppozitsiyani tashkil etadi.

Pragmatik maydon tushunchasi o`zining quyidagi ikki asosiy funktsional belgi xususiyatlariga ko`ra ajratiladi. 1. So`zlovchi ichki his-tuygulari bilan bogliq affekt belgilar yuklatilgan barcha elementlar pragmatik maydon doirasiga birlashadi. 2. Ma`lum maqsad asosidagi shaxs munosabatini ifoda etib. atrofdagilarga ta`sir etish uchun tayinlangan barcha elementlar pragmatik maydonga birlashadi. Pragmatik maydonning yo`zaga kelishi tilning kommunikativ vazifasi bilan o`zviy bogliq bo`ladi. Chunki kommunikativ funktsiyaning o`zi quyi sathda ikki guruhga ajratiladi. Bunga ko`ra, har qanday matn tarkibida til va nutq birliklari ikki xil qimmatga ega bo`ladi. Birinchisi, bayon qilinishi lozim bo`lgan axborot ko`rinishining sof intellektual - xabar mazmuniga ega bo`lishi deb qaralsa, bu qoidaga binoan, bayon qilingan intellektual-xabar mazmuni, asosan, matn semantikasida o`z ifodasini topgan obyektiv mazmundan iborat bo`ladi. Bunday matnlarda gapning yadroviy sathiga oid mazmuniy strukturalar ishtirok etmaydi. Matn muallifining obyektiv borliqqa munosabati ham neytral belgilardan iborat bo`ladi. Ifoda tarkibida so`zlovchi ichki maqsadini aks ettiruvchi yashirin mazmuniy komponentlarning ishtirok etmasligi axborotning sof-xabar mazmunidan iborat ekanligini ko`rsatadi. "Propozitiv nominatsiya mohiyati uchun gapning kommunikativ tarkibi dam e`tibordan taShuarida bo`lmaydi. Gapning kommunikativ to`zilishi uning nominativ to`zilishiga ham ta`sir qiladi. Shunday ta`sir qiladiki, gapning kommunikativ markazi, bir vaqtning o`zida nominativ asos vazifasini o`taydi . Kommunikativ niyatning ma`lum maqsadga aylana boshlashi bilan intellektual-xabar mazmuni pragmatik maydon uchun xizmat qila boshlaydi. Propozitiv aspektni o`zini nominativ aspekt ham deb yuritiladi. Tilning pragmatik funktsiyasi ham o`zining quyidagi ko`rinishlariga ega. Pragmatik funktsiya nominativ, deyktik hamda relyativ funktsiyalardan farqli ravishda insonning ruhiyatiga ta`sir etishi va mavjudlikdagi voqelikka nutq subyektining xususiy munosabati undash, emotsional-baho, estetik ta`sir etish. o`zaro murojaat kabi turlicha ko`rinishlardan iborat vazifani bajarishi bilan xarakterlanadi. Shunga ko`ra, pragmalingvistika birligi bo`lgan tilning turli daraja elementlari pragmema sifatida o`zgarmas pragmatik xususiyatlarga ega bo`lib, ular o`z navbatida pragmatik til maydonini tashkil qiladi. Pragmemalarni kichik tizim sifatida tasnif qilishda pragmatik til birliklari inson ichki ruhiyati bilan aloqador ekspressiv emotsional belgilarning hamda munosabat ifodalashini asos .qilib olinishi juda to`g`ridir.

Adabiyotning so‘z san’ati ekanligi haqidagi haqiqat juda qadim zamonlardan beri takrorlanib kelinadi. Demakki, adabiyotning bosh unsuri so‘z, umuman, tildir. Adabiy asarning abadiy asar darajasiga ko‘tarila bilishi uning lisoniy tarkibi va asar muallifining badiiy ifoda balog‘atiga bog‘liq ekanligi shubhasiz. SHunday ekan, har qanday adabiy asarning mohiyatini xolis baholamoq uchun, eng avvalo, uning lisoniy tarkibining o‘ziga xosligi tahlil etilmog‘i lozim.

Til va yozuvchi o‘rtasidagi munosabatni shaxmat va shaxmatchi o‘rtasidagi munosabatga qiyoslash mumkin. SHahmatda har bir donaning mavqei, darajasi, shaxmat taxtasi ustidagi harakatlanish qoidalari avvaldan belgilangan. Ana shu qoidalarni tugal egallash oqibatida yuzaga kelgan yuksak mahorati tufayli shaxmatchi tamoman yangi, kutilmagan yurishlar qiladi, betakror kombinatsiyalar yaratadiki, bu unga raqibini mag‘lub va muxlisini maftun qilish imkonini beradi. Tilda ham har bir unsurning o‘z vazifasi, ma’no doirasi, boshqa unsurlar, birliklar bilan bog‘lanish qonuniyatlari mavjud. Ana shu qonuniyatlardan mukammal boxabar bo‘lgan, badiiy didi, so‘z sezgisi va mahorati yuksak yozuvchi betakror tasvir, kutilmagan, ohorli badiiy lavhalar, so‘z chaqinlarini paydo qila oladiki, kitobxon adibning nafaqat g‘oyasi, balki go‘zal tilining asiriga aylanadi. Bunda yozuvchi umumxalq tilidagi badiiy tasvirga favqulodda muvofiq birliklarni tanlash, saralash va sayqallash asosida, lisoniy-badiiy qonuniyatlardan kelib chiqqan holda ularga yuklangan xilma-xil badiiy-estetik ma’nolar hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

So‘z qo‘llashning san’at darajasida yoki san’at darajasida emasligini baholash uchun, eng avvalo, so‘z, uning ma’nosi va bu ma’noning tuzilishini aniq tasavvur etish lozim. Albatta, so‘zning qo‘llanishi bilan bog‘liq holda yuzaga chiqadigan qo‘shimcha ma’no nozikliklari, mazmun o‘zgachaliklari turli tasvir usullari va vositalari orqali reallashishi mumkin. Ammo ta’kidlash joizki, bunday qo‘shimcha ma’no nozikliklari aksar hollarda, avvalo, so‘z ma’no qurilishining o‘zida imkoniyat sifatida mavjud bo‘ladi, ular so‘zning ma’no qurilishi tarkibida ilgaridan qayd etilgan bo‘ladi.

Tildagi nominativ birliklarning ma’no tuzilishini o‘rganishda tilshunoslikda semantikaning konnotativ jihati tushunchasiga alohida e’tibor qilinadi. Bu masalani monografik tarzda tadqiq etgan V.N.Teliya ta’rificha, «konnotatsiya – til birliklari semantikasiga uzual yoki okkozional ravishda kiradigan, nutq sub’ektining borliqni jumlada ifodalashida uning ayni shu borliqqa bo‘lgan hissiy – baholash va stilistik munosabatini ifodalaydigan hamda shu axborotga ko‘ra ekspressiv qimmat kasb etadigan mazmuniy mohiyat»dir.1 Konnotatsiya, ta’rifidan ko‘rinib turganiday, so‘zlovchining borliqni ifodalash vositalariga munosabatiga daxldor bo‘lgan jihatdir. Masalan, yuz, bet, chehra, ruxsor, aft, bashara, turq kabi so‘zlar qatoridan tegishli nutq vaziyati va sub’ektiv nuqtai nazarga muvofig‘ini tanlash so‘zlovchining o‘ziga berilgan imkoniyat ekanligi ma’lum. V.N.Teliya ta’kidlaganidek, bunday so‘zlar semantikasida «so‘zlovchining ifodalanmishga bo‘lgan munosabati haqidagi informatsiya kodlashtirib qo‘yilgan bo‘ladi va jumla qurilar ekan, xuddi siqilgan prujina qo‘yib yuborilganiday, bu informatsiya darhol ishga tushadi», demak, lug‘at birliklari faqat nominativ faoliyat uchungina emas, balki pragmatik faoliyat uchun tayyor material bo‘lishi mumkin. Tadqiqotchi ayni shu o‘rinda ana shu mulohazalarga asoslangan holda so‘zning semantik qurilishida nominativ jihatga qo‘shimcha konnotativ jihatning bo‘lishi nutqiy tejamkorlik uchun yordam berishini ham ta’kidlaydi. V.N.Teliya so‘zning leksik ma’nosini, kamida, uch makrouzvning kombinatsiyasi sifatida tasavvur etish mumkinligini aytadi:

1) ma’noning borliqdagi muayyan reallikni ifodalovchi denotativ uzvi;

2) kategorial-grammatik uzvi;

3) nutq sub’ektining so‘z orqali ifodalangan narsaga munosabatini anglatadigan emotiv-modal uzvi.

Ana shu uchinchi uzv ekspressiv bo‘yoq, uslubiy bo‘yoq, emotsional bo‘yoq, sub’ektiv baho kabi tushunchalarni umumlashtiruvchi konnotativ ma’nolardir. Bunday uzvning mazmun-mohiyati o‘zbek tilshunosligida ham ancha keng ochib berilgan. Masalan, «O‘zbek tili leksikologiyasi» kitobida so‘z narsa-hodisani ifodalashi barobarida ko‘pincha shu narsa-hodisaga so‘zlovchining sub’ektiv munosabatini ham anglatishi alohida ta’kidlangan: «...Lug‘at sostavidagi so‘zlarni kuzatish ularning ba’zilari biror narsa, hodisalarni atabgina qolmay, ayni paytda so‘zlovchining ifodalanayotgan tushunchaga o‘z bahosini, munosabatini ifodalanishini ham ko‘rsatadi. Bu munosabat doirasiga g‘azab, erkalash, qoyil qolish, nafratlanish, jirkanish, kinoya kabi xilma-xil emotsional munosabat ko‘rinishlari kiradi. Xususan, azamat, o‘ktam, qoyilmaqom, so‘lqildoq, boplamoq, olchoq, mal’un, razil, satang, sanqi, asfalasofilin, miyanqi, qoyil, do‘ndirma, momoqaymoq kabi so‘zlar, ma’lum tushuncha anglatishdan tashqari, so‘zlovchining shu tushunchaga loqayd qaramasligini, aksincha, ijobiy va salbiy emotsional munosabatda ekanligini ham ko‘rsatib turadi. Bu baho elementi tinglovchi tomonidan ham odatda so‘zlovchi nazarda tutgandagidek idrok etiladi. Tilshunoslikda bunday xususiyatga ega bo‘lgan leksika emotsional - ekspressiv leksika, ekspressiv - stilistik leksika terminlari ostida o‘rganilmoqda».2

Ma’lumki, leksemaning tashqi shakliy jihati uning mohiyati uchun ahamiyatsiz bo’lib, sistem tilshunoslik leksemalarning ichki mazmuniy tomoniga asosiy


e’tiborni qaratadi va xususiyliklarning umumlashmasi sifatida shakl va mazmun aloqadorligini tahlil qiladi. Bu fikr nazariy adabiyotlarda ham alohida ta’kidlanadi. Jumladan, “tashqi nutqning aniq moddiy shakli nutq vaziyati bilan, so’zlovchining
maqsad va imkoniyatlari bilan belgilanadi... Sistem-tilshunoslik nomemalarga ko’p ahamiyat bermaydi. Nomemaning aniq shakli nutq sharoiti bilan belgilanadi va u
leksemaning mohiyatiga ta’sir etmaydi.

Leksemaning mohiyati uning ichki tomoni- semema orqali va shunga ko’ra leksemaning boshqa til birliklari bilan munosabatga, aloqaga kirishuvi orqali belgilanadi” Tilshunoslikning alohida bo’limi sifatida shakllanayotgan psixolingvistika, kommunikativ tilshunoslik, ijtimoiy tilshunoslik lingvogeografiya va uslubshunoslik sohalarini umumlashtiruvchi lingvistik pragmatika yo’nalishi, asosan,leksemaning ichki mazmuniy tomoniga e’tibor berib, uning nutqdagi pragmafunktsional belgilarini tadqiq etadi. Shu jihati bilan pragmatika sistem-tilshunoslik yo’nalishi bilan uzviybog’lanadi. Leksemaning ichki mazmuniy tarkibi lingvistik pragmatika uchun moddiy baza hisoblanadi, lingvistik pragmatika ham asosan leksema sememalari yuzasidan ishko’radi. So’zning ma’nolar jilosi nutqda namoyon bo’ladi. Chunki so’z imkoniyatsifatida tilda mavjud bo’lsa, faoliyat sifatida nutqda ishtirok etadi. So’z semantikasidagi pragmatic sema haqida M. Mirtojiyev quyidagi fikrlarni bildiradi: Semalar so’z sememasi tarkibida tutgan o’rni va subyekt xabari jihatidan ham tilshunoslikda mantiqan ikki tipga bo’linadi: informativ sema, pragmatiksema. Bu semalar, L.A.Kiseleva ta’biricha, eng yuqori darajadagi semalar bo’lib, eng yuqori darajadagi umumlashtiruvchi ekanliklari bilan xarakterlanadi.



So’zlashuv nutqidagi dialogik diskursda muayyan tasvir maqsadi bilan
o’zga tilga oid so’z va iboralar qo’llanishi kuzatiladi. Tilning lug’at tarkibiga
kiritilmagan, faqatgina og’zaki nutqda mavjud bo’lgan bunday chet so’zlaridan
badiiy nutqda kommunikant xarakteri, sotsial mansubligi va ichki dunyosi tasvirida
hamda vokea-hodisaning xorijga xosligini ta’kidlash maksadida foydalaniladi.
Shuningdek, ular matnga voqealar bo’lib o’tayotgan o’ringa ishora qilish yoki
nutqiy vaziyat va unda ishtirok etayotganlarning sotsial mansubligi haqida
ma’lumot berish istagi bilan ham kiritilishi mumkin.
Muloqotda yosh xususiyatlatni hisobga olish milliy xarakter bilan chambarchas
bog‘liq. O‘zbek muloqot xulqiga ko‘ra rahbar yoshi katta xodimlarga topshiriq
berayotganda iltimos, maslahat uslubida ish tutishi tavsiya etiladi. Shuningdek,
ommaviy muloqotlarda, «yoshullilanmiz yaxshi bilishadi...», «oqsoqollarning
takliflarmi hisobga olib... », «tajribali xodimlanmizning yo‘lidan borib...»
yoki

Download 129,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish