Fonetik oʻzgarishlar
Fonetik oʻzgarishlar, tovush oʻzgarishlari, fonetik jarayonlar — nutq jarayonida soʻzning
fonetik tuzilishida, tarkibida sodir boʻladigan oʻzgarishlar. Nutq jarayonida, talaffuzda
tovushlar boshqacha aytilishi, tushib qolishi, baʼzan esa tovush orttirilishi, bir tovushning
ikkinchisi tomonidan moslashtirilishi mumkin. Bunday Fonetik oʻzgarishlar tovushlarning
kombinatorpozitsion (lot. combinare — qoʻshmoq, birlashtirmok va positio — holat,
joylashish) oʻzgarishlari deyiladi. Kombinator oʻzgarishlar yonmayon tovushlarning oʻzaro
taʼsirlashuvi natijasida yuzaga keladi va ularga quyidagilar kiradi: akkomodatsiya (lot.
accomodatio— moslashish) — yonma-yon turuvchi 2 tovush (unli va undosh tovush)
artikulyatsiyasining qisman moslashishi, muvofiq kelishi. Mas, til oldi unlilari (a, e, i) til orqa
undoshlari (q, g', x)ning talaffuz etilishiga muvofiklashib, orqaga siljiydi; assimilyatsiya (k,.),
dissimilyatsiya (qarang), metateza (qarang), diereza (yun. diairesis — ajralish, boʻlinish) —
muayyan talaffuz sharoiti tufayli soʻz tarkibidagi tovushning tushib qolishi: pastqam>pasqam
kabi. Soʻz oʻzagidagi yoki unga qoʻshilgan qoʻshimchalar tarkibidagi ayrim tovushlarning
maʼlum fonetik qurshov yoki pozitsiya taʼsirida talaffuz etilmasligi natijasida sodir boʻladigan
fonetik oʻzgarishlarga quyidagilar kiradi: prokop a (
yunoncha
: rgokore) — soʻz boshida unli
yoki undosh tovushning tushib kolishi: yiroq>iroq, yilon> ilon kabi; sinkopa (yun. synkope —
qisqartirish) — soʻz oʻrtasidagi tovushning tushib kolishi: oʻgʻil > oʻgʻlim kabi; apokopa (yun.
arokore — tugallanmani qisqartirish) — soʻz oxiridagi unli yoki undoshning yoxud qoʻshma
soʻzdagi 2qismning tushib kolishi: baland > balan, doʻst > doʻs; kilogramm > kilo, metropoliten
> metro kabi. Tovush yoki tarkibiiy qismning tushib krlishiga olib keladigan sabablar qatoriga
fonatsion energiyani tejash, ixchamlikka erishish kabi omillar ham kiradi. Bunda quyidagi F.oʻ.
kuzatiladi: eliziya (lot. elisio — siqish, siqib chiqarish) — unli bilan tugovchi va unli bilan
boshlanuvchi 2 soʻzning qoʻshilishi natijasida unli tovushdan birining tushib qolishi. Mac,
yoza oladi > yozoladi, ayta oladi > aytoladi; sandhi (sanskritcha sandhi — aloqa, bogʻlanish) —
analitik shakllarning ixchamlashuvi natijasida sodir boʻladigan fonetik oʻzgarishlarga ishlar
edi > ishlardi; aferezis (yun. aphaeresis) — oldingi soʻzning oxirgi tovushi taʼsirida keyingi soʻz
boshidagi tovushning tushishi: ne uchun > nechun kabi; gaplologiya, mas, tragikokomediya >
tragikomediya; sinerezis (yun. syneresis) — soʻz oʻrtasida bir joyda kelgan ikki unlining biri
kucheizlanib, nutkda tushib qolishi: saodat > so: dat, maorif > mo: rif kabi va boshqa Oʻzbek
tiliga chet tillardan kirib kelgan oʻzlashma soʻzlarni turkiy soʻzlarning anʼanaviy fonetik
tarkibiga moslashtirilishida ham bir qator Fonetik oʻzgarishlar sodir boʻladi. Bular: proteza
(qarang), epenteza [yun. epenthesis — (tovush) orttirish, qoʻshish] — soʻz tarkibida aslida
boʻlmagan tovush, harf, boʻgʻinning paydo boʻlishi; fikr > fikir, hukm — hukum; brigadir >
birgadir, traktor > tiraktir; epiteza (yun. epithesis) — soʻz oxirida muayyan fonetik yoki
morfologik taʼsir ostida shu soʻzda aslida boʻlmagan tovushning ortishi: tank > tanka, kiosk >
kioska kabi. Reduksiya (qarang) ham nutqda muayyan fonemaning kucheiz talaffuz etilishi
yoki tushib qolishi bilan bogʻliq Fonetik o'zgarishlardan biridir.
[1][2]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
2. "Fonetik oʻzgarishlar"
OʻzME
.
F-harfi (http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/
O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20F%20harfi.pdf)
Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Hozirgi oʻzbek adabiy tili, 1qism, T., 1980; Reformatskiy A.A., Vvedeniye v yazikovedeniye,
M., 1998; Jamolxonov H.A., Hozirgi oʻzbek adabiy tili, 1qism, T., 2004.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar
Adabiyot
Soʻnggi tahrir 1 kun avval
PlanespotterA320
tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Fonetik_o
ʻ
zgarishlar&oldid=
2532155
" dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |