Navoiy shahar 12-MFCHO`IDUM 5-“I” sinf. Matematika Sana: 25.01.2022 Mavzu: Ulushlar va oddiy kasrlar. Sonlar nurida oddiy kasrlarni tasvirlash O’qituvchi: Kamolova D.N.
Atrofimizda dumaloq narsalar juda ko‘p. Ularning ba’zilari doirani eslatadi. Bular — obinon va quymoq, medal va tangalar, limon bo‘lagi ...Yana boshqalari, masalan, halqa, velosiped g‘ildiragi, uzuk kabilar aylanaga juda o‘xshaydi.
Aylana va doira (Circle and range)
Sirkulning ignali uchuni O nuqtaga qo’yib, qalamli uchini shu nuqta atrofida aylantirib chizamiz. Hosil bo’lgan shakl aylana deb ataladi.
Aylana tekislikni ikki qismga ajratadi. Tekislikning aylana ichidagi bo’lagi (aylana bilan birgalikda) doira deb ataladi.
O nuqta aylana(doira)ning markazi deb ataladi. Aylanani chizayotganda sirkul uchlari orasidagi masofa o’zgarmaydi. Shuning uchun aylananing barcha nuqtalari uning markazidan teng uzoqliklarda yotadi.
Doira haqida so’z ketganda ko’pchiligimizning ko’z oldimizga milliy cholg’u asboblaridan biri doira keladi. Uning halqachalar ilingan chetki qismi aylanaga, teri qoplangan qismi esa doiraga misol bo’la oladi.
Aylananing (doiraning) markazini uning biror A nuqtasi bilan tutashtiruvchi OA kesma aylananing (doiraning) radiusi deyiladi. Aylananing barcha radiuslari o’zaro teng bo’ladi.
«Radius» atamasi lotincha «radius» so’zidan olingan bo’lib, o’zbek tilida nur degan ma'noni bildiradi.
Aylana (doira)ning markazidan o’tib, uning A va B nuqtalarini tutashtiruvchi kesma aylana (doira) diametri deb ataladi. Aylananing AB diametri AO va OB radiuslardan tashkil topgan.
diametr
«Diametr» atamasi grekcha «diametros» so’zidan olingan bo’lib, ko’ndalang, degan ma'noni anglatadi. Aylana uzunligi, doira va uning yuzini topish to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlar buyuk matematik Muhammad Muso al-Xorazmiyning asarlarida uchraydi.
A va B nuqtalar aylanani ikki qismga ajratadi. Bu qismlarning har biri aylananing yoylari, A va B nuqtalar esa yoyning uchlari deyiladi.