Katoliklikxristianlik dinining eng yirik yo‘nalishi hisoblanadi. «Katolik» so‘zi butun jahon, butun dunyo (umumiy, dunyoviy) degan ma’noga ega. Bu yo‘nalish, asosan, G‘arbiy, Janubi-G‘arbiy va Markaziy Yevropa, Boltiqbo‘yi, Ukraina va Belarusning g‘arbiy hududlarida, Lotin Amerikasi va AQSHda tarqalgan.Katoliklik xristian dinining yo‘nalishi sifatida uning asosiy aqidalari va marosimlarini tan olishi bilan birga,ta’limoti, marosimlarni amalga oshirish, tashkil topishida o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Katolik ta’limotining asosini xristianlikda tan olingan Muqaddas kitob — Bibliya va Muqaddas rivoyatlar tashkil etadi. Katolik Cherkovi Tashkiloti jiddiy ravishda markazlashganligi bilan ajralib turadi. Rim Papasi bu Cherkovning rahbari hisoblanadi. U din va axloq masalalari bo‘yicha qoidalarni belgilaydi.
Pravoslav , Katolik va Protestant cherkovi ruhoniylari
Tarixan xristianlikning sharqiy yo‘nalishi sifatida shakllangan pravoslavlik,asosan, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Bolqon yarim oroli mamlakatlarida tarqalgan. Pravoslavlik ta’limoti asoslarini Muqaddas kitob (Bibliya) va Muqaddas rivoyatlar tashkil etadi. Pravoslavlikda sirli marosimlar muhim o‘rin egallaydi. Cherkov ta’limotiga ko‘ra, ular davomida Xudo tomonidan alohida savoblar nozil bo‘ladi. Cherkov yetti sirli marosimning barchasini tan oladi. Buyuk bayramlar ichida Pasxa birinchi o‘rinni egallaydi.Pravoslavlik cherkovi bayramlar va ro‘za tutishlarga katta ahamiyat beradi. Odatda, katta cherkov bayramlari arafasida ro‘za tutiladi. Uning mohiyati inson ruhining poklanishi va yangilanishi, diniy hayotdagi muhim hodisaga tayyorlanishdan iborat.
Protestantlik Yevropa mamlakatlarida katoliklikda
kechayotgan jarayonlarga qarshi qaratilgan reformatsiya harakati natijasida vujudga kelgan. Reformatorlar katoliklik amallarini Injil ideallaridan qaytish deb talqin qiladilar. Oksford universiteti professori J. Viklif (1320–1384) Rim Papasining Angliyadan olinadigan soliqlariga qarshi chiqdi, ingliz cherkovining fuqarolar ishlari bo‘yicha Angliya qiroliga bo‘ysunishi lozimligi
va Muqaddas kitobning cherkov rivoyatlaridan ustunligi
to‘g‘risidagi g‘oyalarini ilgari surdi. Bu g‘oyalarni ingliz kambag‘al ruhoniylari qo‘llab-quvvatladilar. Protestantlik dunyoviy kishilarni ruhoniylardan ajratmaydi, bu ta’limotga ko‘ra, barcha dindorlar ruhoniydir. Sirli marosimlardan faqat cho‘qintirish va non bilan tamaddi qilishni tan oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |