Iso Masihning atrofida shagirdlari , qarindosh-urug’lari va yaqinlaridan iborat maslakdoshlar guruhi shakllangan . Guruhning asosini Isoning 12 shogirdi –apostollar tashkil etgan . Iso guruh a’zolari bilan birgalikda Falastin bo’ylab sayohat qilib , odamlarni yagona Xudoga sig’inishga da’vat etgan , bemorlarni davolaydigan mo’jizalar ko’rsatgan . Falastinda Isoning uch yillik da’vatchilik faoliyati kutilgan natija bermagan , unga ergashganlar kam bo’lgan .Rim davlati va kohinlar uni soxta mahdiylikda ayblab ta’qib qilganlar .Chunki , uning qarashlari iudaizm ta’limotiga mos emasdi . Oqibatda Iso hokimiyat va rasmiy dinni badnom qilganligi uchun xochga tortib o’ldirishga hukm qilingan .
Do'stlaringiz bilan baham: |