1-jadval
Asosiy kapitalga investitsiyalar3
|
2016
|
2017
|
2018
|
2019
|
2020 yil yanvar-dekabr
|
O`zbekiston Respublikasi
|
51232,0
|
72155,2
|
124231,3
|
195927,3
|
202000,1
|
Qoraqalpog`iston Respublikasi
|
3778,3
|
2822,0
|
6757,8
|
8750,6
|
8167,4
|
viloyatlar:
|
|
|
|
|
|
Andijon
|
2188,5
|
2986,0
|
4711,9
|
7452,1
|
8755,1
|
Buxoro
|
5922,9
|
11613,4
|
9610,9
|
10366,6
|
11248,7
|
Jizzax
|
1449,7
|
1788,2
|
3606,3
|
7900,9
|
12974,2
|
Qashqadaryo
|
7304,4
|
11175,3
|
16518,5
|
24462,5
|
19921,7
|
Navoiy
|
2963,2
|
3977,9
|
10579,5
|
17646,3
|
16042,6
|
Namangan
|
2824,5
|
3586,7
|
8158,1
|
12084,9
|
11982,5
|
Samarqand
|
3623,5
|
4384,2
|
7061,4
|
10266,7
|
13426,0
|
Surxondaryo
|
2142,4
|
3551,0
|
7240,6
|
11835,1
|
9923,0
|
Sirdaryo
|
1322,9
|
1628,0
|
2699,3
|
5869,1
|
7174,5
|
Toshkent
|
4238,7
|
5938,4
|
11226,9
|
20353,9
|
18994,4
|
Farg`ona
|
2643,6
|
2954,5
|
5539,1
|
8685,4
|
11320,0
|
Xorazm
|
1560,5
|
2175,9
|
3013,8
|
5032,0
|
6663,2
|
Toshkent sh.
|
9268,9
|
13573,7
|
26435,7
|
42458,1
|
44778,8
|
Moliyaviy resurslar, ularni qo’yish va bu jarayon natijasida foyda olish bir-biri bilan uzviy bog’langan. Investitsiya qilishdan oldin resurslar jamg’ariladi, so’ngra ular foyda yoki ijtimoiy samara olish maqsadida qo’yiladi. Resurslar qanday bo’lishidan qat’iy nazar ulardan foydalanish natijasini baxolovchi mezon iqtisodiy samaradir. Yuqorida aytib o’tilgandek, moliyaviy resurslar investitsiyalarning birinchi elementidir. Investitsiyalarning moxiyatini yanada to’laroq ochib berish uchun O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonuniga ko’ra ularning tasnifini, shuningdek, bu masala bo’yicha iqtisodiy adabiyotlarda mavjud bo’lgan qarashlar, nuqtai nazarlarini ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Investitsiyalarni kiritishning asosiy maqsadi faqat kapitalning xozirgi qiymatini saqlab qolishdangina iborat bo’lmay, qo’yilmalarning xavfsizligi, serdaromadligi va ularni ko’paytirishni (kapitallashtirishni) ham qamrab oladi. Demak, investitsiyalarning asosiy maqsadi pul oqimlarining zamonaviy qiymatini saqlab qolish hamda ular natijalaridan kutiladigan bo’lajak qiymatlarni kapitallashtirishdir. Ular muayyan maqsadlarni kuchli va jamg’arish funksiyalarini ta’minlaydi. Investitsiyalarga xos bo’lgan muhim belgisi bu ularning muayan vaqt davomida zamonaviy qiymatini saqlash maqsadda tanlangan aktivlarda band qilinishi, ularning kapitallashuvi va jamg’arilishini ko’paytirish hisoblanadi.
«Investitsiyalar» atamasi lotin tilidagi "Invest" so’zidan kelib chiqqan bo’lib «qo’yish», «mablag’ni safarbar etish» ma’nosini bildiradi. Keng ma’noda investitsiyalar ko’paytirib qaytarib olish maqsadlarida kapitalni bog’lashni bildiradi. Ko’pgina hollarda «investitsiyalar» tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta’riflanadi. Investitsiyalarining iqtisodiy mazmuni va mohiyatini ko’rib chiqishda shuni ta’kidlash lozimki, iqtisodiy adabiyotlarda «Investitsiyalar» atamasini «kapital qo’yilmalar», «kapital» tushunchalari bilan aynan ma’nolarda qo’llash holatlari ko’p uchraydi. Bunday hollarda investitsiyalar asosiy kapitalga mablag’lar qo’yish ma’nosida talqin qilinadi. Ayni paytda shuni ham nazarda tutish kerakki, investitsiyalar nomoddiy aktivlarga ham, intellektual mulkka ham, aylanma aktivlarga, shu jumladan, moliyaviy vositalarga ham taaluqli.
Makroiqtisodiy darajada investitsiyalar deyilganda ishlab chiqarish vositalarini takror ishlab chiqarishga, ya’ni uy-joy binolarini, tovar zaxiralarini ko’paytirish va shu kabilarga yo’naltirilgan xarajatlarining bir qismi tushuniladi. Ishlab chiqarishning omillaridan biri kapital hisoblanadi, kapital esa birinchi navbatda investitsiyalar hisobiga o’sib boradi.
Investitsiya kiritish maqsadlari va ular bilan bog’liq risklardan kelib chiqqan holda investitsiyalar venchur (riskli), bevosita, portfel va annuitet kabi turlarga tasniflanadi. Ma’lumki, katta risklar bilan bog’liq bo’lgan yangi faoliyat sohalarida yangi aksiyalar chiqarish venchur kapital shakli hisoblanadi. Shuningdek, investitsiyalar kreditlardan ham farq qiladi. Kreditlashda kelishuv tashabbuskor, odatda qarzdor hisoblanadi, investitsiyalashda esa tashabbuskor investordan chiqadi. Kreditga foiz ko’rinishidagi to’lov hos bo’lsa, investitsiyalarni dividend, foyda, foiz, daromad, moddiy ne’mat, ijtimoiy, ekologik va boshqa samaralar ko’rinishidagi natijalar kutadi. Mazkur belgilar bo’yicha investitsiya va kredit bir-biridan farqlanadi. Investitsiyalar mazmuni ularning namoyon bo’lish shakllari orqali, maqsadi esa ularning asosiy funksiyasi - jamg’arish bilan
Investitsiyalarning mazmuni aniq va ishonchli manbalardan mablag’lar olish, ularni asosli holda safarbar etish, risklar darajasi hisobga olgan holda kapital qiymatini saqlash va ko’zlangan samarani olishdan iborat bo’ladi. Ana shu belgilarga ko’ra ivestitsiyalar boshqa qo’yilmalardan mazmunan farq qiladi.
Xorijiy investorlar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar uchun eng muhimi bu soliq va bojxona sohasidagi qulayliklar va imtiyozlar hisoblanadi.
Mamlakatimizda ular quyidagicha:
--to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan va iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq, mulk solig’i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va obodonlashtirish solig’i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to’lashdan, shuningdek Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar to’lashdan ozod;
--agar to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalar miqdori 300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha - 3 yil muddatga;
--3 milliondan ortiq AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha - 5 yil muddatga;
--10 million AQSH dollaridan ortiq bo’lganda - 7 yil muddatga soliq imtiyozlari beriladi;
Xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, ustav fondida xorijiy sarmoya ulushi 50 foizdan ortiq bo’lgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar ro’yxatdan o’tkazilgan paytdan boshlab 5 yil muddatga xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotishdan ozod qilinadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |