Mavzu: Xorijiy investitsiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilishning samarali yo’llari. Reja


-rasm. O`zbekiston Respublikasida 2020 yilda ishlab chiqarish sohalariga yo`naltirilgan investitsiyalar miqdori (mlrd. so`m)8



Download 232,34 Kb.
bet9/11
Sana01.01.2022
Hajmi232,34 Kb.
#293809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Radjapov Muhammad - Kurs ishi

3-rasm. O`zbekiston Respublikasida 2020 yilda ishlab chiqarish sohalariga yo`naltirilgan investitsiyalar miqdori (mlrd. so`m)8

Rasmdan ko`rnib turibdiki, eng ko`p investitsiyalar transport va aloqa sohasiga yo`naltirilgan bo`lib, 4026,9 mlrd.so`mni tashkil etadi. Issiqlik energiyasiga 3768,4 mlrd.so`m, avtomobilsozlikka 953,8 mlrd.so`m, qishloq xo`jaligiga 905,8 mlrd so`m, metallurgiyaga 649,8 mlrd.so`m, yengil sanoatga 618,8 mlrd.so`m, kimyo va neft-kimyoga 499,9 mlrd. so`m, qurilish materiallariga 415,8 mlrd. so`m va 398 mlrd.so`m mablag` oziq-ovqat sanoatiga yo`naltirilgan.

Ayni vaqtda O'zbekiston chet el investisiyalarini jalb etishda mintaqada Qozog'iston va Turkmanistondan keyin uchinchi o'rinni egallab turibdi.

Eksportyor korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiyot tarmoqlarining eksport salohiyatini yanada mustahkamlash maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida eksport hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,4 foizga oshdi.

Ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish borasida ko‘rilayotgan choralar shu yilning to‘qqiz oyida 18,4 ming yangi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etish imkonini berdi. Ushbu sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 51 foizga yetdi.

Birinchi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevralda qabul qilingan va mamlakatimiz sanoatini barqaror, jadal va muvozanatli rivojlantirishga qaratilgan “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi rivojlantirish harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash jarayonining mantiqiy davomi bo‘ldi.

Yuqori texnologiyalar sohasida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarishni tashkil etish, polietilen va polipropilen mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi, zamonaviy gaz-kimyo komplekslarini qurish, zamonaviy va energiya tejaydigan texnologiyalar asosida mineral o‘g‘itlar hamda yangi turdagi kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish, eskirgan uskunalarni zamonaviy bug‘-gaz qurilmalari bilan almashtirish hisobidan energetikani jadal rivojlantirish kabi loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mamlakatimiz sanoatini yuksaltirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘zbekistonda sarmoyadorlar uchun qulay investitsiya muhiti, imtiyoz va preferensiyalar tizimi yaratilgan. Iqtisodiyotimizga jalb etilayotgan xorij sarmoyasining yildan-yilga ortayotgani buning yaqqol dalilidir.

Xalqaro investitsiya huquqining asosiy qoidalarini o‘zida mujassam etgan O‘zbekiston Respublikasi investitsiya qonunchiligi MDH mamlakatlari qonunchiligi tizimida eng ilg‘orlardan hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”, “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar xorijiy investitsiyalarni jalb qilish sohasini huquqiy tartibga solish asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Masalan, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yilmalar kiritayotgan xorijiy investorlar uchun maksimal darajada qulay investitsiya muhitini yaratish, ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirish maqsadida 2017-yil 10-aprelda davlatimiz rahbarining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Bugungi kunda mamlakatimizda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida ko`plab korxonalar tashkil qilindi va muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu esa xorijiy investorlarning O‘zbekiston iqtisodiyotining barqarorligi va mustahkamligiga, uni rivojlantirish istiqbollariga qiziqishi hamda ishonchi ortib borayotganidan yaqqol dalolat beradi.

Xo‘jalik sub’ektlari va aholining investitsion faolligini oshirishga doir chora-tadbirlar ham korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobidan investitsiyalar hajmini ko‘paytirish imkonini berdi.

“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida ishga tushirilgan 11 ta korxona tomonidan umumiy qiymati 47,7 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Bundan tashqari, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida 7 ta yangi investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda, shulardan 3 loyiha bo‘yicha ob’ektlarda qurilish-montaj ishlari bajarilmoqda. Shuningdek, yangi tashkil etilgan «Angren» maxsus industrial zonasi hududida qiymati 185,8 million dollarlik 8 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish boshlandi.

Navoiy issiqlik elektr stansiyasida bug‘-gaz qurilmasi va gaz siqish kompressor stansiyasini qurish, “Toshkent issiqlik elektr markazi” ochiq aksiyadorlik jamiyatida kongeneratsion gaz-turbina texnologiyasini joriy etish, Sirdaryo va Tallimarjon issiqlik elektr stansiyalarida detanden-generatorlarini o‘rnatish kabi yirik loyihalar jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Joriy yilda 25 ta to‘qimachilik korxonasi, jumladan, “Shovot tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati bazasida (Xorazm viloyati) loyiha quvvati 5 ming tonna ip ishlab chiqarish imkonini beradigan yigiruv korxonasi, Toshkentda lenta va taroq uskunalari ishlab chiqarish, meva-sabzavotlar, go‘sht-sut mahsulotlari va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish bo‘yicha o‘nlab korxonalarni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Umuman, 2016-yilda 270 ta investitsiya loyihasini nihoyasiga yetkazish ko‘zda tutilgan. Bu borada mamlakatimizning 2017-yilgi Investitsiya dasturi investitsiya siyosatini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.Uning parametrlari davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi Investitsiya dasturi to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan.

Loyihalarni amalga oshirishda katta imtiyozli kreditlar taqdim etgan Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Arab Muvofiqlashtiruvchi guruhi kabi xalqaro moliya tuzilmalari faol ishtirok etmoqda.

Mamlakatimizning davlat investitsiya siyosati uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan bo‘lib, investorlarning samarali ishlashi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib berishga qaratilgan. Buning uchun O‘zbekistonda barcha imkoniyatlar bor, ya’ni mamlakatimizning geografik joylashuvi qulay, transport tarmog‘i yaxshi rivojlangan, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma taraqqiy etgan, boy tabiiy resurslar hamda yuqori malakali kadrlar mavjud.

Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmiarini joriy etish va investitsion muhitni yanada yaxshilash iqtisodiy rivojlanish sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Shu o’rinda “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va respublikaga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yanada qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni ishonchli huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmini barpo etish, mana shu asosda mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilash maqsadida 2016 yil 2-mayda 205-son “To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarori qabul qilinganligini aytib o’tish joizdir.

 О’zbekiston iqtisodiyoti bugun jahon iqtisodiyotining ajralmas qismiga aylandi. Mamlakatimiz eksport salohiyati yildan-yilga oshmoqda, tashqi bozorlarga xomashyo emas, yuqori qo’shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar yetkazib berilmoqda. O’zbekiston sanoatini rivojlantirish bo’yicha belgilangan ustuvor yo’nalishlar amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati bilan bevosita bog’liqdir. O’zbekistonda investorlar uchun qulay investitsiya muhiti, imtiyozlar va preferensiyalar tizimi yaratilgan. Iqtisodiyotimizga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar oqimining yildan-yilga ko'payib borayotgani ham shundan dalolat beradi.

Mamlakatimizning investitsion jozibadorligi keng ko’lamli sotish bozorlarining mavjudligi, Yevroosiyoning investitsion hamda savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini belgilab beruvchi multimodal kommunikatsiya tizimiga integratsiyalashgan transport infratuzilmasining rivojlangani bilan ham bog’liq. O’zbekistonga investitsiya kiritayotgan xorijiy kompaniyalar beshta yirik va jadal rivojlanib borayotgan bozor- 300 milliondan ortiq kishi savdo-sotiq qiladigan bozorlarga ega MDH mamlakatlari, Markaziy va Sharqiy Yevropa, Janubiy hamda Janubi-sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq davlatlariga chiqish imkoniga ega bo’lmoqda. Xalqaro investitsiya huquqining asosiy qoidalari, jumladan, xorijiy investorlar huquqlarini kafolatlash, investorlarga muayyan preferensiyalar taqdim etish to’g’risidagi qoidalar va boshqalarni o’zida mujassam etgan. O’zbekiston Respublikasining investitsiya qonunchiligi MDH mamlakatlari qonunchilik tizimida yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. “Xorijiy investitsiyalar to’g’risida”gi, “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi qonunlar, shuningdek, davlatimiz rahbarining va hukumatimiz qarorlari shaklida qabul qilinayotgan qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar O’zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni huquqiy jihatdan tartibga solishda mustahkam asos bolib xizmat qilmoqda.

Jumladan, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga to’g’ridan-to’g’ri qo‘yilmalar kiritayotgan xorijiy investorlar uchun maksimal darajada qulay investitsiya muhitini yaratish. ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo’yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirish, shuningdek, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga davlat va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarga yo’l qo’ymaslik maqsadida 2019 yil 25- dekabrdagi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoni qabul qilindi. Mamlakatimizda samarali qonunchilik bazasi yaratilgani tufayli iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 4 mingdan ziyod korxona tashkil etilib, muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatmoqda.

Jalb etilayotgan investitsiyalarning asosiy qismi – 70 foizdan ortig‘i, birinchi navbatda, ishlab chiqarish ob’ektlarini qurishga yo‘naltirildi, eng yangi zamonaviy uskunalar xarid qilishga sarflangan investitsiyalar ulushi esa qariyb 40 foizni tashkil etdi.

Umuman olganda, mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiya kiritish hajmi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 23 foizdan iborat bo‘ldi.

O‘zlashtirilgan umumiy kapital qo‘yilmalar hajmining 3 milliard dollardan ortig‘ini xorijiy investitsiyalar tashkil etdi. Shuning 72 foizdan ziyodi yoki 2 milliard 200 million dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir.

Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etilganidan buyon uning hududida umumiy qiymati 100 million dollardan ziyod bo‘lgan 19 ta investitsiya loyihasi bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirildi. Jumladan, yuksak texnologiyalar asosida modem va televizorlar uchun pristavkalar, elektr energiyani elektron hisoblagichlar, yuqori kuchlanishga chidamli kabellar, issiqlik va suv isitish qozonlari, mobil va statsionar telefon apparatlari, tayyor dori vositalari va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

«Angren» maxsus industrial zonasi hududida qisqa muddatda umumiy qiymati qariyb 44 million dollar bo‘lgan 5 ta loyiha asosida energiyani tejaydigan diodli yorug‘lik lampalar, turli kattalikdagi mis quvurlar, ko‘mir briketlari kabi yuksak texnologiyalar asosidagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, shakar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi zavod va boshqa korxonalar tashkil etildi.

Ayni shu yo‘nalishda to‘plangan tajribani hisobga olib, o‘tgan yilning mart oyida Jizzax viloyatida «Jizzax» maxsus industrial zonasi tashkil etilgani sizlarga yaxshi ma’lum. Sirdaryo viloyatida bu zonaning filiali faoliyat ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan.

Bugungi kunda «Jizzax» maxsus industrial zonasi hududida transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda.

O‘tgan yilning o‘zida mazkur zona hududida Xitoy kompaniyalari ishtirokida 100 ming dona mobil telefon ishlab chiqarish, shuningdek, chorva mahsulotlarini qayta ishlash va ozuqa tayyorlash bo‘yicha umumiy qiymati qariyb 6 million dollar bo‘lgan dastlabki 3 ta loyiha amalga oshirildi.



  1. Download 232,34 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish