Mavzu: Xorijiy investitsiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilishning samarali yo’llari. Reja


-rasm. Hududlar aro qilingan investitsiyalar ( mlrd so'mda)4



Download 232,34 Kb.
bet4/11
Sana01.01.2022
Hajmi232,34 Kb.
#293809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Radjapov Muhammad - Kurs ishi

1-rasm. Hududlar aro qilingan investitsiyalar ( mlrd so'mda)4
 Neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish ishlarini amalga oshiruvchi xorijiy kompaniyalar, shuningdek ular tomonidan jalb etiladigan xorijiy pudrat va yordamchi pudrat tashkilotlari geologiya-razvedka ishlarini o’tkazish davrida byudjetdan tashqari jamg’armalarga barcha turdagi soliqlar va majburiy ajratmalarni, qidirish, razvedka qilish va boshqa tegishli ishlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan mashina-uskunalarni, moddiy-texnika resurslari va xizmatlarni import qilish chog’ida bojxona to’lovlarini to`lashdan ozod; 

 Neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish ishlarini amalga oshirgan xorijiy kompaniyalar ishtirokida tashkil etiladigan neft va gaz qazib chiqaruvchi qo’shma korxonalar neft yoki gaz qazib olinishidan boshlab 7 yil muddatga foyda solig’i to’lashdan ozod qilingan. Mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruktsiya qilish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish katta hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu avvalambor, aholi bandligi, uning ish haqi va daromadlarini oshirish kabi eng muhim ijtimoiy muammolarni echish imkoniyatini beradi.

Mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etilishi uning iqtisodiy imkoniyatlarini kengayishini tezlashtirib, barcha sohalarda ichki imkoniyatlar va rezervlarni ishga solish, yangi texnika va texnologiyani, eksportbop tovarlarni o'zlashtirishga, ularni ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish orqali davlatimiz iqtisodiy qudratini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqotlar ko'rsatishicha, milliy iqtisodiyotning TTXIni jalb qilish va ulardan samarali foydalanish holati ichki bozor hamda eksportning hajmi, tabiiy va mineral resurslar, malakali ishchi kuchi mavjudligi, bozor islohotlarining amalga oshirish sur'atlari, iqtisodiy barqarorlik omillari bilan bog`liqdir.

Har bir davlatda, uning iqtisodi rivojlangan yoki iqtisodiyoti o'tish davri xususiyatiga ega bo'lishidan qat'iy nazar, mazkur mamlakatga xorijiy sarmoyaning kirib kelishi hamisha ijobiy hodisa sifatida qaraladi. Chunki, kirib kelayotgan sarmoyaning ko'payishi to'lov balansini yaxshilash orqali, milliy valyuta kursiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, islohotlar o'tkazishda zarur mablag`lar bilan ta'minlaydi, texnik ba'zani yangilashga xizmat qiladi, yangi ish o'rinlari yaratiladi, zamonaviy ish yuritish uslubini tadbiq etadi va bu bilan iqtisodiy o'sishni rag`batlantiradi. Shuning uchun ham xar bir davlat o'zining investitsion siyosatini izchillik bilan olib borishi va investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishi darkordir.

O'tish iqtisodiyoti mamlakatlarida xorijiy investitsyalarni jalb etishning iqtisodiy mexanizmini tahlil qilish hamda samaradorligini oshirishning nazariy va amaliy jihatlarini o'rganish muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Aksariyat nazariyalar xorijiy ishlab chiqarish va xalqaro savdoning o'zaro o'rnini bosuvchi bo'lib, to'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalar oqimi yuqori texnologiyalarning kelishiga olib keladi, shuningdek, ularni mahalliy firmalarga joriy etish samarasini oshiradi, bu esa mavjud resurslardan yanada samarali foydalanishga olib keladi, degan fikrga asoslanadi.

Investitsiyalar natijasida texnologiyalarni uzatish samarasini uchta turga ajratish mumkin:

-Namoyishli va ko'rgazmali samara – milliy firmalar olib kirilgan yuqori texnologiyalarning texnik yutuqlarini nusxalash yo'li bilan joriy etishlari mumkin.

- Ishchi kuchi kadrlarining qo'nimsizligi – tegishli transmilliy korporatsiyalar (TMK) doirasida o'z malakasini oshirayotgan ishchi va xizmatchilar mahalliy firmalarga axborot berishlari yoki o'z kompaniyalarini tashkil etishlari mumkin, bu esa yu?ori texnologiyalarning tarqalishiga ko'maklashadi.

- Xorijiy va milliy firmalar o'rtasida ishlab chiqarish hamda boshqa aloqalarning o'rnatilishi va kengaytirilishi, bu TMK tomonidan mahalliy tovarlar, xizmatlar, ishlab chiqarish quvvatlariga bo'lgan talabga bog`liq.

Umuman, to'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalarni va yuqori texnologiyalarni, boshqaruv ko'nikmalarini jalb qilish milliy firmalarning ishlab chiqarish usullariga muayyan o'zgarishlarni olib kiradi. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalash nuqtai nazaridan to'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalar oqimini Texnologiyalarning o'zini sotib olish ko'pgina rivojlanayotgan mamlakatlar hamda o'tish iqtisodiyoti davlatlari uchun qimmatga tushadi va ko'pincha buning iloji ham bo'lmaydi. To'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalar mahalliy firmalarda mavjud yuqori texnologiyalar paketini oshirishi mumkin. Yangi texnologiyalarni mahalliy sharoitlarda moslashtirish ham muhimdir.Xorijiy investorlar yuqori malakali ishchi kuchiga talabni oshiradi, aholi farovonligi darajasini ko'taradi, chunki TMKlar mahalliy firmalarga qaraganda yuqoriroq maosh to'laydi. Biroq shunga yarasha adolatsiz raqobat tufayli mahalliy firmalarning foydasi ham kamayadi. TMK oraliq mahsulotni ishlab chiqarishni rag`batlantiradi, chunki unga talabni yuzaga keltiradi. Mahalliy firmalar TMKlar tomonidan yaratilayotgan talabga asosan qo'shimcha ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga majburdirlar. Bu rivojlanish darajasi past mamlakatlarga ko'proq xos xususiyat bo'lib, ular o'z sanoat ishlab chiqarish quvvatlariga deyarli ega emas. Tog`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalar oqimining qabul qiluvchi mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta'siri bilan birga, uning salbiy samaralari ham mavjud. Ulardan biri – ichki kapital qo'yilmalarning xorijiy investitsiyalar va mahalliy firmalarning yuqori raqobatbardoshlikka ega bo'lgan TMKlar tomonidan siqib chiqarilishi hisoblanadi. Biroq ushbu samara doimiy emas, chunki to'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalar mehnat unumdorligining ortishi hamda olib kirilgan yuqori texnologiyalardan tashqi samara hisobiga milliy firmalar ekspansiyasiga yordam berishi mumkin. Ma'lumotlar ko'rsatishicha, to'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalarning netto oqimini kiritilgan har bir dollarga nisbatan o'sib boishi qabul qiluvchi mamlakat umumiy kapitalining bir dollaridan ko'proq hajmda o'sishiga olib keladi (o'zgarishlar 1,5-2,3 marta doirasida). Shunday qilib, to'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalar qabul qiluvchi mamlakat umumiy kapitalining o'sishi asosida iqtisodiy o'sishga ko'maklashadi.

To'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalarning qabul qiluvchi mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishiga ta'sirini baholashning muhim masalalaridan biri xorijiy investitsiyalar oqimi hisobiga umumiy kapital fondlar hajmining ortishi bo'lib, bunda xorijiy investitsiyalarning jalb etilishi yangi kapital qo'yilmalarni rag`batlantiradi, ya'ni to'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalar bo'lmaganida, ular ham bo'lmasdi. Bu samara xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga jamg`arilgan kapitalning ko'payishi nomini oldi. Bunga nisbatan teskari samara milliy investitsiyalarning xorijiy investitsiyalar tomonidan siqib chiq?arilishidir.

Umuman olganda, to'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalarning kapital jamg`arish darajasiga ta'siri turli mamlakatlardagi milliy iqtisodiy siyosat, xorijiy investitsiyalar shakllari, milliy kompaniyalarning raqobatbardoshligiga qarab turlicha bo'lishi mumkin.

O'zbekistonda Birinchi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Vatan ravnaqi, xalq farovonligini ta'minlash maqsadida chet el investitsiyalarini jalb etishga strategik ustuvor vazifa sifatida qaralib, mazkur masala davlat iqtisodiy siyosatining muhim yo'nalishi etib belgilangan.



Download 232,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish