Ist’emol krediti asosan aholiga yashashi uchun zarur bo’lgan buyumlarni (uy, mashina, televizor, muzlatgich, mebel va boshqalar) olishga beriladi. Iste’mol krediti pul va tovar ko’rinishida bo’lishi mumkin. Pul ko’rinishidagi iste’mol krediti bank muassasalari tomonidan jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida savdo tashkilotlarining hisobiga o’tkazib beriladi.
Xalqaro kredit – bu mamlakatlar, banklar, yuridik shaxslar tomonidan boshqa mamlakatlarga, banklarga, kompaniya va tashkilotlarga beriladigan kreditdir. Bu – xalqaro iqtisodiy aloqalar doirasida pul kapitalining valyuta va tovar moddiy qimmatliklari ko’rinishida qaytarishlik, muddatlilik va to’lovlilik asosida beriladigan harakatidir. Xalqaro kreditning sub’ektlari sifatida ikkita mamlakat, turli davlatlarning yuridik yoki jismoniy shaxslari maydonga chiqadi.
Xalqaro kreditning subyektlari mulkiy shakliga qarab davlat, aralash mulk va shaxsiy mulklarga guruhlanadi. Xalqaro kreditlar kreditor mamlakatning milliy valyutasida yoki uchinchi mamlakatning valyutasi (AQSh dollari, evro)da berilishi mumkin.
Xalqaro kredit, obyekti jihatidan pul ko’rinishida yoki natura shaklida berilishi mumkin. Bozor iqtisodiyotining rivojlanishi natijasida kreditor mamlakatlarning ko’pchiligi asosan xalqaro kreditni natura ko’rinishida berishdan manfaatdor bo’lib, bu orqali ular o’z mamlakatlarining ishlab chiqaruvchilarini iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga imkoniyat yaratadi.
Kreditlashning keng tarqalgan shakllaridan biri overdraft krediti hisoblanadi. Kreditlashning overdraft shakli ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda (Angliya, Shotlandiya, Irlandiya, Uels, Kanada) yaxshi rivojlangan. Overdraft krediti doimiy pul tushumiga ega bo‘lgan ishonchli mijozlarga beriladi va ular faoliyatida yuzaga keladigan qisqa muddatli pul mablag‘lari yetishmovchiligiga barham berish maqsadida beriladi.
Overdraft krediti mijozning joriy hisobraqamini debetli qoldig‘i summasiga beriladi. Tijorat banki va mijoz o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasiga ko‘ra, mijozga bank tomonidan kreditlash limiti ajratiladi. Mijozning joriy hisobraqamida pul mablag‘larining yetishmaslik holati yuzaga kelganda, ya’ni debetli qoldiq hosil bo‘lganda, bank ajratilgan limit doirasida overdraft krediti ajratadi.
Overdraft kreditida ssuda hisobraqami ochilmaydi. Kompyuter dasturi berilgan overdraft kreditini mijozlar toifasi bo‘yicha avtomatik ravishda hisobga oladi. Overdraft krediti mijozning joriy hisobraqamiga pul kelib tushishi bilan avtomatik ravishda qoplanadi. Overdraft kreditining foiz stavkasi muddatli kreditlaming foiz stavkasidan yuqori bo’ladi. Buning sababi shundaki, overdraft kreditlari ta’minlanmagan kreditlar bo’lib, ulaming risk darajasi nisbatan yuqoridir.
Overdraft kreditlarida garov ta’minotining mavjud emasligi quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
kredit oluvchining joriy hisobraqamida qachon pul mablag‘lari etishmasligini oldindan bilish qiyin;
kredit oluvchining joriy hisobraqamida qancha miqdorda pul mablag‘lari yetmay qolishini oldindan bilib bo‘lmaydi.
Kreditlashning yana bir shakli kontokorrent bo‘lib nemis tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda (Germaniya, Avstriya, Shveytsariya) yaxshi rivojlangan. Kreditlashning kontokorrent shaklida mijozning joriy hisobi yopiladi va uning o‘miga kontokorrent hisobraqami ochiladi. Kredit olgan mijozning faoliyatidan keladigan barcha tushumlar kontokorrent hisobraqamining kreditida aks etadi, uning majburiyatlari yuzasidan barcha to‘lovlari kontokorrent hisobraqamining debetida aks etadi. Kontokorrent kreditida mijozga kreditlash limiti ajratiladi.
Kontokorrent hisobraqamning debetli qoldig‘i summasiga beriladi va krediti kontokorrent hisobraqamiga pul mablag‘lari kelib tushishi bilan avtomatik ravishda qoplanadi.
Kontokorrent krediti kredit to‘loviga layoqatliligi bo‘yicha birinchi toifaga mansub bo‘lgan mijozlarga garovsiz beriladi. Buning sababi shundaki, kontokorrent risk darajasi yuqori bo‘lgan kreditlash shakli hisoblanadi.
Kontokorrent kreditining debetli qoldig‘i uchun mijoz bankka, uning kreditli qoldig‘i uchun bank mijozga foiz to‘laydi. Bunda mijoz bankka kredit uchun foiz to‘laydi, bank esa. mijozga talab qilib olinadigan depozit hisobraqamlari qoldig‘iga to‘lanadigan foiz darajasida (0,5-1,0%) foiz to‘laydi.
Shunisi ahamiyatliki, kontokorrent krediti qaytarilmaydigan moliyalashga aylanib qolmasligi lozim. Shu sababli, kreditlashning ushbu shaklida kredit riskini chuqurlashishiga yo‘1 qo‘ymaslik maqsadida quyidagi choralar qo‘llaniladi:
mijozning pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini 80-90 foizi o‘z kapitali hisobidan qoplanishi lozim;
kontokorrent krediti bo‘yicha qarzdorlikni keyingi oyga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Buning uchun mijozga har oyning so‘nggi ish kunida kontokorrent hisobarqamining kreditli qoldig‘ini ta’minlash sharti qo‘yilishi lozim.
Kontokorrent krediti odatda mijozning joriy ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplashga mo‘lljallangan. Ammo amaliyotda kontokorrent kreditidan uzoq muddatil investitsion loyihalar bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim xarajatlarni qisqa muddatli moliyalashtirishda ham foydalaniladi. Ushbu maqsadlarga berilgan kontokorrent krediti uzoq muddatli kredit berilishi bilan so‘ndiriladi.
Mamlakatimiz bank amaliyotida kreditlashning kontokorrent shaklidan foydanilmaydi, shuning uchun huquqiy asosi ham mavjud emas.
Kreditlashning keng tarqalgan shakllaridan yana biri faktoring bo‘lib, bu kreditlash shaklida tovar hujjatlari yoki tijorat veksellari tijorat banki tomonidan diskont stavkasi bo‘yicha regress huquqi bilan yoki regress huquqisiz mol yetkazib beruvchidan sotib olinadi. Tovar hujjatlari yoki tijorat veksellari regress huquqi bo‘yicha sotib olinganda, agar sotib oluvchi to‘lovga noqobil bo‘lib qolsa, tijorat bankida to‘lab berilgan summani mol yetkazib beravchidan undirish huquqi saqlanib qoladi.
Ko‘rinib turganidek regress huquqi tijorat banklari manfaati uchun ayni muddao hisoblanadi va banklar uchun faktoring operatsiyalari riskini kamaytiradi. Regress huquqisizda esa buning aksi. Faktoring mol yetkazib beruvchi va xizmat ko‘rsatuvchilarga bir qator afzalliklari mavjud, u lahzali likvidlilikni ta’minlaydi, ya’ni biror majburiyatni bajarish vaqti kelsayu, mablag‘ yetarli bo‘lmasa debitorlik qarzini sotish orqali muddatidan oldin mablag‘ni olish mumkin, va faktoring biznes faoliyatining uzliksizligini ta’minlaydi.
Faktoring kreditlash shaklida kreditning foizidan tashqari, faktoring xizmati ko‘rsatganligi uchun mijozdan qo‘shimcha komission to‘lov undiriladi. «Xalqaro faktoring to‘g‘risida»gi xalqaro konventsiyaga (UNIDRUA) asosan operatsiya faktoring operatsiyasi sifatida tan olinishi uchun quyidagi 4 talabdan kamida 2 tasi bajarilishi lozim:
Qarz majburiyatlarini oldindan to‘lash shaklidagi kreditlashning mavjudligi
Mol yetkazib beruvchining buxgalteriya hisobini yuritish.
Mol yetkazib beruvchining debitor qarzdorligini inkassatsiya qilish.
Mol yetkazib beruvchini kredit riskidan sug‘artalashning mavjudligi.
Kreditlashning yuqorida faktoring shakliga o‘xshash shakllaridan biri bu forfeyting hisoblanadi. Kreditlashning forfeyting shaklida uzatma tijorat veksellari, ya'ni trattalar tijorat banki tomonidan, diskont stavkasi bo‘yicha, mol yetkazib beruvchidan regress huquqisiz sotib olinadi.
Forfeyting mol yetkazib beruvchini kreditlash shakli hisoblanadi. Forfeyting kreditlari tijorat bankiga diskont stavkasi ko‘rinishida daromad keltiradi. Ammo forfeyting kreditlarining risk darajasi yuqoridir. Agar sotib oluvchi to‘lovga noqobil bo‘lib qolsa, zarar to‘liq tijorat bankining zimmasida qoladi. Chunki, tijorat bankida mol yetkazib beruvchidan toiovni undirish huquqi bo`lmaydi. Shu sababli, sotib oluvchining to‘lovga qobilligini tahlil qilish va baholash kreditlashning forfeyting shaklidagi kredit riski darajasini pasaytirishning asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. Forfeyting kreditlari mol yetkazib beruvchilarning pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi bank amaliyotida kreditlashning forfeyting shakli mavjud emas. Buning asosiy sababi — trattalar muomalasining mavjud emasligidir.
Yirik investitsion loyihalar, ya‘ni umumiy qiymati tijorat banklarining birinchi darajali kapitalining 25 foizidan oshadigan investitsiya loyihalarini kreditlashda bir necha yirik banklar ishtirok etishi mumkin. Bir necha banklar tomonidan yirik investitsiya loyihalarini birgalikda kreditlash shakli esa sindikatsiyalashtirilgan kredit deyiladi. Bunday yirik loyihani moliyalashtirish uchun ikki yoki undan ortiq banklar o‘rtasida o‘zaro kelishadi va bank sindikatini tashkil qilishadi. Sindikatsiyalashtirilgan kreditlar qaytarishlik, to‘lovlilik, ta‘minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida kredit shartnoma bo‘yicha faqat yuridik shaxslarga beriladi.
Sindikatsiyalashtirilgan kredit berish muddati, foiz stavkasi miqdori yirik investitsiya loyihalarining qoplanish muddatiga, tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga asosan kredit shartnomasida belgilanadi. Zarar bilan ishlaydigan, nolikvid bo‘lgan, samarasiz investitsiya loyihalarini taqdim qilgan mijozlarga sindikatsiyalashtirilgan kreditlar berilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |