Mavzu: Xorijiy davlatlarda mavjud kredit turlari
Reja:
Kredit tushunchasi va uning shakllari.
Xorijiy davlatlarning bank amaliyotida foydalaniladigan kreditlash shakllari.
Xorij tajribasi asosida O`zbekiston Respublikasining tijorat banklarida kreditlash jarayonini takomillashtirish masalalari.
Kredit tushunchasi va uning shakllari.
Jamiyat faoliyatining o’ta muhim jihati – bu ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy resurslar ishlatiladi, mahsulotlar va xizmatlardan iborat hayotiy ne’matlar yaratiladi. Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini moddiy va mehnat omillari ta’minlaydi. Ishlab chiqarishning bu omillar bilan bir tekisda ta’minlanishi muammodir.
Kredit tovar-pul munosabatlari mavjud sharoitdagi takror ishlab chiqarish jarayonining ajralmas bir qismi bo’lib, tovar ishlab chiqarish kredit munosabatlari vujudga kelishining tabiiy asosi hisoblanadi. Kreditning vujudga kelishining nafaqat ichki iste’mol uchun tovar ishlab chiqarish doirasidan emas, balki asosan yuridik jihatdan mustaqil, bir-biriga mulkdor sifatida qarama-qarshi turuvchi va iqtisodiy munosabatlarga kirishishga tayyor tovar egalari faoliyat ko’rsatayotgan muomala doirasidan qidirish kerak.
Kredit – vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini pulga zarurat sezgan subyektlarga qaytarishlilik, to’lovlilik, moddiy ta’minlanganlilik tamoyillari asosida qarzga berish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabat.
,,Kredit” –so`zi lotincha ,,credit” so`zidan olingan bo`lib “ishonch” degan ma’noni anglatadi. Kredit – bu pul va tovar shaklidagi resurslarni qaytarib berishlik, muddatlilik va foiz to‘lashlik shartlari asosida berish natijasida yuzaga keladigan qiymatning harakatidir.
Kredit davlatning o`z funksialarini bajarilishini ta`minlashda muhim o`rin tutadi.
Kredit aholining turmush farovonligini ta’minlsh imkonini berdi.
Shunday qilib, kredit munosabatlarini rivojlantirishda banklar kredit uchun xarakterli muhim shartlar va qonunlarga asoslangan holda kreditlash jarayonini amalga oshirishlari zarur.
Kredit munоsabatlari iqtisоdiyotda mavjud aniq uslubiy asоslarga tayanadi. Uning asоsiy elementlari bo’lgan ssuda kapitali bоzоri оperatsiyalari ma`lum tamоyillar asоsida оlib bоriladi. Bu tamоyillar kredit rivоjlanishining birinchi bоsqichida ko’zga tashlangan edi. Keyinchalik esa ular umumdavlat va хalqarо kredit qоnunchiligida yaqqоl o’z aksini tоpdi.
Kreditni tas’niflar ekanmiz eng avvalo kreditning turlari va shakllarini ajratib olishimiz zarur. Kreditning hozirgi paytda uchta asosiy turi mavjud bo’lib, bular quyidagilar hisoblanadi:
- Qisqa muddatli kreditlar;
- O’rta muddatli kreditlar;
- Uzoq muddatli kreditlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |