Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni
rivojlantirish
chora-tadbirlari
toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining farmoni bilan tanishamiz.
1
Respublikada ulgurji va birja savdosi korxonalari faoliyati uchun zarur
huquqiy asos yaratilgan, zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etilgan holda
chakana savdo tarmoqlari jadal rivojlanmoqda, tadbirkorlik subyektlarining
moddiy-texnik resurslardan foydalanishi kengaymoqda.
Shu bilan birga, tovar bozorlarining hozirgi holati, ulgurji va birja savdosining
rivojlanish darajasi zamonaviy talablarga javob bermaydi. Savdo aylanmasining
1
https://lex.uz/docs/-4030912?ONDATE2=14.12.2019&action=compare
Tovar bozorlarida savdoni yanada
erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
farmoni
3
kengayishiga, ichki bozorni va ishlab chiqaruvchilarni zarur tovarlar bilan
taʼminlashga hamda respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksport
qilishga toʻsqinlik qilayotgan bir qator muammolar mavjud, xususan:
ulgurji savdoning rivojlanishi, keyinchalik qayta ishlash uchun yarim tayyor
mahsulotlarni va sanoat mahsulotlarini, “biznes uchun – biznes” (B2B) tamoyili
boʻyicha boshqa tovarlarni yetkazib berish tizimi darajasining pastligi xoʻjalik
yurituvchi subyektlar tranzaksiya xarajatlarining oshishiga va ular tomonidan
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tashqi bozorlarda raqobatbardoshligi
pasayishiga olib kelmoqda;
tadbirkorlarni, ayniqsa, qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini bozor
narxlarining noqulay oʻzgarishi oqibatlaridan muhofaza qilish imkonini beruvchi
fyucherslar, hosila moliyaviy vositalar va birja tovarlari savdosi boshqa zamonaviy
mexanizmlarining sust joriy etilishi natijasida operatsiyalar hajmi va savdoga
chiqariladigan tovarlar turlari cheklanmoqda;
savdo subyektlarining ustav kapitalida davlat ulushining yuqoriligi, chakana
savdo va xizmat koʻrsatish sohalarida eskirgan cheklovlarning saqlanib
qolinayotganligi mazkur sohalarda raqobat muhitining izchil rivojlanishiga
toʻsqinlik qilmoqda;
tovar ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilarni, shu jumladan, xorijiy
isteʼmolchilarni mamlakatda ishlab chiqarilayotgan talab yuqori boʻlgan
mahsulotlar turlari va hajmlari toʻgʻrisida xabardor qilishga doir ishlarning tizimli
yoʻlga qoʻyilmaganligi respublika ichida, shuningdek, xorijiy ishlab chiqaruvchilar
bilan ishlab chiqarish kooperatsiyasining rivojlanishiga toʻsqinlik qilmoqda.
Savdo mexanizmlarini yanada takomillashtirish, tovarlar bozorida sogʻlom
raqobat muhitini rivojlantirish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari faoliyatining
samaradorligini oshirish va xarajatlarini kamaytirish, ular tomonidan ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini taʼminlash uchun shart-
sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat
qoʻmitasining:
a) 2019-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilarni:
ulgurji savdoni amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash va savdo
korxonalarini soliqqa tortishning maxsus tartibini;
aksiz soligʻi solinadigan tovarlarning ayrim turlarini (avtomobil, oʻsimlik
yogʻi va boshqalar) sotishdan tushadigan tushumlar hisobini yuritishva undan
foydalanishning maxsus tartibini;
koʻchma savdo uchun ruxsatnoma olish talabini;
davlat ulushi 50 foizdan kam boʻlgan korxonalar kontragentlari bilan oʻzaro
munosabatlarda kechiktirilgan debitorlik qarzlar uchun sanksiyalarni;
davlat ulushi 50 foizdan kam boʻlgan korxonalar bilan shartnomalar boʻyicha
ichki bozorda oldindan 15 foiz toʻlovni amalga oshirishga doir talabni;
1-ilovaga muvofiq ayrim turdagi tovarlar eksportiga cheklovlarni;
4
kelishishning xabardor qilish tartibini joriy etgan holda, mahsulotlarni birja
savdosiga chiqarish jadvallarini Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan
korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan
kelishishning amaldagi tartibini;
moliyaviy isteʼmol kreditini ishlab chiqaruvchidan yoki realizatsiya qiluvchi
tashkilotdan faqat Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan isteʼmol tovarlari
(xizmatlari)ni sotib olish uchun berish toʻgʻrisidagi talablarni bekor qilish;
b) 2018-yil 1-noyabrdan boshlab quyidagilar:
tovar-xomashyo birjalariga birjada sotiladigan mahsulotlarni saqlash va
logistika qilish, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab
chiqish va joriy etish boʻyicha shuʼba xoʻjalik birlashmalarini tuzish;
import boʻyicha olib kelingan yuqori likvidli mahsulot turlarini, egalarining
xohishiga koʻra, ichki bozorda, shu jumladan, birja savdolarida cheklovlarsiz
sotish;
birja savdolarida xarid qilingan yuqori likvidli mahsulotlar, xomashyo va
materiallar turlarini sotuvchi tomonidan chiqarib yuborish toʻlov muddatidan kelib
chiqqan holda birjalarning elektron tizimi orqali qatʼiy belgilanadigan muddatlar
va navbatlar boʻyicha amalga oshirish tartibini belgilash;
v) 2018-yil 1-noyabrdan boshlab naqd pul tushumini topshirish va undan
foydalanishning quyidagilarni:
eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan ortiq miqdorda kunlik oʻrtacha
naqd pul tushumi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar naqd pulni bank
kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali yoki mustaqil ravishda kunlik topshirish
imkoniyati;
ushbu kichik bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan miqdordan kam
boʻlgan kunlik oʻrtacha naqd pul tushumiga ega xoʻjalik yurituvchi subyektlar naqd
pulni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali oʻzlari belgilagan davrlarda
yoki mustaqil ravishda topshirishi imkoniyati;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muqobil inkassatsiya xizmatlarini
tashkil etgan holda naqd pul tushumini faqat Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy
bankining inkassatsiya xizmati orqali topshirishni bekor qilish;
yuridik shaxslar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan naqd
pulsiz hisob-kitoblarni oldi-sotdi shartnomalarini tuzmasdan invoys (hisob-faktura)
berish orqali korporativ bank kartochkalaridan foydalangan holda amalga
oshirilishini nazarda tutuvchi tartibini joriy etish haqidagi takliflariga rozilik
berilsin.
2. Belgilansinki:
xalqaro toʻlov tizimi orqali toʻlangan holda butunjahon Internet tarmogʻi
orqali bitta invoys boʻyicha 5 ming AQSH dollarigacha tovar (xizmat)larni eksport
qilishda xaridor bilan yozma shartnoma tuzish talab etilmaydi va barcha yuridik va
jismoniy shaxslarga umumqabul qilingan xalqaro amaliyotga muvofiq hisobot
yuritgan holdaTashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga
axborot kiritmasdan hamda pochta aloqa xizmatlari koʻrsatish qoidalariga muvofiq
5
yukning bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirmasdan amalga oshirishga ruxsat
etiladi;
2019-yil 1-yanvardan boshlab tovar-xomashyo birjasi aʼzolarining
daromadlariga qimmatli qogʻozlar bozorida brokerlik faoliyatini amalga oshiruvchi
yuridik shaxslar uchun belgilangan soliqqa tortish shartlari tatbiq etiladi;
jismoniy shaxslarga umumiy qiymati 5 ming AQSH dollaridan koʻp
boʻlmagan tovarlarni bojxona deklaratsiyasi taqdim etmasdan Oʻzbekiston
Respublikasidan olib chiqishga ruxsat etiladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzurida 38 nafar shtat
birligidan iborat Tarmoq bozorlari va eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarish
tadqiqotlari markazi davlat muassasasi shaklida tashkil etilsin va uning asosiy
vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
respublikada ishlab chiqariladigan va import qilinadigan mahsulotlar (tovarlar
va xizmatlar) nomenklaturasi va turlari toʻgʻrisida xoʻjalik yurituvchi subyektlarga
axborot berish uchun muntazam yangilanib boriladigan elektron-axborot portalini
yaratish;
ichki ishlab chiqarish quvvatlari, tovarlarga boʻlgan talab va taklifning
hajmlari, shuningdek, ishlab chiqariladigan va isteʼmol qilinadigan mahsulotga
ichki bozorda narxlarning oʻzgarishi haqidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
tovar bozorlaridagi narxlar, talab va takliflarning oʻzgarishi dinamikasini
tahlil va monitoring qilish hamda shu asosida tegishli takliflar tayyorlash;
tarmoq bozorlar konʼyunkturasini respublika va hududlar kesimida kompleks
oʻrganish, ularning muvozanatli rivojlanishi toʻgʻrisida takliflar tayyorlash.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish
va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi ikki oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligi bilan
birgalikda respublikaning barcha hududlarida seminarlar oʻtkazsin va xoʻjalik
yurituvchi subyektlarga birja va ulgurji savdo faoliyatini tashkil etish boʻyicha
zarur amaliy yordam koʻrsatilishini taʼminlasin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda “Oʻzbekiston respublika
tovar-xomashyo birjasi” AJning ustav kapitalidagi davlat ulushini “Toshkent”
respublika fond birjasida birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy takliflar
berish orqali sotish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda MDHga
aʼzo davlatlarning monopoliyaga qarshi kelishilgan siyosatini amalga oshirish
toʻgʻrisidagi Shartnomani belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi
tomonidan ratifikatsiya qilish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
6. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida
ushbu Farmon qoidalari va tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan qoʻshimcha
imkoniyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning keng yoritilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tegishli vazirliklar va
idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy
6
hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga
muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh
vaziri A.N.Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari
Z.Sh.Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari –
moliya
vaziri
J.A.Qoʻchqorov,
Oʻzbekiston
Respublikasi
Prezidenti
maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M.Mavlonov va Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari G.K.Saidova zimmasiga
yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.MIRZIYOYEV
Toshkent shahri, 2018-yil 30-oktyabr
Do'stlaringiz bilan baham: |