Jahon siyosati (mintaqalar bo‘yicha) – gumanitar fanlar ta'lim sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u xalqaro munosabatlar sohasini rivojlantirishga, tashqi siyosat istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini hamda siyosiy bilimlar tizimi bilan bevosita aloqador bo‘lgan xalqaro munosabatlar tarixi va nazariyasi, diplomatiya asoslari, O‘zbekiston va dunyo xalqlarining xalqaro munosabatlari, tarixi, dini, tili, iqtisodiyoti, huquqiy tizimi, adabiyoti va madaniyati haqidagi bilimlar bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy va amaliy faoliyatini o‘z ichiga oladi. “Jahon siyosati (mintaqalar bo‘yicha)” ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar ichki va tashqi siyosiy faoliyat bilan bog‘liq jarayonlarni o‘zlashtirish va tadqiq qilish, istiqbolni belgilash jarayonlarini tahlil qilish, sintezlash va optimallashtirish, ilg‘or xalqaro metodlarini qo‘llash, tashqi siyosiy jarayonlar bo‘yicha tizimli tahlil modellarini qo‘llash, kompyuter texnologiyalari va dasturlash, tizimli yondoshuv mexanizmlarini tatbiq etish kabi kasbiy faoliyat turlarini qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |