- inson hamjamiyatini shakllantiruvchi integrasion aloqalar majmui (Shahnazarov, 1978. – 19 b.); davlatlar va nodavlat tashkilotlari, partiyalar, kompaniyalar va turli davlatlarning yuridik shaxslari o‘rtasidagi unosabatlar (Xalqaro huquq kursi 1989, – 10 b.). Bu ta’riflarning hech biri obyekt mazmunini to‘la ochib berolmagan. Ularning vazifasi faqatgina obyekt haqida dastlabki tasavvurni berishdan iborat. Shuning uchun tadqiqotchilar xalqaro munosabatlar tushunchasini talqin etishar ekan, nafaqat unga mukammal ta’rif berishga, balki uning mohiyati va spesifikasini aniglab olishga yordam beruvchi kriteriyalarni ajratishga intilishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |