etilishi mumkin bo‘lgan savollarni farqlash; berilgan muammoni ilmiy tadqiq etish
usulini taklif etish; berilgan muammoni ilmiy tadqiq etish usullarini baholash;
ma’lumotlarning obyektivligi va ishonchliligini ta’minlashda olimlar tomonidan
qo‘llaniladigan usullarni tavsiflash va baholash. Ma’lumotlar va dalillarni ilmiy
talqin qilish kompetensiyasi – turli ko‘rinishdagi ilmiy ma’lumotlar, dalillarni
tahlil qilish va baholash hamda tegishli xulosalar chiqarish. Bunda quyidagi
ko‘nikmalar namoyish etiladi: ma’lum bir ko‘rinishdagi ma’lumotlarni boshqa
ko‘rinishda ifodalash; ma’lumotlarni tahlil va talqin qilish hamda tegishli
xulosalar chiqarish; ilmiy adabiyotlardan
olingan matnlardagi faraz, dalil va
xulosalarni aniqlash; ilmiy dalil va nazariyalarga asoslangan mulohazalarni ilmiy
bo‘lmagan boshqa qarashlardan farqlay olish; turli manbaalar (masalan, gazeta,
jurnal, internet)dan olingan ilmiy mulohaza va dalillarni baholash. Ilmiy bilish
turlari o‘quvchilarning tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik kompetensiyalarini
namoyish etishlari ilmiy bilishning uchta turiga bog‘liq. Ilmiy bilish turlariga
quyidagilar kiradi: fizik sistemalar (fizika va kimyo), tirik sistemalar (biologiya),
yer va fazo sistemalari (geografiya, geologiya, astronomiya)ga oid bilimlar, ya’ni
fanning mazmuniga oid bilimlar; ilmiy ma’lumot (bilim)lar olish uchun
qo‘llaniladigan
turli xil metodlarni, shuningdek, standart tadqiqot jarayonlarini
bilishga oid metodologik bilimlar; epistemik bilimlar, ya’ni bizning ilmiy
ta’savvurlarimiz ilmiy tadqiqot metodlarining imkoniyatlarini tushunishimiz
natijasi ekanini, shuningdek, faraz, gipotezaning kuzatish kabi tushunchalarning
mazmun-mohiyatini bilish. Kontekstlar PISA topshiriqlarining o‘ziga xos
xususiyati shundaki, ularda hayotiy muammoli vaziyatlar aks etadi. PISA
topshiriqlarida muammoli vaziyatlar quyidagi kontekstlarda ifodalanadi:
salomatlik;
tabiiy Resurslar; atrof-muhit; havf-xatar; ilm-fan va texnologiya
sohasidagi yangi bilimlar. Kontekstlar uchta darajada bo‘ladi: shaxsiy;
mahalliy/milliy; global. Kognitiv darajalar savolning kognitiv darajasi bu –
topshiriqni bajarish uchun talab etiladigan aqliy jarayonlar, topshiriqning
intellektual jihatdan qiyinligi, ya’ni talab qilinadigan fikrlash jarayonining
murakkabligi va topshiriqni bajarish uchun zarur bo‘ladigan bilim, ko‘nikmalar
ko‘lami. Topshiriqlar quyidagi kognitiv darajalardan biriga ega bo‘ladi: quyi daraja
(bir bosqichli amallarni bajarish, masalan, dalil, atama, qonuniyat va tushunchani
yodga olish, jadval yoki grafikdan so‘ralgan ma’lumot ifodalangan nuqtani topish);
o‘rta daraja (hodisalarni tavsiflash va tushuntirishda tegishli bilimlardan foydalana
olish, ikki yoki undan ortiq bosqichli faoliyatni talab qiladigan
tegishli amallarni
tanlay olish, grafiklar yoki jadvallar ko‘rinishidagi oddiy ma’lumotlar to‘plamini
talqin qila olish yoki qo‘llay olish); yuqori daraja (murakkab ma’lumotlarni tahlil
qilish, dalillarni umumlashtirish yoki baholash, asoslash, axborotning turli
manbalaridan foydalangan holda muammoni hal qilish rejasini tuzish yoki amallar
ketma-ketligini belgilash). Mazkur axborotnomadan o‘rin olgan PISA topshiriqlari
kompyuter ekranidagi ko‘rinishda e’tiboringizga havola etilmoqda. PISA
topshiriqlarini bajarishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur: topshiriqni bajarish
yuzasidan kursivda berilgan ko‘rsatmani diqqat bilan o‘qish; topshiriqdagi
muammoli vaziyat aks etgan matnni diqqat bilan o‘qib-tushunish; grafik, rasm,
chizmalarda ifodalangan ma’lumotlar bilan tanishish, ularni talqin qilish, xulosa
chiqarish, kompyuterda ishlash, mantiqiy va tahliliy fikrlash, tabiiy yo‘nalishdagi
fanlardan egallagan tegishli bilim, ko‘nikma va malakalarni qo‘llay olish
Undan quyidagi kompetensiyalar talab etiladi
1.hodisalarni ilmiy izohlash
2. tabiiy-ilmiy tadqiqotlarning o‘ziga xosligini tushunish
3. ma’lumotlarni talqin qilish va xulosalar chiqarishda ilmiy dalillardan
foydalanish
Tabiiy-ilmiy savodxonlikni baholashga qaratilgan topshiriqlarga qo‘yilgan
talablar:
1.tabiiy-ilmiy savodxonlik kompetensiyalarini baholashga qaratilgan bo‘lishi
2. real hayotiy vaziyatlarga asoslangan bo‘lishi
An’anaviy savol
Tabiiy-ilmiy
savodxonlikka oid
savol
Hujayra qanday qismlardan tashkil
topgan?
Organizmning
irsiy
belgilarini
o‘zgartirish
uchun
olimlar
hujayraning qaysi qismiga ta’sir
ko‘rsatishadi?
Nyutonning
birinchi
qonunini
ta’riflang.
Nima
uchun
avtomobilga
o‘tirganda
xavfsizlik
kamari
taqilishi shart?
Tovush to‘lqinining tezligi, davri
va uzunligini bog‘lovchi formulani
yozing.
Minglab kilometr uzoqlikdagi yer
qimirlashi haqida qanday va qancha
vaqtda bilishimiz mumkin?
Har qaysi savol-topshiriq quyidagi toifalar bo‘yicha tavsiflanadi:
1. kompetensiya
2.ilmiy bilish turi
3.kontekst
4.kognitiv daraja (qiyinlik darajasi)
Kompetensiyalar
1.hodisalarni ilmiy izohlash
2.tabiiy-ilmiy tadqiqotlarning o‘ziga xosligini tushunish
3. ma’lumotlarni talqin qilish va xulosalar chiqarishda ilmiy dalillardan
foydalanish
Ilmiy bilish turlari
Mazmunga oid bilish-quyidagi sohalarga tegishli ilmiy mazmunni bilish:
“Fizik sistemalar”, “Tirik sistemalar” va “Yer va Koinot haqidagi Fanlar”.
Jarayonga oid bilish-ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun foydalaniladigan turli
metodlarni, shuningdek, standart tadqiqot jarayonlarini bilish
KONTEKST
Quyi.
Bir bosqichli amallarni bajarish, masalan, dalillar, terminlar, tamoyillar
va tushunchalarni anglash, grafik yoki jadvalda berilgan ma’lumotlarni o’z ichiga
olgan yagona nuqtani topish.
savol (topshiriq)da tasvirlangan muammoli vaziyat mavzusi.
1. salomatlik
2.tabiiy resurslar
3. atrof-muhit
4. xavf-xatar
4. fan va texnologiya aloqalari
Hayotiy vaziyat darajalari:
1.
shaxsiy-(o‘quvchining o‘zi, uning oilasi, do‘stlari bilan bog‘liq)
2.
mahalliy/milliy
3.
global-(dunyoning turli burchaklarida ro‘y berayotgan hodisalarni
qamrab oladi)
Kognitiv daraja (qiyinlik darajasi, bilish darajasi)
Har qanday savolning qiyinligi – bu uning intellektual jihatdan murakkabligi
(ya’ni talab qilinadigan fikrlash jarayonining murakkabligi) va topshiriqni bajarish
uchun zarur bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalar miqdori.
Tabiiy-ilmiy savodxonlikka ega bo‘lgan shaxs tabiiy fanlar va
texnologiyalarga oid muammolarni ilmiy dalillarga asoslangan holda
muhokama qilishda ishtirok eta oladi. Undan quyidagi kompetensiyalar talab
etiladi :
-hodisalarni ilmiy izohlash
-tabiiy-ilmiy tadqiqotlarning o‘ziga xosligini tushunish-ma’lumotlarni talqin
qilish va xulosalar chiqarishda ilmiy dalillardan foydalanish
Xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishga
tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘tgan yillarda foydalanilgan
savollar mazmunini
o‘rganib chiqib, tahlil qilish va ulardan ta’lim jarayonida foydalanish kerak.
O’rta.
Hodisalarni tavsiflash va tushuntirishda ma’lum bilimlardan foydalana olish va
qo’llay olish, ikki yoki undan ortiq bosqichli faoliyatni talab qiladigan
tegishli tartibni tanlay olish, grafiklar yoki jadvallar ko’rinishidagi oddiy
ma’lumotlar to’plamini talqin qila olish yoki qo’llay olish.
Yuqori.
Murakkab ma’lumotlarni tahlil qila olish, dalillarni umumlashtira olish yoki
baholay olish, asoslash, turli axborot manbaalarini hisobga olgan holda xulosalar
chiqara olish, muammoni hal qilish uchun reja yoki amallar ketma-ketligini ishlab
chiqish.
ASALARI OILALARINING NOBUD BO‘LISH SINDROMI
Butun dunyodagi asalari oilalariga xavfli hodisa tahdid solmoqda. Ushbu
hodisa asalari oilalarining nobud bo‘lish sindromi deb ataladi. Bu hodisa
asalarilar o‘z uyalarini tark etishi bilan ifodalanadi. Uyadan ajralib chiqqan arilar
o‘ladi, shunday qilib, asalari oilalarining nobud bo‘lish sindromi o‘n milliardlab
asalarilarning o‘limiga sababchi bo‘ldi.
Tadqiqotchilarning fikricha, asalari oilalari nobud bo‘lishining bir nechta
sabablari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: