5-savol
Savolga javob berish uchun bitta javob variantini tanlang.
Olimlar asalari oilalari nobud bo‘lishiga ikkita qo‘shimcha
sabab borligini
taxmin qilishmoqda:
•
asalarilarga yuqadigan va ularni o‘ldiradigan virus.
•
asalarilarning qorin bo‘limiga tuxum qo‘yadigan parazit
pashsha.
Quyida keltirilgan xulosalarning qaysi biri asalarilar
virus sababli nobud
bo‘lgan degan taxminni tasdiqlaydi?
A. Asalari uyalarida yot organizm tuxumlari
topilgan
B. Asalari hujayralarida insektitsidlar topilgan
C. Asalari hujayralarida asalarilarga tegishli bo‘lmagan DNK topilgan
D. Asalari uyalarida o‘lgan asalarilar topilgan
Mazkur savolga javob berish uchun o‘quvchilar
viruslar haqida egallagan
bilimlarini qo‘llay olishlari kerak (viruslar hayotning hujayrasiz shakli bo‘lib, ular
DNK yoki RNK va oqsil qobiqdan iborat).
To‘g‘ri javob: “C. Asalari hujayralarida asalarilarga tegishli bo‘lmagan
DNK topilgan”.
Mazkur savol o‘quvchilarning hodisalarni
ilmiy jihatdan tushuntirish
kompetensiyasini baholashga qaratilgan.