Mavzu: Xalqaro baholash dasturlari. Pisa tadqiqoti reytingida yuqori


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana16.04.2022
Hajmi0,8 Mb.
#556021
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
YWENSEXhZRlTtXNEkQfwe3nvnYZZ9eNKlaYn5cIZ

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga 
yuklatilgan vazifalar: 
– xalqaro tadqiqotlar o‘tkaziladigan o‘qish, matematika va tabiiy 
yo‘nalishdagi fanlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari, 
malaka oshirish va qayta tayyorlash hududiy mintaqaviy va tarmoq markazlarining 
o‘quv dasturlariga xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda o‘zgartirish va 
qo‘shimchalar kiritib borish;
– xalqaro tadqiqotlar dasturlarining mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, 
davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida loyihalar tayyorlash va amalga oshirish 
vazifalari yuklatildi.
PISA xalqaro tadqiqoti. 
PISA (Programme for International Student 
Assessment) 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yunalishdagi 


fanlardan savodxonlik darajasi va kompetensiyasini baholovchi xalqaro dastur 
bo‘lib, Xalqaro Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti tomonidan har uch 
yilda bir marta o‘tkaziladi. 
Ushbu loyihalar o‘quvchi yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlash 
ko‘nikmalari egallagan bilimlarini hayotda qo‘llay olish layoqatiga turli xil 
topshiriqlar orqali baho berish va keyinchalik bu ko‘nikmalar rivojlanishiga turtki 
berishga xizmat qiladi. 2021-yilda PISA va PIRLS xalqaro dasturlarida 
mamlakatimiz ishtirok etish rejalashtirilgan. Mazkur tadqiqotlar doirasida 
O‘zbekiston Respublikasi o‘quvchi yoshlarning savodxonlik darajasi ilk bor sinab 
ko‘rilar ekan, bunga o‘ta mas’uliyat bilan tayyorgarlik ko‘rish talab etiladi. Buning 
uchun, xalqaro tadqiqotlar talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan topshiriqlar 
asosida tajriba sinovlar o‘tkazish, o‘quv jarayonlariga bosqichma-bosqich 
integratsiya qilib borish orqali o‘quvchilarda maxsus ko‘nikmalarni rivojlantirib 
borish muhim ahamiyat kasb etadi. PISA tadqiqotlarining kompyuterga asoslangan 
holda tashkil etilishini inobatga olib: 
- maktablarni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan to‘liq ta’minlash 
choralarini ko‘rish;
-o‘quvchilarni tanqidiy tahlil, kreativ fikrlash, mustaqil izlanish, 
yaratuvchanlik qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan metodik qo‘llanma, 
topshiriqlar to‘plamini yaratish va barcha ta’lim muassasalariga yetkazish;
-o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini, mantiqiy va ijodiy fikrlashini 
baholashga qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda o‘tkazib borish belgilangan. 
Ko‘plab mamlakatlarda bitiruvchilar bilimini baholash ekspertizasi xalqaro 
tadqiqotlar (The Programme for International Student Assessment (PISA))- 15 
yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan
savodxonlik darajasini baholash natijalari tahliliga ko‘ra muammolar aniqlangan. 
Xususan, biologik bilimlarni namoyon qilish zarur bo‘lgan amaliy yo‘nalishdagi 
topshiriqlarni, integrativ mazmundagi topshiriqlarni yechishda bu yaqqol ko‘zga 
tashlangan.
PISA tadqiqotlarida o‘quvchilarning alohida fanlardan bilimi tekshirilmaydi, 
balki hayotda zarur bo‘ladigan bilim va malakalarining holati o‘rganiladi, 
shuningdek, 
o‘quvchilarning fanlararo kompetentligi baholanadi. PISA 
tadqiqotlari uchta yo‘nalishda olib boriladi: o‘qish savodxonligi, matematik 
savodxonlik, tabiiy fanlardan savodxonlik, 1000 ballik tizimda baholanadi. 
Tadqiqotlar uch yillik siklda o‘tkaziladi. Har qaysi siklda yuqorida qayd etilgan 
uchta yo‘nalishdan bittasiga asosiy e’tibor qaratiladi. Mamalakatlar ta’lim tizimida 
muayyan yo‘nalishdagi o‘zgarishlar atroflicha tahlil qilinadi. 
O‘qish 
savodxonligi 
Matematik 
savodxonlik 
Tabiiy fanlardan 
savodxonlik 
2000 
2003 
2006 
2009 
2012 
2015 
2018 
2021 
2024 va h.k. 


Ushbu xalqaro dastur 1997-yil ishlab chiqilib, 2000-yilda ilk marotaba 
amaliyotda qo‘llangan. Dastur ko‘magida turli davlatlar ta’lim tizimidagi 
o‘zgarishlar aniqlanadi, solishtiriladi, baholab boriladi. Bu tadqiqotlarning natijasi 
dunyo bo‘yicha katta qiziqish bilan kuzatib kelinadi. Shu bois yildan-yilga uning 
ahamiyati va qamrovi oshib boryapti. Misol uchun, 2000-yilda dastur testlarida 32 
davlatdan 265000 nafar o‘quvchi ishtirok etgan bo‘lsa, 2018-yilda bu ko‘rsatkich 2 
barobarga oshishi, ya’ni 78 davlatdan 540000 nafardan ziyod o‘quvchi qatnashishi 
kutilgan edi. 
PISA topshiriqlari komyuterda bajariladi. Test topshiriqlari tayyor javobli 
bo‘lib, ulardan to‘g‘risi tanlanadi. Shuningdek, javobsiz testlar ham bo‘ladi. 
Bularga o‘quvchi to‘liq yoki qisqa javob berishi so‘raladi. Ayrim test topshiriqlari 
bitta hayotiy vaziyatga oid, biroq turli qiyinlik darajasidagi test savollaridan iborat 
bo‘ladi. Testlar bir necha variantda tuziladi. Ba’zi testlar ayrim variantlarda 
takrorlanishi mumkin. 
Shuningdek, tadqiqotda o‘quvchilar o‘zi va maktab direktorlari o‘z 
maktablari haqidagi ma’lumotlarni so‘rovnomaga yozishadi. To‘plangan 
ma’lumotlar ta’lim natijasiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashga yordam beradi. 
PISA tadqiqotlari natijalari quyidagilarni aniqlashga imkon beradi: 
15 yoshli o‘quvchilarning asosiy bilim va ko‘nikmalarini ifodalovchi miqdor 
ko‘rsatkichlar; 
o‘quvchilarning ta’lim natijalari va maktabda ishning yo‘lga qo‘yilishiga 
ta’sir etuvchi omillarning holatini ifodalaydigan miqdoriy ko‘rsatkichlar; 
vaqt o‘tishi bilan erishilgan natijalarning o‘zgarishi yo‘nalishini ifodalovchi 
miqdoriy ko‘rsatkichlar. 
Tadqiqot natijalari hamda turli mamlakatlarning ta’lim tizimini tavsiflovchi 
ko‘rsatkichlar har uch yilda chop etib boriladi. Bu ma’lumotlardan
mamlakatlarning ta’lim tizimidagi yutuqlarni o‘zaro taqqoslash va maktab ta’limi 
sohasidagi siyosatni aniqlashda foydalaniladi. 
Dastur yetakchi xalqaro tadqiqotchilik tashkilotlari va milliy markazlar, 
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotini o‘z ichiga olgan Konsorsium 
tomonidan amalga oshiriladi. Konsorsium ishini Pedagogik tadqiqotlar bo‘yicha 
Avstraliya kengashi (The Australian Council for Educational Research - ACER) 
boshqaradi. 
“O‘qish savodxonligi” atamasi o‘qish tezligini tekshirishni emas, balki 
“Savodli o‘qish”ni anglatadi. Unga ko‘ra, o‘quvchi mantlarni tushunishi, ularning 
mazmunini mushohada qilishi va baholay olishi, o‘z fikrini bildira olishi zarur. 
O‘quvchilarga turli matnlar taqdim etiladi: badiiy asarlardan parchalar, 
biografiyalar, shaxsiy xatlar, hujjatlar, gazeta va jurnallardagi maqolalar, 
yo‘riqnomalar, reklama e’lonlari, geografik kartalar va b. Ularda axborot turli 
ko‘rinishlarda aks etadi: diagramma, rasm, xarita, jadval, chizma va h.k. 
“Matematik 
savodxonlik” 
yo‘nalishidagi 
topshiriqlar 
yordamida 
o‘quvchilarning maktab matematika kursida egallagan bilimlari tekshirilmaydi, 
balki ularning turli vaziyatlarda matematik bilim, ko‘nikmalarni qo‘llay olishlariga 


asosiy e’tibor qaratiladi. O‘quvchilarga, asosan, o‘quv emas, balki kundalik 
hayotga xos bo‘lgan amaliy vaziyatlar taklif etiladi (tibbiyot, uy-joy, sport va h.k.). 
Bunda o‘quvchilar ko‘p hollarda nafaqat matematikaning turli mavzulari va 
bo‘limlaridan, balki boshqa fanlar, masalan, fizika va biologiyadan olgan bilim va 
ko‘nikmalaridan foydalanishlari talab etiladi. 
Tadqiqotning “Tabiiy fanlardan savodxonlik” yo‘nalishi o‘quvchilarning 
fizika, biologiya, kimyo, geografiya fanlaridan egallagan bilim va ko‘nikmalarini 
kompleks holda tekshiradi. O‘quvchilarga taklif etiladigan hayotiy vaziyatlar har 
bir insonning shaxsiy hayotida uchraydigan dolzarb muammolar bilan bog‘liq 
(masalan, parhez davomida iste’mol qilinadigan mahsulotlar), jamoa yoki 
jamiyatning a’zosi sifatida (masalan, shaharga nisbatan elektrostansiyaning 
joylashgan o‘rnini aniqlash) yoki dunyo fuqarosi sifatida (masalan, “issiqxona 
samarasi”ning oqibatlarini anglash). 
Aytish joizki, shu vaqtga qadar mamlakatimiz ta’limi PISA baholash tizimi 
doirasiga tushmagan. Ammo bu borada harakatlar boshlangan. Yurtimiz ta’limi 
PISAning 2021 yilgi xalqaro baholash dasturida ishtirok etishi va “Xalqaro 
tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi” ochilishi haqidagi murojaati 
ma’qullangani buning bir tasdig‘idir. Bu markazning zimmasiga mamlakatimiz 
ta’lim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish, 2019-2021 yillar oralig‘ida 
amaliy ko‘nikmalar shakllantirilishini baholashga qaratilgan sinovlarni tizimli 
ravishda o‘tkazib borish, o‘quv adabiyotlarini modernizatsiya qilish, xalqaro ta’lim 
standartlariga asoslangan holda o‘qish, matematika, tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan
davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari hamda o‘quv adabiyotlari mazmuniga 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish kabi bir qator vazifalar yuklatiladi. 
Tabiiy-ilmiy savodxonlik – shaxsning tabiiy fanlar rivoji va ularning 
yutuqlaridan foydalanish bilan bog‘liq masalalarda faol fuqarolik pozitsiyasini 
egallash qobiliyati va uning tabiiy-ilmiy g‘oyalarni o‘rganishga tayyorligi Tabiiy-
ilmiy savodxonlikka ega bo‘lgan shaxs tabiiy fanlar va texnologiyalarga oid 
muammolarni ilmiy dalillarga asoslangan holda muhokama qilishda ishtirok eta 
oladi.
 
Quyida mazkur tadqiqotning har bir yo‘nalishiga xos xususiyatlarga ta’rif va 
qisqacha tavsif beriladi. “O‘qish savodxonligi” O‘qish savodxonligi – insonning 
yozma matnlarni tushunish va ularni tahlil qilish, ular mazmunidan o‘z 
maqsadlariga erishishda, bilim va imkoniyatlarini rivojlantirishda, ijtimoiy hayotda 
faol qatnashishda foydalanish qobiliyati. “Ma’rifat” 2018-yil 8-dekabr “O‘qish 
savodxonligi” atamasi keng ma’noga ega, bunda o‘qish texnikasini ochiq-ravshan 
tekshirish ko‘zda tutilmaydi. Tadqiq etish maqsadi, savodxonlarcha o‘qish 
ko‘nikmasi haqidagi zamonaviy tasavvurni aks ettiradi. Ana shu tasavvurga ko‘ra 
asosiy maktab bitiruvchisi matnlarni tushunishi, uning mazmun-mohiyati ustida 
fikr yuritishi, ularning ma’nosi va ahamiyatini baholashi, o‘qilgan narsa haqida o‘z 
fikrini bildirishi lozim.
Asosiy e’tibor turli vazifalarda “o‘qish savodxonligi” ko‘nikmasini 
tekshirishga qaratiladi. O‘quvchilarga turli janrlardagi matnlar: badiiy asarlardan 
parchalar, ko‘ngilochar matnlar, shaxsiy xatlar, hujjatlar, gazeta va jurnallardan 


olingan maqolalar, yo‘riqnomalar, reklama e’lonlari, geografik xaritalar va 
boshqalar taklif etiladi. Unda axborot taqdim etishning turli shakllari, 
diagrammalar, rasmlar jadvallar va grafiklardan foydalaniladi. “Matematik 
savodxonlik” “Matematik savodxonlik”–insonning o‘zi yashayotgan dunyoda 
matematikaning rolini aniqlash va anglash qobiliyati, yaxshi asoslangan matematik 
mulohazalarini bayon qilish va yaratuvchan, manfaatdor va o‘z fikriga ega 
fuqaroga xos ehtiyojlarni hozirda va kelajakda qondirish uchun matematikadan 
foydalanish qobiliyati. Odatda maktab o‘quv dasturida belgilanadigan 
“savodxonlik” atamasi matematik bilim va ko‘nikmalarning holatini o‘rganish 
mazkur tadqiqotlarning birlamchi vazifasi emasligini ko‘rsatish uchun ishlatilgan. 
Asosiy e’tibor turli vaziyatlarda mushohada va intuitsiyani talab qiluvchi turli xil 
yondashuvlardan foydalanib matematik bilimlarni qo‘llashga qaratiladi. Buning 
uchun odatda maktabda o‘rganiladigan ancha-muncha matematik bilimlar zarur 
bo‘ladi. Tadqiqotda o‘quvchilarga asosan darslikdagi emas, balki hayotga xos 
bo‘lgan (tibbiyot, uy-joy, sport va boshqa) amaliy vaziyatlar taklif etiladi. 
Shuningdek, belgilangan bilim va ko‘nikmalarni alohida-alohida tekshirish ko‘zda 
tutilmaydi. Ko‘p hollarda nafaqat matematikadan, balki fizika, biologiya 
fanlarining turli mavzu va bo‘limlaridan bilim hamda ko‘nikmalarini ishlatish talab 
etiladi.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish