O’zbеkistonda auditorlik faoliyatini tartibga solish tizimi, uning elementlari.
O’zbеkiston Rеspublikasining «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida» gi qonuni va uning ahamiyati.
O’zbеkiston buxgaltеrlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi hamda O’zbеkiston auditorlar palatasi va ularning faoliyati.
4. Xalqaro auditorlik standartlarning mohiyati
5. Xalqaro audit standartlarining kontseptual asosi
6. Xalqaro audit standartlari tarkibi
I – pog‘ona
O‘zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun
II – pog‘ona
Auditorlik tashkilotining doimiy hujjatlar to‘plami, auditorlik tekshiruvi o‘tkazish rejasi va dasturi, ekspertiza hujjatlari va boshqalar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA
AUDITORLIK FAOLIYATINI ME’YORIY TARTIBGA SOLISH TIZIMI VA UNING ELEMENTLAR
Аuditorlik faoliyatining huquqiy asoslarini tahlil qiladigan boʼlsak, sohaga oid qonun va qonun osti hujjatlarining yillar davomida takomillashib, zamon hamda bozor iqtisodiyoti talablariga mos ravishda mukammallashib borayotganligini kuzatamiz.
Аuditorlik faoliyatiga davlatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridanoq jiddiy eʼtibor berilib, Respublika hududida mulkdorlar va davlatning mulkiy manfaatlarini himoyalashga koʼmaklashuvchi mustaqil moliyaviy nazorat tizimining huquqiy asoslarini belgilab berish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasining ilk “Аuditorlik faoliyati toʼgʼrisida”gi qonuni qabul qilindi.
Soʼnggi 20 yil ichida mamlakatimiz audit bozorida katta oʼzgarishlar roʼy berdi. Qator islohotlar amalga oshirildi. Sohadagi islohotlar amaldagi qonunning yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqishni taqoza qildi. Shundan kelib chiqib, 2018 yilda yangi tahrirdagi “Аuditorlik faoliyati toʼgʼrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Mazkur hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yilning 10-noyabr kuni, Senat tomonidan esa 2021-yilning 5-fevralida ma’qullangan.
“Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
Toshkent sh.,
2021-yil 25-fevral,
O‘RQ-677-son
9 ta bob, 55-modda
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kirishi belgilab qo’yilgan.
Auditorlik faoliyati mustaqillik, xolislik, halollik, professional malakalilik va maxfiylik prinsiplari asosida amalga oshiriladi. Auditorlar farazlarga asoslanib fikr bildirishdan holi bo‘lishi va obro‘sini tushirishi mumkin bo‘lgan omillarga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Auditorlik tashkilotining mustaqilligiga to‘sqinlik qiladigan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, auditorlik tashkiloti auditorlik xizmatlarini ko‘rsatishdan voz kechishi kerak.
(4m)
Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-m)
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
auditor — auditorning malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs;
Auditorlar reyestri — auditorning malaka sertifikatiga ega bo‘lgan auditorlarning auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan ro‘yxati, bundan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan shakllantiriladigan reyestr mustasno;
auditorlik tashkiloti — auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish va turdosh xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha auditorlik faoliyatini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti;
Auditorlik tashkilotlarining reyestri — auditorlik tashkilotlarining auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan ro‘yxati;
auditorlik faoliyati — auditorlik tashkilotlarining auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati;
audit qo‘mitasi — xo‘jalik yurituvchi subyektning kuzatuv kengashi a’zolaridan iborat bo‘lgan, qoida tariqasida, kamida bir nafar mustaqil a’zoni o‘z ichiga oladigan, moliyaviy hisobotni tuzishning to‘g‘riligi ustidan nazorat o‘rnatilishi, mustaqil auditorlik tashkilotining tanlanishi, auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishi jarayonlarini kuzatish, shuningdek ichki va tashqi auditorlik tekshiruvlari natijalarini olish hamda o‘rganish uchun mas’ul bo‘lgan qo‘mita;
renking — auditorlik tashkilotlarining faoliyatini tavsiflovchi muayyan ko‘rsatkichlar bo‘yicha guruhlarga ajratilgan auditorlik tashkilotlarining tartibga solingan ro‘yxatlarini shakllantirish;
talabgor — malaka sertifikatini olishga yoki uning amal qilish muddatini uzaytirishga da’vogar bo‘lgan jismoniy shaxs.
(3-m)
Ma’lumotnoma namunasi
O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi
Ma’lumotlarni Auditorlik tashkilotlarining reestriga kiritish uchun
MA’LUMOTNOMA
Auditorlik tashkilotining nomi ……………………
Pochta manzili ………………………………………………..
Elektron manzili ………………………………………….…
Veb-sayti (mavjud bo‘lgan taqdirda) ………………………………………..
Telefon aloqa raqami (kodi bilan) ……………………...
Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami ……………
Quyidagi auditorlarning mehnat daftarchalarining ko‘chirma nusxalari («Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan ko‘chirmalari) ilova qilinadi:
Oʼzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi organlar
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi
O’zbekiston Auditorlar Palatasi
Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi Moliya vazirligining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarda buxgalteriya hisobini hamda auditorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning yagona tizimini ishlab chiqishni ta‘minlaydi.
Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi Moliya vazirligining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarda buxgalteriya hisobini hamda auditorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning yagona tizimini ishlab chiqishni ta‘minlaydi.