Mavzu: xalq pedagogikasining milliy tarbiyada tutgan o'rni mundarija: Kirish Asosiy qism I bob. Xalq pedagogikasining pedagogika tizimidagi o‘rni


II BOB. SHARQ ILK UYG‘ONISH DAVRI TA’LIM TARBIYA



Download 136,5 Kb.
bet8/9
Sana23.07.2022
Hajmi136,5 Kb.
#844584
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-XALQ PEDAGOGIKASINING MILLIY TARBIYADA TUTGAN O\'RNI

II BOB. SHARQ ILK UYG‘ONISH DAVRI TA’LIM TARBIYA.
I.3. Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlaridagi yetakchi tendentsiyalar va ularning ahamiyati.
Ta'lim-tarbiya tarixiga nazar tashlar ekanmiz, dastlabki xalq og’zaki ijodi namunalaridan tortib, buyuk mutafakkirlar ijodigacha yoshlarni mehnatsevar bo’lib yetishishi, kasb-hunar o’rganish, mehnat ahlini hurmat qilish hamda mehnat insonni ulug’lash masalalariga alohida e'tibor berilganligiga guvoh bo’lamiz.
Buni biz turli davrlarda yaratilgan ta'limiy-axloqiy asarlar va xalq og’zaki ijodi namunalari topishmoq, xalq qo’shiqlari, masal, maqol, ertak va dostonlarda mehnat va kasb-hunar odobi, axloqi va qoidalarini o’zlashtirish muhim hayotiy zarur ekanligi ta'kidlanadi.
Bundan tashqari «Avesto», Kaykovusning «Qobusnoma», Abu Nasr Forobiyning «Fozil odamlar shahri», Abu Rayhon Beruniyning «Geodeziya», «Minerologiya», Maxmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’atit-turk», Yusuf xos Hojibning «Qutadg’u bilig», Alisher Navoiyning bir qator asarlari va shu kabi ma'rifiy meros namunalarida mehnatsevarlik, kasb-hunarning ahamiyati haqida muhim fikrlar bayon etilgan. Bular dastlabki xalq og’zaki ijodi namunalaridagi xalq eposlari, ertak, maqol va topishmoqlardan boshlangan.
Mana shunday ertaklardan biri «Aql va boylik» ertagidir. Bunda chol to’rt o’g’liga qarata «Kim aqlli va davlatmand bo’lsa, o’sha oila boshlig’i bo’lib qoladi», degan so’zlariga o’g’illaridan biri zumrad ko’zli oltin uzugi, ikkinchisi zarbof choponini, uchinchisi esa qimmatbaho kamarini ko’rsatadi. Kenja o’g’il esa otasining savoliga «Menda zumrad ko’zli uzuk ham, zarbof chopon ham, qimmatbaho kamar ham yo’q. Lekin mehnatkash qo’lim, botir yuragim, aqlli boshim bor», - deydi va otasi uni oila boshlig’i qilib, uy-ro’zg’orini meros qoldiradi.
Ko’rinib turibdiki, xalq bu ertak vositasida yoshlarga insonni hayotda baxtli qila oladigan narsa mehnat dеgan g’oyani ilgari surgan.
Faqat ertaklarda emas, xalq maqollarida ham mehnatsevarlik, mehnatda hamkorlik, mehnatning insonni baxtli-saodatli qilishi ifodalangan. Maslan:
Daryo suvini bahor toshirar, Inson qadrini mehnat oshirar.
Oltin o’tda bilinar, Odam mehnatda.
Mehnatda do’st ortar, g’iybatdan dushman, kabi maqollar shular jumlasidandir.
Yusuf xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asarida esa shahar va qishloq xalqini ijtimoiy tabaqalarga ajratib, dehqonlar, hunarmandlar, chorvadorlar, olimlar, tabiblar va boshqalar haqida so’zlab, ularning jamiyat hayotidagi o’rniga alohida to’xtalib o’tadi. Turli kasblar, ayniqsa, dehqonchilik, hunarmandchilik va chorvachilikka oid fikrlarini bayon etadi. U dehqon, hunarmand va chorvadorlarni jamiyatning moddiy boyliklarini yaratuvchi sifatida ta'riflaydi.
Sharq “Uyg‘onish davri” ta’lim-tarbiya muammolarini hal etishda bir qancha qomusiy olimlar ijodiy merosida sof ta’limiy-axloqiy asarlarda ko‘rib o‘rganib chiqilgan. Qomusiy olimlar: Muhammad ibn al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Qoshg‘ariy, Rudakiy, Firdavsiy va boshqalardir. Bularning ijodlarida bola tarbiyasiga oid bo‘lgan turli muhim vazifalarni ko‘rish mumkin. Xususan, Firdavsiy “Shohnoma ” asarida didaktik nasihatlar berilganligi bilan taqsinga sazovordir. “Insonni hayru sahovati bo‘lishga yetaklovchi kuch ilm va hunardir, – deydi shoir. – Ilmni insonga singdiruvchi narsa esa aqldir”.
Mehnat va hunarni yuksak baholagan, uni gavhardan ham yuqori qo‘ygan shoir hunar va mehnatni chiroyi insonni aqli va axloqida deb hisooblaydi va doimo aql bilan ish qilish zarurligini uqtiradi.


XULOSA
Xalq pedagogikasi milliy tarbiyaning asosi sifatida. Xalq pedagogikasining pedagogika fanlari tizimidagi o‘rni. Kursning predmeti, obyekti, maqsadi va vazifalari. Xalq pedagogikasining boshqa pedagogika fanlaridan farqi. Ishning o‘rganishning dolzarbligi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’limning milliy yo‘nalishiga qo‘yilgan talablar.
Xalqimizning qadimdan amal qilib kelayotgan odob-axloq qoidalariga ko’ra nonga hurmat ulug’langan va non ushog’i bexosdan erga tushib ketsa, «yomon bo’ladi» deb, uni qo’lga olib ko’zga surtib o’pib, og’izga solingan yoki chetga olib qo’yilgan. Suvga tuflash -«gunoh» bo’ladi, «yomon bo’ladi» deb tushuntirishgan. qadimda hovuzlarning suvi haftalab, oylab toza turgan. Biroq, kishi uni «harom» qilishga botinolmagan. Bolalarga bu «yomon bo’ladi» iborasi orqali etkazilgan. Qozonga mushuk yoki it, sutga sichqon tegsa o’sha idishlar «harom» hisoblanib, toza suvda yaxshilab yuvilgan. Qechqurun qozon yuvuqsiz qolsa «harom» bo’lgay... Kechasi uy supurilmagan, supurgi yotqizib qo’yilgan... Ikki qo’lini orqaga tirab chalqancha yotish, barmoqlarni zanjir qilish, oyoqlarni chalishtirib, ko’pchilik oldida uzatib o’tirish odobsizlik hisoblangan. «YOmon bo’ladi» iborasi orqali kattalarga hurmat, kichiklarga g’amxo’rlik tarbiyalangan, etim bolalarga, boshiga musibat tushgan oilalarga ozor etkazilmagan. Otaga tik qarash, ularga ters javob berish, qizlarga, umuman xotin-qizlarga bexayolik qilish «yomon bo’lish»ini yoshlikdan tushuntirilgan. Bunda bolaning yoshi, xatti-harakatlari, o’ziga xos xususiyatlari hisobga olingan. Ayrimlariga noaxloqiy xatti-harakatlarning yomonligi Qur’oni karim, hadislardan misollar keltirish, hikoyalar aytib berish orqali ifodalansa, ayrim yoshdagi bolalar ota-ona, aka-uka, opa-singil, qo’ni-qo’shnilarning ijobiy xatti-harakatlari namunasida tarbiyalangan. Bunday axloqiy fazilatlar bola aqlini tanimasdan, gapirishni bilmasdan oldin ota-onalar turmush tarzida ifodalangan. Keyinchalik esa, «yomon bo’ladi» iborasi orqali davom ettirilgan.
Masalan, musulmon farzandi quyosh chiqquncha uxlasa, «yomon bo’ladi», erta saharda eshik ochilmasa, «yomon bo’ladi», «kunlik rizqimizdan benasib qolamiz» iboralari bolalarni erta turishga undagan. Kechki payt quyosh botish arafasida uxlasa, «yomon bo’ladi» deb uqtirilgan.


Download 136,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish