Mavzu: xalq pedagogikasining milliy tarbiyada tutgan o'rni mundarija: Kirish Asosiy qism I bob. Xalq pedagogikasining pedagogika tizimidagi o‘rni



Download 136,5 Kb.
bet6/9
Sana23.07.2022
Hajmi136,5 Kb.
#844584
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-XALQ PEDAGOGIKASINING MILLIY TARBIYADA TUTGAN O\'RNI

Non tishlatdim bolamga, mardikordan qaytsin deb,
Zolimlarni qarg‘adim, Ilohi, yer yutsin, deb.
Yоki; mahalliy xalqning bosqinchilarga nisbatan nafrati quyidagi qo‘shiqda yanada kuchliroq ko‘zga tashlanadi.
So‘k oshini ichmayman, Hech haqimdan kechmayman.
Etigimni yechmayman, Mardikorga olgan Nikolayni
Qorda qarag‘ay kesganman, Taxtdan yiqitmay qo‘ymayman.

Shuningdek, zulmkor mahalliy hukmdorlarga nisbatan nafrat ruhini uyg‘otuvchi quyidagi qo‘shiqlar ham e’tiborga loyiqdir:




Isfandiyor zolimliging bildirding,
Non o‘rniga kunjarani yedirding, ...
Haddan oshding, zolim, yoning so‘kilsin,
Boshing kesilsinu, qoning to‘kilsin! va boshqalar.

Ko‘rinib turibdiki, XX asr arafasida tarixiy qo‘shiqlarga ijtimoiy adolatsizlikka qarshi kurash ruhi kirib kela boshlagan. Bosqinchilik va zulmga nisbatan nafrat ruhi targ‘ib etilgan, milliy ozodlik orzusi vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalari kuchaya borgan.


Sho‘rolar tuzumi davrida etnopedagogika manbalarini to‘plash, yozib olish, nashr etishga e’tibor kuchaygan bo‘lsada, mavjud tuzum ruhiga mos kelmagan manbalarni o‘qish, ulardan foydalanish o‘tmish va din sarqiti nomi bilan ta’qiqlab qo‘yildi.
Faqat milliy istiqlol tufayli xalq pedagogikasi manbalaridan keng miqyosda foydalanish imkoniyati tug‘ildi. Xalqning madaniy merosini, tarixiy haqiqatni qayta tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Biroq, etnopedagogika Respublikamizda alohida fan sifatida endigina shakllanish arafasidadir. Uning manbalarga g‘oyat boy tarixiy taraqqiyot yo‘lini ilmiy pedagogik jihatdan puxta o‘rganish va tizimga solish ishlari o‘z tadqiqotchilarini kutib turibdi.
Sharq “Uyg‘onish davri”, Arab musulmonlar olami, fiqh, notiqlik, geodeziya, farmakologiya.
Sharqda ilm-fanning taraqqiy etishini ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy omillari. Arab xalifaligida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, yagona islom dinining tarkib topishi, ma’naviy hayotga ham ta’sir etdi. Unda katta ko‘tarinkilik ruhini paydo qildi.
Bu ko‘tarinkilik butun arab xalifaligini, Yaqin va O‘rta Sharqni qamrab olganligi uchun Sharq Uyg‘onish davri xalifalikning Bog‘dod, Damashq, Xalob shaharlarida boshlanib, XV-XVI asrlargacha davom etdi.
Arab xalifaligida IX asrda vujudga kelgan Uyg‘onish davri xalifalikning Bog‘dod, Damashq, Xalob shaharlarida boshlanib, barcha boshqa xalqlar madaniy hayotiga tarqalgan, bu esa u davlatlarning ham madaniy rivojlanishiga zamin tayyorlaydi. Halifalikni yemirilishi natijasida tashkil topgan mustaqil davlatlardagi madaniy rivojlanish xalifalik davridagi madaniy rivojlanishning davomi bo‘ldi.
Xalifalik Xorun ar-Rashid (786-833) va uning o‘g‘li Ma’mun davrida Bog‘dodda “Baytul hikma” (“Donishmandlik uyi” hozirgi Akademiya ma’nosi) tashkil etiladi. Mazkur Akademiya barcha ilm sohiblari to‘plangan markazga aylandi. Uning qoshida jahon kutubxonasi tashkil etilgan, rasadxona ham bo‘lgan, keyinchalik yangi kutubxona qurilgan. Bog‘doddagi mazkur ilm markazi, o‘z navbatida Sharq va G‘arbda ilm – fanning taraqqiy etishiga, ma’naviy hayotni yuksalishiga ta’sir etgan. Bu o‘rinda xalifa al-Ma’mun ilm-fan ravnaqida ko‘rsatgan homiyligini alohida ta’kidlash joiz.
Zero, xalifa al-Ma’mun ilm-fanni juda qadrlagan. U IX asr boshlarida xalifalikni Xurosondagi noibi bo‘lgan vaqtida ham Movoraunnahr va Xurosondagi olimlarni to‘plab, ularning ilmiy ijodiga sharoit yaratib bergan. Bular orasida al Xorazmiy, al-Xuttaliy, al-Javhariy, al-Farg‘oniy, al-Marvaziy kabi vatandosh olimlarimiz ham bo‘lgan, al-Ma’mun xalifalik taxtiga o‘tirgach, u olimlarning barchasini chaqirib oladi.
Shuningdek, qadimgi yaratilgan madaniy yodgorliklar, ular xoh yunon, xoh arab, xoh Movarounnahr va Xuroson xalqlarining eng qadimgi antic davrlar madaniyati bo‘lsin, uyg‘onish davri madaniyatining yaratilish va rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Yaqin va O‘rta Sharqda, jumladan, Eron, Kavkaz orti va O‘rta Osiyoda savdo aloqalarining rivojlanganligi, hunarmandchilikning taraqqiy etishi, iqtisodiy va madaniy aloqalarning barchasi umumiy rivojlanishiga ta’sir etdi.
M.Xayrullayev ta’kidlaganidek, “Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlaridagi madaniy yuksalishga olib kelgan asosiy sabab feoudal munosabatlar yangi bosqichi bo‘ldi. Bu davr madaniy taraqqiyotida arab xalifaligiga bo‘ysungan mamlakatlarning xo‘jalik-iqtisodiy aloqalarining kuchayishi va buning oqibatida turli madaniyatlar – hind, O‘rta Osiyo, Eron, arab, yunon, rim madaniyatlarining yaqindan o‘zaro aloqasi va bir-biriga ta’sir etib borishi katta rol o‘ynaydi”.
X asrdan boshlab Movarounnahr va xurosonda mustaqil feudal davlatlar – Tohiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar davlatlarining paydo bo‘lishi ham madaniy hayotning yanada ravnaq topishiga olib keldi.
Bu davrda pul muomalasi rivojlandi. Jamiyat, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy hayotdagi o‘zgarishlar, albatta madaniy hayotga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi.
Somoniylar davlatida Marv, Buxoro, Samarqand va Urganch o‘sha davrning madaniy markazlaridan sanalardi.
Bu davrda arab tili ilmiy va aloqa tili edi, maktablarda darslar arab tilida olib borilar edi. Rasmiy xujjatlar, sharoit qoidalari arab tilida yuritilar edi. Ilmiy asarlar ham arab tilida yozilar edi. X asr o‘rtalariga kelib, fors-tojik tilida tilde ham ish yuritila boshladi, ammo yoziladigan xujjatlar, ishlar fors-tojik tilida bo‘lsa ham, arab imlosida yozilar edi.
O‘sha davrda Buxoroda katta kitob bozori bo‘lgan, kitob do‘konlarida olim va fozil kishilar uchrashib, ilmiy baxs, munozaralar o‘tkazganlar.
XI asr Xorazmda ilm-fan, ayniqsa, taraqqiy etadi. Xorazm shohi Ma’mun o‘z saroyiga eng zabardast shoirlarni taklif etadi. U tashkil etgan “Baytul hikma” – “Donishmandlik uyi”da qomusiy olimlar – Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, tarixchi Miskavayx, riyoziyotchi Abu Nasr ibn Iroq, faylasuf Abu Saxl al-Masihiy, tabib Abdulhayr Hammor kabi olimlar ilmiy ijod bilan shug‘ullanganlar, lekin toju-taxt uchun kurash natijasida bu ilm dargohi o‘z faoliyatini to‘xtatadi.
Sharq “Uyg‘onish davrida” turli yo‘nalishlarda o‘rganilgan:

  • Birinchi yo‘nalish – matematika-tibbiyot yo‘nalishi bo‘lib, bularga tibbiyot farmakologiya va boshqa shularga turdosh fanlar kiritilib, Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniylar matematikaga oid, Zakariyo ar-Roziy kimyo va tibbiyotga oid, Ibn Sino, Jurjoniy tibbiyot va falsafa, Abu Rayhon Beruniy Jurjoniy tibbiyot va falsafa, Abu Rayhon Beruniy tibbiyotga oid yirik asarlar yaratdilar.

  • Ikkinchi yo‘nalish – Ijtimoiy-falsafiy yo‘nalish bo‘lib, bunda falsafa, tarix, mantiq, fiqh, ruhshunoslik, notiqlik va boshqa fanlar bo‘lib, bu sohada Farobiy, al-Kindiy, Ibn Sino, Zahiriddin Bayhaqiy, Muhammad Narshahiy va boshqalar faoliyat ko‘rsatganlar.

Mutafakkirlarning o‘z ishlarida o‘qitish va ta’lim-tarbiyaga e’tibor natijasida, pedagogika va didaktika masalalariga qiziqish orta bordi. Aniq fanlarni o‘qitishning usuli masalalariga ayniqsa e’tibor kuchaydi. Pedagogika sohasida inson va uni kamolga yetkazish bilan bog‘liq muammo asosiy o‘rinni egalladi.
Mutafakkirlar ta’lim-tarbiyaga oid fikrlarida inson kamoloti majmuasini baxt-saodatga erishish uchun sharoit yaratish degan g‘oyani ilgari surish bilan bog‘lab talqin etdilar. “Farobiy, Nizomiy, Jomiy, Navoiy asarlarida odob-axloq, ma’rifatga, ma’naviy erkinlikka erishuv baxt-saodat, deb talqin etildi va bu baxt-saodat adolatli, zulmdan holi, ideal yetuk jamoa va ideal rahbar, hokim bilan bog‘liq holda tasavvur etildi. Yetuk jamoa haqidagi utopiya Sharq uyg‘onish davri sotsial-yetuk fikri taraqqiyotining eng katta yutuqlaridan biri bo‘ldi”, – Farobiyshunos olim M. Xayrullayev.
Sharq uyg‘onish davri ta’limiy-didaktik asarlarida inson shaxsining kamol topishi yo‘llari, usullari bayon etildi. Haqiqiy yuksak axloqli inson hislatlari haqida fikr yuritilganda birinchi o‘rinda adolatparvarlik g‘oyasi yotadi. Masalan, adolatli hukmdor haqida so‘z yuritilar ekan, agar hukmdor adolatli bo‘lsa, uning qo‘l ostidagi fuqarolar ham baxt-saodatli hayot kechiradi, deyiladi.
Bundan tashqari, insonni kamolotga yetkazuvchi axloqiy hislatlar sifatida do‘stlik, saodat va vafo, sevgi va muhabbat, vatanparvarlik, samimiylik, saxovat, muruvvat, erkinlik, irodalilik, jasurlik kabilar ilgari suriladi. Salbiy hislatlar sifatida rashk, riyokorlik, hudbinlik, ochko‘zlik, xirs, sotqinlik kabilar qoralanadi.
Uyg‘onish davri pedagogikasida kasb-hunar o‘rganish ilm o‘rganish bilan bab-barobar talab etiladi. Har bir yosh yigit, u qaysi tabaqa farzandi bo‘lmasin, kasb-hunar o‘rganishi zarurligi alohida ta’kidlanadi. Har bir hunarmand mehnat madaniyatini, o‘z kasbiga e’tiqod va hurmatni tarkib toptirish, tejamkorlikka rioya etish, o‘z ishini sifatli bajarishga yo‘llangan.

Download 136,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish