Arab musulmon olami. Asr boshlarida islom g‘oyasiga asoslangan Arab xalifaligi tashkil topib, bu davlat o‘z mavqeini mustahkamlash uchun boshqa mamlakatlarni ham zabt etishni boshladi. Butun Arabiston yarim oroli shuningdek, Eron, Kavkaz oroli, Suriya, Shimoliy Afrika, Janubiy Ispaniya xalifalik tarkibiga kiritildi. VII asr o‘rtalaridan boshlab arablar Movaraunnahrga ham hujum qilish rejasini tuza boshladilar.
Arab iste’lochilarining birinchi yurishi 651-yilda Ubaydulloh ibn Ziyod boshchiligida amalga oshirildi. 676-yilda esa Said ibn Usmon rahbarligida Buxoro, So‘g‘diyona, Kesh, Nasaf shaharlariga hujum qilinadi.
VIII asrning o‘rtalariga kelibgina arablar Movarounnahrni zabt etishga to‘la erishdilar.
Arab iste’lochilari bosib olingan yerlarda xalqni islom diniga kirita bohladilar. Tarixchi at-Tabariyning “At-tabariy tarixi”, Narshaxiyning “Buxoro tarixi”, B.B.Bartoldning tarixiy asarlarida keltirilishicha, arab iste’lochilarining Movaraunnahr Xalqini islom diniga kiritish jarayoni qiyin kechgan va bir necha yillarga cho‘zilgan. Chunki, Movarounnahr arab iste’lochilariga ham ma’naviy, ham iqtisodiy taraqqiy etgan mamlakat bo‘lib, uning aholisi arab bosqinchilariga tezda bo‘ysuna qolmadi. Aholining iste’lochilariga bo‘ysunishni istamaganlarining asosiy sabablaridan biri biri istebdod va qatag‘onlar bilan bir qatorda, bosqinchilarning mahalliy xalqning yillar davomida tarkib topgan boy ma’naviy merosi – san’ati, adabiyoti, yozuvini, asori-atiqalarini poymol etishga harakat qilganlari ham bo‘ldi. Shuning uchun ham arab iste’lochilari xalqni bo‘ysundirish harbiylar bilan bir qatorda, islom dini targ‘ibotchilaridan ham foydalanadilar va asta-sekin ma’lum natijalarga erisha boshladilar. Chinki, Movarounnahrda aholi islomga qadar har xil hudolarga, Quyoshga, Ko‘k dinga (shaman), muqaddas narsalarga topinar, ma’lum bir g‘oyaviy e’tiqod butun bir o‘lkada tarkib topmagan edi. Shuning uchun ham islom dinining yoyilish va u bilan birga shariat qonun qoidalari, aqidalariga rioya etish, yagona Allohga sig‘inish va Allohning rasuli Muhammad Alayhissalom ko‘rsatmalariga amal qilish xalqning ongiga ta’sir etib, ularning bu dinni qabul eta boshlashiga olib keldi va islomiy qadriyatlar tarkib topishiga yo‘l ochdi.
Arablar islom dinini tarqatishda turli usullardan foydalandilar, jumladan, islom dinini qabul qilganlar soliqlardan ozod etildi.
Narshaxiy arab iste’lochilarining aholini islomlashtirishga oid xatti-harakatlarni quyidagicha bayon etdi: “Buxoro aholisi har safar (islom lashkarlari kelganda) musulmon bo‘lar, arablar qaytib ketganida esa ular yana dindan qaytar edilar. Qutayba ibn Muslim ularni uch marta musulmon qilgan, ular esa yana dindan qaytib, yana kofir bo‘lgan edilar. Bu to‘rtinchi marta (kelganida) Qutayba jang qilib, Buxoro shahrini oldi, ko‘p qiyinchilikdan keyin (bu yerda) islom dinini yuzaga chiqardi va har turli yo‘llar bilan ulkarga qiyinchilik tug‘dirib dillariga musulmonchilikni o‘rnashtirdi. Ular esa islom dinini yuzakigina qabul etib, haqiqatda butparastlik qilar edi. Qutayba arablar buxoroliklar bilan birga turib, ularning xatti-harakatlaridan xabardor bo‘lib tursalar, ular zaruratdan musulmon bo‘ladilar, degan maqsadda Buxoro aholisiga o‘z uylarining yarmini arablarga berishgq undab buyruq chiqarishni to‘g‘ri deb topib va shu yo‘l bilan u musulmonchilikni o‘rnatdi hamda sharoit hukmlarini bajarishga majbur qildi. Qutayba masjidlar bino qildi, kofirlik va otashparastlikga oid kitoblarni yo‘qotdi. U ko‘p jiddu jahd qilib, kimda shariat hukmlarini bajarishda kamchilik sodir bo‘lsa, uni jazolar edi. U masjide jome bino qildi va odamlarga juma namozini o‘qishga buyruq berdi”.
Islom dini ana shunday g‘oyaviy – siyosiy kurash jarayonida shakllandi va rivojlandi.
Islomshunoslar tomonidan shu paytgacha Arabiston madaniy jihatdan iste’lo qilgan mamlakatlardan orqada edi, talqin etilishi o‘laroq, hozirgi davr olimlari masalaga bir muncha boshqacha yondashmoqdalar.
Xalifalar iste’lochilik siyosatini o‘tkazar ekanlar, barcha xalqlar ustidan madaniy ustunlikni o‘rnatishga harakat qildilar. Chunki arab xalqi VII asr boshlarida o‘ziga xos madaniyati, adabiy tilini yaratgan bo‘lib, unda notiqlik va she’riyat yuqori darajada qadrlangan. Qur’onning o‘zi ajoyib adabiy fazilatlarga ega bo‘lib, u o‘rta asr arab adabiyotining eng nodir adabiy yodgorliklari orasidan o‘rin olgan. IX asrda tarkib topgan “Ming bir kecha ertaklari” esa jahon mamalakatlari durdonalaridan biri sanaladi.
Arab tili ham, o‘z navbatida, yangi madaniy tili bo‘lib maydonga chiqdi. Bu madaniyat ham qadimgi arab madaniyat, shuningdek, arab davlati hududida yashagan boshqa xalqlar madaniyatining majmuasi edi. Arablar yunon fanining yutuqlaridan amaliy foydalandilar, ularning faylasuf olim, yozuvchilarning asarlarini tarjima qildilar. Astranomiya, tibbiyot, kimyoga oid barcha yirik asarlar arab tiliga tarjima qildilar. Xatto arab olimlari sun’iy oltin tayyorlash vositasi “Falsafa toshini” izlaganlar (kimyo fani alkimyodan boshlanib, oltin izlovchilar “alkimyogarlar” deb atalgan).
Arablar ulkan davlat barpo etib geografiya rivojiga ham ta’sir ko‘rsatdilar. Masalan, arab mulklarining dastlabki xaritalari IX asrda tuzilgan bo‘lib, ularda daryolar oqimi to‘g‘risida mufassal ma’lumotlar bo‘lgan. Ispaniyadan Markaziy Osiyo va Hind daryosigacha cho‘zilgan musulmon dunyosi bu xaritada batafsil ko‘rsatiladi. Ko‘p hududlarga arabcha nomlar berildi. Xususan, Movaraunnahr ham arabcha bo‘lib, “daryo orti” ma’nosini bildiradi.
Musulmon maktablarida arab tili muhim fan sifatida o‘qitilardi, bilim shu tilda o‘rganilar edi. Arabistondagi kabi Movarounnahrda ham barcha masjidlar huzurida maktablar ochildi va o‘g‘il bolalarga shu maktablarda Qur’on o‘qitishga farmon beriladi. Bolalarni shu masjid imomi o‘qitar edi.
Islom aqidalarining, uning axloqiy-huquqiy tamoyillarining asosiy manbai “Qur’on”dir.
Islomning shar’iy ma’nosi – bu Alloh yagona deb e’tiqod qilib, unga bo‘ysunmoqlik va butun qalb bilan unga ixlos qilmoqlik va Alloh buyurgan diniy e’tiqodga imon keltirmolik demakdir.
Allohga itoat qilgan va Alloh buyurgan payg‘ambarlarga ergashgan kishi musulmon deyiladi.
Ilohiyotda islom dini imon, islom va ehsondan iborat, deb e’tirof etilgan. Imon talablari va Allohga e’tiqod, farishtalarga, muqaddas kitob va payg‘ambarlarga, oxirat kuniga, taqdir-u azalga va o‘lgandan keyin tirilishga ishonishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |