2 shart.
E’tiboringizni monitorga qarating.
Elektron savdo bo’yicha chegirmalar.
Savdo rastalarida xarid uchun qo’yilgan buyumlar nomi va mallari yozilgan.
Savollarga javob bering, ma’lum ballni yig’ib sovrin sohibi bo’ling.
Ikkita savolga ketma-ket javob bergan guruhga guruh tomonidan bitta tanlangan buyum qo’shib beriladi.
Savdo rastalariga xarid uchun qo’yilgan buyumlar nomi va ballari qo’yılgan.
1. Kelinlar xalati- 500 bal.
2. O'g'il bolalar to’ni -500 bal.
3. Kelinlar do’ppisi-300 bal.
4. Qiz bolalar nimchasi- 300 bal.
5. Kelinlar oyoq kiyimi-200 bal.
6. Choynak yopgich-200 bal.
1.Kelinlar xalati-500 bal.
Kelinlar xalatini xarid qilish uchun katakchalar orqasiga zardo’zlik san’atining yirik nomoyondalaridan biri Buxorolik zardo’zi usta nomi yashiringan. Yashiringan nomni toping.
2. O'g'il bolalar to’ni -500 bal.
Toshkent xalq amaliy san’ati muzeveda zardo'zi usta No’mon Aminovning san’at asarlaridan biri saqlanib kelmoqda. Katakchalar orqasiga ana shu san’at asarining nomi yashiringan.
3.Kelinlar do'ppisi-300 bal.
Xalq badiiy hunarmandchiligini va amaliy san'atini yanada rivojlantirish uchun davlat tomonidan qo'llab quvvatlash maqsadida qanday uyushma tashkil etildi?
4. Qiz bolalar nimchasi- 300 bal.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida yashab ijod qilgan mutafakkir shoir zardo’zi usta nomi yashiringan.
5. Kelinlar oyoq kiyimi-200 bal.
Katakchalar orqasiga zardo’zlikda ishlatiladigan asosiy gazlamalardan biri yashiringan.
Choynak yopgich – 200 ball
Katakchalar orqasiga zardo’zlikda ishlatiladigan yordamchi gazlamalardan biri yashiringan.
3 shart.
“Oz bilimingni sina” metodi bo’yicha javob bering va tushunmagan savollaringizga dars davomida javob oling.
“+” – ma’lumotga egaman
“-“ – qisqa ma’lumotga egaman
“?” – men uchun notanish ma’lumot.
|
Savollar
|
+
|
-
|
?
|
1
|
Zardo’zi tarixi haqida ma;lumot
|
|
|
|
2
|
Zardo’zi tikish san’ati haqida ma’lumot
|
|
|
|
3
|
Naqsh turlari haqida ma’lumot
|
|
|
|
4
|
Ko’rchobni ishga tayyorlash
|
|
|
|
5
|
Naqsh kesish
|
|
|
|
6
|
Kesilgan naqshni joylashtirish
|
|
|
|
7
|
Dizayn yo’nalishi bo’yicha buyumlar loyihalashning 2 ta asosiy tipi
|
|
|
|
8
|
Modern loyihalash
|
|
|
|
9
|
Klassik loyihalash
|
|
|
|
10
|
Zardo’zi usulida tikish
|
|
|
|
11
|
Zamindo’zi usulida tikish
|
|
|
|
12
|
Choynak yopqich necha qismdan iborat
|
|
|
|
13
|
Avra va astar farqi
|
|
|
|
14
|
Choynak yopqichga kerakli jihoz va nahsulotlar
|
|
|
|
Yangi mavzu bayoni.
Reja:
Zardo’zi mahsulotlar tayyorlashdagi bosqichlar haqida ma’lumot.
Zardo’zi, guldo’zi tikish usullari.
Zardo’zi mahsulotlarini tayyorlashda quyidagi bosqichlar amalga oshiriladi:
RASSOM.- Dizayner loyihaga muvofiq gul nusxasining yangi turidagi kompozisiyasini tuyyorlash
GULBUR- Yangi kompozisiyani axta yordamida xitoy qog'oziga tushurish uning nusxalarini ko’paytiradi
MODELER- bichuvchi yangi kompozisiya uchun zardo’zlik usullarini tanlashadi. Bu bosqich loyihalashtirishning juda ham murakkab bosqichi bo'lib u quyidagi ketma ketlikda amalga oshiriladi:
Andoza yangi naqsh kompozisiyasini joylashtirish uchun naqshlarni joylashtirish usullarini tanlash.
Gullar va gul atrofini bezatish uchun bezash usullarini tanlash.
Zardo'zi guldo’zi tikish usuli quyidagi turlarga bo'linadi:
GULDO’ZI- Naqshlar va gullar ustini yoppasiga zar ip bilan tikish usuli guldo’i tikish usuli deyiladi
SOCHMADO'ZI - yirikroq uy ro'zg’or buyumlarida ishlatiladi. Sochmado’zi ikki qavat zar ip bir qavat ipak iplar bilan eshilib tikiladi.
SHAKARAKDO’ZI - bu usul guldo’zi usuliga o’xshab tikiladi. Faqat farqi shundaki zar iplar ikki qavat qilib eshilib tikiladi.
LIKAKDO’ZI- VAGARDO'ZI - Karton emas siddilar ustiga tikiladi. Likkak bo’laklarlarga bo'linib siddilar ustiga tikiladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash
Nima uchun xalq badiiy hunarmandchiligini o’rganishimiz lozim? “Nima uchun” sxemasi bo’yicha tariflang.
Choynak yopqichning ahamiyatli tariflarini ayting.
Zardo’zi choynak yopqich qanday buyum hisoblanadi?
Choynak yopqich necha bosqichda tikiladi?
Amaliy mashg’ulot.
Bichimi mu'lum shaklga ega bo'lgan kichik hajmli uy-ro'zg'or buyumlarining texnologiyalari murakkab, lekin naqsh kompozisiyalari oddiy bo'lgan zardo zi buyumlarga zardo'zi choynak yopqichi kiradi. Bu buyum yashil, ko'k va gizil baxmaldan tikilishi mumkin. U abra Va astardan iborat bo'lib. 2 bo'lak matodan bichilgan. Bunda bichish jarayonida gazlama tukining yo'nalishiga e'tibor berish zarur.
Zardo zi choynak yopqichi bugungi kunda ham uy-ro'zg'orda ishlatiladi. Uning tuzilishi har xil bo'lishi mumkin, lekin o'lchamlari o'zi mo ljallab tikilayotgan choynakning o'lchamlariga mos bo'lishi darkor. Choynak yopgichi choynak ustiga yopiladigan va uning tagiga qo'yiladigan qismlardan iborat ba'ladi Choynak yopqich andozalari tay vorlanadi va abra 2 bo'lak, astar 2 bo'lak gilib bichib olinadi, Abrani bichayotganda gazlamaning tuklari yo'nalishiga e'tibor berish kerak. Buni gazlamani tovlanishiga qarab yoki go'l bilan siy pab bilish mumkin. Choy nak yopgich abrasini chambarakka joylashtirib, mahkamlanadi. Tanlab olingan naqshni kartonga tushiriladi va qirqib olinadi Tayyorlangan naqshini choynak yopqich abrasiga shunday joylashtirish kerakki, bu
naqsh yopqich o'rtasiga to'g'ri kelsin. Choynak yopqich uchun nuqshni guldo zi usulida tikiladi va bezatiladi.
Darsni yakunlash va baholash.
Darsga faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi va baholanadi. Bajarilgan ish sifatlari o’quvchilarga namuna sifatida ko’rsatiladi.
“5” “4” “3”
Uyga vazifa.
Mehnat, hunar haqida maqollar yod olish, allomalarimizning hunar haqidagi fikrlarini yozib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |