Quyidagi bolalar oilalarga beriladi Quyidagi bolalar oilalarga beriladi Kelishuvda tutingan ota-onaning majburiyatlari: Kelishuvda tutingan ota-onaning majburiyatlari: 13-modda. Bolaning oilaviy muhitga bo’lgan huquqi kafolatlari - 13-modda. Bolaning oilaviy muhitga bo’lgan huquqi kafolatlari
- Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o’z ota-onasini bilish, ular bilan birga yashash va ularning g’amxo’rligidan foydalanish huquqiga ega, uning manfaatlariga zid bo’lgan hollar bundan mustasno.
- Bolaning ota-onasi bo’lmaganda, ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda hamda bola ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan boshqa hollarda uning oilada yashash hamda tarbiyalanish huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan taъminlanadi.
- Bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boshqa qarindoshlari bilan ko’rishish huquqiga ega. Ota-onasining nikohdan ajralishi, nikohning haqiqiy emas deb topilishi yoki ota va onaning boshqa-boshqa yashashi bolaning huquqlariga taъsir qilmaydi.
- Ota va ona turli davlatlarda yashagan taqdirda ham bola ular bilan ko’rishish huquqiga ega.
- (Bola huquqlarining kafolatlari haqidagi Qonundan)
148-modda. Ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish - 148-modda. Ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish
- Ota-ona vafot etganda, ota-onalik huquqidan mahrum etilganda, ularning ota-onalik huquqi cheklanganda, ular muomalaga layoqatsiz deb topilganda, kasal bo’lganda, uzoq muddat bo’lmaganda, ota-ona bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo’yin tovlaganda, shu jumladan ota-ona tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va shunga o’xshash boshqa muassasalardagi bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan boshqa hollarda bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklatiladi.
- (O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksidan
150-modda. Ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni joylashtirish - 150-modda. Ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni joylashtirish
- Ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar oila (farzandlikka olinishi, vasiylik, homiylik belgilanishi yoki tutingan oila)ga berilishi, bunday imkoniyat bo’lmaganda esa, yetim bolalar yoxud ota-onalar qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar uchun tayinlangan muassasalar (tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o’xshash boshqa muassasalar)ga tarbiyaga berilishi lozim.
- Ota-onasi qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan oilaga yoki muassasalarga tarbiyalash uchun joylashtirish masalasi hal bo’lgunga qadar vasiylik (homiylik) majburiyatlarini bajarish vaqtincha vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklatiladi.
- (O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksidan)
Do'stlaringiz bilan baham: |