Mavzu. Urug‘-qabila va milliy dinlar Ma’ruza rejasi


sala bayoni. Hindistonda milliy dinlarning shakllanishi



Download 50,68 Kb.
bet8/11
Sana07.06.2021
Hajmi50,68 Kb.
#65718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3 mavzu

sala bayoni. Hindistonda milliy dinlarning shakllanishi

Milliy dinlar deb ma’lum bir xalq, millat vakillari e’tiqod qiladigan, boshqa

xalqlar va millatlar orasida deyarli yoyilmagan dinga aytiladi.

Vedalar dini, Braxmanizm va Xinduizm qadimgi milliy dinlardan sanaladi. Vedalar dini er.av. 1-ming yillikda Xindistonda vujudga kelgan. U braxmanizm va xinduizm dini shakllanishining dastlabki bosqichi. Veda dinida dastlab tabiat kuchlari va xodisalari inson qiyofasiga o‘xshatib tasavvur etilgan. Bu dinda yaxshi va yomon xudolar, ruhlar haqidagi tasavvurlar asosiy o‘rin egallagan. Veda dinida ko‘pxudolik - poletizm hukmron bo‘lgan. Uning sig‘inish marosimlari asosan xudolarga qurbonlik qilish, ovqat, hayvonlar keltirish, maxsus ichimliklar ehson qilish va boshqa rasm-rusumlarni bajarishdan iborat bo‘lgan.

Dastlab alohida ruhoniylar va ibodatxonalar bo‘lmagan. Keyinchalik diniy ibodatlarga boshchilik qiluvchi kohinlar, ularning yuqori tabaqalari-brahmanlar kelib chiqqan.

«Veda» so‘zi sanskritcha bo‘lib «bashorat», «muqaddas bilim», «oliy donishmandlik» ma’nolarini anglatadi. Bu dinining ta’limoti qadimgi xindlarning to‘rt kitobdan iborat Vedalar to‘plamida bayon etilgan. Vedalar to‘plamlari er.av. 2-ming yillikning boshlarida yaratilgan.

Vedalar quyidagi to‘rt yirik to‘plamdan iborat:


  1. Rigveda («Madhiyalar vedasi»);

  2. Samaveda («Qo‘shiqlar vedasi»);

  3. Yajurveda («Qurbonliklar vedasi»);

  4. Atxarvaveda («Afsun va jodular vedasi»).

Bu kitoblar ichida eng qadimgisi «Rigveda» hisoblanadi. Unda tabiatdagi narsa va xodisalar: osmon o‘zgarishi, quyosh, yulduzlar, momaqaldiroq, shamol, yomg‘ir, tog‘lar, daryolar ilohiy kuchlar sifatida gavdalantirilib, ular sharafiga qo‘shiqlar, madhiyalar to‘qilgan, ularga qurbonliklar keltirilgan. Insoniyat hayoti, uning qanday kun kechirishi, baxt-saodati ana shu kuchlarga bog‘liq holda tasavvur qilingan. «Rigveda» 1028 she’riy qo‘shiqdan iborat bo‘lib, unga ko‘ra Indra - momaqaldiroq; Mitra - quyosh; Varuna - osmon; Agni - olov; Yama - ajal, o‘lim keltiruvchi; Sama - oy; Rita - koinot tartibini ushlovchi xudo va mabudlar deb tasvirlangan.5

  1. kitob «Samaveda» (qo‘shiqlar vedasi) 1549 qo‘shiqdan iborat bo‘lib,

«Rigveda»ni to‘ldiradi.

  1. kitob «Yajurveda» (qurbonlik vedasi) bo‘lib, unda qurbonlik qilish, olovga

sig‘inish marosimlari kuylanadi.

  1. kitob «Atxarvaveda» (Jodugarlik vedasi) 731 qo‘shiqdan iborat bo‘lib, unda

dushmanlar, ilonlar, kasalliklar kabi insonga zarar keltiruvchi kuchlar la’natlaniladi, sihat-salomatlik tilash bilan bog‘liq duo-afsunlar bayon qilingan.

Vedalar qiyin tilda yozilganligi sababli, keyinchalik ularga sharh va izohlar yozilgan. Vedalarga yozilgan bunday diniy-falsafiy izohlar «Upanishad» deb yuritiladi. «Upanishad» - sanskritcha so‘z bo‘lib, ustozning yonida haqiqatni bilish uchun o‘tirmoq degan ma’noni bildiradi. Upanishadlar er.av. VII-III asrlardan boshlab melodiy XIV-XV asrlargacha tuzib borilgan va ularga 250 ga yaqin asarlar kiritilgan.

Upanishadlarda Braxma oliy ibtido, jism va xodisalar asosi va sababi, barcha borliqning boshi va oxiri deb ko‘rsatiladi. Braxma - qiyofasiz xudo, mutloq kuch deb talqin etilib, barcha narsalar o‘shandan - ya’ni Braxmadan paydo bo‘lgan, o‘sha bilan yashaydi va o‘lgach, yana o‘shanga qaytadi. Barcha narsalar braxmadir, braxma esa atmandir deyiladi. Atman - bu umumiy jon, ruh demakdir. Moddiy dunyo, jumladan, inson ham, atman - braxmadan paydo bo‘lgan va yana o‘shanga aylanadi, insonning joni avvalgi mohiyatiga butunlay qaytib, u bilan yana qo‘shilib ketadi.

Har bir inson ilohiy kuch tomonidan belgilangan hayot kechirish qonuniga muvofiq yashashi kerak, kimki bu qonunni buzsa, uning joni kelgusida biron




hayvon yoki xashorat tanasida qayta dunyoga keladi. Bu qonunni buzmagan odamning joni esa kelgusida yuqori tabaqa vakillariga mansub inson tanasida qayta paydo bo‘ladi, deb ta’lim beriladi. Insonning yashashdan maqsadi ham ana shunda deb tushuntiriladi.




Download 50,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish