Mavzu: Urgut tumanidagi arxeologik yodgorliklar Reja: I. Kirish II



Download 456,07 Kb.
bet4/5
Sana23.02.2022
Hajmi456,07 Kb.
#149165
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5224661465989909807

Takalisoy g‘or makoni ham 1952 yilda D.Lev tomonidan topilib o‘rganilgan bo‘lib, u ham Omonqo‘ton makoniga yaqin joylashgan muste davri yodgorligi hisoblanadi. Qazishmalar tufayli bir necha tosh qurollar, paraqa va uchrindilar, hamda to‘rtlamchi davr hayvon suyaklari topilgan. Tadqiqotchining fikricha, bu g‘or Omonqo‘tonga qaraganda sayyoh ovchilarning mavsumiy qo‘nim makoni bo‘lgan.Toshning ishlov texnikasi asosida uni D.N.Lev mustening so’ngi bosqichiga oid deb kursatadi,chunki bu yerdan topilgan paraqalar va otsheplar gardish simon va prizmaga o’xshash nukleuslardan ajratib olingan.Bu makonda neandertal odamlar vaqtincha yashaganlar takaliysoy makonidan topilgan ashyolar Qo’tirbuloq makonidan topilgan ashyolarga uxshash bo’lib, bu neandertal odamlarning Zarafshon vohasida muste davri boshida to oxirgi bosqichigacha uzliksiz yashaganlardan darak beradi.
Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar bunday makonlarning bu atrofda tanho emasligini ko‘rsatdi. Jumladan, Omonqo‘ton va Qoratepa tog‘larining shimoliy qiyalarida paleolit davriga tegishli yana bir necha joylardan inson izlari topilib o‘rganildi.
Xususan, Go‘rdara va Olmabuloq makonlari shular jumlasidandir. Go‘rdara g‘or makoni Samarqand viloyati Urgut tumani Zarafshon tog’ tizmasining shimoliy yon bag’rida Go’rdara soyi yaqinidan topilgan. Aslida A.Asqarov rahbarligidagi arxeologlar guruhi tomonidan 1966 yilda kashf qilingan bo‘lib, keyinchalik uni N.Toshkenboyev qazib o‘rgandi, natijada ma’dan qatlam bilan bog‘liq to‘rtlamchi davr faunasi va bir necha mehnat qurollari, jumladan, dag‘al paraqalar asosida ishlangan qirg‘ichsimon qurollar, ishlov berilgan turli shakl-shamoyilga ega uchrindilar, o‘zaklar topilgan bo‘lib, ular yasashda foydalanilgan texnik-texnologik uslub Omonqo‘ton, Qo‘tirbuloq makonlarinikiga yaqinligi kuzatilgan.Ibtidoiy odamlar hayotida tosh mehnat qurollari muhim o’rinni egallaydi. Shu sababli mehnat qurollari uchun yaroqli tosh hom ashyolarini toppish ular uchun juda muhim bulgan.Ilk paleolit davrida odamlar qayroq toshlardan foydalanishgan bo’lsa, uning so’ngi bosqichlarga kelib chaqmoqtoshning afzalliklarini bilib olishgan. Chaqmoqtosh tabiatda keng tarqalganni bilan birga unga ishlov berish va utkir qirra hosil qilish oson bo’lgan.Ibtidoiy odamlar o’rta paleolit davriga kelganda chaqmoqtosh konlarini topib, u yerlarda tosh ustaxonalarni tashkil qilganlar. Shuningdek, Ibtidoiy odamlar ochiq havoda yotgan chaqmoqtoshdan kura, uzoq yillar davomida nam tortgan chaqmoqtoshga ishlov berish osonligidan ham payqab,chaqmoqtosh konlarini topishga intilganlar. Bunday ustaxonalar nafaqat O’zbekistonda hududida, balki Kavkaz, Belarussiya, Boshqirdiston, Volga buylari, Ukraina va Sibrdan ham topilgan. Bunday tosh ustaxonalarini tashkil qilish olimlarga usha davr moddiy buyumlarni tadqiq qilishnigina emas, balki tosh konlar ibtidoiy urug’ jamoalari urtasida madaniy va iqtisodiy aloqa vositasi sifatida ham katta urin egallaganini ani qlash imkonini berdi. Ibtidoiy odamlar tosh xomashyosini uzaro ayir boshlashda va qurol yasash tajribalarini almashinishda foydalanganlar.
Bu urinda muste davriga oid Qopchig’oy , Qoratov, Ohangaron, ustaxonalari qiziqarlidir. Biroq yodgorlik tabiiy murakkablik tufayli to‘la o‘rganilgan emas. Olmabuloq makoni esa Sazag‘on qishlog‘ida joylashgan qadimgi chashma atrofida joylashgan bo‘lib, yodgorlik SamDU arxeologlari tomonidan 2004- yilda topilib, qisman o‘rganilgan. Natijada qo‘pol paraqadan ishlangan keskich, nayza tig‘i, ishlov berilgan uchrindilar, o‘zaklar topilgan bo‘lib, ularning yasalish shakl-shamoyillari rivojlangan o‘rta paleolit davrini eslatadi. Bu yerda tekshirish ishlarini davom ettirish nazarda tutilgan.
Ularni 1951-1965- yillarda Arxeologiya institutining Ya.G’G’ulomov rahbarligida arxeologik tadqiqotlar olib borilgan.
1970-1980 yillarda vohada keng ko‘lamda bajarilgan dala tadqiqotlar tufayli nafaqat tog‘ massivlari, shuningdek, voha tekisliklari ham mustye davri to‘dalari tomonidan o‘zlashtirilganligini ko‘rsatdi. Shulardan O‘zFA arxeologiya institutining O‘rta Zarafshon ekspeditsiyasi tomonidan 1971- yilda kashf qilingan Zirabuloq va Qo‘tirbuloq o‘rta paleolit davri makonlari vohaning eng qadimgi tarixini o‘rganish bo‘yicha boy manbalar berdi.
3. Chor-Chinor bog‘i- Urgut shahrining yodgorliklaridan biri Chor Chinor bog‘idir. Asrlik chinorlar usgan xiyobon buloq suvi bilan sug‘orilib turadi. Chor Chinor maydonida hovuz bo‘lib, uning atrofida sayyorhar, mahalliy aholi yig‘ilib, hordiq chiqarishadi, buloq chashmasi suvidan bahramnad bo‘lishadi. Eng qadimiy chinorlar uzunligi 16 metr balandlikkacha yetadi, “eng yosh” daraxt esa taxminan 600 yoshda. Deyarli har bir daraxtda taxminiy yoshi yozilgan peshtaxtachalar osilgan. Eng qari daraxt yoshi 1000 dan oshiq.

Chor-Chinor muqaddas joy hisoblanadi. Uning maydonida masjid ham bo‘lib, uning qurilishi XX asr boshlarid Shuningdek, Chor Chinorda antiqa bir chinor ham bor. Daraxtning katta kavagi bo‘lib, bugungi kunda u yerda muzey tashkil qilingan. Qachonlardir chinor darveshlarning yashirin jamiyatiga tegishli qarorgohi bo‘lgan, uning ichida qirqtagacha darvesh yig‘iligi mumkin bo‘lgan. Shunday vaqtlar bo‘lganki, kavak ichiga so‘fiylarning butun boshli maktabi sig‘gan bo‘lib, buni bizgacha yetib kelgan eski suratlar tasdiqlaydi.


Yozning jazirama kunlar chinor osti salqin-soya joyga aylansa, qishning izg‘irin kunlari daraxlar salqindan himoyalaydi.


Mahalliy aholi gap-so‘zlariga ko‘ra, 70 yillar bu daraxtlarni kesib tashlamoqchi bo‘lishgan ekan, biroq daraxt shu darajada chuqur ildiz otib ketgan ekan-ki, ularni joyidan qimirlata olishmagan ekan.


“Bu hikoyani menga bir oqsoqol so‘zlab bergan, unga esa dodasi aytib bergan ekan. Uning dodasiga esa yoshligidan buvasi so‘zlab berganmish. Umuman olganda, bu hikoyaga ming yildan oshgan. Kunlardan bir kuni, bir dovbyurak baxodir, (baxodir ismi oqsoqol esidan chiqqan, xayoliy ismini oqsoqol aytgisi kelmadi, axir, bu xayotiy voqea-ku!) devlarning bir toshini o‘g‘irlab ketgan. Bilamizki, o‘g‘irlik — bu katta gunoh, lekin bu ishni baxodir xayrli ish uchun qilgan. Shunday qilib, butun boshli qo‘shin ko‘tara ololmaydigan toshni olgan va yelkasiga tashlab, tog‘li tumani bo‘lmish Mazandaran shaytondan devlar qarorgohi Urgut tomon olib borgan. Devlar baxodir yo‘lida turli xil to‘siqlar qo‘yishgan: xoh oyog‘i ostiga xoda tashlab qo‘yishsin, xoh chog‘ qazib qo‘yishsin, Baxodir yuk biror martta tushurib yubormay, manzilgacha ko‘tarib borgan. U Urgutgacha yetib borganda, tosh ustiga to‘rtta qush o‘tiradi. Qushlar juda katta va betakror husnkor bo‘lgan. Har bir qush tumshug‘ida chinor kurtagi bo‘lgan. Baxodir yelkasidagi yukni tashlab, uyquga ketadi. Yetti kundan so‘ng uyg‘ungan Baxodir tosh ostidan oqayogan chashmani ko‘radi, chashma yonida to‘rtta chinor kurtagiga ko‘zi tushadi.Baxodir bu chinorlarni ekib, bu joyni Chor Chinor deya nomlaydi. Asrlar o‘tdi, Chinorlar yangi kurtaklar otib, katta bog‘ga aylandi. Bog‘ga odamlar keladi: kimdur o‘zi, kimlardir oilasi, do‘stlari bilan. Kimdur iltijo qilishga, yana kimdur shifobaxsh havodan, ayniqcha qalb uchun shifo havodan bahramand bo‘lgani. Bu yerda bolalar yugurib yuradi, beg‘amlik kayfiyatiga sho‘ng‘ish uchun turli xil mamlakatlardan sayyohlar tashrif buyuris


БОҒИ ЖАҲОННОМА (Жаҳон кўзгуси). (Тахта Корача)

Амир Темур Самарқанддан етти фарсах (42 км) нарида, Зарафшон тоғи этагида қурдирган (тахминан Ургут туманида). Унда сарой ва қалъа бўлган. Боғнинг ҳудуди жуда ҳам катта бўлиб, йўқолиб қолган от 6 ойдан сўнг топилган экан.


«МИНГАРЧА» ДАМ ОЛИШ ОРОМГОҲИ


«Мингарча» манзилгоҳи Самарқанд шаҳрининг жанубида, Тошкент-Термиз йўли ёқасида жойлашган. «Мингарча» дам олиш маскани қалин дарахтзорлар орасидаги сўлим ва гўзал бир маскан. У ерда мазмунли дам олиб, хордиқ чиқариш учун барча шароит бор. ҒАВСУЛ АЪЗАМ“ ЗИЁРАТГОҲИ


Ушбу машҳур қадимий қадамжо Ургут шаҳрининг шарқ томонидаги Ғўс қишлоғида жойлашган. Бу ерда Ислом дунёсининг мутафаккири Абдуқодир Ғилоний шарафига рамзий мақбара қурилган Мустақиллик йилларида зиёратгоҳда туман ҳокимлигининг ташаббуси билан миллий меъморчилик талаблари асосида қўшимча бинолар қурилди. Зиёратгоҳ ҳузурида бой экспонатлар билан таъминланган ўлкашунослик музейи мавжуд.


«ХЎЖА ЧОРЧИНОР» зиёратгоҳи

Алпсимон чинорлар билан ўралиб, юқориси тоғлар билан туташиб кетган бу зиёратгоҳ Ургут шаҳри марказидан уч километр масофада жойлашган. Хушҳаволиги ва мафтункор манзараси билан ажралиб туради. Чинорлар хиёбони бўйлаб тоғнинг бир тегирмон муздек зилол суви оқиб туради.


Зиёратгоҳдаги чинорларнинг ёши 1000 йилдан ошган, деган тахминлар бор. Кириш дарвозасидан бошланган марказий йўлакнинг икки томонидан юқорига қараб чинорлар тизмаси қад ростлаб борган. Чап қатордаги чинорлар ичида иккинчи чинор ўзининг кенглиги билан кишилар диққатини тортади. Ривоятларга кўра, чинор ўтмишда чиллахона хизматини ўтаган. Шўроларнинг дастлабки ҳукмронлик даврида бир муддат большевикларнинг мажлис ўтказадиган жойи, кейинчалик эса мактаб вазифасини бажарган. Бошқа бир ривоятга кўра, араб қўмондонларидан бири Ҳожа Абу Толиб Ургутга ҳукмдор бўлиб, булоқ атрофида тўрт дона чинор эктиради. У вафот этгач (866-867 йиллар), шу чинорлар яқинида дафн этилади. Бу жойнинг яна бир номи “Хожа Чорчинор” деб аталишининг тарихи шу воқеа билан боғлиқ.


Чорчинор мажмуаси ичида 1914 йилда Шайх Муҳиддинхон томонидан қурилган масжид бор. Масжиддан дастлаб мадраса сифатида фойдаланилган. Бино Абдуқодир (1868-1934 йиллар) исмли уста томонидан қурилган. 1927 йилгача мазкур мадрасада нафақат Ургут, балки шу яқин ҳудудлардан келган толиби-илмларга сабоқ берилган.


Мажмуанинг ички қисмида бир нечта тарихий шахсларнинг қабрлари бор. Улардан бири машҳур эшон Валихон Исмоилхўжа ўғли (1842-1915 йиллар) бўлиб, Мир Араб мадрасасида мударрислик қилган. У кишининг ўғиллари Шайх Муҳиддинхон (1875-1931 йиллар) ҳам Ургутда яшаб, Бухоро мадрасаларида мударрислик қилган. Шайх Қутбиддинхон Муҳиддинхон ўғли (1906-1983 йиллар) машҳур шарқшунос олим бўлган.


Мажмуанинг ташқари қисмида эски қабристон бўлиб, Ургутда ҳукмдорлик қилганлар шу ерга дафн қилинган


«ХЎЖА ОМОН» ЗИЁРАТГОҲИ

Хўжа Омон зиёратгоҳи Ургут-Ғўс автомобиль йўлининг чап томонида бўлиб, ушбу муаддас зиёратгоҳда ислом динининг машҳур намоёндаси Хўжа Омон қабри устида муҳташам мақбара тикланган. Зиёратгоҳда кейинги йилларда кенг миқёсда ободончилик ишлари олиб борилди. Ҳозирда зиёратчи сайёҳлар учун масжид, тоҳоратхона ва ошхоналар хизмат қилиб турибди.


ТЕШИКТОШГА САЁҲАТ

Самарқанд-Термиз йўлидан Қоратепа қишлоғига кираверишда ўнг томонга эътибор берсангиз, тешик тошга кўзингиз тушади. У икки улкан кўчқорнинг бир-бири билан шохлашиб туришига ўхшайди.


Германиялик киноижодкорлар суратга олган машҳур «Апачи» фильми худди ана шу жойларда суратга олинган


“ШИРВОҚ ОТА” ЗИЁРАТГОҲИ


Ушбу зиёратгоҳ Ургут туманининг Хўжай дуқ қишлоғида жойлашган. Тоғ этагида катта ва кенг ғор бўлиб унинг ичида маҳаллий аҳоли Ширвоқ ота деб атайдиган авлиё кишининг қабри бор. Ҳар йили баҳор ва ёз ойларида бу ерга қўшни вилоят ҳамда туманлардан ҳам кўплаб зиёратчилар келишади. Ширвоқ ота муздек сув чиқиб турувчи муқаддас чашмалари билан машҳур.




Download 456,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish